Sardor Bazarbaev
4.89K subscribers
2.82K photos
304 videos
605 files
1.44K links
Hamkorlik masalalari uchun: uzedu.bazarbaev@gmail.com

Prezidentning fan olimpiadalarini rivojlantirish bo‘yicha vakili: 👉 t.me/bazarbaevs/4451
Download Telegram
FIZIKA.pdf
160.2 KB
"Viloyat hokimi olimpiadasi" 7-turi natijalari!

Bugun olimpiadaning 7-turi Xonqa tumanida o‘tkazildi.

G‘olib o‘quvchilar mos ravishda 5, 4, 3 million so‘m pul mablag‘lari bilan taqdirlandi.

Bu safargi olimpiada juda ham murosasiz o‘tdi. 5-6 sinf va 7-8 sinf o‘quvchilari uchun qo‘shimcha ravishda ikkita raund qo‘shildi.
Olimpiadada jami 223 o‘quvchi kurash olib borishdi.

Olimpiadaning keyingi turi sentabr oyida Gurlan tumanida matematika va kimyo fanlaridan o‘tkaziladi.
👏26😢14👍10🤩3🔥2
RESULTS (AVICENNA SUMMER CAMP).pdf
74.7 KB
🟥 AVICENNA olimpiadasining yozgi mavsumi natijalari aniqlandi!

Ushbu bilimlar jangida 1-4 sinf o‘quvchilari alohida sinflarga bo‘lingan holda kurash olib borishdi.

Olimpiadada jami 119 nafar o‘quvchi ishtirok etdi va 12 nafari g‘olib deb topildi.

Bugun barcha ishtirokchilar "Mantiqiy matematika" - innovatsion kitobimizning yangi nashri va sertifikatlari berildi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍17👏2🎉1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Viloyat hokimi olimpiadasi qizgʻin pallaga kirmoqda!

Jami 13 turda oʻtkaziladigan o
limpiadaning markaziy 7-turi 9-iyun kuni Xonqa tumanida matematika (5-6 sinf va 7-8 sinf) va fizika (7-8 sinf) fanlaridan o‘tkazildi. Viloyatimizning 300 ga yaqin iqtidorli oʻquvchilari g‘oliblik uchun murosasiz kurash olib borishdi.

💰G‘olib o‘quvchilar mos ravishda 5, 4, 3 million so‘m pul mablag‘lari bilan taqdirlandi.

Umumiy natijalar bilan ➡️ ushbu ⬅️ havola orqali tanishingiz mumkin.

Eslatib oʻtamiz, olimpiada 2023-yil davomida viloyatning barcha tuman va shahar hokimliklari homiyligida har oyda muntazam ravishda viloyat miqiyosida o‘tkaziladi.

🏆 Yil yakunida esa "Viloyat hokimi kubogi" o‘tkaziladi.

Olimpiadaning keyingi turi sentabr oyida Gurlan tumanida matematika va kimyo fanlaridan o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

😎 Yozgi ta’tilda faol oʻquvchilar uchun “yozgi maktab” tashkil etilishi rejalashtirilgan.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍37👏2🎉1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Oilamizda yana 3 nafar yangi “chaqaloq”. Bu safar 3 nafar egizak🙂

Bilasizmi, jamoamizning har bir loyihasini farzandlarimiz deb nomlayman. Shukrki, har bir loyihamizni siz azizlar qoʻllab kelmodasiz. Sizning fikrlaringiz bilan keyingi qadamlarimiz yanada shaxdamroq chiqmoqda, tashakkur!

Bizning shu vaqtga qadar nashr qilgan kitoblarimiz asosan Prezident maktablarining 1-bosqich imtihonlari va Al Xorazmiy maktabi imtihonlari uchun moʻljallangan edi. Ota-onalarning talablaridan kelib chiqib, criticial thinking (tanqidiy fikrlash) va problem solving (muommali masalalar yechish) yoʻnalishida 3 ta kitobdan iborat toʻplam tayyorladik. Toʻplamning afzalliklari:

🔴 1200 ta ayni standardagi savollar, shundan 720 ta problem solving, 480 ta criticial thinking yoʻnalishadi;

🟢 Barcha testlar bir necha bor tahrirdan oʻtgan, rasmlari yuqori sifatda qayta chizilgan;

🟠 Barcha testlar maxsus video tahlili tayyorlangan va QR kod bilan kitob soʻngida keltirilgan.

🔵Kitobning hammualliflari soʻnggi 3 yilda Toshkent shahrida eng koʻp oʻquvchilari Prezident maktabiga kirishga muvaffaq boʻlgan professional ustozlar;

Albatta, ushbu qisqa videodagi kitob “signal variant”. Oʻzimizning tilda aytsak “qoralama” (chernovik) varianti. Ya’ni haqiqiy nashrdan shu hafta chiqadi.

🏪 Yangi toʻplam nashrdan chiqqunga qadar, oldingi kitoblarimiz bilan tanishib tursangiz boʻladi: ➡️ https://t.me/khiso/4254

🤲 Duo qilib qoʻyasi
z degan umiddamiz!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍21🔥15👏3
Jazirama kunlarda qaynoq olimpiadalar!

5 kun davomida 10 ta fandan olimpiadalar marafonida qatnashing!

Marafon 26-30 iyun kunlari soat 10:00 dan 22:00 gacha o‘quvchilar, talabalar va o‘qituvchilar o‘rtasida khiso.uz onlayn olimpiadalar platformasida bo‘lib o‘tadi.

Marafonning o‘tkazilish va g‘oliblarning aniqlanish tartibi: ➡️ BATAFSIL

🎁 G‘oliblar Respublika ta'lim markazi va KHISO olimpiada maktabi hamkorligida nashr etilgan "Mantiqiy matematika" va "Matematikadan olimpiada testlari" kitoblari bilan taqdirlanadi!

Ro‘yxatdan o‘tish:
➡️ @khiso_uz_bot

❗️ Olimpiadalarda ishtirok etish mutlaqo bepul!

💡Platformadan foydalanish bo‘yicha yo‘riqnoma bilan tanishib chiqishni unutmang.

Telegram kanalga a'zo bo‘ling va olimpiadalardan eng birinchi xabardor bo‘ling: 👉 @khiso
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍11🔥3👏1
#Matematiklar_diqqatiga

⚜Gʻijduvon tuman hokimidan navbatdagi tashabbus!

♻️"Matematika" sohasida faoliyat olib borayotganlar bu aynan, siz uchun!

✅Singapur milliy universiteti fan doktori Karimjon Raximov va Oʻzbek matematiklarining yosh avlodlaridan biri KHISO maktabi asoschisi Sardor Bazarbayevlar bilan ertaga Gʻijduvonda uchrashuv tashkil etilmoqda!

🔰Tadbir davomida professor ustozlarimizdan mahorat darslari, kitoblar taqdimoti va Buxoro viloyatidagi eng kuchli bilimga ega oʻquvchilari oʻrtasida jonli olimpiada tashkil etiladi!

📌Biz sizni 27-iyun,soat 11:00 da barcha matematiklarni Gʻijduvon tuman hokimlik binosida kutub qolamiz!
👍27🥰1
Ikki asrning eng buyuk mualliflaridan biri, ustoz Mirfazil Mirzaahmedov bilan kitob almashdik.

Roppa-rosa 1 yil oldin shunday sarlavha bilan post qoʻygan edim. Kecha (3-iyul kuni) barcha matematiklarning ustozi, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan oʻqituvchi Mirzaahmedov domladan qoʻngʻiroq boʻldi: “Ishlaringizni kuzatib boryapman, olimpiadalar oʻtkazyapsiz, yangiliklar qilyapsiz. Oʻtgan yili menga kitob sovgʻa qilgandingiz, yana 3 kitob chiqaribsiz. Turklar bilan, olimpiada uchun va 2-qism kitobingiz. Men shularga xaridorman”.

Ustoz nomma-nom sanayotganlaridan faxrlandim toʻgʻrisi. Ertaga albatta oʻzim olib boraman deb va’da berdim va bugun nafaqat kitoblarni berishga, balki ustozdan duo olishga bordim. Bu safar ham quruq qoʻl bilan joʻnatmadilar. PISA, TIMSS xalqaro baholash standartlarida nashr etilgan “MATEMATIKADAN QIZIQARLI MASALALAR” nomli yangi kitobi bilan siyladilar. Ustozni e’tiboridan ikki karra, kitob sovgʻa qilganlaridan toʻrt karra va oʻgʻlimni ham duo qilib qoʻyganlaridan sakkiz karra xursand boʻldim (buyogʻi geometrik progressiya…).

Oʻtgan yilgi postim sarlavhasi bilan boshlagandim, yakun ham oʻtgan yilgidek boʻla qolsin:

Matematika maydonda men oddiy askar boʻlsam, ustoz biz uchun general darajasida hurmati beqiyos!

Fursatdan foydalanib, ustoz Mirfazil aka Mirzaxmedov ga mustahkam sogʻlik tilayman!

P.S: Ma'lumot uchun, Mirzaahmedov ustoz 20-yanvar kuni 85 yoshni qarshiladilar!
👍55🤩31👏7🥰6
Kitoblar qanday yaratiladi?

Bilasiz, hozirda 5 xil turdagi jami 7 ta kitob nashrdan chiqarganmiz. Har bir kitob ustida jamoa 6 oydan 1 yilgacha ishlaydi. Savollar tuziladi, toʻplanadi, tahrirlanadi. Rasmlari chiziladi, video yechimlar tayyorlanadi va montaj qilinib youtube kanalimizga yuklanadi. Bularning barchasi uyqusiz tunlar va katta moddiy mablagʻni talab qiladi.

Aslida rivojlangan davlatlarda kitob yaratuvchilarni nafaqat davlat, balki xalq ham himoya qiladi. Chunki ijodkorlarning koʻz nuri va peshona teridan paydo boʻlganini yaxshi biladi. Xalqimiz qanchalik ilmsevar boʻlsada, afsus guruch kurmaksiz boʻlmaganidek ba’zi bir maraz (qoʻpollik uchun uzr) shaxslar (inson deyishga tilim bormadi) uchrab turadi. Bugun yaqin aka doʻstim Isroil aka Tillaboyev (@domlajon telegram kanali asoschisi) bitta xabar yubordilar. Unda oʻzidan “tadbirkor” yasab olgan bir kimsa, biz va biz kabi mehnat qilayotgan boshqa bir nechta ijodkorlarning yaratgan kitoblarini bir necha dollarda elektron variantini sotishini va ularning skrinshotidan namunalarni ulashibdi. Darhol Ichki ishlar vazirligiga ariza yozdim. Qonun ustuvor davlatimizda qonunbuzarlar topilishiga aminman. Asosiy masala bu emas.

Talab borki bunday pastkash kimsalarga ish topiladi. Kitobni emas elektron variantini qalloblardan sotib oladigan (3 tasini 20$ debdi, bizda esa kitobni asl holi 250.000, deyarli farq yoʻq) azizlar:

Bir tasavvur qiling, sizning farzandingiz uyqusiz tunlari orqali yaratilgan mehnat mahsulini kimdir shunday gʻirromlik yoʻli bilan sotishini qabul qila olasizmi?
👍49👏4😢3😁2😱2
Forwarded from Alisher Sadullaev
⚡️ Bugun yoshlarimiz chet tillarini o’rganishi uchun yana bir muhim qadam tashlanyapti. “Ibrat farzandlari” loyihasi doirasida til o’rganuvchilar uchun maxsus mobil ilova — "Ibrat Academy" taqdim etilmoqda.

Ilova yordamida o’rganayotgan tilingiz bo’yicha test ishlash, uyga vazifalar bajarish imkoniga ega bo’lasiz. Tez orada ilovaga sun’iy intellekt funksiyasi ham kiritiladi va foydalanuvchilar uchun qo’shimcha qulayliklar yaratiladi. Eng quvonarlisi, “Ibrat Academy” bilan qishloqdagi bolada ham shahardagi bolada ham til o’rganish imkoniyati tenglashadi. Istalgan yosh professional o’qituvchilardan til o’rganishi mumkin.

Ilova taqdimotini hoziroq YouTube platformasida tomosha qiling!

Videoni ko'rish

Ilovani yuklab olish: Android | iOS

@alisher_sadullaev
👍8🔥5❤1
🔥 Uzoq kutilgan xabar bugun e’lon qilinadi.

Xabaringiz bor, 2022-2023 oʻquv yilida “Ulugʻbek izdoshlari” olimpiadasining dastlabki saralash (jami 6 ta) bosqichlari onlayn tarzda oʻtkazildi. Uning finali xuddi oʻtgan yilgidagi kabi 1 haftalik yozgi maktab tarzida tashkil etiladi. Bu yil ham Tojikistondan mehmonlar kelishi kutilmoqda.

6 bosqichli saralashdan oʻtgan va medalli olimpiadada gʻolib boʻlgan oʻquvchilar finalda - yozgi maktabda ishtirok etishlari mumkin boʻladi.

Yozgi maktabning dasturi va boshqa muhim ma’lumotlar bugun batafsil e’lon qilinadi.
👍19❤1🔥1
U.I.3-2023.pdf
225.7 KB
⚡️ ULUG‘BEK IZDOSHLARI olimpiadasining 3-mavsumining final bosqichiga saralagan o‘quvchilar ro‘yxati va yozgi maktabning dasturi.

🗓 Yozgi maktab 13-18 avgust kunlari Toshkent shahrida o‘tkaziladi.

🇹🇯🤝 Yozgi maktabga Tojikiston Respublikasidan 50 ga yaqin o‘quvchilar tashrif buyurishi kutilmoqda!

Batafsil ma'lumot 📞 +998932825657 raqami orqali olishingiz mumkin.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4👏4🔥3
Yozgi maktab orqali nimalarga erishishingiz mumkin?

Avvalo 60 nafar finalchi qanday imkoniyatlarni bepul qoʻlga kiritishini sanab oʻtaylik:

1) Xalqaro olimpiadalarda gʻolib boʻlgan ustozlardan 4 kun dars;
2) Texnotur (sayohat) larda qatnashish;
3) Final olimpiadasida qatnashish;
4) Yangi doʻstlar orttirish;
5) Shaxmat musobaqasida qatnashish (rejada)
6) Yangi nashr etiladigan (va narxi 150.000 soʻm turadigan) maxsus kitob;

Xuddi yuqoridagi barcha imkoniyatlarni finalga chiqa olmagan boʻlsada, oʻz xohishiga koʻra badal toʻlovi orqali qatnashib ham erishish mumkin. Badal toʻlovi qiymati 150.000 soʻm. Oʻzingiz oʻylab koʻring, badal toʻloviga teng narxdagi kitob va bonusiga 1-5 imkoniyatlar. Bunday imkoniyatdan faqat foydalanish kerak. Ishoning, vaqtim va yoshligim boʻlganida aniq qatnashgan boʻlar edim😉

Joylarni band qilish uchun koordinator +998932825657 (Zafarbek)
👍19❤2🤩2🔥1🥰1
Forwarded from KHISO olimpiada
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Yangi o‘quv yilini yangi bilimlar, yangi g‘alabalar va yangi do‘stlar bilan qarshi oling!

⚡️ "ULUG‘BEK IZDOSHLARI" olimpiadasining 3-mavsumining final bosqichi 5 kunlik yozgi maktab shaklida o‘tkaziladi.

🎁 G‘oliblar qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi!

🗓 Yozgi maktab 14-18 avgust kunlari Toshkent shahrida o‘tkaziladi.

📋 Yozgi maktab dasturi haqida batafsil: ➡️ https://t.me/khiso/4327

✅ Loyihaning bosh homiysi - TIFT universiteti

Batafsil
ma'lumot 📞 +998932825657 raqami orqali olishingiz mumkin.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5
Forwarded from KHISO olimpiada
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Bugun yozgi maktabda ilk darslar va Tashkent Cityga sayohat boʻlib oʻtdi!

Tadbirni Toshkent davlat Iqtisodiyot universiteti prorektori Sadriddin Karimovich ochib berdi.

👨‍🏫 Shundan soʻng xalqaro olimpiada g‘oliblari ishtirokida maharot darslari boshlanadi.

🍛 Tushlik va undan keyin Tashkent City bog‘iga sayohat tashkil qilinadi.

➡️ Ertaga sizni yanada qiziqarli darslar va tadbirlar kutmoqda!

Koordinatorlar +998932825657 (Zafarbek), +998939290006 (Dilnoza), +998942030108 (Nilufar)

📍 Mo‘ljall: Humo Arena, O‘zbekiston metro bekati.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7🔥4