Nurafshon shahar hokimligi
1.84K subscribers
32.7K photos
3.17K videos
44 files
9.81K links
Download Telegram
#Nurafshon
#mahallabay
#murojaatlar
#moddiy_yordam

📌 Bugun Nurafshon shahar hokimligining majlislar zalida Bosh vazir o’rinbosari J.Qo’chqorovning topshiriq xatiga asosan kam ta’minlangan oilalarga bolalar nafaqasi va moddiy yordam berishni mahallabay tushuntirishlar o’tkazish va mavjud muammolarning yechimini o'rganish yuzasidan yig'ilish o'tkazildi.

📝 Unda shahar hokimining birinchi o’rinbosari Q. Alkarov, shahar Pensiya jamg'armasi, shahar bandlikka ko'maklashish markazi, MFY raislari, hokim yordamchilar hamda ishchi guruhga biriktirilgan mas’ullar ishtirok etishdi.

Yig’ilishda tegishli yo’nalishlar belgilab olinib, savollarga atroflicha javob berildi.

@Nurafshonpressa
#Moddiy ko'mak

Ayollarning 233 nafari qo'llab- quvvatlandi.

🔰 Davlatimiz rahbari Sh. Mirziyoyev tashabbusi bilan ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlarni qo'llab-quvvatlash maqsadida "Ayollar daftari" jamg'armasidan yordam pullari ajratilmoqda.

♻️ Xususan, bugun sektorlar kesimida 233 nafar "Ayollar daftari" ro'yxatiga kiritilgan, boquvchisi bo'lmagan ehtiyojmand, tibbiy xizmatga muhtoj, I va II guruh nogironligi bor ayollarga 1 martalik moddiy yordam pullari tarqatildi.

Mustaqilligimizning 32 yillik bayrami arafasida ajratilgan ushbu mablag'lardan ayollarimiz mamnun bo'lib, yurtimizga tinchlik, osoyishtalik tilab, rahbarlarga o'z minnaddorchiligini bildirdilar.

@Nurafshonpressa
#Ayollar daftari
#moddiy ko'mak

🔰 O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyev tashabbusi bilan ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlarni qo'llab-quvvatlash maqsadida "Mahalla" xayriya jamoat fondi Nurafshon shahar bo'linmasi, "Saxovat va ko'mak" jamg'armasi tomonidan shahardagi "Ayollar daftari" ro'yxatida turuvchi 227 nafar fuqarolarning har biriga 1 320 000 so'mdan jami, 299 620 000 so'm bir martalik moddiy yordam pullari shahar hokimi o'rinbosari, Oila va xotin-qizlar bo'limi boshlig'i K.Pardaboyeva, mahalladagi xotin- qizlar faollari ishtirokida tarqatilishi ta'minlandi.

Fuqarolar hukumatimiz rahbari tomonidan xotin-qizlarga berilayotgan e'tibordan mamnun ekanliklarini va shahar hokimi I.Klichxanovga, sektor rahbarlariga, Oila va xotin- qizlar bo'limiga,  mahalla fuqarolar yig'ini xodimlariga hamda "Mahalla" xayriya jamoat fondi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar, berilayotgan moddiy va ma'naviy yordamlar uchun minnaddorchiliklarini bildirishdi.

https://t.me/Nurafshonpressa