Sardor Bazarbaev
4.89K subscribers
2.82K photos
304 videos
605 files
1.44K links
Hamkorlik masalalari uchun: uzedu.bazarbaev@gmail.com

Prezidentning fan olimpiadalarini rivojlantirish bo‘yicha vakili: 👉 t.me/bazarbaevs/4451
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Dunyoda ilmdan o‘zga najot yo‘q va bo‘lmagay! (Al Buxoriy)

O‘tgan hafta Urganch shahridagi muhtasham "Bilim xazina" - Yoshlar kutubxonasida bir guruh yoshlar bilan erkin suhbat o‘tkazdik. Ustozim Sherzod Xotamovich yoshlar bilan uchrashuvlaridan birida "Suhbatdan haqiqatdan erkin bo‘lishining ramziy belgisi sifatida kostyumimni yechib qo‘yaman" degan edilar. Biz ham ustoz yo‘lidan yurdik:) (Doimo yurish nasib qilsin)!

Suhbatda faol qatnashganlarga kitoblarimizdan sovg‘a qilinadigan bo‘ldi (afsus shu kuni samolyotga kechikishim mumkinligi sabab dasxat qo‘yishga ulgurmadim...)!

Ha aytgancha, KHISO va ISTANBULEDUZ tashkilotlarimiz tomonidan tayyorlangan kitoblarni ushbu kutubxonadan ham topishingiz mumkin. Quyida manzil va bog‘lanish uchun ma'lumotlar qoldiraman.

📞+99899 966 66 64

📍 Tinchlik koʻchasi 6-A uy (IT-park yonida joylashgan).
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍14🔥2🤩1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Viloyat hokimi olimpiadasining 5-turi Yangiariq tumanida yuqori saviyada o‘tkazildi!

Olimpiadaning 5-turi matematika (5-6 sinf va 7-8 sinf) va kimyo fanlaridan (7-8 sinf) o‘tkazildi. Viloyatimizning 300 ga yaqin iqtidorli oʻquvchilari g‘oliblik uchun kurash olib borishdi.

💰G‘olib o‘quvchilar mos ravishda 5, 4, 3 million so‘m pul mablag‘lari bilan taqdirlandi.

Umumiy natijalar bilan ➡️ ushbu ⬅️ havola orqali tanishingiz mumkin.

Eslatib oʻtamiz, olimpiada 2023-yil davomida viloyatning barcha tuman va shahar hokimliklari homiyligida har oyda muntazam ravishda viloyat miqiyosida o‘tkaziladi.

🏆 Yil yakunida esa "Viloyat hokimi kubogi" o‘tkaziladi.

Olimpiadaning keyingi turi 20-may kuni Tuproqqal'a tumanida matematika va biologiya fanlaridan o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

P.S: Yangiariq tumanining hokimi Anvar aka bilan hali bir qancha yangiliklarimiz bo‘ladi. Ular haqida alohida e'lon qilaman:)
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍17❤1
Qachon yangi kitoblaringiz chiqadi?
Tanqidiy fikrlashdan kitoblaringiz bormi?

Shu vaqtga qadar uchta (shundan ikkitasi shogirdlarimiz bilan birgalikda, bittasi esa Turk matematiklari bilan birgalikda) kitobimiz nashr etilgan bo‘lsa, mazmuni uchun faqat tashakkurlar eshitdik. Bundan tashqari yuqoridagi kabi yoqimli savollarga "tez orada" deb javob berib kelardik. Nihoyat, bir vaqtning o‘zida ikki xil kitobimiz nashrga tayyor bo‘ldi. Bu safar videolari juda ham yuqori sifatda (4K, ya'ni HD dan ham yuqori sifatda) tayyorlandi. Shuningdek, rasmli savollarimizdagi har bir (jami 1500 ga yaqin) rasm professional dizayner tomonidan chizildi. Xullas, siaftga juda katta e'tibor berdik.

Bu kitoblar: 3 ta kitobdan iborat "TANQIDIY FIKRLASH VA MUAMMONI HAL QILISH" (jami 480 ta tanqidiy fikrlash va 720 ta muommali masalalar hamda to‘liq video yechimlardan iborat) to‘plamimiz hamda "Mantiqiy matematika testlari" kitobimizning 2-qismi (bu safar savollar soni 600 ta emas 700 ta).

🤲 Duo qilib tursangiz, yangi hafta boshiga nashrdan chiqadi!
🔥33👍28❤4👏4😢2
Bugun muzeylar kuni!

18-may “Muzeylar kuni” munosabati bilan mamlakatimizdagi 26 ta davlat muzeyiga kirish mutlaqo bepul. Ushbu kun munosabati bilan muzeylarda turli tadbirlar oʻtkazilishi rejalashtirilgan. Vaqtingiz boʻlsa yaqinlaringiz bilan borishni tavsiya qilaman!

Ushbu xabarni yaqinlaringizga ham ulashing:
➡️ @bazarbaevs
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5😱1🎉1
🇺🇿 Viloyat hokimi olimpiadasining navbatdagi bosqichi ertaga Tuproqqal’a tumanida o‘tkaziladi.

✅Olimpiada quyidagi fanlardan bo'lib o'tadi:
➕ -matematika fanidan (5-6-sinf va 7-8-sinflar uchun)
☘️- biologiya fanidan (7-8 sinflar uchun).

📢 Olimpiadada jami 300 nafarga yaqin o‘quvchilar bilimlar jangida kurash olib borishadi.

G‘olib o‘quvchilar diplom hamda mos ravishda bir martalik
🥇1-o'rin 5 million,
🥈2-o'rin 4 million,
🥉3-o'rin 3 million so‘m pul mablag‘lari bilan taqdirlanadi.

🏫 Olimpiada Tuproqqal’a tumanidagi 2-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabida bo‘lib o‘tadi.

📍 Yandeks
📍 GOOGLE MAPS

♾ Olimpiada 2023-yil yil davomida viloyatning barcha tuman va shahar hokimliklari homiyligida har oyda muntazam ravishda viloyat miqiyosida o‘tkazilib boriladi.

✔️ Yil yakunida esa "Viloyat hokimi kubogi" o‘tkaziladi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍11🔥11😱2🎉1
7-8 Matematika 20.05.2023.pdf
153.4 KB
"Viloyat hokimi olimpiadasi" 6-turi natijalari!

Bugun olimpiadaning 6-turi Tuproqqal'a tumanida o‘tkazildi.

G‘olib o‘quvchilar mos ravishda 5, 4, 3 million so‘m pul mablag‘lari bilan taqdirlandi.

Bugungi olimpiadada 234 nafar Xorazmlik va 22 nafar Buxorolik o‘quvchilar ishtirok etdi.

Olimpiadaning keyingi turi iyun oyida Xonqa tumanida 5-6 sinf va 7-8 sinf o‘quvchilariga matematika fanidan hamda 7-8 sinf o‘quvchilariga fizika fanidan o‘tkaziladi.
👏27👍10🎉4🔥3😱3😢1
Viloyat hokimi olimpiadasining 6-turi Tuproqqal'a tumanida o‘tkazildi!

Olimpiadaning 6-turi matematika (5-6 sinf va 7-8 sinf) va biologiya fanlaridan (7-8 sinf) o‘tkazildi. Ushbu olimpiadada ilk marta Buxoro viloyatidan 22 nafar o‘quvchi mehmon sifatida qatnashdi.

💰G‘olib o‘quvchilar mos ravishda 5, 4, 3 million so‘m pul mablag‘lari bilan taqdirlandi.

Umumiy natijalar bilan ➡️ ushbu ⬅️ havola orqali tanishingiz mumkin.

Eslatib oʻtamiz, olimpiada 2023-yil davomida viloyatning barcha tuman va shahar hokimliklari homiyligida har oyda muntazam ravishda viloyat miqiyosida o‘tkaziladi.

🏆 Yil yakunida esa "Viloyat hokimi kubogi" o‘tkaziladi.

➡️ Olimpiadaning keyingi turi iyun oyida Xonqa tumanida 5-6 sinf va 7-8 sinf o‘quvchilariga matematika fanidan hamda 7-8 sinf o‘quvchilariga fizika fanidan o‘tkaziladi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍16😱2👏1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📣 O‘quv yili tugadi, lekin olimpiadalar davom etadi!

🥇 KHISO olimpiada maktabi va O‘zbekiston Matematika jamiyati hamkorligida navbatdagi oflayn olimpiada!

Barcha 1-8 sinf o‘quvchilarini 28-may kuni matematika fanidan o‘tkaziladigan oflayn olimpiadamizda kutib qolamiz!

🫥 Bu safar 3-4 sinf o‘quvchilari uchun maxsus "tanqidiy fikrlash va muammoli masalalar" testi (faqat o‘zbek tilida) beriladi. Bu sinf o‘quvchilari maxsus javoblar varaqasiga (haqiqiy imtihondagidek) qalam bilan belgilashadi. Shu sababdan qalam olib kelishlari shart!

🏆 Gʻolib o‘quvchilar vaucherlar va medallarni qoʻlga kiritishadi.

📚 Shuningdek, yangi kitobimiz bilan ham tanishingiz mumkin!

✍️ Roʻyxatdan oʻtish uchun (FAQAT KELIB QATNASHADIGANLAR UCHUN): ➡️ ARIZA QOLDIRISH

📝Olimpiada dasturi bilan tanishishni unutmang: ➡️ BATAFSIL

📍 Olimpiada O‘zbekiston Milliy universiteti Matematika fakulteti binosida o‘tkaziladi.

😉 Unutmang, muvaffaqiyat yakshanbani ham oʻz ichiga oladi!

✅ @khiso_lc_admin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍30🤩1
Forwarded from Sardor Bazarbaev
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🗓 24.05.2019

4 yil oldin xuddi shu kuni!

Muhtaram yurtboshimiz bilan 3-uchrashuvim, ilk bor ular oldida nutqqa chiqishim...

Hayotimdagi maqsadlarimni va ularga ishonchimni tubdan oshirgan uchrashuv.

Prezidentimiz birgina meni misolimda yurtimizdagi barcha ilmga chanqoq yoshlarga e’tibor ko’rsatgandilar!

Bu sovg’ani qilgan ishlarim uchun emas, endi qiladigan ishlarim uchun avans deb qabul qilgandim!

Havas qilganlar va ularni farzandlari bundan ham katta e’tiroflarga sazavor bo’lsin!

O’qing, ilm oling va ko’ngilni toza qilib mehnat qiling, albatta natijaga erishasiz!

Bilim
va yaxshilik ulashilganda ko’payadigan fazilatdir!
👍52🔥7👏6🎉1
Sardor Bazarbaev
📣 O‘quv yili tugadi, lekin olimpiadalar davom etadi! 🥇 KHISO olimpiada maktabi va O‘zbekiston Matematika jamiyati hamkorligida navbatdagi oflayn olimpiada! Barcha 1-8 sinf o‘quvchilarini 28-may kuni matematika fanidan o‘tkaziladigan oflayn olimpiadamizda…
Oflayn olimpiada haqida qo‘shimcha ma'lumot!

Ertangi olimpiadada 3-4 sinf o‘quvchilari uchun Prezident maktablari imtihonining asosiy bosqichidagidek tanqidiy fikrlash va muammoli masalalardan 40 ta test beriladi. Testlar Cambridge Assessment Admissions Testing tashkiloti standartida. Nafaqat savollar, balki javoblar varaqasi ham haqiqiy imtihondagidek bo‘ladi. Shu sababli o‘quvchilarimizdan o‘zlari bilan qalam olib kelishlarini iltimos qilamiz.

❗️Boshqa (1, 2, 5, 6, 7, 8) sinf o‘quvchilari uchun odatiy usulda olimpiada o‘tkaziladi.

Olimpiada natijalari o‘sha kunning o‘zida tekshirilib, taqdirlash ham shu kunning o‘zida bo‘lib o‘tadi. Olimpiada grafigi bilan tanishgan holda kelishingizni maslahat beramiz. Uzoqdan kelolmaydiganlar uchun khiso.uz saytimizda onlayn olimpiada (xuddi shu savollardan) o‘tkaziladi. Oflayn olimpiada - haqiqiy atmosferani his qilishni istaganlar uchun!

P.S: Yana ko‘p berilgan savollardan biri, SQB MATH OYMPIAD finali qachon bo‘ladi? Ko‘pchilik kelishiga imkon yaratish maqsadida 17-iyun (shanba) kuniga rejalashtirilmoqda.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍21🔥2😢1
Sardor Bazarbaev
📣 O‘quv yili tugadi, lekin olimpiadalar davom etadi! 🥇 KHISO olimpiada maktabi va O‘zbekiston Matematika jamiyati hamkorligida navbatdagi oflayn olimpiada! Barcha 1-8 sinf o‘quvchilarini 28-may kuni matematika fanidan o‘tkaziladigan oflayn olimpiadamizda…
RESULTS (28.05.2023).pdf
134.6 KB
O‘zbekiston Matematika Jamiyati bilan hamkorlikda o‘tkazilgan 2-oflayn olimpiada natijalari aniqlandi!

(Saytimizda onlayn olimpiada davom etmoqda!)


Ushbu olimpiadada 200 ga yaqin ishtirokchi qatnashdi.

Gʻoliblar quyidagicha taqdirlandi:

🟨 - 🥇 medal, oʻquv markaz uchun 300.000 so‘mlik vaucher va kuntesti mobil ilovasi uchun 300 tanga;

⬜️ - 🥈 medal, oʻquv markaz uchun 200.000 so‘mlik vaucher va kuntesti mobil ilovasi uchun 200 tanga;

🟧 - 🥉 medal, oʻquv markaz uchun 100.000 so‘mlik vaucher va kuntesti mobil ilovasi uchun 100 tanga;

Boshqa har bir ishtirokchi oʻquv markaz uchun 50.000 so‘m vaucher va kuntesti mobil ilovasi uchun 50 tanga bilan mukofotlanadi.

🔖 Sertifikatini ololmaganlar va kuntesti uchun tangasini olmoqchi boʻlganlar @kuntesti_admin ga murojaat qilishlari lozim. (Ertaga soat 10:00 dan 18:00 gacha navbat bilan javob beriladi)
👍21🔥1
🇺🇿 Viloyat hokimi olimpiadasining 7-turi ertaga Xonqa tumanida o‘tkaziladi.

✅Olimpiada quyidagi fanlardan bo'lib o'tadi:
➕ -matematika fanidan (5-6-sinf va 7-8-sinflar uchun)
🧲 - fizika fanidan (7-8 sinflar uchun).

📢 Olimpiadada jami 300 nafarga yaqin o‘quvchilar bilimlar jangida kurash olib borishadi.

G‘olib o‘quvchilar diplom hamda mos ravishda bir martalik
🥇1-o'rin 5 million,
🥈2-o'rin 4 million,
🥉3-o'rin 3 million so‘m pul mablag‘lari bilan taqdirlanadi.

Olimpiada 2023-yil yil davomida viloyatning barcha tuman va shahar hokimliklari homiyligida har oyda muntazam ravishda viloyat miqiyosida o‘tkazilib boriladi.

✔️ Yil yakunida esa "Viloyat hokimi kubogi" o‘tkaziladi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍35🎉2😢1