Nurafshon shahri hokimligi
3.19K subscribers
48.9K photos
4.8K videos
64 files
14.1K links
Download Telegram


To‘yga — to‘yona: Nurafshonda yangi yer osti yo‘lagi foydalanishga topshirildi

🇺🇿 Mustaqilligimizning 35 yillik shodiyonalari arafasida Nurafshon shahrida yana bir muhim infratuzilma loyihasi — zamonaviy yer osti piyodalar o‘tish yo‘lagi foydalanishga topshirildi. Mazkur inshoot shahardagi transport harakatini tartibga solish, piyodalar xavfsizligini ta’minlash va aholi uchun yanada qulay shahar muhitini yaratishga xizmat qiladi.

Tantanali ochilish marosimida Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev, viloyat jamoatchiligi, Nurafshon shahar hokimi Qobil Xamdamov, soha mutaxassislari, nuroniylar, faollar va shahar aholisi ishtirok etdi.


Tadbir davomida yangi inshootning imkoniyatlari va shaharning transport-piyoda infratuzilmasini rivojlantirish borasidagi ishlar haqida ma’lumot berildi.

Uzunligi 44 metr, kengligi 4,5 metr, balandligi 2,5 metr bo‘lgan zamonaviy yer osti yo‘lagi piyodalar uchun xavfsiz va qulay harakatlanish imkonini beradi. Inshootning foydalanishga topshirilishi, ayniqsa, serqatnov hududda transport vositalari va piyodalar harakatini xavfsiz tashkil etishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Bu kabi bunyodkorlik ishlari Mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida Nurafshon shahriga munosib tuhfa bo‘lib, shaharning zamonaviy qiyofasini yanada boyitmoqda.

Telegram 🌐Instagram 📹YouTubeFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3👏1👌1
#live
#shukuh

Bir necha daqiqalardan so'ng Nurafshon shahridagi “Yangi O'zbekiston" bog'i hududidagi amfiteatrda Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan bayram tantanalari boshlanadi.

Tadbir jarayonlarini hokimlikning rasmiy sahifalari hamda "Nurafshon TV" telekanalida toʻgʻridan-toʻgʻri jonli efir orqali kuzatib borishingiz mumkin.

Telegram
Facebook
📹 YouTube

Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter🌐Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1👍1


Ayni vaqtda Nurafshon shahrida Mustaqilligimizning 35 yillik shodiyonalariga bag‘ishlangan viloyat bosh bayram tadbiri bo‘lib o‘tmoqda.

Tadbirda Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev viloyatimiz ahlini qutlug‘ ayyom — O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi bilan samimiy muborakbod etmoqda.

Bayram tadbiri ko‘tarinki kayfiyat, ezgu tilaklar va tantanali lahzalarga boy tarzda davom etmoqda.

Tadbir jarayonlarini hokimlikning rasmiy sahifalari hamda "Nurafshon TV" telekanalida toʻgʻridan-toʻgʻri jonli efir orqali kuzatib borishingiz mumkin.

Telegram
Facebook
📹YouTube

Telegram 🌐Instagram 📹YouTubeFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2👍1
Nurafshonda — istiqlol shukuhi!

Ayni damda Nurafshon shahridagi “Yangi O‘zbekiston” bog‘ida yurtimiz mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan tantanali bayram marosimi boshlandi.

Telegram 🌐Instagram 📹YouTubeFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM


Mustaqillik shodiyonalari davomida Nurafshon Business City bag‘rida barpo etilgan 70 metrlik musiqali favvora viloyat ahliga taqdim etildi.

Telegram 🌐Instagram 📹YouTubeFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2👍1
#mustaqillik
#35yil
#onlayn_reportaj

Nurafshon osmoni uzra chaqnagan dronlar shousida — Istiqlol tarannumi!

Nurafshon shahridagi “Yangi O‘zbekiston” bog‘ida O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan tantanali bayram marosimi o‘zining eng yorqin va ta’sirchan lahzalari bilan davom etmoqda.

Milliy san’atimiz va istiqlol tuyg‘usi bilan yo‘g‘rilgan rang-barang konsert dasturi tomoshabinlarga ko‘tarinki kayfiyat ulashmoqda.

Tantanada dronlar shousi barchaga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi.

Yashasin mustaqil O‘zbekiston!
Mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin!

Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter🌐Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1👍1