Ta'limga oid (Perevod)
44.6K subscribers
2.23K photos
495 videos
384 files
2.33K links
O'qishni ko'chirishga oid ma'lumotlar berib boruvchi telegramdagi yagona rasmiy kanal

Manfaatli hamkorlik: @Talimgaoid_admin
Savollar: @TalimgaoidBot
Reklama: @UnitedAgency
Download Telegram
⚡️Super-kontakt uchun arizalar qabul qilinmoqda!

Kontrakt.edu.uz sayti orqali 10 dan ortiq davlat oliy ta'lim muassasalarida super-kontrakt uchun arizalar qabuli allaqachon boshlangan hamda kontrakt shartnomalari ham berilmoqda.

Rasmda Namangan davlat universiteti hamda Nizomiy davlat pedagogika universitetilari tomonidan super-kontrakt uchun berilgan kontrakt shartnomalari koʻrsatilgan.

Siz oʻqimoqchi boʻlgan oliygohda super-kontrakt uchun arizalar qabuli boshlanganini bilish uchun kontrakt.edu.uz sayti orqali tekshirib koʻrishingiz mumkin.

O'qishni ko'chirishga oid yangiliklar:

🌍 @Talimgaoid_perevod
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤14👍2🔥1😍1
⚡️Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida ham super-kontrakt uchun arizalar qabuli boshlandi

Kontrakt.edu.uz sayti orqali TDIU (narxoz) oliygohi uchun ham oshirilgan (super) kontrakt uchun arizalar qabuli boshlandi. Saytda talabgorlar toʻplagan ballariga qarab qancha miqdorida kontrakt toʻlashlari koʻrsatilgan.

❗️Muhim jihat: saytda shartnoma summasini stipendiyasiz holatda tanlash tavsiya etiladi, shunda super-kontrakt miqdori kamroq chiqadi.

O'qishni ko'chirishga oid yangiliklar:

🌍 @Talimgaoid_perevod
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤12
⚡️Kontrakt.edu.uz saytida ma'lumotlaringiz chiqmayaptimi?

Oshirilgan kontrakt asosida oʻqish istagini bildirgan abituriyentlar uchun kontrakt.edu.uz sayti orqali 10 dan ortiq oliygohlarga ariza berish imkoniyati yaratildi. Biroq, ayrimlarning shaxsiy ma'lumotlari saytda koʻrinmayapti.

Hurmatli talabalar!

Saytda oshirilgan kontrakt uchun ariza yuborish faqatgina abituriyentlar uchungina ochildi. Bunda ham sanoqli oliygohlarda. Oʻqishini koʻchirish istagida boʻlgan talabalar uchun hozircha bunday imkoniyat yaratilgani yoʻq.

Super-kontrakt boʻyicha bir necha kun ichida barcha oliygohlar uchun ariza yuborish ochilishi kutilmoqda. Ana shunda oʻqishini koʻchirish istagida boʻlgan talabalarda ham ariza yuborish imkoniyati paydo boʻladi.

O'qishni ko'chirishga oid yangiliklar:

🌍 @Talimgaoid_perevod
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤16❤‍🔥3
🎓 Bakalavr bosqichini yakunladingizmi? Endi professional kelajagingiz uchun navbatdagi qadamni tashlang!

Siz tanlagan sohada bilim va malakangizni yanada oshirish uchun Osiyo Xalqaro Universitetida 14 ta magistratura yo‘nalishi bo'yicha qabul davom etmoqda!

Magistratura yo‘nalishlari:

🟢Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (boshlang‘ich ta’lim)

🟢Pedagogika

🟢Psixologiya

🟢Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)

🟢Jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlari

🟢Ta’limda axborot texnologiyalari

🟢Morfologiya

🟢Xorijiy til va adabiyoti (Ingliz tili)

🟢Rus tili va adabiyoti

🟢O‘zbek tili va adabiyoti

🟢Matematika

🟢Tarix

🟢Stomatologiya

🟢Farmatsevtik kimyo va farmakognoziya

⏳ Kvotalar tez to‘lib bormoqda!
Imkoniyatni qo‘ldan boy bermang — hoziroq ro‘yxatdan o‘ting!


🌐 Ro'yxatdan o'tish: qabul.oxu.uz
☎️ Biz bilan bog'lanish: +998553050009
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤11
⚡️To'lov-kontrakt shartnomasini ikki tomonlama tanlash kerakmi yoki uch tomonlama?

🟠Talabalar to'lov-kontrakt olish maqsadida kontrakt.edu.uz sayti orqali onlayn ariza berayotganda "Shartnoma turini tanlash" degan band bor. Bunda yoki ikki tomonlama yoki uch tomonlama shartnomani tanlash so‘ralmoqda. Shu haqida qisqacha tushuntirib o'tamiz:

🟠Ikki tomonlama shartnoma — bu OTM va abituriyent o‘rtasida tuziladi. Boshqacha aytganda agar kontrakt yoki super-kontrakt pulini abituriyentning o‘zi yonidan to‘lamoqchi bo‘lsa, shu bandni tanlash kerak.

✍️ Bundan tashqari bankdan taʼlim krediti olmoqchi bo‘lsa yoki ota-onasining ishxonasidan oylik maoshidan to‘lamoqchi bo‘lsa ham ikki tomonlama shartnoma olish kifoya qiladi, uch tomonlama olib o'tirmang.

🟠Uch tomonlama shartnoma — bu OTM, abituriyent va yana biror homiy tashkilot o‘rtasida tuziladi. Agar mabodo kontrakt yoki super-kontrakt pulini abituriyentning o‘zi emas, balki biror homiy tashkilot to‘lamoqchi bo‘lsa (balki keyinchalik o‘sha tashkilotga ishlab berish sharti bo‘lishi ham mumkin), unda uch tomonlama shartnoma degan bandni tanlash kerak.

📱Uch tomonlama tanlanganda o‘sha homiy korxonaning (o'qiyotgan universitetning emas) STIR raqamlarini ham kiritish kerak bo‘ladi.

O'qishni ko'chirishga oid yangiliklar:

🌍 @Talimgaoid_perevod
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤14
⚡️Super kontrak uchun arizalar qabuli boshlangan davlat oliygohlari bilan tanishing

🟠Andijon davlat tibbiyot instituti
🟠Buxoro davlat tibbiyot instituti
🟠Guliston davlat universiteti
🟠Namangan davlat chet tillari instituti
🟠Namangan davlat universiteti
🟠Nizomiy nomidagi Oʻzbekiston milliy pedagogika universiteti
🟠Oʻzbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar Universiteti
🟠Oʻzbekiston Milliy universiteti
🟠Samarqand davlat chet tillari instituti
🟠Samarqand davlat pedagogika instituti
🟠Samarqand davlat tibbiyot universiteti
🟠Samarqand iqtisodiyot va servis instituti
🟠Termiz davlat universiteti
🟠Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
🟠Toshkent davlat tibbiyot universiteti
🟠Kattaqoʻrgʻon davlat pedagogika instituti
🟠Toshkent axborot texnologiyalar universiteti
🟠Namangan davlat pedagogika instituti
🟠Toshkent davlat yuridik universiteti
🟠Qarshi davlat universiteti
🟠Samarqand davlat texnika universiteti
🟠Fargʻona davlat universiteti
🟠Toshkent davlat transport universiteti
🟠Nukus davlat pedagogika instituti
🟠Qoraqalpogʻiston davlat universiteti
🟠Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat instituti
🟠Toshkent davlat texnika universiteti
🟠Qoʻqon davlat universiteti

Roʻyxat toʻldirilmoqda✍️

Mazkur oliygohlarda oshirilgan kontrakt asosida oʻqish istagini bildirgan talabgorlar kontrakt.edu.uz sayti orqali ariza yuborishlari mumkin.

O'qishni ko'chirishga oid yangiliklar:

🌍 @Talimgaoid_perevod
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤29👍2🔥1
🎓 1 yil vaqtingizni yo'qotmagan holda talaba bo'ling!

Siz hali ham o’qishga topshirmagan bo’lsangiz, Sarbon universitetida qabul jarayonlari yakunlanmoqda.

🚀 Bugun hujjat topshiring va talabalik maqomiga ega bo‘ling!

🎓 30 dan ziyod ta’lim yo‘nalishlari

💰 Kontrakt narxlari 11 mln so‘mdan boshlanadi

📌 Batafsil ma’lumot va qabul uchun:
https://forms.amocrm.ru/rzttdrl

📲 +998 55 588 33 81
❤2
⚡️Super-kontrakt boʻyicha tanlov qanday qilinadi?

✅Oʻqishga qabul qilinganlar uchun:

Agarda siz tanlagan 5 ta yoʻnalishingizdan biriga oʻqishga qabul qilingan boʻlsangiz, oʻz xoxshingizga koʻra faqatgina 1-yoʻnalishda super-kontrakt asosida oʻqishingiz mumkin.

Bunda hozirda oʻqishga tavsiya etilgan grant yoki kontraktingiz kuyadi va faqatgina 1-yoʻnalishda super-kontrakt asosida oʻqishingiz mumkin. Muhim jihati shu-ki, 1-yoʻnalishda super kontrakt asosida oʻqishingiz uchun u yoʻnalishga balingiz yetmagan boʻlishi lozim. Super kontrakt miqdori balingizdan qat'iy nazar 4 balldan koʻproq yetmay qolganlar singari hisoblanadi.

✅Oʻqishga kirolmaganlar uchun:

Agar sizda 5 ta yoʻnalishdan birortasiga ham oʻqishga kirolmagan boʻlsangiz, unda shu 5 ta yoʻnalishdan istalganiga super-kontrakt asosida oʻqishga kirish imkoningiz bor. Bunda super-kontakt miqdori yetmay qolgan balga nisbatan hisoblanadi, 4 ballik shkala amal qiladi.

✅Oʻqishga kirgan, lekin boshqa yoʻnalishni tanlamoqchi boʻlganlar uchun:

Siz masalan 3-yoʻnalishga oʻqishga kirdingiz, lekin balingiz 4 va 5 yoʻnalishga ham yetar ekan. Bunda siz balingiz yetgan qolgan yoʻnalishni tanlay olmaysiz. Tavsiya etilgan uchinchi yoʻnalishda oʻqishga majbursiz, na 1, 2 yoʻnalishlar, na 4,5 yoʻnalishlarda oʻqiy olasiz. Yagona imkoningiz grant yoki kontraktga kirgan boʻlsangiz faqatgina 1-yoʻnalishda super-kontrakt asosida oʻqish mumkin.

Oʻtgan yilgi tartibga koʻra, 2, 3, 4, 5-yoʻnalishlarda super-kontrakt asosida oʻqishga ruxsat berilmaydi. Bu yilgi tartib hozircha e'lon qilingani yoʻq.

O'qishni ko'chirishga oid yangiliklar:

🌍 @Talimgaoid_perevod
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤19👏1
Ta'limga oid (Perevod) pinned «⚡️Super kontrak uchun arizalar qabuli boshlangan davlat oliygohlari bilan tanishing 🟠Andijon davlat tibbiyot instituti 🟠Buxoro davlat tibbiyot instituti 🟠Guliston davlat universiteti 🟠Namangan davlat chet tillari instituti 🟠Namangan davlat universiteti 🟠Nizomiy…»
Milliy super (@Talimgaoid).pdf
233 KB
⚡️Oʻzbekiston Milliy universitetida arzonlashtirilgan super-kontrakt miqdori tasdiqlandi

Oʻzbekiston Milliy universitetida 2026/2027 oʻquv yili uchun qabul chegarasiga 4,05 balldan yuqori yetmagan, biroq 56,7 balldan kam ball boʻlmagan miqdorda natija koʻrsatib, oʻqish istagini bildirgan abituriyent va oʻqishini koʻchirmoqchi boʻlgan talabalar uchun super-kontrakt miqdorlari e'lon qilindi.

Talabgorlar kontrakt.edu.uz sayti orqali ariza toʻldirishlari mumkin.

O'qishni ko'chirishga oid yangiliklar:

🌍 @Talimgaoid_perevod
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤5
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤7
#super_kontrakt

⚡️Guliston davlat universitetida super-kontrakt miqdorlari e'lon qilindi

Guliston davlat universitetining 2026/2027-o‘quv yilidan boshlab ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha bitta talabani super-kontrakt shaklida o‘qitish qiymati miqdorlari tasdiqlandi

O'qishni ko'chirishga oid yangiliklar:

🌍 @Talimgaoid_perevod
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤8
⚡️Qarshi davlat universitetida aloqa xati berila boshlandi

▶️2026/2027-o‘quv yili uchun xorijiy oliy ta’lim muassasalari, shuningdek, O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan xorijiy va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlaridan Qarshi davlat universitetining mos va turdosh ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishini ko‘chirish bo‘yicha test sinovida belgilangan natijani to‘plab, ko‘chirishga tavsiya etilgan talabalar uchun aloqa xatlari berilishi boshlandi.

📍Manzil: Universitet talabalarga xizmat ko‘rsatish markazi
☎️ Murojaat uchun +99897-877-60-06

O'qishni ko'chirishga oid yangiliklar:

🌍 @Talimgaoid_perevod
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤11👍2🥰2🔥1
⚡️Buxoro davlat tibbiyot institutida super-kontrakt miqdori e’lon qilindi

Buxoro davlat tibbiyot institutida 2026/2027-o‘quv yili uchun tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qish qiymatlari tasdiqlandi.

🟢Bakalavriatning barcha yo‘nalishlari uchun:
▶️1,5 baravar — 23 mln 546 ming 250 so‘m;
▶️2 baravar — 31 mln 395 ming so‘m;
▶️2,5 baravar — 39 mln 243 ming 750 so‘m;
▶️3 baravar — 47 mln 92 ming 500 so‘m.

Shuningdek, Davlat komissiyasi tomonidan belgilangan minimal balldan kam bo‘lmagan (56,7 ball) va asosiy qabul chegaralariga 4,06 ballgacha yetmagan abituriyentlar uchun yo‘nalishlar kesimida alohida tabaqalashtirilgan kontrakt miqdorlari belgilandi.

O'qishni ko'chirishga oid yangiliklar:

🌍 @Talimgaoid_perevod
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤14
⚡️Magistraturaga kontrakt asosida o‘qishga kirgan xotin-qizlarning kontrakti davlat tomonidan qoplab beriladi

Davlat oliy ta’lim tashkilotlari magistraturasiga kontrakt asosida o‘qishga kirgan xotin-qizlarning o‘quv yili uchun bazaviy to‘lov-kontrakt summasi Davlat budjeti hisobidan to‘liq qoplab beriladi.

Bunda stipendiyasiz bazaviy kontrakt summasi to‘liq qoplanadi. Tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt summasi esa davlat tomonidan qoplab berilmaydi.

📌 Buning uchun talaba xotin-qiz o‘zi ta’lim olayotgan OTM rektori (filial direktori) nomiga 15-sentabrga qadar ariza bilan murojaat qilishi lozim. Ushbu muddatdan keyin topshirilgan arizalar ko‘rib chiqilmaydi.

Arizalar OTM tomonidan uch ish kuni ichida ko‘rib chiqiladi va talabgorlar ro‘yxati shakllantiriladi. Shundan so‘ng tegishli mablag‘lar OTM hisobvarag‘iga o‘tkaziladi.

❗️ Eslatib o‘tamiz, ushbu imtiyoz Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universitetida umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarining oliy malaka toifasiga ega o‘qituvchilari uchun maqsadli tashkil etilgan magistraturaga tatbiq etilmaydi.

O'qishni ko'chirishga oid yangiliklar:

🌍 @Talimgaoid_perevod
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤16🥰1😁1
⚡️Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbek tili va adabiyoti universitetiga oʻqishini koʻchirgan talabalar diqqatiga!

Universitet mas'ullaridan olgan ma'lumotlarimizga koʻra, ayni vaqtda oliygoh tomonidan uzrli sabablarga koʻra oʻqishini koʻchirib kelgan talabalarga mutasaddilar tomonidan bogʻlanib, talabalar ovora boʻlmasliklari uchun barcha jarayonlar onlayn amalga oshirilmoqda.

Xorijiy va nodavlat oliygohlardan oʻqishini koʻchirgan talabalar bilan bogʻliq jarayonlar ham tez orada boshlanadi hamda mas'ullar har bir talaba bilan bogʻlanishlarini ma'lum qilishdi.

👉 Super-kontrakt narxlari

Eslatma: Oʻqishga kirgan abituriyentlar super-kontrakt uchun ariza yozish va universitetga kelib oʻtirishingiz shart emas. 7-sentabrda barcha bilan birga universitetga kelasiz va arizalar yozib, oʻqishingizni boshlaysiz!


Qoʻshimcha savollar uchun:
+99855-520-01-34 | +99855-520-01-77 | +99855-520-01-95

O'qishni ko'chirishga oid yangiliklar:

🌍 @Talimgaoid_perevod
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤9👍2🥰2🔥1
⚡️Oʻqishni koʻchirish imtihonlaridan oʻtgan talabalar diqqatiga!

Agar test sinovlarida belgilangan talabni bajargan va yetarli ball to‘plagan bo‘lsangiz, endi siz quyidagilarni bosqichma-bosqich bajaring:

1⃣ Oʻqishingizni koʻchirgan oliygohga qoʻngʻiroq qiling va qachon borishingiz mumkinligini soʻrang;

2⃣ Oliygoh rasmiylari aytgan sanada pasport, transkript hamda titul varagʻingiz bilan boring.

3⃣ U yerda sizning fanlar farqingiz hisoblab beriladi va 1-kurs 1-semestrdan qarzdorligingiz bor yoki yo‘qligi aniqlanadi. Agarda fanlar farqi haqida ma'lumot berishmasa, rasmiylardan fanlar-farqini hisoblab berishlarini soʻrang.

4⃣ Agarda kursingiz pastlasa va shu sababli oʻqishni koʻchirishni istamasangiz bu haqida ularga ayting hamda hozirgi oʻqish joyingizda darslarga qatnashishda davom eting. (Kursi pasaysa, oʻqishini koʻchirishni istamaganlar uchun)

5⃣ Shundan so‘ng oʻqishingiz koʻchirayotgan oliygohingiz hozirgi ta’lim olayotgan OTMingizga “Sizning falonchi talabangizning oʻqishi bizga koʻchirishga tavsiya etilibdi, uning mana bu hujjatlarini bizga yuboring” degan mazmunda kerakli hujjatlar roʻyxati koʻrsatilgan aloqa xati yuboriladi.

6⃣ Keyin siz oʻqiyotgan oliygohingizga borib, talabalar safidan chetlashtirish toʻgʻrisida ariza yozasiz va sizga bir necha kun ichida kerakli hujjatlar asl nusxalari taqdim etiladi. (Eslatma, aloqa xatisiz sizga hech qanday hujjat berilmaydi)

7⃣ Agarda siz 1-semestrdan qarzdor boʻlsangiz, avval shu qarzdorlikni bartaraf etib keyin, kerakli hujjatlarni olasiz. Oʻqishingizni koʻchirgan oliygoh 1-semestrdagi qarzdorlik bilan sizni qabul qilmaydi. Boshqa semestrdagi qarzdorliklarni esa oʻqishingizni koʻchirilgan oliygohda topshiriladi.

8⃣ Hujjatlaringizni oʻqishingizni koʻchirgan oliygohga taqdim etasiz. Mas'ullar sizga fanlar farqi to‘g‘risida ma’lumotnoma beradi. Ushbu fanlar farqini aynan yangi universitetingizda yopasiz.

9⃣ Fanlar farqi 4 tadan oshsa kursingiz pasayadi, shu narsani inobatga oling. Fanlar farqini topshirish uchun oʻqishingizni koʻchirgan oliygohga ular hisoblab bergan kredit summasini ham toʻlaysiz.

🔟 Darslar qachondan boshlanishi har bir oliygoh tomonidan mustaqil belgilanadi. Xoxlasa siz hujjatlarni toʻliq olib kelganingizdan keyin qaysidir guruhga qoʻshib yuboradi, xoxlasa siz kabi boshqa "perevodchilar" ham hujjatlarni toʻliq olib kelgach yangi guruh ochib keyin darslarga qoʻyadi.

💲 Siz bu orada agarda oddiy kontrakt asosida oʻqishni koʻchirgan boʻlsangiz 25%, super kontrakt asosida boʻlsa 50% summasini ham toʻlashingiz lozim boʻladi.

O'qishni ko'chirishga oid yangiliklar:

🌍 @Talimgaoid_perevod
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤37🔥8👏4🤝4
⚡️Super-kontrakt uchun shartnoma olganlar diqqatiga!

Yangi o’quv yili:

🟠1-bosqich talabalari uchun — 7-sentabrdan;
🟠2-bosqich va undan yuqori bosqich talabalari uchun — 14-sentabrdan boshlanadi.

Agarda siz kontrakt.edu.uz sayti orqali ariza yuborib super-kontrakt uchun shartnoma olgan boʻlsangiz yuqorida belgilangan sanadan boshlab darslarda ishtirok etishingiz mumkin.

O'qishni ko'chirishga oid yangiliklar:

🌍 @Talimgaoid_perevod
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤20👏5🥰4👍1
⚡️Kontrakt.edu.uz saytida nosozliklar kuzatilmoqda

Kontrakt.edu.uz sayti orqali super-kontrakt uchun ariza topshirishda turli xil nosozliklar kuzatilmoqda. Jumladan, arizalarning avtomatik rad etilishi, talabaning ma'lumoti koʻrinmay qolishi, ariza yuborish tugmasining ishlamay qolishi, kontrakt summalarining koʻrinmay qolishi kabilar.

Bu kamchiliklar aslida sayt tez orada barcha uchun toʻliq ochilishi arafasida ma'lumotlar kiritilishi bilan bogʻliq. Xususan yuqoridagi rasmda koʻrib turganingizdek, saytda barcha toifadagi talabgorlar uchun super-kontraktga ariza yuborish imkoniyati asta-sekin ochilmoqda.

Tez orada kamchiliklar bartaraf etilib, sayt toʻliq holatda ishga tushishi kutilmoqda.

O'qishni ko'chirishga oid yangiliklar:

🌍@Talimgaoid_perevod
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤26🔥5👍4🥰3❤‍🔥1