Nurafshon shahri hokimligi
4.67K subscribers
41.6K photos
3.73K videos
52 files
12.1K links
Download Telegram
#Nurafshon
#keksalar
#madaniy_hordiq

Kuni kecha viloyat Nuroniylar jamg‘armasi hamda Nurafshon shahar hokimligi tashabbusi bilan "Keksalar turizmi oyligi" doirasida Nurafshon shahrining nuroniy otaxon va onaxonlari uchun Toshkent shahridagi Muqimiy teatriga sayohat uyushtirildi.

Mehmonlarga taniqli teatr ijodkorlari tomonidan sahnalashtirilgan "Jaydari kelin" spektakli namoyish qilindi.

Madaniy hordiqdan zavqlangan keksalarimiz shunday dorulzamon hayotda, inson qadri baland yurtda yashayotganliklaridan faxrlanishib, yurtimiz tinch, hayotimiz farovon bo‘lishini tilab qo'llarini duolarga ochishdi. Tadbir tashkilotchilariga o'z minnatdorchiliklarini bildirishdi.

📲 Bizni kuzatib boring:👇

Sayt I Telegram I Facebook I Youtube
👍3👏2🎉1