Nurafshon shahri hokimligi
3.19K subscribers
48.9K photos
4.8K videos
64 files
14.1K links
Download Telegram


Nurafshon shahar tibbiyot birlashmasida bayram tadbiri o‘tkazildi

Nurafshon shahar tibbiyot birlashmasida O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” shiori ostida bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Tadbirni tibbiyot birlashmasi rahbari M.M. Peltabayeva ochib berdi.

Tadbir davomida tibbiyot birlashmasida faoliyat yuritayotgan xodimlarning kam ta’minlangan va yolg‘iz ayollar oilalaridan bo‘lgan 50 nafar farzandiga kasaba uyushmasi tomonidan o‘quv qurollari jamlanmasi topshirildi.

Shuningdek, Olmaliq shahrida tibbiyot xodimlari o‘rtasida tashkil etilgan Gimnastrada musobaqasida faol ishtirok etgan 10 nafar hamshiraga kasaba uyushmasi tomonidan esdalik sovg‘alari taqdim etildi

Tadbir yakunida barcha tibbiyot xodimlari Mustaqillik bayrami bilan muborakbod etildi. Bayramona kuy-qo‘shiqlar tadbir ishtirokchilariga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.

🇺🇿 Mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin!

Telegram 🌐Instagram 📹YouTubeFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Prezident Shavkat Mirziyoyev davlat tashrifi bilan kelgan Hindiston Bosh vaziri Narendra Modini kutib oldi.

Президент Шавкат Мирзиёев встретил Премьер-министра Индии Нарендру Моди, прибывшего с государственным визитом.

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Ko‘ksaroy qarorgohida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Hindiston Respublikasi Bosh vaziri Narendra Modining muzokaralari bo‘lib o‘tdi.

В резиденции «Куксарой» состоялись переговоры Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева и Премьер-министра Республики Индия Нарендра Моди.

#Mirziyoyev #tashrif #Hindiston #muzokaralar

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X


To‘yga — to‘yona: Nurafshonda yangi yer osti yo‘lagi foydalanishga topshirildi

🇺🇿 Mustaqilligimizning 35 yillik shodiyonalari arafasida Nurafshon shahrida yana bir muhim infratuzilma loyihasi — zamonaviy yer osti piyodalar o‘tish yo‘lagi foydalanishga topshirildi. Mazkur inshoot shahardagi transport harakatini tartibga solish, piyodalar xavfsizligini ta’minlash va aholi uchun yanada qulay shahar muhitini yaratishga xizmat qiladi.

Tantanali ochilish marosimida Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev, viloyat jamoatchiligi, Nurafshon shahar hokimi Qobil Xamdamov, soha mutaxassislari, nuroniylar, faollar va shahar aholisi ishtirok etdi.


Tadbir davomida yangi inshootning imkoniyatlari va shaharning transport-piyoda infratuzilmasini rivojlantirish borasidagi ishlar haqida ma’lumot berildi.

Uzunligi 44 metr, kengligi 4,5 metr, balandligi 2,5 metr bo‘lgan zamonaviy yer osti yo‘lagi piyodalar uchun xavfsiz va qulay harakatlanish imkonini beradi. Inshootning foydalanishga topshirilishi, ayniqsa, serqatnov hududda transport vositalari va piyodalar harakatini xavfsiz tashkil etishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Bu kabi bunyodkorlik ishlari Mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida Nurafshon shahriga munosib tuhfa bo‘lib, shaharning zamonaviy qiyofasini yanada boyitmoqda.

Telegram 🌐Instagram 📹YouTubeFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3👏1👌1
#live
#shukuh

Bir necha daqiqalardan so'ng Nurafshon shahridagi “Yangi O'zbekiston" bog'i hududidagi amfiteatrda Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan bayram tantanalari boshlanadi.

Tadbir jarayonlarini hokimlikning rasmiy sahifalari hamda "Nurafshon TV" telekanalida toʻgʻridan-toʻgʻri jonli efir orqali kuzatib borishingiz mumkin.

Telegram
Facebook
📹 YouTube

Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter🌐Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1👍1