Yoshlar bilan ochiq muloqot — muammo va takliflar muhokama markazida
Nurafshon shahrida yoshlar bilan ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish, ularning muammo va takliflarini bevosita o‘rganish hamda qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan uchrashuvlar izchil davom etmoqda. Bu kabi muloqotlar yoshlarning fikr va tashabbuslarini tinglash, dolzarb masalalariga amaliy yechim topish hamda davlat tomonidan yaratilayotgan imkoniyatlar to‘g‘risida batafsil ma’lumot berishga xizmat qilmoqda.
✅ Bugun ham Nurafshon shahar hokimi Qobil Xamdamov, shahar IIB boshlig‘i A. Yuldashev, shahar prokurori o‘rinbosari S. Yuldashev, yoshlar yetakchilari hamda tegishli idora va tashkilotlar mas’ullari ishtirokida navbatdagi ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv avvalida shahar hokimi mazkur tadbir rasmiy yig‘ilish emas, balki yoshlarning fikr-mulohazalari, tashabbus va takliflarini bevosita eshitish, ularni qiynayotgan masalalarni birgalikda muhokama qilish hamda amaliy yechimlar ishlab chiqishga qaratilgan ochiq muloqot maydoni ekanini alohida ta’kidladi.
Muloqot davomida yoshlarni ijtimoiy loyihalar va davlat dasturlariga faol jalb etish, ularning bandligini ta’minlash, ta’lim olishi, kasb-hunar egallashi hamda tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar muhokama qilindi.
Shuningdek, yoshlar tomonidan ta’lim, ish bilan ta’minlash va boshqa dolzarb masalalar yuzasidan bildirilgan murojaat hamda takliflar atroflicha ko‘rib chiqildi. Har bir murojaat yuzasidan mas’ul tashkilot rahbarlariga aniq topshiriqlar berilib, ijrosi nazoratga olindi.
❗️Bunday ochiq muloqotlar yoshlarning davlat va jamiyat hayotidagi faolligini oshirish, ularning tashabbuslarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash hamda muammolarini o‘z vaqtida hal etishning muhim vositalaridan biri bo‘lib xizmat qilmoqda.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤2
"Yagona Vatan, yagona xalq — yangi hayot va kelajak yaratamiz. Ayol qadri ulug'langan yurt"!
✅ Tadbirda shahar Nuroniy jamg‘armasi raisi J.Axmedqulov va faol nuroniylar ishtirok etib, yurtimiz mustaqilligining beqiyos qadri, mamlakatimizda ayollarga qaratilayotgan e'tibor, tinchlik va osoyishtalikni asrab-avaylash, Vatanga sadoqat tuyg‘usini mustahkamlash hamda yosh avlodni milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash masalalari yuzasidan mazmunli fikr-mulohazalar bildirdilar.
Tadbir davomida Nurafshon shahar Madaniyat bo‘limi san’atkorlari tomonidan Vatan madh etilgan kuy-qo‘shiqlar, badiiy va musiqiy chiqishlar namoyish etilib, ishtirokchilarga ko‘tarinki kayfiyat ulashildi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Har bir murojaat nazorat va e’tiborda
Qabulda Nurafshon shahar hokimi Qobil Xamdamov, hokim o‘rinbosarlari, shuningdek, tegishli davlat tashkilotlari va xizmat ko‘rsatuvchi korxonalar rahbarlari hamda mas’ul mutaxassislar ishtirok etdi.
✔️ Qabul davomida fuqarolar tomonidan ijtimoiy himoya, yer va kadastr, qurilish, uy-joy va kommunal xizmatlar, moddiy yordam, sog‘liqni saqlash hamda boshqa dolzarb masalalar yuzasidan murojaatlar bildirildi. Har bir murojaat amaldagi qonunchilik talablari asosida atroflicha ko‘rib chiqilib, masalalarning mazmunidan kelib chiqib, ularni hal etish bo‘yicha mutasaddi rahbar va tashkilotlarga aniq vazifalar yuklatildi.
Qabul jarayonida ayrim murojaatlar joyida ijobiy hal etildi. Qo‘shimcha o‘rganish va vaqt talab etadigan masalalar esa ijrosi qat’iy nazoratga olinib, mas’ul tashkilotlarga biriktirildi hamda ularning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.
❕Bunday sayyor qabullar aholi bilan ochiq va bevosita muloqotni ta’minlash, fuqarolarni qiynayotgan muammolarni o‘z vaqtida aniqlash hamda ularning qonuniy manfaatlarini himoya qilishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤1