Nurafshon shahri hokimligi
3.07K subscribers
45.8K photos
4.25K videos
61 files
13K links
Download Telegram
#Nurafshon

Nurga to‘lgan Nurafshon

Nurafshon shahrining markaziy ko‘chalari Mustaqilligimizning 34 yilligini munosib nishonlash maqsadida yorqin bayram chiroqlari va rang-barang girlyandalar bilan bezatildi. Ko‘chalarda yaratilgan bayramona muhit shahar aholisiga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishlab, yurtimiz mustaqilligining qadrini yanada chuqur his etishga xizmat qilmoqda.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
8👍6🔥2👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Nurga to‘lgan Nurafshon!

Mustaqillikning 34 yilligi munosabati bilan shahrimiz ko‘chalari bayram chiroqlari bilan yanada nurga burkandi.

Nurafshon kechalari esa alohida bir ruhiyat bag‘ishlab, xalqimizning quvonch va iftixorini yorqin aks ettirmoqda. 🇺🇿

#Nurafshon #Mustaqillik34

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
👍62🔥1
Taraqqiyot mahallasida Mustaqillik bayrami ko‘tarinki ruhda nishonlandi.

Sport musobaqalari, kuy-qo‘shiqlar, samimiy suhbatlar va doshqozon osh mehmonlarga bayramona kayfiyat ulashdi. 🇺🇿🎉

#Mustaqillik34 #Nurafshon #TaraqqiyotMahallasi #VatanUchun #BayramKayfiyati #YoshlarFaolligi #MahallaHayoti

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
1👍1👎1
14 nafar bolaga xatna to‘yi

Nurafshon shahrida Mustaqillik bayrami arafasida kam ta’minlangan oilalarning 14 nafar farzandi uchun xatna to‘yi o‘tkazildi.

13 nafar bolajonga velosiped, imkoniyati cheklangan 1 nafar bolajonga esa planshet sovg‘a qilindi. Tadbir davomida kuy-qo‘shiqlar ijro etilib, bolajonlarga unutilmas shodiyona ulashildi.

#Nurafshon #Mustaqillik34 #XatnaTo‘yi #EzguAmal #BolajonlarQuvonchi #YangiO‘zbekiston

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
👍96👌2
#Nurafshon_manzarasi

Nurafshon city — farovonlik va qulaylik manzili

Toshkent viloyatining ma’muriy markazi bo‘lgan Nurafshon shahri bugungi kunda jadal rivojlanish bosqichini boshdan kechirmoqda. Geografik jihatdan qulay joylashuvi, zamonaviy infratuzilmasi va investorlar uchun yaratilgan qulay sharoitlar tufayli shahar urbanizatsiya jarayonlarining ilg‘or markaziga aylanib bormoqda.

Qisqa vaqt ichida Nurafshonda keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlari amalga oshirildi. Zamonaviy ko‘p qavatli turar-joylar, ravon yo‘llar, mahalla markazlari, ijtimoiy infratuzilma obyektlari hamda turli xizmat ko‘rsatish maskanlari barpo etildi.

Yangi uy-joylar yuzlab oilalarga qulay maskan yaratib, aholiga yanada zamonaviy va farovon hayot tarzini taklif etmoqda.

Nurafshon shahrida olib borilayotgan mazkur islohotlar kelgusida hududning iqtisodiy salohiyatini yanada oshirishga, zamonaviy shaharsozlik standartlarini amalga tatbiq etishga xizmat qiladi.

https://t.me/Nurafshonpressa
#YoshlarYetakchilari
#Nurafshon

🌿 Nurafshonda ezgu an’anaga aylangan hashar

Ro‘zmatilla Ibragimov Nurafshon shahridagi To‘ytepa mahallasiga yoshlar yetakchisi etib tayinlanganiga hali ko‘p vaqt bo‘lmagan bo‘lsa-da, qisqa muddatda mahallada tub o‘zgarishlarga zamin yaratmoqda. Uning yangi tashabbuslari va faoliyati keng jamoatchilik e’tiborini qozonmoqda.

Bugun Yoshlar ishlari bo‘limi tashabbusi bilan “Adham sahoba” ziyoratgohi hududida hashar o‘tkazildi. 🌳🧹

Tadbirda Nodirbek singari fidoyi yoshlar ham faol qatnashib, birlik va hamjihatlik namunalarini ko‘rsatishdi 🤝
🗣 B. Abduqodirov, Yoshlar ishlari bo‘limi boshlig‘i:
“Hashar – bu nafaqat jismoniy mehnat, balki xalqimizning birligi, ahilligi va mehr-oqibatining yorqin ifodasi. Har birimiz mahallamiz uchun mas’ulmiz. Kelajak avlod uchun toza va obod Vatan qoldirish — barchamizning burchimizdir” deb taʻkidladi.


Hashar davomida hudud tozalandi, atrof obodonlashtirildi, muhit yanada chiroyli ko‘rinishga keltirildi.

https://t.me/Nurafshonpressa
4👍4
#Nurafshon

🏆 NAVBATDAGI XALQARO G‘ALABA


Nurafshon shahar “Barkamol avlod” bolalar markazida faoliyat yuritayotgan “Mental arifmetika” to‘garagi a’zolari o‘z bilim va iqtidori bilan nafaqat yurtimiz, balki xalqaro miqyosda ham munosib natijalarga erishib kelmoqdalar.

To‘garak a’zolari Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida bo‘lib o‘tgan Xalqaro mental arifmetika olimpiadasida faol ishtirok etib, Vatanimiz sharafini munosib himoya qildilar.

Musobaqa yakuniy natijalariga ko‘ra, Nurafshon shahar “Barkamol avlod” bolalar markazi jamoasi:
• 1 ta oliy (Grand Pri) o‘rin,
• 2 ta birinchi o‘rin bilan taqdirlandi
.


Bu yutuq o‘quvchilarning mehnatsevarligi, bilimga chanqoqligi, shu bilan birga ustozlarning fidokorona mehnati samarasi ekanini yana bir bor namoyon etdi.

Muvaffaqiyatlaringiz muborak bo‘lsin!

✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
4👏2👍1
#Nurafshon #TadbirkorlarUchun #SayyorQabul

Diqqat!

Tadbirkorlar uchun sayyor qabul o‘tkaziladi

💎 9-dekabr kuni soat 15:00 da Nurafshon shahar hokimligi, Markaziy bank Toshkent viloyati bosh boshqarmasi boshlig‘i va Savdo-sanoat palatasi rahbarligi tomonidan tadbirkor hamda ishbilarmonlarga amaliy yordam ko‘rsatish maqsadida sayyor qabul o‘tkaziladi.

📝 Qabul Toshkent viloyati Yoshlar markazida bo‘lib o‘tadi. Unda tadbirkorlar va ishbilarmonlar o‘z loyihalarini amalga oshirish jarayonida duch kelayotgan muammolari, shuningdek o‘z taklif va tashabbuslari yuzasidan murojaat qilishlari mumkin.

✍️ Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
#Nurafshon_shahri
#Ochiq_muloqot

Nurafshon shahrida tadbirkorlar bilan muloqot

🟢Nurafshon shahri hokimligi, Respublika va viloyat ishchi guruhlari tomonidan tadbirkorlar hamda tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagida bo‘lgan fuqarolar bilan ochiq muloqot tadbirlarining shaharda o‘tkazilish rejasi e’lon qilingan edi.


🟢Bugun mazkur reja asosida shahar hokimligi binosida navbatdagi uchrashuv tashkil etildi. Unda Prezident Administratsiyasining mas’ul vakili, Respublika va viloyat ishchi guruhi mas’ullari, Toshkent viloyati hokimining oila va xotin-qizlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari N.Normirzayeva, shahar hokimi va mas’ul rahbarlar, shuningdek, 40 dan ziyod tadbirkorlar ishtirok etdi.

🟢Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish yo‘nalishlarida belgilab berilgan ustuvor vazifalarning mazmun-mohiyati va ahamiyati yuzasidan batafsil fikr almashildi.

🟢Tadbir davomida tadbirkorlarga qonunchilikdagi imtiyozlar va imkoniyatlar, hududdagi investitsiya loyihalari hamda bo‘sh binolar va yer uchastkalari haqida ma’lumot berildi. Shu bilan birga, tadbirkorlarni qiynayotgan masalalar muhokama qilinib, joyida yechim choralari ko‘rildi.

🟢Shuningdek, tadbirkorlarning murojaatlari asosida mavjud muammolarni bartaraf etish, yangi ish o‘rinlari yaratish va ishlab chiqarish hajmini kengaytirish, byurokratik to‘siqlarni kamaytirish hamda davlat organlari bilan hamkorlikni mustahkamlash bo‘yicha amaliy choralar belgilab olindi.

Bunday ochiq muloqotlar shaharning boshqa hududlarida ham davom etadi.

"Tadbirkorlikni rivojlantirish – mamlakatimiz iqtisodiy taraqqiyoti va aholining farovonligi uchun muhim vazifa. Har bir tadbirkorning g‘oyasi va tashabbusi qo‘llab-quvvatlanishi kerak."

✍️ Nurafshon shahri hokimligi Axborot xizmati
👍21
#Nurafshon_shahri
#Mehnat_yarmarkasi


🟢 Nurafshon shahrida bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi

Bugun Nurafshon shahrida tadbirkorlar bilan ochiq muloqot tadbiridan so‘ng bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi tashkil qilindi.

Mazkur yarmarkada Respublika va viloyat ishchi guruhi vakillari ham ishtirok etib, aholi bandligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.

🔹 Mehnat yarmarkasida 12 ta korxona va tashkilot ishtirok etib, jami 343 ta bo‘sh ish o‘rni taklif qilindi.

👥 Yarmarkada 26 nafar ishsiz fuqaro qatnashdi:
3 nafar fuqaroga ishga joylashish uchun yo‘llanma berildi
🎓 1 nafar fuqaro kasb-hunarga o‘qishga yo‘naltirildi

Mazkur tadbir aholini ish bilan ta’minlash, yangi ish o‘rinlari yaratish va fuqarolarning bandligini oshirishga xizmat qildi.


✍️ Nurafshon shahri hokimligi Axborot xizmati
👍2