Ta'limga oid (Perevod)
44.8K subscribers
2.23K photos
495 videos
384 files
2.33K links
O'qishni ko'chirishga oid ma'lumotlar berib boruvchi telegramdagi yagona rasmiy kanal

Manfaatli hamkorlik: @Talimgaoid_admin
Savollar: @TalimgaoidBot
Reklama: @UnitedAgency
Download Telegram
Ta'limga oid (Perevod)
⚡️Ayrim davlat oliygohlarini xususiylashtirish rejalashtirilgani esingizdami? Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasida tajriba tariqasida davlat ulushining 51 foizdan kam boʻlmagan qismini saqlab qolgan holda…
⚡️Tez orada xususiylashtiriladigan davlat oliygohlar roʻyxati e'lon qilinsa ajab emas.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy ta'lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyada tajriba tariqasida yirik davlat oliygohlarida 51 foizdan kam boʻlmagan qismini saqlab qolgan holda xususiylashtirish hamda ularda korporativ boshqaruv tamoyillarini joriy etish belgilangan edi.

Joriy yil avgust oyida bu mavzu qayta koʻtarilgan hamda yil yakuniga qadar tashkiliy ishlar boʻyicha mas'ularga takliflar ishlab chiqish vazifasi (Oliygohlar roʻyxati) yuklatilgan edi.

Voqealar rivoji shuni koʻrsatmoqda.

O'qishni ko'chirishga oid yangiliklar:

🌍 @Talimgaoid_perevod
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤3
⚡️Tasdiqlandi: Yil yakuniga qadar xususiylashtiriladigan davlat oliygohlari roʻyxati e'lon qilinadi.

O'qishni ko'chirishga oid yangiliklar:

🌍 @Talimgaoid_perevod
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥8😢7😁2
⚡️Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari Rajabov Sardor Baxtiyorovich hamda oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari Salomov O‘ktam Rahimovich lavozimidan ozod etildi.

O'qishni ko'chirishga oid yangiliklar:

🌍 @Talimgaoid_perevod
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤4👍3
"Ta’lim sohasidagi bugungi yangilanishlarning asosiy mazmun-mohiyati nimada?" degan savol tug‘ilishi tabiiy.

Prezidentimizning ikki vazirlikni birlashtirishdan ko‘zlagan asosiy g‘oyasi quyidagilardan iborat:

– Ta’lim va ilm-fan vazirligi barcha bog‘cha, maktab, professional va oliy ta’lim muassasalari faoliyatini tashkil etishi va ularning operatsion jarayonlari uchun mas’ul bo‘lishi, ta’lim faoliyatiga qo‘yiladigan talablarni belgilashi, akkreditatsiyalash va litsenziyalash bilan shug‘ullanishi kerak;

– Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi o‘quv dasturlari, qo‘llanmalar va metodik materiallarni ishlab chiqadigan o‘ziga xos laboratoriya vazifasini bajarishi, ularni amaliyotga joriy etishi, natijalarini kuzatishi va aniqlangan kamchiliklar asosida takomillashtirib borishi kerak. Bu ishlar Prezidentimiz belgilab bergan "o‘zbek maktabi bitiruvchisining portreti"ga tayangan holda olib boriladi;

– Prezident Administratsiyasi va uning huzurida tashkil etiladigan alohida ishchi guruh yangi vazirlikning tuzilmasini ishlab chiqadi, ish jarayonlarini qayta ko‘rib chiqadi, ularni takomillashtirish yuzasidan takliflar tayyorlaydi hamda islohotning umumiy strategiyasini belgilaydi;

– oliy ta’limda davlat aralashuvini keskin qisqartirish, oliygohlar mustaqilligini kengaytirish va nodavlat sektor uchun imkoniyatlar yaratish lozim, qaysi oliygoh sifatli ta’lim berayotganini esa erkin raqobat va bozor talabi ko‘rsatishi kerak.

O'qishni ko'chirishga oid yangiliklar:

🌍 @Talimgaoid_perevod
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤8👍2🔥2
ПФ-213.pdf
661.8 KB
⚡️“Oʻzbekiston Respublikasi Taʼlim va ilm-fan vazirligini tashkil etish toʻgʻrisida”gi Prezident farmoni

Taʼlim va ilm-fan vazirligi quyidagi sohalarda yagona davlat siyosatini amalga oshiradi hamda ularni rivojlantirish va tartibga solish boʻyicha respublika ijro etuvchi hokimiyat organi hisoblanadi:

➡️maktabgacha taʼlim va tarbiya;
➡️umumiy oʻrta va oʻrta maxsus taʼlim;
➡️kasbiy taʼlim;
➡️oliy taʼlim;
➡️oliy taʼlimdan keyingi taʼlim;
➡️kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish;
➡️qoʻshimcha va norasmiy taʼlim.

O'qishni ko'chirishga oid yangiliklar:

🌍 @Talimgaoid_perevod
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤8🔥1
➖DXX akademiysiga ro'yxatdan o'tgan nomzodlar uchun dastlabki saralab olish test sinovlari bo'lib o'tadi (noyabr–dekabr)

Bunda:
🟠ona tili –15 ta test, 2,1 balldan(31,5 ball);
🟠O‘zbekiston tarixi –30 ta test, 3,1 balldan(93 ball);
🟠matematika –15 ta test, 2,1 balldan(31,5 ball);
🟠chet tili – 30 ta test, 3,1 balldan(93 ball).

✅Maksimal ballning (249 ball) kamida 30 (74,7 ball) foizini to'plagan nomzod keyingi bosqichlarda qatnashish huquqiga ega bo'ladi.

✅@Axmadjanoov | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤2
⚡️Xitoy Xalq Respublikasining Lyaoning pedagogika universiteti filiali tashkil etiladi

“O‘zbekistonda Xitoy Xalq Respublikasining Lyaoning pedagogika universiteti filialini tashkil etish to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–359-son, 02.10.2026-y.) qabul qilindi.

🔰 Qarorga ko‘ra, Xorazm viloyatida Lyaoning pedagogika universitetining O‘zbekistondagi filiali tashkil etiladi.

🏫 Ta’lim jarayoni 2026/2027-o‘quv yilidan boshlanadi.

🌐 Ta’lim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida olib boriladi.

📚 O‘qish kunduzgi va muqobil ta’lim shakllarida tashkil etiladi.

🎓 2030/2031-o‘quv yiliga qadar o‘qishga qabul qilingan talabalar o‘qishning butun davri davomida to‘liq davlat granti asosida o‘qitiladi.

💰 2030/2031-o‘quv yilidan boshlab qabul parametrlarining 30 foizi davlat granti asosida shakllantiriladi.

🤝 Filial talabalarining amaliyotlari o‘quv rejalariga muvofiq hududdagi ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish korxonalarida, jumladan, dual ta’lim asosida yo‘lga qo‘yiladi.

O'qishni ko'chirishga oid yangiliklar:

🌍 @Talimgaoid_perevod
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤16🔥2👏2💘1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚡️«Kontrakt»dan toʻlangan soliqni «Soliq mobil ilovasi» orqali qaytarib olishni bilasizmi?

Jismoniy shaxslar “kontrakt” toʻloviga yoʻnaltirilgan 12% daromad soligʻini masofadan qaytarib olishi mumkin.

Buning uchun soliq organlariga bormasdan Soliq mobil ilova orqali shartnoma va toʻlov hujjatlarini (bitta .pdf faylda skaynerlangan holda) ilova qilib deklaratsiya yuborish mumkin.

“Soliq imtiyozini qaytarish” elektron xizmatida foydalanuvchining ish haqi va boshqa daromadlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar avtomatik shakllanadi.

Deklaratsiya yuborilganidan keyingi qadam – Keshbek va imtiyozlar boʻlimida – “Ortiqcha toʻlovni qaytarish” xizmati orqali ariza yuboriladi.

O'qishni ko'chirishga oid yangiliklar:

🌍 @Talimgaoid_perevod
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤13
⚡️Rasman: Ichki ishlar akademiyasiga oʻqishga kirish osonlashadi

2027/2028 oʻquv yilidan boshlab:

▶️IIV akademiyasida kechki va masofaviy ta'lim shakli joriy etiladi;
▶️Tabaqalashtirilgan kontrakt asosida oʻqish imkoniyati yaratiladi;
▶️Davlat va nodavlat oliygohlarning axborot tizimlari sohalarida tahsil olayotgan 2-kurs talabalari akademiyaga oʻqishini koʻchirishga ruxsat etiladi;
▶️Oʻqishi koʻchirilgan talabalar IIV Akademiyasi bakalavriatining kunduzgi ta’lim shaklidagi Yurisprudensiya (“Raqamli texnologiyalar sohasida jinoyatlarga qarshi kurashish”) yo‘nalishiga “2+2” dasturi asosida davlat granti bilan maqsadli tanlov orqali qabul qilinadilar;
▶️IIV tizimiga ishga kirish uchun yosh chegarasi rasman 35 yoshga oshirildi.

✅@Axmadjanoov | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤9
⚡️Tibbiyot xodimlari farzandlariga kontrakt toʻlovining bir qismini qoplab berish boshlandi

📄Esingizda boʻlsa, Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 12-iyundagi 310-son qarori bilan davlat tibbiyot muassasalarida kamida 15 yil ish stajiga ega boʻlgan tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining farzandlari uchun bakalavriatdagi yillik kontrakt toʻlovining 30 foizini qoplab berish belgilangan edi.
 
Ushbu toifadagi xodimlarning farzandlariga respublikadagi oliy taʼlim tashkilotlarida bakalavriat bosqichida oʻqish uchun yillik toʻlov-kontrakt summasining 30 foizi qoplab beriladi. Bunda subsidiya miqdori BHMning 15 baravari (6,6 mln soʻm) dan oshmasligi kerak.
 
✔️ Bugundan kontrakt summasining 30 foizigacha qismini qoplab berish boshlandi. Ya'ni, ariza topshirganlar va arizasi tasdiqlangan xodimlarning farzandlarining oliygohlariga pullar kelib tusha boshlagani haqida ma'lumotlar kelmoqda.

Subsidiya koʻrinishidagi kontrakt toʻlovini bir qismini qoplab berish tartibi boʻyicha qoʻshimcha:

▶️Subsidiya uchun arizalar yil davomida har oy oxirgi ish kuniga qadar qabul qilinadi;
▶️Subsidiya davlat va nodavlat oliygohi talabalariga toʻlanadi;
▶️Subsidiya bakalavriatdagi talabalar uchun ajratilgan;
▶️Subsidiya har bir farzand uchun kontrakt summasidan kelib chiqib ajratiladi;
▶️Subsidiya talaba oʻqishni tamomlaguncha (yoki talabalar safidan chetlashtirilguncha) har yili beriladi.
▶️Subsidiya super-kontrakt uchun ham amal qiladi.
▶️Subsidiya oliygoh hisob raqamiga tushadi;
▶️Talaba oʻqishdan chetlatilsa, u tomonidan subsidiya qaytarilmaydi.


O'qishni ko'chirishga oid yangiliklar:

🌍 @Talimgaoid_perevod
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤12⚡2
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤3
⚡️Xushxabar: Endi pedagoglar chet tilini bilish darajasini aniqlash imtihonini 50% chegirma bilan topshirishlari mumkin!

Imtihonda ishtirok etish uchun my.gov.uz portalida ro‘yxatdan o‘tish jarayonida toʻlovga imtiyoz berilganlar qatoriga pedagoglar ham qoʻshildi.

Ushbu bandni tanlash orqali pedagoglar imtihonlar uchun: 594 000 so‘m o‘rniga 297 000 so‘m miqdorida to‘lov cheki shakllanadi.

Eslatma: Ro‘yxatdan o‘tish vaqtida imtiyoz bo‘limida aynan “Pedagoglar” bandi belgilanganligiga e’tibor bering.

O'qishni ko'chirishga oid yangiliklar:

🌍 @Talimgaoid_perevod
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤15👍3👏2
⚡️Xushxabar: Endi talabalar ham FVV akademiyasiga o'qishini koʻchirishlari mumkin

Yuqoridagi rasmda ko'rsatilgan Oliy ta'lim yo'nalishlarining 2-kursida o'qiyotgan talabalar 2027/2028 o'quv yilidan boshlab Favqulodda vaziyatlar vazirligi akademiyasining bakalavriat ta'lim yo'nalishlariga "2+2" loyihasi asosida o'qishga kirishlari mumkin bo'ladi.

FVV akademiyasiga kirolmaganlar fuqarolik institutlariga kirib, 2-kursdan akademiyaga kirishlari mumkin. Bundan tashqari hozirda ikkinchi kursda tahsil olayotgan talabalarda ham shunday imkoniyat mavjud.

O'qishni ko'chirishga oid yangiliklar:

🌍 @Talimgaoid_perevod
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤11
#Rasman #Tayinlov

⚡️ Rasman: Erkinjon Turdimov Ta’lim va ilm-fan vaziri etib tayinlandi


Sirdaryo viloyati hokimi Erkinjon Turdimov yangi tashkil etilgan Ta’lim va ilm-fan vaziri etib tayinladi.

Erkinjon Turdimov 1991—1995-yillarda «O‘zsanoatqurilishbank»ning Sirdaryo filialida bo‘lim mutaxassisi, 1996—2000-yillarda O‘zbekiston Milliy banki Navoiy bo‘limi boshqaruvchisi, 2000—2008-yillarda Navoiy viloyati Xatirchi tumani hokimi, 2008-yilda — O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimlarida faoliyat yuritgan.

Erkinjon Turdimov 2008—2016-yillarda Navoiy viloyati hokimi, 2009—2016-yillarda xalq deputatlari Navoiy viloyati Kengashi deputati, 2016—2018-yillarda Surxondaryo viloyati hokimi, 2018—2024-yillarda Samarqand viloyati hokimi vazifasida ishlagan. 2025-yil yanvarda Sirdaryo viloyati hokimi lavozimiga tayinlangan va bugun 10-oktyabr hokim lavozimidan ozod etildi.

Shuningdek, Turdimov 2011-yilda Mehnat shuhrati ordeni bilan, 2024-yilda Fidokorona mehnatlari uchun ordeni bilan mukofotlangan.

O‘qishni ko‘chirishga oid yangiliklar:

🌍 @Talimgaoid_perevod
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤12👏7👎4
⚡️O‘zbekistonlik talabalar uchun Google Gemini AI Plus — 1 yil BEPUL!

▶️Endilikda O‘zbekiston talabalari “Google Gemini AI Plus” obunasidan 1 yil davomida bepul foydalanish imkoniyatiga ega!

🔴Talabalar Aileaders.uz platformasi orqali talabalik maqomini tasdiqlab, qiymati 60 AQSH dollariga teng yillik obunani bepul faollashtirishlari mumkin.

👉 Bepul obunani faollashtirish: https://aileaders.uz/

O'qishni ko'chirishga oid yangiliklar:

🌍 @Talimgaoid_perevod
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤4
⚡️Rasman: Nodavlat oliygoh talabalari uchun davlat grantiga arizalar qabuli boshlandi

📆 Arizalar 2026-yil 10-oktabrdan 17-oktabrgacha (shu kuni ham) my.uzbmb.uz sayti orqali qabul qilinadi.

👥 Tanlovda kimlar ishtirok etishi mumkin?

🎓 Tanlovda xorijiy oliy ta’lim tashkilotlarining O‘zbekistondagi filiallari hamda nodavlat oliy taʼlim tashkilotlarida bakalavriat taʼlim yo‘nalishlarining kunduzgi ta’lim shakliga qabul qilingan, davlat granti kvotalari ajratilgan ta’lim sohalarida tahsil olayotgan talabalar ishtirok etishlari mumkin.

Tanlov qanday o‘tkaziladi?

📝 Talabalar tegishli ta’lim yo‘nalishlari uchun belgilangan fanlar majmuasi bo‘yicha saralash imtihonlarida ishtirok etadi. Test sinovlari Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan o‘tkaziladi.

☑️ Joriy yilda davlat oliy ta’lim tashkilotlariga kirish imtihonlarida mos fanlar majmuasi bo‘yicha ishtirok etgan talabalar o‘zlari to‘plagan ballari bilan ham tanlovda qatnashishi mumkin.

🗓️ Davlat grantlari belgilangan minimal o‘tish balini to‘plagan talabalar orasidan ballar ketma-ketligiga qatʼiy rioya qilgan holda, ajratilgan kvotalar doirasida taqsimlanadi.

‼️ Muhim! Tanlov natijasida davlat grantiga tavsiya etilgan talabalarga grant butun o‘qish davri uchun ajratiladi. Bunda grant olgan talabalar o‘qishni tamomlagach, belgilangan tartibda davlat yoki davlat ulushi mavjud tashkilotlarda kamida 3 yil ishlab berish majburiyatini oladi.

📌 Hurmatli talabalar!
Davlat granti tanlovida ishtirok etish istagida bo‘lsangiz, 17-oktabr kuni yakuniga qadar my.uzbmb.uz platformasi orqali ro‘yxatdan o‘tib, ariza topshirishingiz mumkin.


O'qishni ko'chirishga oid yangiliklar:

🌍 @Talimgaoid_perevod
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤9🔥3👏3👍2❤‍🔥1
⚡️O‘zbekistonda ta’lim boshqaruvi endi qanday tashkil etiladi

Ta’lim va ilm-fan vazirligi joriy faoliyat va tashkiliy ishlarga javob beradi. Ta’lim sifati, yangi maktablar, bolalar bog‘chalari va universitetlar qurilishi, shuningdek, tarbiya jarayoni va bolalar manfaatlarini himoyalash ularning tasarrufidadir.

Ta’limni rivojlantirish markazi ta’lim laboratoriyasi vazifasini bajaradi. Markaz mutaxassislari darsliklar, o‘quv qo‘llanmalari, dasturlar va metodikalarni ishlab chiqadi, shundan so‘ng ularni amaliyotga joriy qiladi, monitoring olib boradi va takomillashtiradi.

Zafar Hoshimov rahbarligidagi guruh mamlakatdagi ta’lim sifati va tuzilmasini yaxshilash bo‘yicha aniq takliflar ishlab chiqish maqsadida ichki biznes-jarayonlarni o‘rganadi hamda tizimdagi muammo va kamchiliklarni aniqlaydi.

Prezident Administratsiyasi global masalalar — ta’lim sohasida strategiyani ishlab chiqish, muvofiqlashtirish va umumiy siyosatni yuritish bilan shug‘ullanadi.

Manba

O'qishni ko'chirishga oid yangiliklar:

🌍 @Talimgaoid_perevod
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤7
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🔰BANK KARTALARINGIZNI ANIQLANG

MyGov orqali nomingizga rasmiylashtirilgan barcha faol bank kartalari va SIM-kartalarni oson va bepul tekshiring!

Bu kartalar yoki SIM-kartalardan boshqalarning noqonuniy foydalanishi va sizga zarar yetkazilishining oldini olishga yordam beradi.

✅@Axmadjanoov | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤4
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📹 15 yil ish stajiga ega tibbiyot va farmasevtika xodimlari farzandlarining kontraktiga beriladigan 30 foizlik subsidiya uchun ariza yuborish bo'yicha videoqo'llanma.

Ariza staji bor ota yoki ona nomidan videoda ko'rsatilgan ketma-ketlikda yuboriladi. Agar hemis haqida qizil yozuvda xabar chiqsa demak talaba kontrakt.edu.uz dan shartnomaga ariza yubormagan, avval ariza yuborib shartnomani olib keyin my.gov.uz orqali subsidiyaga ariza beriladi.

O'qishni ko'chirishga oid yangiliklar:

🌍 @Talimgaoid_perevod
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤4