Nurafshon shahri hokimligi
3.17K subscribers
48.4K photos
4.73K videos
64 files
13.9K links
Download Telegram


Energetika tarmog‘idagi ustuvor vazifalar, mahallalarda obodlik ishlari va "mahalla yettiligi" faoliyati muhokama qilindi

Yig‘ilishda Prezident Administratsiyasi mas’ul xodimi, Nurafshon shahri hokimi, prokuror o‘rinbosari, IIB va soliq inspeksiyasi boshliqlari, rahbarlar hamda tegishli tashkilotlar vakillari ishtiroki etdi.

Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti raisligida o‘tkazilgan yoqilg‘i-energetika tarmog‘idagi ustuvor vazifalar hamda "mahalla yettiligi" faoliyatini yangicha tashkil etish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishlarida belgilangan topshiriqlar ijrosi muhokama qilindi.


Shuningdek, "Mahallada obodlik va mehr-sahovat oyligi" doirasida bugungi kunga qadar amalga oshirilgan ishlar tahlil qilinib, mas’ul tashkilotlarning hisobotlari tinglandi.

Hududlarda obodonlashtirish, sanitariya-tozalash, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini soz holatga keltirish, ijtimoiy obyektlar va ko‘p qavatli uylar atrofini tartibga keltirish, aholi murojaatlarini o‘z vaqtida hal etish borasidagi ishlar yuzasidan muhokamalar o‘tkazildi.

Muhokamalar davomida ayrim yo‘nalishlarda aniqlangan kamchiliklarni qisqa muddatlarda bartaraf etish, ishlar samaradorligini oshirish hamda ijro intizomini kuchaytirish bo‘yicha mas’ullarga aniq topshiriqlar berildi.


Yig‘ilishda Mustaqilligimizning 35 yillik bayramini munosib kutib olish, kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish, yoqilg‘i-energetika tarmoqlari barqarorligini ta’minlash, shahar hududlarini yanada obod va ko‘rkam holatga keltirish hamda barcha tashkilotlar o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni kuchaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2👍1👎1🔥1👏1
📢 SAYYOR QABUL

Hurmatli fuqarolar!

Toshkent viloyati Nurafshon shahar “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi direktori Dadamatova Gavxar Maxamadalievna tomonidan sayyor qabul o’tkaziladi.

🤝 2026-yil 8-avgust kuni soat 11:00 da Nurafshon shahar “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi direktori tomonidan jismoniy va yuridik shaxslar uchun sayyor qabul o’tkaziladi.

✍️ Ijtimoiy himoya sohasiga oid sizni qiziqtirayotgan masalalar, murojaatlar, taklif va tashabbuslaringiz bo’lsa, sayyor qabulda ishtirok eting. Muammolaringizni tinglash va ularni hal etish yuzasidan amaliy yordam ko’rsatishga tayyormiz.

📍 Manzil: Toshkent viloyati, Nurafshon shahri, Qumariq mfy hududida joylashgan Ijtimoiy himoya Boshqarmasi va Inson markazi binosi.

⛳️ Lokatsiya

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Amerika Qo‘shma Shtatlari Prezidenti Donald Tramp bilan telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tdi.

Cостоялся телефонный разговор Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева с Президентом Соединенных Штатов Америки Дональдом Трампом.

#Mirziyoyev #muloqot #AQSh #hamkorlik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
👍21


DIQQAT! GAZ TA’MINOTI VAQTINCHA TO‘XTATILADI

Hurmatli fuqarolar!


⚠️ Nurafshon shahrida 2026–2027-yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish, shuningdek, o‘rta va yuqori bosimli gaz quvurlarini zichlikka sinash ishlarini amalga oshirish munosabati bilan ayrim hududlarda gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi.


📆 Gaz ta’minoti 2026-yil 10-avgust kuni soat 08:00 dan 13-avgust kuni soat 18:00 ga qadar quyidagi hududlarda to‘xtatiladi:

🔘"Qumariq" MFY — barcha ko‘chalar;
🔘"Navro‘z" MFY — Sug‘diyona, Shifokorlar va A. Sahoba ko‘chalari;
🔘"Obod turmush" MFY — Evalak ko‘chasi;
🔘"Dehqonobod" MFY — barcha ko‘chalar;
🔘"To‘ytepa" MFY — Mash’al (Chordona) ko‘chasi.


❗️Mazkur hududlarda yashovchi aholi hamda ulgurji iste’molchilardan gaz ta’minoti to‘xtatilishi va qayta tiklanishi jarayonida xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya qilish, gaz jihozlaridan foydalanishda ehtiyotkorlik choralarini ko‘rish so‘raladi.

📞 Murojaat uchun: (99) 004-81-04

“Nurafshonshahargaz” GTB

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👎1


MAHALLAMIZNI OBOD MASKANGA AYLANTIRAYLIK!

Qadrli yurtdoshlar!

Dono xalqimizda “Obodlik ko‘ngildan boshlanadi”, degan naql bor. Qadimdan har bir xonadonda kun obodonchilikdan boshlangan va bu xislat asrlar osha yashab, yurtdoshlarimizning qon-qoniga singib ketgan. Chunki poklik, ozodalik, tozalik, saranjomlik bor joyda fayz-baraka, ishda unum, oilamiz a’zolarining kayfiyatida ko‘tarinkilik bo‘ladi, farzandlarimiz tarbiyasiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.

Hurmatli Prezidentimiz ham joriy yil 16-iyul kuni o‘tkazilgan selektor yig‘ilishida obodonlik xonadondan, o‘zingiz yashaydigan ko‘chadan va mahalladan boshlanishi masalasiga alohida e’tibor qaratdilar. Eng ulug‘, eng aziz bayramimiz — Vatanimiz mustaqilligining 35 yilligi bayramini mahallalarda ko‘tarinki ruhda o‘tkazish uchun “Mahallada obodlik va mehr-saxovat oyligi” e’lon qilindi.

Shu nuqtai nazardan, mahallamizning bunyodkorlik va obodlik maskaniga aylantirishda mahallamizning barcha aholisi bir yoqadan bosh chiqarib, faollik ko‘rsatishi insoniy burchimizdir.

Aziz mahalladoshlar!
Davlatimiz Rahbarining tashabbuslari bilan yurtimizda har bir mahallaga, tuman (shahar)ga Yangi O‘zbekiston qiyofasini olib kirish, har birimizning oilalarimizning turmush sharoitini yaxshilash bo‘yicha uylarimizni, elektr, suv, gaz ta’minotini yaxshilash bo‘yicha milliardlab mablag‘lar ajratilmoqda, yangi loyihalar amalga oshirilmoqda, magistral yo‘llar va osmono‘par binolar qurilmoqda.

Bu yangilanishlar va o‘zgarishlarga obod bo‘lgan xonadonlar yarashishini hammamiz yaxshi tushunamiz.
Lekin, ayrim odamlarimiz mahallasini, o‘zining mulki bo‘lgan uy-joyini, ko‘p qavatli uylarning yon-atrofi va kirish yo‘laklarini saranjom qilishni unutib qo‘yganligi ham ayni haqiqatdir!

Shu boisdan, eng avvalo, ishni o‘zimizni o‘zgartirishdan, majburlashdan boshlaylik! Agar biz vijdon amri bo‘lgan bu ishni qilmasak, o‘zimizni qiynamasak, oilamizda, mahallamizda, jamiyatimizda muhitni o‘zgartira olmaymiz!

Uyimizga, mahallamizga kelgan mehmonlar esa: “Bu uyda baraka, fayz yo‘q ekan”, “Avloddan-avlodga o‘tib kelayotgan milliy urf-odatimiz, iftixorimiz bo‘lgan uy odobiga, xonadon sarishtaligiga rioya qilinmas ekan”, “Tarbiya, madaniyat yo‘q ekan”, degan o‘y-fikrga borishlari aniq!

Shuning uchun, eng avvalo, o‘zimiz uchun, farzandlarimizning ma’naviyati va tarbiyasi uchun uyimizni obod qilaylik! Farzandlarimizga obodlikni, xonadon va turmush madaniyatini, chiqindi tashlash tartibini qayta-qayta o‘rgataylik va ularning ongiga singdiraylik, har kuni ularga bu ezgu amallarni ko‘rsatib beraylik! Madaniyatni bolalarimizga har kuni ko‘rsatib beradigan, takrorlanadigan odatga aylantiraylik!

Hurmatli mahalla faollari, ko‘pni ko‘rgan nuroniylar, ko‘chaboshilar!
Mahallamizdagi uylarni, tandirxona, qo‘yxona va boshqa yordamchi xo‘jalik binolarini obod qilishni, tomorqadan samarali foydalanishni, gul-rayhonlar ekishni hamma joyda, to‘y-ma’rakalar va boshqa tadbirlarda ham odamlarga targ‘ib qilaylik! Dastlab o‘zimiz ibrat-namunasini ko‘rsatib beraylik hamda boquvchisi yo‘q va kam ta’minlangan oilalarning xonadonlarida hashаrlar uyushtiraylik!


Aholida “jamoat odobi”ni shakllantirishga hissa qo‘shaylik va har kuni jamoatchilik nazoratini amalga oshiraylik! Uyini obod qilmagan, tomorqasidan samarali foydalana olmayotgan, chiqindilarni belgilangan joylarga tashlamayotgan xonadonlardan ko‘z yumib, indamasdan o‘tib ketmaylik!

Bu holatlarga jim qarab turmaylik va e’tirozlarimizni bildiramiz hamda biz buni “birovni kamsitish” deb emas, balki “mahallamizni obod qilishga hissa qo‘shish”, deb qabul qilaylik!

Obod bo‘lgan xonadonlarga esa rahmat aytib, ularni boshqalarga o‘rnak qilib ko‘rsataylik! Toki, bizdan farzandlarimizga go‘zal Vatan va obod mahalla qolsin!


JO'RA AXMEDQULOV
Xalq deputatlari Nurafshon shahri Kengashi deputati,“Nuroniy” jamg‘armasi Nurafshon shahri bo‘limi boshlig‘i.


Telegram 🌐Instagram 📹YouTubeFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥1
Нурафшон_шахар_АВГУСТ_ОЙИ_ВАКАНЦИЯСИ.xlsx
35.1 KB


Nurafshon shahar hokimligi ishsiz fuqarolarni shahardagi mavjud bo‘sh ish o‘rinlariga taklif etadi

Hurmatli fuqarolar!
Agar siz ayni paytda ish izlayotgan bo‘lsangiz, o‘zingizning mutaxassisligingiz, malakangiz va qiziqishlaringizga mos bo‘lgan bo‘sh ish o‘rinlari ro‘yxati bilan tanishishingiz mumkin.

Shuningdek, ishga joylashish masalasida qo‘shimcha ma’lumot olish yoki amaliy ko‘makka ehtiyoj sezsangiz, yashash hududingizdagi hokim yordamchisi yoki mahalla yettiligi a’zolariga murojaat qilishingiz mumkin.


❗️Sizni munosib ish bilan ta’minlash va bandligingizni oshirish yo‘lida hamkorlik qilishga tayyormiz.

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1


Nurafshonda gaz tarmoqlarini xavfsiz ekspluatatsiya qilish bo‘yicha amaliy ishlar davom etmoqda


🇺🇿 Prezidentimiz rahbarligida joriy yilning 27-iyul kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida yoqilg‘i-energetika tarmog‘ida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar belgilab berilgan edi.

Mazkur topshiriqlar ijrosini ta’minlash, Nurafshon shahrida aholini uzluksiz yoqilg‘i-energetika resurslari bilan ta’minlash, shuningdek, kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish va uni betalafot o‘tkazish maqsadida hududda keng ko‘lamli amaliy ishlar olib borilmoqda.

Jumladan, Nurafshon shahri markazida barpo etilayotgan yer osti piyodalar o‘tish joyi qurilishi doirasida gaz tarmog‘ini xavfsiz hududga ko‘chirish ishlari amalga oshirildi. Loyiha doirasida diametri 325 mm bo‘lgan yuqori bosimli yerosti gaz quvuri belgilangan loyiha asosida yangi yo‘nalishga ko‘chirilib, montaj ishlari to‘liq yakunlandi.


❗️Bugungi kunda esa shahar gaz ta’minoti bo‘limi tomonidan mazkur gaz quvurlarida izolyatsiyalash ishlari olib borilmoqda. Ushbu ishlar gaz tarmoqlarining ishonchli va xavfsiz ishlashini ta’minlash, shuningdek, yer osti piyodalar o‘tish joyi qurilishini belgilangan tartibda davom ettirishga xizmat qiladi.

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2


Ijtimoiy himoyaga muhtoj aholining muammolari o‘rganildi

💠Bugun Nurafshon shahar “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi direktori G.Dadamatova tomonidan fuqarolar uchun sayyor qabul o‘tkazildi.

🔘Sayyor qabul davomida 20 nafar fuqaroning murojaati tinglandi. Murojaatlar asosan, bolalar nafaqasi, moddiy yordam, tegishli reyestrga kiritish, uy-joy ta’miriga yordam, nogironlikni belgilash, inklyuziv ta’limga qamrab olish, vasiylik va homiylik belgilash kabi masalalarga oid bo‘ldi.


✔️Fuqarolarning murojaatlari yuzasidan tegishli tushuntirish va tavsiyalar berildi.

Har bir murojaat Nurafshon shahar “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi tomonidan nazoratga olindi hamda ularni ijobiy hal etish yuzasidan amaliy choralar ko‘riladi.


Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍42