Nurafshon shahar hokimligi
1.89K subscribers
34.5K photos
3.26K videos
45 files
10.3K links
Download Telegram
Nurafshonda Ramazon hayr-sahovat tadbirlari davom etmoqda

Muhtaram Prezidentimizning "Ramazon – saxovat, birdamlik va bag‘rikenglik oyi" g‘oyasi asosida Ismat ota jome masjidi imom-xatibi Anvar hoji domla Jabaev tashabbusi bilan hayr-sahovat tadbirlari davom etmoqda.

Ushbu xayrli tashabbus doirasida mahalla faollari, deputatlar, tadbirkor-fermerlar hamjihatlik bilan hududdagi nogironligi bo‘lgan shaxslar, bemorlar va keksalar holidan xabar olish maqsadida ularning xonadonlariga tashrif buyurdilar. Ramazonning ezgulik va mehr-oqibat fasli ekanini anglagan holda, ularning holidan xabar olinib, kerakli ko‘mak va e’tibor ko‘rsatildi.

Bu kabi saxovat ishlari jamiyatimizda mehr-oqibat va birdamlikni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

#RamazonSaxovati #Bag‘rikenglikOyi #HayrIshlarDavomEtda #Nurafshon

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt