Nurafshon shahri hokimligi
3.17K subscribers
48.4K photos
4.74K videos
64 files
13.9K links
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Prezidentimiz Markaziy Osiyo mamlakatlari va Ozarbayjonning norasmiy sammitida nutq so‘zladi.

Президент нашей страны выступил на неформальном саммите стран Центральной Азии и Азербайджана.

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#MUROJAAT

“Axtam sahoba” qabristonida umumxalq hashari o‘tkaziladi

2-avgust, yakshanba kuni Nurafshon shahridagi “Axtam sahoba” qabristonida obodonlashtirish va tozalash ishlari bo‘yicha umumxalq hashari tashkil etiladi.

Shu munosabat bilan Nurafshon shahar bosh imom-xatibi Abdurashid domla Rustamov shahar aholisiga murojaat qilib, barchani ushbu xayrli va savobli tadbirda faol ishtirok etishga chorlamoqda.


Hashar davomida qabriston hududini obodonlashtirish, tozalash va tartibga keltirish ishlari amalga oshiriladi.

Barchamiz ushbu ezgu tashabbusda hamjihatlik bilan ishtirok etib, savobli ishlarga o‘z hissamizni qo‘shaylik.


📍 Barchangizni ushbu xayrli hasharda faol ishtirok etishga chorlaymiz!

Telegram 🌐Instagram 📹YouTubeFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍73🤝2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM


Mahalla infrotuzilmasi yaxshilanmoqda

Ayni kunlarda Nurafshon shahrida infrotuzilmani yaxshilash, ichimlik suvi, elektr, gaz ta'minotini yaxshilash yo'nalishlarida ham keng ko'lamli amaliy ishlar olib borilmoqda.

Jumladan, To'ytepa mahallasida mahallasida chuqurligi 1 metrdan 1,2 metrgacha bo'lgan 22 kilometr uzunlikdagi yangi ichimlik suvi tarmog'i tortildi. Shuningdek, aholi xonadonlariga 600 dona zamonaviy suv hisoblagichi bepul o'rnatildi.


Prezident qarori asosida amalga oshirilayotgan ushbu loyihalar nafaqat mavjud muammolarni bartaraf etish, balki Nurafshon shahrining muhandislik infratuzilmasini zamonaviy talablar asosida rivojlantirish, aholining turmush sifatini yanada oshirish hamda kelgusidagi barqaror taraqqiyot uchun mustahkam zamin yaratishga xizmat qilmoqda.

Telegram 🌐Instagram 📹YouTubeFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM


📺 OAV NIGOHIDA: Nurafshon shahrida 30 iyul — Xalqlar do‘stligi kuni munosabati bilan «Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!» g‘oyasi ostida «Do‘stlik» festivali bo'lib o'tdi.

Tafsilotlar “Nurafshon TV” lavhasida.

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2


Nurafshon shahar Xalq qabulxonasi binosida o'tkaziladigan shaxsiy qabullar jadvali

🔸Aholi murojaatlarini hal etishda yangi tizim yo‘lga qo‘yilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 13-mart sanasida «Aholi murojaatlarini ko‘rib chiqishga oid masalalarda» o‘tkazgan videoselektor yig‘ilishida berilgan topshiriqlaridan kelib chiqib, Nurafshon shahar hokimi va hokimning barcha o‘rinbosarlari tomonidan har haftada Xalq qabulxonasi binosida shaxsiy qabullar o‘tkazilishi belgilandi.


🌀Mazkur muntazam ravishda tashkil etiladigan shaxsiy qabullar tuman fuqarolarida yuzaga kelayotgan turli muammolarni joyida o‘rganish, ularni qisqa muddatlarda samarali hal etish va ijrosini ta’minlashda mustahkam zamin bo‘lib xizmat qiladi.

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM


Ijtimoiy tarmoqlarda pensiya ta’minotiga oid takliflar, xususan pensiyani hisoblash tartibi bo‘yicha noto‘g‘ri (feyk) xabarlar tarqalmoqda.

❗️Fuqarolardan faqat rasmiy manbalarda e’lon qilinayotgan xabarlarga ishonishlarini va tekshirilmagan ma’lumotlarni tarqatmasliklarini so‘raymiz.


📹 Batafsil videorolikda tanishishingiz mumkin.

Telegram 🌐Instagram 📹YouTubeFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Qirgʻizistonga davlat tashrifi hamda Markaziy Osiyo va Ozarbayjon davlat rahbarlari norasmiy uchrashuvidagi ishtiroki yakunlangach, davlatimiz rahbari va rafiqasi Toshkentga joʻnab ketdi. “Issiqkoʻl” aeroportida oliy martabali mehmonlarni Qirgʻiz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov va rafiqasi kuzatib qoʻydi.

По завершении государственного визита Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева в Кыргызтан и участия в неформальной встрече глав государств Центральной Азии и Азербайджана глава нашего государства с супругой отбыли в Ташкент. В аэропорту «Иссык-куль» высоких гостей проводили Президент Кыргызской Республики Садыр Жапаров с супругой.

#Mirziyoyev #tashrif #Qirgiziston #Maslahatuchrashuvi

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Prezident Shavkat Mirziyoyev Qirgʻizistonga davlat tashrifini yakunlab, Toshkentga joʻnab ketdi.

Завершив государственный визит в Кыргызстан, Президент Шавкат Мирзиёев отбыл в Ташкент.

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#telenigoh

Nurafshon shahrida 30-iyul — Xalqlar doʻstligi kuni munosabati bilan boʻlib oʻtgang bayram tadbiri "Oʻzbekiston 24" telekanalining "Axborot" dasturida namoyish etildi.

Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter🌐Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM


Shaharni binolar emas, unda yashaydigan odamlar obod qiladi!

Yaponiyalik mashhur me’mor Kisho Kurokava ta’kidlaganidek: “Shahar — tirik organizm. U o‘zgarib boradi va o‘sib boradi.” Darhaqiqat, bugun Nurafshon shahri shiddat bilan o‘zgarib, rivojlanib bormoqda.

Davlat rahbarining alohida e’tibori va tashabbuslari natijasida uzoq yillar davomida bir tumanning chekka hududi sifatida qaralgan maskan bugun Toshkent viloyatining ma’muriy markaziga aylanib, keng ko‘lamli bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari olib borilayotgan zamonaviy shaharga aylanmoqda.

Biroq shaharning jadal rivojlanishi bilan bir qatorda, ayrim hamshaharlarimizning dunyoqarashi, turmush tarzi, o‘z xonadoni va ko‘chasiga bo‘lgan munosabati ham zamon talablariga mos ravishda o‘zgarishi zarur. Zero, obod shahar faqat yangi binolar va zamonaviy infratuzilma bilangina emas, balki unda yashayotgan aholining madaniyati, mas’uliyati va daxldorlik hisi bilan ham barpo etiladi.

Bugun Nurafshon shahar hokimi Qobil Xamdamov boshchiligida shaharni qo‘shni hududlar bilan bog‘lovchi, o‘ziga xos “darvoza” vazifasini bajaruvchi Ma’rifat va Dehqonobod mahallalaridagi Bobur ko‘chasidagi mavjud holat o‘rganildi. Afsuski, hududdagi obodonlashtirish va infratuzilma holati qoniqarsiz ekani, bir qator kamchiliklar mavjudligi qayd etildi.

Shahar hokimi aniqlangan barcha kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan mas’ullarga aniq va jiddiy vazifalar yukladi. Shuningdek, aholi o‘rtasida o‘z hududiga daxldorlik hisini yanada oshirish, har bir xonadon va ko‘cha obodligiga mas’uliyat bilan yondashish muhimligi ta’kidlandi.

❗️O‘rganishlar davomida uzoq vaqtdan buyon qurilishi to‘xtab qolgan hamda turli muammolarga duch kelayotgan tadbirkorlar bilan ham muloqot qilindi. Ularning muammolarini o‘rganish, faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, qurilish ishlarini davom ettirish uchun zarur ko‘mak va amaliy yordam ko‘rsatish bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi.

Nurafshonning kelajagi — bugungi bunyodkorlik bilan birga, har bir fuqaroning shahar obodligiga bo‘lgan munosabatiga ham bog‘liq.

Telegram 🌐Instagram 📹YouTubeFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Qardosh O‘zbekiston va Qirg‘izistonni ittifoqchilik rishtalari bilan bog‘lagan, Markaziy Osiyo mamlakatlari va Ozarbayjon o‘rtasidagi muloqotni yangi tashabbuslar bilan boyitgan tarixiy tashrif.

Исторический визит, связавший братские Узбекистан и Кыргызстан узами союзничества и наполнивший диалог между странами Центральной Азии и Азербайджаном новыми инициативами.

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM


NURAFSHONDA KENG KO‘LAMLI OBODONLASHTIRISH HASHARI O‘TKAZILDI

Nurafshon shahrida “Mahallada obodlik va mehr-saxovat oyligi” munosabati bilan “Axtam sahoba” qabristonida keng ko‘lamli obodonlashtirish va tozalash hashari tashkil etildi.

Hashar jarayonlarida mingdan ortiq shahar aholisi, mahalla faollari, nuroniylar, yoshlar hamda jamoatchilik vakillari faol ishtirok etdi. Ishtirokchilar tomonidan qabriston hududini chiqindilardan tozalash, daraxtlarni oqlash va parvarishlash, mavjud yashil hududlarni tartibga keltirish, obodonlashtirish hamda ko‘kalamzorlashtirish ishlari olib borildi.


Mazkur ezgu tashabbusdan ko‘zlangan asosiy maqsad — qabriston hududlarini ozoda va obod saqlash, atrof-muhitni yanada ko‘rkamlashtirish, shuningdek, aholi o‘rtasida mehr-oqibat, hamjihatlik va saxovat kabi insoniy fazilatlarni keng targ‘ib etishdan iborat.

Bunday umumxalq hasharlari yurtimizda obodlik va farovonlikni ta’minlash, mahallalar qiyofasini yanada chiroyli qilish hamda aholini bunyodkorlik ishlariga keng jalb etishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍63👏1


"E-auksion" platformasida Nurafshon shahri hududidan Davlat aktivlarini sotib oling!


🔹Nurafshon shahrida 3 ta (Ko'rish)

Barchasini ko'rish

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Haftaning eng muhim voqealari sharhi: Prezident Shavkat Mirziyoyev energetika sohasidagi holatni tanqidiy koʻrib chiqdi. Toʻqqiz nafar yangi tayinlangan xorijiy elchilardan ishonch yorliqlari qabul qilindi. Oʻzbekiston va Qirgʻiziston munosabatlari ittifoqchilik darajasiga koʻtarildi.

Hápteniń eń áhmiyetli waqıyalarına sholıw: Prezident Shavkat Mirziyoyev energetika tarawındaǵı jaǵdaydı sın kózqarastan kórip shıqtı. Toǵız jańadan tayınlanǵan sırt el elshilerinen isenim jarlıqları qabıllandı. Ózbekstan hám Qırǵızstan qatnasıqları awqamlaslıq dárejesine kóterildi.

Обзор важнейших событий за неделю: Президент Шавкат Мирзиёев критически проанализировал состояние дел в сфере энергетики. Приняты верительные грамоты у девяти вновь назначенных иностранных послов. Узбекистан и Кыргызстан вывели отношения на уровень союзничества.

Weekly review of the most important events: President Shavkat Mirziyoyev critically reviewed the current state of affairs in the energy sector. Credentials were presented by nine newly appointed foreign ambassadors. Uzbekistan and Kyrgyzstan elevated their bilateral relations to the level of an alliance.

Facebook|Instagram|X