Nurafshon shahri hokimligi
3.29K subscribers
42.9K photos
3.87K videos
53 files
12.2K links
Download Telegram
#Adliya_xabari

❗️Endilikda qishloq xo'jaligi yerlari faqat elektron auksion orqali ijaraga beriladi


🗓 2024-yil 1-martdan qishloq xo'jaligiga mo'ljallangan yer uchastkalarini ijaraga berishda ochiq elektron tanlov o'rniga elektron onlayn-auksion savdolari joriy etiladi. Bunda:

🔸ijara muddati – 30 yil, boshlang'ich narx – yer uchastkasining normativ qiymati miqdorida belgilanadi;

🔸auksion g'oliblariga yer narxini 3 yilga, “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”da ro'yxatda turgan fuqarolarga esa – 5 yilga foizsiz bo'lib-bo'lib to'lashga ruxsat beriladi;

🔸auksiondan tushgan mablag'lar xarajatlar chiqarib tashlangandan keyin tegishli tuman mahalliy byudjetiga o'tkaziladi.

➡️ 2024-yil 1-martga qadar respublika bo'yicha jami 15 626,8 gektar yer maydoni elektron onlayn-auksion savdolariga chiqarilishi nazarda tutilgan.

⚠️ Manba: “Qishloq xo'jaligiga mo'ljallangan yer uchastkalarini ijaraga berish tartibini takomillashtirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlari to'g'risida”gi Prezident Farmoni.

Mazkur Farmon Adliya vazirligi tashabbusi bilan ishlab chiqilgan.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Adliya_xabari

❗️Muborak Ramazon hayiti munosabati bilan necha kun dam olamiz?


🔰Ramazon hayiti arafasida quyidagi kunlar dam olinadi:

🔹10 aprel (chorshanba) Ramazon hayiti bayrami;

🔹11 aprel (payshanba) barcha xodimlar uchun dam olish kuni (ish haftasining turidan qat'i nazar)

🔹12 aprel (juma) 6 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun qo'shimcha dam olish kuni, 5 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun 13 aprel kuni shanbadan ko'chirilgan dam olish kuni;

🔹13 aprel – (shanba) barcha uchun ish kuni;

🔹14 aprel – (yakshanba) dam olish kuni.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Adliya_xabari

❗️Face ID yordamida onlayn xizmatlarni ko'rsatish imkoniyati yanada kengaytirildi


🔰Prezident Farmoniga (PF-37-son, 21.02.2024 y.) muvofiq, Adliya vazirligi tomonidan Personallashtirish agentligining ma'lumotlar bazasida jismoniy shaxsni uning yuz qiyofasidan (Face ID) identifikatsiya qilish tizimi joriy etildi.

✔️Endilikda, jismoniy shaxslarni masofadan turib Face ID yordamida identifikatsiya qilish orqali onlayn xizmatlarni ko'rsatish imkoniyati yanada kengaydi.

Xususan, notarial harakatlarni onlayn shaklda amalga oshirish, elektron raqamli imzo kalitlarini taqdim etish kabi ahamiyati yuqori bo'lgan xizmatlarda foydalanib kelinmoqda.

🏢 Adliya vazirligi tomonidan boshqa turdagi davlat xizmatlari va ijtimoiy xizmatlarni ko'rsatishda ham mazkur texnologiyadan bosqichma-bosqich foydalanish, shuningdek barcha vazirlik va idoralarning axborot tizimlariga bepul asosda integratsiya qilish rejalashtirilgan.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
👍1
#Adliya_xabari

❗️O'zboshimchalik bilan egallab olingan yer va undagi ko'chmas mulkka mulk huquqini e'tirof etishga oid Qonun 8 noyabrdan kuchga kiradi


🔰Unga ko'ra, fuqarolar quyidagi ko'chmas mulklarni o'z nomiga (ijara va mulk huquqi asosida) qonuniy o'tkazib olishi mumkin:

2018 yil 1 may kunigacha yakka tartibdagi uy-joy qurib o'zboshimchalik bilan egallagan yer hamda undagi bino va inshootlar;

2018 yil 1 may kunigacha fuqarolar va tashkilotlar tomonidan hujjatda ko'rsatilgan maydondan ortiqcha egallangan yer hamda undagi bino va inshootlar;

“bir martalik aksiya” doirasida huquqlarni e'tirof etish oxiriga yetmagan yer hamda undagi bino va inshootlar;

2021 yil 8 iyunga (hokimlarning vakolati bekor qilinguniga) qadar tuman (shahar) hokimlari qarori bilan ajratilgan, lekin viloyat hokimi yoki xalq deputatlari Kengashi tomonidan tasdiqlanmagan yer;

bog'dorchilik va uzumchilik shirkatlari hududidagi turar joylar hamda ular egallagan yer;

kichik sanoat zonalari hududiga 2020 yil 9 martgacha joylashtirilgan tadbirkorlarning yeri;

davlat orderi bilan xususiylashtirilgan binolar va uylar egallagan yer;

hokim qarori bilan mulk huquqi e'tirof etilgan binolar va uylar egallagan yer uchastkasi.

👉Manba
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
#Adliya_xabari #Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️Yangi yil bayramida dam olish kunlari belgilandi


⚡️“Yangi yil bayramini nishonlash davrida qo'shimcha ishlanmaydigan kunni belgilash va dam olish kunini ko'chirish to'g'risida”gi Prezident qarori (452-son, 24.12.2024 y.) qabul qilindi

Qarorga ko'ra, 2025-yilda 5 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun dam olish kuni 4 yanvar – shanba kunidan 2 yanvar – payshanba kuniga ko'chirildi hamda 6 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun 2 yanvar – payshanba qo'shimcha dam olish kuni etib belgilandi.

📌 Yangi yil bayrami arafasida quyidagi kunlar dam olinadi:


🔹28 dekabr (shanba)5 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun dam olish kuni (6 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun ish kuni);

🔹29 dekabr (yakshanba) — umumiy dam olish kuni;

🔹30 dekabr (dushanba) — qo'shimcha dam olish kuni;

🔹31 dekabr (seshanba) — qo'shimcha dam olish kuni;

🔹1 yanvar (chorshanba) — Yangi yil bayrami;

🔹2 yanvar (payshanba) — 5 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun dam olish kuni, 6 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun qo'shimcha dam olish kuni.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
👍1
#Adliya_xabari

❗️Navro'z bayrami munosabati bilan necha kun dam olamiz?


🔰 Navro'z bayrami munosabati bilan quyidagi kunlar dam olinadi:

🔹21-mart (juma) – Navro'z bayrami - barcha uchun dam olish kuni;

🔹22-mart (shanba)5 kunlik ish haftasidagi xodimlar uchun dam olish kuni, 6 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun ish kuni;

🔹23-mart (yakshanba) – dam olish kuni.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#adliya_xabari

Aholi murojaatlari tinglandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi PF-80-sonli Farmoni ijrosi yuzasidan Nurafshon shahar adliya bo'limi mas'ullari "Oppoq" MFY hududidagi viloyat barkamol avlod bolalar markazi binosida aholi uchun sayyor qabullarni tashkilashtirdi.

Nurafshon shahar adliya bo‘limi, YuXKM va DXM xodimlari tomonidan“Adliya kuni” va huquqiy targ‘ibot tadbiri doirasida 26 nafar fuqaro ishtirok etdi. Ochiq muloqtlar davomida murojaatlar tinglandi va 5 nafar fuqaroning masalasi adliya bo‘limi ish yurituviga olindi, 7 nafar fuqaroga joyida huquqiy tushuntirish berildi, shuningdek, 4 nafar fuqaroga sayyor davlat xizmatlari ko‘rsatilishi ta’minlandi.


Bundan tashqari, tadbir jarayonida ishtirokchilarga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-1-son qarori, O‘RQ-937-son qonuni va boshqa NHHlarning mazmun-mohiyati tushuntirildi va flayerlar tarqatildi.

✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
#adliya_xabari

Aholi murojaatlari tinglandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi PF-80-sonli Farmoni ijrosi yuzasidan Nurafshon shahar adliya bo'limi mas'ullari "Oppoq" MFY hududidagi viloyat barkamol avlod bolalar markazi binosida aholi uchun sayyor qabullarni tashkilashtirdi.

Nurafshon shahar adliya bo‘limi, YuXKM va DXM xodimlari tomonidan“Adliya kuni” va huquqiy targ‘ibot tadbiri doirasida 26 nafar fuqaro ishtirok etdi. Ochiq muloqtlar davomida murojaatlar tinglandi va 5 nafar fuqaroning masalasi adliya bo‘limi ish yurituviga olindi, 7 nafar fuqaroga joyida huquqiy tushuntirish berildi, shuningdek, 4 nafar fuqaroga sayyor davlat xizmatlari ko‘rsatilishi ta’minlandi.


Bundan tashqari, tadbir jarayonida ishtirokchilarga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-1-son qarori, O‘RQ-937-son qonuni va boshqa NHHlarning mazmun-mohiyati tushuntirildi va flayerlar tarqatildi.

✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
1
Prezident Shavkat Mirziyoyev intellektual mulk, arxiv ishi va yuridik ta’lim sohalarini isloh qilishga qaratilgan takliflar taqdimoti bilan tanishdi.

Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с презентацией предложений по реформированию сфер интеллектуальной собственности, архивного дела и юридического образования.

#Mirziyoyev #taqdimot #adliya #intellektualmulk

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
#adliya_kuni

Nurafshon shahar adliya bo‘limi, YuXKM, DXM va “Madad” NNT xodimlari tomonidan "Qumariq" MFYda “ Adliya kuni” tadbiri o‘tkazildi. Tadbirda 14 nafar fuqaro ishtirok etishdi. Muloqotlar davomida fuqarolarning murojaatlari tinglandi va 3 ta murojaat adliya bo‘limi ish yurituviga olindi, 7 nafar fuqaroga joyida huquqiy tushuntirish berildi, shuningdek, 2 nafar fuqaroga sayyor davlat xizmatlari ko‘rsatilishi ta’minlandi.
Bundan tashqari, shu kuni ishtirokchilarga O‘zbekiston Respublikasining O‘RQ-937-son qonuni, PQ-1 son qaror va boshqa yangi qabul qilinayotgan NHHlarning mazmun-mohiyati tushuntirildi.


✍️ Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
1