Nurafshon shahri hokimligi
3.21K subscribers
48.9K photos
4.81K videos
64 files
14.1K links
Download Telegram
#jarayon

Uzum sayli dasturi doirasidagi tadbirlarda Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev, vazirlik   va idoralar, diplomatik korpus vakillari, xorijlik mehmonlar shuningdek, tadbirkor va ishbilarmonlar ishtirok etmoqda.

Dasturga muvofiq liboslar ko'rgazmasi, an'anaviy auksion savdolari bo'lib o'tmoqda.

Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter🌐Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍21
#shukuh

«Uzum sayli»ning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi

Parkentda «Uzum sayli-2026» xalqaro festivalining tantanali ochilish marosimi ko‘tarinki kayfiyatda, o‘zgacha bayramona ruhda bo‘lib o‘tdi.
Tabiat saxovati, zahmatkash dehqon mehnati va xalqimizning asrlar davomida shakllangan ezgu qadriyatlarini o‘zida mujassam etgan ushbu sayil nafaqat uzumchilikning betakror an’analarini namoyon etuvchi, balki xalqimizning mehnatsevarligi, mehmondo‘stligi va milliy qadriyatlarini tarannum etuvchi katta bayram sifatida keng nishonlandi.

Bayramga xorijdan, mamlakatimiz hamda Toshkent viloyatining turli hududlaridan mehmonlar, soha vakillari, tajribali uzum yetishtiruvchi mirishkorlar, tadbirkorlar, san’atkorlar hamda keng jamoatchilik vakillari tashrif buyurdi.
Tantanali ochilish marosimida Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev ishtirokchilar va bayram mehmonlarini samimiy qutlab, barchaga ezgu tilaklarini bildirdi. O‘zbekistonda uzumchilikni rivojlantirish, sohada ko‘p yillik tajribaga ega mirishkorlarning fidokorona mehnatini munosib qadrlash, qadimiy dehqonchilik an’analarini asrab-avaylash va kelajak avlodlarga yetkazish muhim ekani alohida ta’kidlandi.

Tantanali ochilishdan so‘ng bayram dasturi katta gala-konsertga ulanib ketdi. El suygan san’atkorlarning dilrabo kuy-qo‘shiqlari, jo‘shqin raqslar, yorqin sahna chiqishlari va ko‘tarinki kayfiyat Zarkent osmoniga o‘zgacha fayz bag‘ishladi. Bayram maydonida musiqa sadolari yangrab, mehmonlar va ishtirokchilar birgalikda unutilmas lahzalarga guvoh bo‘ldilar.

Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter🌐Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥2
#Uzum_sayli

Bugun “Uzum sayli” xalqaro festivali.

Barcha yurtdoshlarimizni Parkentning betakror va go‘zal tabiatidan,  "Uzum sayli"ning chinakam zavqidan bahra olishga chorlaymiz!

Qani, sayilga marhamat!

Manzil: Parkent tumani, Zarkent qishlog‘i.

📍Joylashuv manzili

Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter🌐Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🏆 DXX KUBOGI — RESPUBLIKA FINALIGA TAYYORMISIZ?!

🔥 BIR MAYDON. IKKI VILOYAT. BIR CHEMPION!

🟢 TOSHKENT VILOYATI 🆚 BUXORO VILOYATI 🟡

📅 22 AVGUST 2026
17:30
📍 JAR STADIONI

🎟 KIRISH — MUTLAQO BEPUL!

🕓 16:00–17:00 — muxlislarni stadionga kiritish.

---

🔥 BUGUN — FINAL!

Bugun viloyat sha’ni maydonda!
Bugun g‘alaba uchun kurash!

💥 Tribunalarni to‘ldiramiz!
💥 Jamoamizni birga qo‘llab-quvvatlaymiz!
💥 Birgalikda tarix yaratamiz!

🏆 TOSHKENT VILOYATI — BIZ SIZ BILAN!

BARCHANGIZNI USHBU UNUTILMAS FINALGA TAKLIF ETAMIZ!

⚽️ JAR STADIONIDA KO‘RISHAMIZ!

🔥 TOSHKENT VILOYATI — OLG'A!
👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#fursat | 20.08.2026 | 18:00
📌Nurafshon shahri

AYOL QADRI ULUG‘LANGAN YURT


Telegram 🌐Instagram
📹YouTubeFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#live

"Uzum sayli - 2026"  xalqaro festivali ikkinchi kuni ham qaynoq jarayonlar va unutilmas lahzalarga boy o‘tmoqda.

Bugun dasturga ko‘ra, milliy liboslar ko‘rgazmasi va turli nominatsiyalar bo‘yicha g‘oliblarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tadi.

Kechki dasturda taniqli estrada xonandalari ishtirokida gala-konsert ham sizlarni kutib turibdi.

Sayil esa, davom etmoqda.

Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter🌐Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM


Otabek Isroilov «Kelajak bunyodkori» sifatida e’tirof etildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining o‘ttiz besh yilligi munosabati bilan fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, sport, madaniyat va san’at sohalari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida” gi Farmoniga muvofiq, Isroilov Otabek Odiljon o‘g‘li«Kelajak bunyodkori» medali bilan taqdirlandi.

Otabek Isroilov O‘rta Chirchiq tumani va Nurafshon shahri “Mash’al” ijtimoiy-siyosiy gazetasining bosh muharriri sifatida faoliyat yuritib, mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy hayotini yoritish, jurnalistika sohasini rivojlantirish hamda jamiyatda faol fuqarolik pozitsiyasini targ‘ib etishga munosib hissa qo‘shib kelmoqda.

Ushbu davlat mukofoti uning jurnalistika sohasidagi samarali mehnati, tashabbuskorligi va fidoyiligiga berilgan munosib e’tirofdir.

Otabek Isroilovni ushbu yuksak mukofot bilan muborakbod etamiz! Kelgusidagi faoliyatiga muvaffaqiyat tilaymiz!

Telegram 🌐Instagram
📹YouTubeFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍111


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan bir guruh yurtdoshlarimizni mukofotlash to‘g‘risidagi Farmoniga asosan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi Toshkent viloyati Nurafshon shahar “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi direktori Dadamatova Gavhar Maxamadaliyevna “Shuhrat” medali bilan taqdirlandi.

Gavhar Dadamatovani samimiy muborakbod etamiz!

Telegram 🌐Instagram
📹YouTubeFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍12
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Prezident Shavkat Mirziyoyev rafiqasi bilan birga Prezident Ilhom Aliyev va rafiqasini kutib oldi.

Президент Шавкат Мирзиёев вместе с супругой встретил Президента Ильхама Алиева с супругой.

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X


E-auksion" platformasida Nurafshon shahri hududidan Davlat aktivlarini sotib oling!

🔹Nurafshon shahrida 3 ta (Ko'rish)


🔹Barchasini ko'rish

Telegram 🌐Instagram 📹YouTubeFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM


Tibbiyot birlashmasida bemorlar xavfsizligi ta’minlanmoqda


Nurafshon shahar tibbiyot birlashmasiga davolanish uchun murojaat qilayotgan bemorlar hamda tez tibbiy yordam transport vositalarining xavfsiz harakatlanishini ta’minlash maqsadida hududga yo‘l chiziqlari va tegishli belgilar o‘rnatildi.

Shuningdek, shoshilinch tibbiy yordam bo‘limi hududida bemorlarni tez tibbiy yordam avtomobillaridan xavfsiz qabul qilish va tegishli bo‘limlarga yo‘naltirish jarayonlarini tartibga solish maqsadida rangli chiziqlar tizimi joriy etildi.

🔴Qizil rang — hayotiga xavf soluvchi, og‘ir ahvoldagi bemorlar uchun. Ular zudlik bilan shoshilinch tibbiy yordam va intensiv davolash yo‘nalishlariga yo‘naltiriladi.
🟡 Sariq rang — holati o‘rtacha og‘ir bo‘lgan, tibbiy ko‘rik va davolashga muhtoj bemorlar uchun. Ular tegishli ixtisoslashtirilgan bo‘limlarga yo‘naltiriladi.
🟢Yashil rang — holati nisbatan barqaror, shoshilinch tibbiy yordamga ehtiyoji kamroq bo‘lgan bemorlar uchun. Ular ambulator ko‘rik yoki tegishli davolash bo‘limlariga yo‘naltiriladi.


❗️Mazkur tizim bemorlarning holatini tezkor baholash, tibbiy yordam ko‘rsatish ustuvorligini belgilash hamda ularni tegishli bo‘limlarga tartibli va xavfsiz yo‘naltirishga xizmat qiladi.

Telegram 🌐Instagram 📹YouTubeFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1👍1