Talaba.uz | Ta'lim portali
5.45K subscribers
3.41K photos
1.27K videos
262 files
8.9K links
Talabalar va abituriyentlar uchun eng katta kanal

▪️Talabalar hayoti | Grantlar | Ta'lim yangiliklari

Maqsad aniq bo'lsa, biz bilan marra sizniki!

Reklama uchun👉 @Reklama_TalabaUz

Savol, taklif va muommolar uchun:👉 @Hikmatulloh_Karimberdiyev
Download Telegram
​​​​⚡️⚡️⚡️Коррупция урчигани туфайли “Нархоз” ректори ишдан олинди

Узоқ йиллар давомида турли “ўйин”лари билан кенг оммага машҳур, халқ орасида “пулхоз” номи билан танилган Тошкент давлат иқтисодиёт университетида катта ўзгаришлар содир бўлмоқда.

Бугун, Президент маслаҳатчилари Шерзод Кудбиев ва Абдужаббор Абдувоҳидов ҳамда ДХХ, прокуратура органлари вакиллари бошчилигида ўтказилган йиғилишда олий таълим муассасалари уйғониши зарур эканлиги, бундан буён қабул жараёнидан бошлаб битириш жараёнига қадар очиқлик ва ошкоралик тамойиллари асосий бўлиши, бунга қарши чиққанларга эса қатъий жазо кўрилиши таъкидланди.

Бунинг биринчи исботи сифатида ТДИУ ректори Баҳодир Ходиев лавозимидан озод этилди. Бунинг ортидан “Нархоз”да катта тозалаш ишлари ҳам амалга оширилиши таъкидланди.
@xushnudbek

Батафсил👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
#Ahvolimiz

Jizzaxdan gapiramiz! Bizda ahvol shunaqa😃😎

Doskaniyam tashlab yuborishsa bo'larkan! Stollarni-ku mayli, o'tgan safar ham gapirdik foydasi bo'lmadi!

Foto: Jizzax Politexnika instituti

P/S: O'sha gap uyateee


Ma'sul shaxslarga yuboramiz😁👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Тошкент давлат иқтисодиёт университети ректори лавозимига Олий ва ўрта махсус таълим вазирининг биринчи ўринбосари Конгратбой Авезимбетович Шарипов тайинланди.

Конгратбой Шарипов илгари Тошкент шаҳридаги Турин политехника университети ректори сифатида жуда муваффақиятли иш олиб борган ва университетда сифатли таълим тизими яратишда катта меҳнат қилган мутахассис сифатида кўпчиликка маълум.


👉 @xushnudbek 👈

Батафсил👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
​​Talabaning izohli lug'ati.

1. Universtitet - “Tom tog‘aning kulbasi"
2. Dekan – “Cho‘qintirgan ota”
3. Jurnal – “Daydi qizning daftari”
4. Konspekt – “Daftar hoshiyasidagi bitiklar”
5. Kafedra – “Shaytanat”
6. Stipendiya –“Hayotga muhabbat”
7. YI yetakchisi – “Choliqushi” yoki “Robingud”
8. Kompyuterdagi test –“Alvido qurol”
9. Supervizor –“Maymun yetaklagan odam”
10. Seminar – “Jimjitlik”
11. Yakshanba – “Asrga tatigulik kun”
12. O‘tgan semestr – “Yo‘qotganlarim va topganlarim”
13. Kurator – “Portobello jodugari”
14. Oraliq nazorat – “Jar yoqasidagi chaqmoq”
15. Besh baho – “Tushda kechgan umrlar”
16. Amaliyot –“Yolg‘izlikning yuz yili”
17. Gruppa – “Xo‘rlanganlar”
18. Starostalar majlisi – “Jinlar bazmi”
19. Yotoqxona – “Molxona”
20. Qorovul – “Revizor”
21. Qavat starostasi – “Xarobadan chiqqan millioner”
22. Oshxona – “Ko‘ngil deydiki... ”
23. Stipendiant – “Yashna Quyosh”
24. Otrobotka – “O‘tgan kunlar”
25. Jismoniy kafedra – “Mehrobdan chayon”
26. Ma’ruza - "Otamdan qolgan dalalar"
27. Rektorat – “O‘lim vodiysi”
28. Yozgi ta’til – “Dunyo bo‘ylab 80 kun”

Kanalga ulanish👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekistonda buxanka non narxi so‘nggi 20 kun ichida ikkinchi marta qimmatlashdi!

O‘zbekistonda qolipli non (buxanka) narxi yana qimmatlashdi. Bu buxankaning so‘nggi 20 kun ichida ikkinchi marta qimmatlashishi hisoblanadi. Hozirda Toshkentdagi turli savdo do‘konlarida buxanka 1 600 so‘mdan 1 900 so‘mgacha sotilmoqda.

Buxanka narxi oxirgi marta 15 oktyabr kuni qimmatlashgan. O‘shanda «buxanka» 1 350—1 500 so‘mdan sotila boshlangan edi.

Ma’lumot uchun, 2019 yil 1 oktyabrdan un va «buxanka» xarid qilish bo‘yicha qo‘shimcha xarajatlarni qoplash uchun aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan ayrim toifalariga beriladigan har oylik pul kompensasiyasi 50 ming so‘mga oshirilgan.

Ana endi......

Ulashamiz👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Bedorlik zarur.

Ibrohim YULDASHEV, O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti rektori:

Bugun juda og‘ir yig‘ilish bo‘ldi. Masala – oliy ta’lim tizimidagi korrupsiya holatlari va uni bartaraf etish choralari haqida. Oliy ta’lim tizimida ishlayotganimga 41 yil bo‘lyaptiki, bunday jiddiy, o‘ta og‘riqli masala qo‘yilgan yig‘ilishni eslolmayman. Bu bugungi zarurat tufayli bo‘lganligini yaxshi anglab turibmiz.

Yaqin o‘tmish sarqiti hanuz davom etayotganligi juda achinarli, qolaversa, bu sohadagi salbiy holatlar haqida gap ketganda yuraklarimiz zirqirab ketyapti. Bugun har birimiz ko‘zimizni kattaroq ochishimiz, o‘z kelajagimizga o‘zimiz bolta urayotganligimizni yurakdan, vijdonan his etishimiz vaqti allaqachon kelganini sezishimiz shart!

Taklifim: bugun har birimiz, kim bo‘lishimizdan qat’iy nazar, o‘z kelajagimiz yaratilayotgan kunimizda har qanday qing‘irlikni uloqtirib, buyuk O‘zbekistonimizning buyuk davlat bo‘lib taraqqiy etishiga munosib hissamizni qo‘shishimiz shart.

Batafsil: http://edu.uz/uz/news/view/1732

Manba: Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

Kanalga ulanish👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
​#RADDIYA

@TalabaUz telegram kanalimizda tarqalgan "Jizzax politexnika institutidagi auditoriya ahvoli"surati yuzasizdan institut ma'sullari tomonidan rasmiy munosabat bildirildi

"Siz ko‘rib turgan suratda Jizzax politexnika institutining 238-sonli o‘quv xonasi tasvirlangan. Surat muallifi auditoriyadagi doskaning eskiligiga urg‘u berib, bu bilan o‘qitish sifatining pastligiga sha’ma qilgan. Xo‘sh, aslida ahvol qanday?

Bu va boshqa barcha auditoriyalar joriy o‘quv yiliga kapital ta’mirdan chiqarilib, yetarlicha jihozlangan. Bu xonada ikkita doska bo‘lib, biri oddiy, yana biri interaktiv doska. Bo‘r bilan yoziladigan doskadan uchayotgan bo‘r zarralari xonaning polini iflos qilmasligi hamda tozalashda muammo keltirib chiqarmasligi uchun auditoriyaga mas’ul xodim tomonidan doska pastiga tunukadan profil o‘rnatilgan.
Ammo qo‘shimcha uskuna devorga mustahkam qotirilmagan. Va vaqtincha Siz yuqorida ko‘rib turgan holatga kelgan. Hozirda suratdagi kamchilik bartaraf etilib, birlamchi zaruriy sharoitlar yaratilgan.


Hurmatli talaba! Barcha e’tiroz va shikoyatlaringizni institut foyesiga o‘rnatilgan maxsus qutiga tashlashingiz yoki mas’ul shaxslarning telegram raqamlariga yuborishingiz mumkin. Yoki shunchaki o‘zingiz tahsil olayotgan dargohning buzilgan, singan, lat yegan buyumlarini tashabbus ko‘rsatib, o‘zingiz ham sozlab qo‘yishingiz mumkin. Ammo oliygohingizni sharmanda qilishga shoshmang. O‘ylab ko‘ring, bu Sizga nima beradi? Institutga-chi?..." deb yakunlangan institutning rasmiy sahifasida...

Hurmatli, instituti matbuot kotibi hamda ma'sullari! Tanqidni to'g'ri baholab yondashganingiz uchun tashakkur!

Fotosuratni yuborayotgan talabalar esa sharmanda qilish niyatidan yiroqda. Ular kontrkat uchun "otti kalasiday" pul to'layapti. Stol-stul, parta yetishmasa imkoniyat yaratib berilishi kerak. Bunaqa bitta stolda 2-3 nafar talaba qanday dars qilishadi? Doskaniku, mayli to'g'rilabsizlar! Rahmat😊

O'tiradigan stolini joyiga qo'yinglar!


P/S: @TalabaUz ma'muriyati hech qaysi oliygohga g'araz niyatda emas! Kimlar uchundir bu muommolar arzimas ko'rinar, lekin ertaga katta muommolar ham shunday ko'rinib qolmasmikan?!

Tanqidni to'g'ri baholang!

Talabalar kanali😎👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Forwarded from Talaba.uz | Ta'lim portali
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Muammolaringizni shunday hal qiling🤜🤛😄

Xayrli tong😉😊

Do'stlarga ham ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Korrupsiyaga qarshi birga kurashamiz

LAZIZ TO‘YCHIYEV, Toshkent tibbiyot akademiyasi rektori:

Korrupsiya
–– bu jamiyatni turli yo‘llar bilan iskanjaga oladigan dahshatli illatdir. Mazkur illat demokratiya va huquq ustuvorligi asoslariga putur yetkazadi, inson huquqlari buzilishiga olib keladi va odamlar xavfsizligiga tahdid soladigan uyushgan jinoyatchilik, terrorizm va boshqa hodisalar ildiz otib, gullashi uchun sharoit yaratib beradi, bu illatni yengish uchun birinchi navbatda aholining huquqiy savodxonligini oshirish, fuqarolik institutlari faoliyatini kuchaytirish lozim bo‘ladi.

Batafsil: http://edu.uz/uz/news/view/1733

Manba: Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

Kanalga ulanish👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
​​Oliy ta’limni korrupsiyadan holi sohaga aylantiramiz!

Botir DAMINOV, Toshkent pediatriya tibbiyot instituti rektori:

Korrupsiya xalqning davlat va uning organlariga bo‘lgan ishonchiga putur yetkazadi, jamiyatning axloqiy asoslarini yemiradi, ijtimoiy-iqtisodiy muammolarning vujudga kelishi va chuqurlashishiga sabab bo‘ladi.

Bu illatni oliy ta’limdan yukotish uchun nafaqat davlat organlari va fuqarolik jamiyati institutlari, balki xar birimiz bir yoqadan bosh chiqarib, astoydil ishlashimiz zarur.

Batafsil: http://edu.uz/uz/news/view/1734

Manba: Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

Kanalga ulanish👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
#glavniyga

Talabalik davrim mening.

Kanalga ulanish👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
@TalabaUz_MurojaatBot nomli murojaatlar botimizga ikki talaba xabar qoldirgan!

Biri o'qituvchisiga savol bergan, bu savolga javob berolmagan o'qituvchi talabani chiqarib yuborgan!

Ikkinchisi, STIPENDIYA! Nafaqat Guliston Davlat universitetida, balkim ko'p oliygohlarda 3 oydan beri stipendiyani ko'rishgani yo'q!

Mutasaddilarimiz, "talaba och qoladi, o'lmaydi" degan gapga rioya qilishadi shekilli) Yoki, bo'lmasa "ishlab kunini ko'rar" deb!

Ham ishlab ham o'qib kontrakt to'laydigan talaba darslarga ulgurolmay qolsa, fanlarini yopolmaydi! Qarab turibsizki, yaxshigina foyda universitetga.

Bitta talabani chetlashtirishadi))))
Chuqurlashib ketdik😃

"Talaba ham odammi" -Talaba xalq maqollaridan.

Talabalar kanali😎👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
#live
#DOLZARB😂😂

Mana nima uchun talabalar darsdan qochadi?😂🤦‍♂

Do'stlarga ulashing😎👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Oxirgi postimizdan keyin,
@TalabaUz_MurojaatBot imizga quyidagicha murojaatlar kelib tushmoqda.

"Ukajonim avval iyul avgustni hazm qilib oling, keyin sentyabr" 😁😁😁
Hazm qilib bo'ldi talabalar. Pulni tashlanglar😅

Kanalimizga shuncha tanqidiy postlar qilganimiz bilan mutasaddilarga yetib borarmikan?😏

Do'stlarga ulashing😎👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
#LIVE
#AYNI_VAQTDA

Toshkent axborot texnologiyalari universiteti (TATU)

Chiroq o'chganiga qaramasdan talabalar baho olish jarayonida)))😃

Fursatdan foydalanib qolinglar😁

Talabalar kanali😎👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
#Xayrli_tong

Har kuni har soatda fidoiy bo'lish, o'zini tomchi va tomchi, zarrama-zarra buyuk maqsadlar sari charchamay, toliqmay tinimsiz safarbar etib borish-bu fazilatni mezonga aylantirish-haqiqiy qahramonlikdir.

Assalomu alaykum. Xayrli tong😊

Do'stlarga ulashing👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Ertalabdan eshitgan eng yaxshi xabarim. 🥳

Do'stlarga ulashing👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Jomboylik talaba shishadoshini o‘ldirib qo‘ydi

Samarqand viloyati Jomboy tumanida 25 yoshli talaba tanishiga pichoq bilan jarohat yetkazib, uni o‘ldirib qo‘ydi. Bu haqda Bosh prokuratura “Daryo”ga ma’lum qildi.

Ta’kidlanishicha, Umid ismli 1994-yilda tug‘ilgan yigit 1991-yilda tug‘ilgan Nodir ismli tanishi bilan yuzaga kelgan o‘zaro janjal oqibatida uning boshiga aroq shishasi bilan urgan. So‘ngra oshxona pichog‘i bilan uning turli joylariga bir necha marotaba urib, qasddan o‘ldirgan.

Hozirda holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 97-modda (“Qasddan odam o‘ldirish”) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

P/S: Ishqilib bu hodisadan keyin talabalarga STIPENDIYA berishni ta'qiqlab qo'yishmasa bo'ldi🤦‍♂

Talabalarga yuboring👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
#tezkor

2019-yil 11-noyabr kuni nodir astronomik voqea – Merkuriy sayyorasining Quyosh gardishidan o‘tishi kuzatiladi. Bu hodisa Merkuriy tranziti deb ham ataladi.

Tranzit Toshkent vaqti bilan 17:36 da boshlanib 23:04 gacha davom etadi va Merkuriy sayyorasi Quyosh va Yer o‘rtasida bo‘ladi. O‘zbekistonda bu vaqtda Quyosh botayotganini hisobga olsak, ushbu tranzitni faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududida qisman kuzatish imkoni bor xolos. Shimoliy Amerika materigi hududida Quyosh chiqishi paytida, Janubiy-G‘arbiy Osiyo mamlakatlari, Afrika va Yevropa qit’alari hududlarida esa Quyosh botayotgan paytda uni kuzatish imkoni mavjud. Janubiy Amerika hududida joylashgan davlatlarda tranzitni to‘liq, ya’ni deyarli 6 soat kuzatish mumkin.

Barchaga tarqating👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#HoyTalabalar
Sizga ham bu holat tanishmi?
Muammolar ichida yashayabsizmi?
Tez kunda yangi loyiha.

Haqiqatni aytish vaqti keldi😁

#NonChoy Tez Kunda

P/S: @TalabaUz admini ham ushbu ko'rsatuvning ikkinchi sonida ishtirok etgan😁 O'qishdan haydalib ketmasa bo'ldi🙊

Do'stlarga ulashing👇😄
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA