Sardor Bazarbaev
7.57K subscribers
2.74K photos
219 videos
590 files
1.3K links
Hamkorlik masalalari uchun: uzedu.bazarbaev@gmail.com

Prezidentning fan olimpiadalarini rivojlantirish bo‘yicha vakili: 👉 t.me/bazarbaevs/4451
Download Telegram
Xayriya.pdf
280.2 KB
“TOSHKENT OLIMPIADASI” ning final bosqichida to‘lov asosida 32 ta bola (finalga yo‘llanma olmagan o‘quvchilar o‘z xohishlariga koʻra 50.000 so‘m to‘lov asosida qatnashishlari mumkin edi) qatnashdi va jami 1.600.000 (bir million olti yuz ming) so‘m pul to‘plandi. Mablag‘lar to‘liq xayriya maqsadida ishlatilishiga va’da bergan edik. Shu maqsadda kun.uz axbarot nashridagi e’lonlarga ko‘ra 5 ta hamyurtimizga o‘tkazib berildi.

Ushbu hisobotni xalqga berilgan va’daning ijro etilgani va aynan xalqdan yig‘ilgan pulni to‘g‘ri maqsadda sarflanganini ko‘rsatish maqsadida e’lon qilmoqdamiz.

Alloh dardi borlarga shifo bersin, ushbu xayriyaga hissa qo‘shgan insonlardan o‘zi rozi bo‘lsin!
Xayrli kun aziz ustozlar, talaba do‘stlar va o‘quvchilar!

Bugundan boshlab 20-22 yanvar kunlari tabiiy fanlar oyligi munosabati bilan biologiya, kimyo, geografiya fanlaridan bepul olimpiadalar marafoni o‘tkazilmoqda. G‘olib o‘quvchilar platformamizda foydalanish uchun 100.000 so‘mgacha miqdordagi vaucherlar, g‘olib o‘qituvchi va talabalar kitoblar bilan taqdirlanadi.

Imkoniyatdan foydalanib qoling, batafsil: 👉 t.me/khiso/3277
⚡️RASMAN: 24-yanvardan boshlab maktablar bir oy davomida onlayn faoliyat olib boradi. Bu haqida Xalq ta’limi vazirligi axborot berdi.

👉 @bazarbaevs
🏆 Mantiqiy matematika boʻyicha Xalqaro Kenguru tanloviga roʻyxatdan oʻtish tugashiga 13 kun vaqt qoldi!

Har xil xalqaro musobaqalar koʻp, lekin savollari va saviyasi munosiblari kam. Ana shunday munosabaqalardan biri bu - Kengurudir!

Tanlov 25-mart kuni maktablarda oflayn tarzda boʻlib oʻtadi. Har bir ishtirokchi sovgʻa va sertifikat bilan taqdirlanadi.

👋 Uzoq yillik an'anaga ega musobaqada ishtirok etishni tavsiya qilaman.

Shu sayt orqali roʻyxatdan oʻting 👉 Olympia.uz

Savollar boʻyicha murojaat 👉
@Olympia_uz

Batafsil ushbu postda: 👉
t.me/contest_kenguru_uz/2206
Bu zinapoyalardan oʻzingiz yuqorigacha chiqsangiz albatta yiqilmaysiz, chunki har bir qadamni his etib qadam qoʻyasiz.

Agarda kimdir olib chiqib qoʻysa, oyogʻingiz olib chiqib qoʻygan odam qoʻlini olishi bilan toyib ketishi mumkin.

Onlayn olimpiadalardagi “uddabiron”larga ham tegishli ekan, nima dedingiz?
Hozir natijalarni tahlil qilyapman.

Achinganim: Yuqori sinfdagi “yuqori” ball olganlar hammasi “vunderkind” ekan. 1 minut, 2 minut, … da yuqori natijalar. Menga ham oʻrgatinglar. Men uchun 30 ta testni oʻqishimni oʻziga (yechish emas) 15 daqiqa ketadi. Sizlar zoʻr ekansizlar.

Xursand boʻlganim: Kichik sinfda bunday koʻzboʻyamachiliklar yoʻq. Duo qilaylik, katta boʻlib bular ham “vunderkind”lashib ketmasin.

Siz qanday fikrdasiz?
⚡️ Ota-onalardan kelgan takliflar!

Xayrli kun azizlar. Ko‘pchilik nega sinflar birlashtirilib olimpiada qilinishi haqida savol berishadi. Bu xalqaro tajribada qo‘llaniladigan usul. Lekin ota-onalarni taklifini ham inobatga olgan holda medalli olimpiadalarni 1, 2, 3, 4-sinflarni alohida o‘tkazish va 50% testlar darslikda mavzular asosida bo‘lishiga qaror qildik. Endilikda har boshlang‘ich sinf o‘quvchilari faqat o‘z sinfida kurash olib boradi. O‘rta va yuqori sinfdagilar odatdagidek davom etadi.

Yana takliflaringiz bormi? Marhamat izohlarda qoldirsangiz adminlar o‘qib chiqishadi. Salomat bo‘ling.
⚡️Koʻp soʻralgan savol

Bitta raqamdan bir nechta odam qatnashishi mumkin?
Sardor Bazarbaev
Results 08.01.pdf
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Jizzaxlik g‘olibimiz vaucheridan foydalandi!

Xabar berganimizdek, "Toshkent olimpiadasi" ning final bosqichi g‘oliblariga mos ravishda 900.000, 500.000 va 300.000 so‘mlik vaucherlar berilgan edi.

Vaucher - bu bizning istalgan loyihamizda foydalanish mumkin bo‘lgan pul mukofoti.

Jizzax shahridagi 3-sonli umumta'lim maktabining 2-sinf o‘quvchisi Oxunov Mashxurbek ham poytaxtda o‘tkazilgan olimpiadaning finalida 500.000 so‘mlik vaucher va 🥈 medal sohibi bo‘lgan edi.

Mashxurbek yutib olgan pul mukofotini KUNTESTI mobil ilovamiz va www.khiso.uz onlayn olimpiadalar platforamimizda ishlatishga qaror qildi.

Uning keyingi o‘qishlarida ham muvaffaqiyat tilab qolamiz.
Buyuk bobolarimiz sham yorugʻida ham ilm olishgan…

Demak telefonni ozroq yigʻishtirib kitob oʻqinglar.

P.S: Qishloqdagilarni endi tushungandirsizlar shaharliklar🙂

Oʻzim ham eng chekka viloyatning eng chekka tumanining eng chekka qishlogʻida tugʻilganman)
Chiroq yoʻqligidan zerikkan va shamni yorugʻida oʻtirganlar uchun maxsus:)
Kimdir aytib bergan edi.

Qaysidir yigʻilishda bir general chiqib: “Ilm fanga emas koʻproq armiyaga pul ajrataylik. Ilm fan nima qiloladi agar urush boʻlsa…” debdi. Shunda Enshteyn soʻzga chiqib: “Ilm fanga shu vaqtga qadar va bundan keyin ajratiladigan pullarni bitta elektr tokini yaratilishini oʻzi oqlaydi” degan ekan.

Bugun bu gapni isbotini birgalikda koʻrdik.
Sardor Bazarbaev
Results 08.01.pdf
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Yana bir Jizzaxlik g‘olibimiz vaucheridan foydalandi!

"Toshkent olimpiadasi" ning final bosqichi g‘oliblariga mos ravishda 900.000, 500.000 va 300.000 so‘mlik vaucherlar berilganidan xabaringiz bo‘lsa kerak.

Vaucher - bu bizning istalgan loyihamizda foydalanish mumkin bo‘lgan pul mukofoti.

Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumanidagi 32-sonli umumta'lim maktabining 2-sinf o‘quvchisi Qo‘chqorov Botirjon ham poytaxtda o‘tkazilgan olimpiadaning finalida 300.000 so‘mlik vaucher va 🥉 medal sohibi bo‘lgan edi.

Botirjon yutib olgan pul mukofotini KUNTESTI mobil ilovamiz va www.khiso.uz onlayn olimpiadalar platforamimizda ishlatishga qaror qildi.

Uning keyingi o‘qishlarida ham muvaffaqiyat tilab qolamiz.
Xayrli kech qadrdonlar!

Jamoamizning matbuot kotibasi, yosh jurnalist Lobarxon Turayeva yangi loyihaga qoʻl uribdi. Ya’ni eng faol qatnashayotgan, tengdoshlariga oʻrnak boʻladigan oʻquvchilar haqida video-intervyu.

Loyihaning dastlabki qahramoni - men bilgan eng iqtidorli oʻquvchilardan biri Abduqaxxarova Durdonaxon boʻlibdi. Durdonaxon nafaqat onlayn olimpiadalarda, balki haqiqiy bilimlar sinaladigan oflayn olimpiadalarda ham oʻzini iste’dodini isbotlagan qiz. Aniq fanlarga ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabi (AFIDUM)da oʻqib, 2021-yili koʻpchilikning orzusidagi Muhammad Al Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan IT maktabiga qabul qilindi. Shuningdek, Durdonaxon KUNTESTI mobil ilovamizda “Yilning eng yaxshi oʻquvchisi-2021” (Top10) mukofotini ham qoʻlga kiritgan.

Intervyuni koʻrishni jiddiy tavsiya qilaman: 👉 youtu.be/5TyyVAeylFk
Allohga shukur, eson-omon Moskvaga yetib keldik. Endi 3 soatdan soʻng Kaliningrad shahriga uchamiz.

Nima uchun safardagiligimiz siz uchun qiziqmi?))
Sardor Bazarbaev
Allohga shukur, eson-omon Moskvaga yetib keldik. Endi 3 soatdan soʻng Kaliningrad shahriga uchamiz. Nima uchun safardagiligimiz siz uchun qiziqmi?))
Kaliningrad shahriga ham yetib keldik.

Oldingi postimizga e’tiboringiz uchun tashakkur. Ertaga «Я Решаю» xalqaro olimpiadasining final bosqichi boʻlib oʻtadi. Unda oʻzbekistonlik 3 nafar oʻquvchi ishtirok etadi.

Duo qilib turinglar, yurtimiz sharafini munosib himoya qilib, yuzimiz yorugʻ boʻlib qaytaylik.
Sardor Bazarbaev
Results 08.01.pdf
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Uchinchi Jizzaxlik g‘olibimiz ham vaucheridan foydalandi!

"Toshkent olimpiadasi" ning final bosqichi g‘oliblariga mos ravishda 900.000, 500.000 va 300.000 so‘mlik vaucherlar berilganidan xabaringiz bo‘lsa kerak.

Vaucher - bu bizning istalgan loyihamizda foydalanish mumkin bo‘lgan pul mukofoti.

Jizzax viloyati Jizzax shahridagi 27-sonli umumta'lim maktabining 6-sinf o‘quvchisi Mitanov Ravshanbek ham poytaxtda o‘tkazilgan olimpiadaning finalida 300.000 so‘mlik vaucher va 🥉 medal sohibi bo‘lgan edi.

Botirjon yutib olgan pul mukofotini KUNTESTI mobil ilovamiz va www.khiso.uz onlayn olimpiadalar platforamimizda ishlatishga qaror qildi.

Uning keyingi o‘qishlarida ham muvaffaqiyat tilab qolamiz.
Sardor Bazarbaev
Ustoz va shogird, asoschi va munosib davomchi! 👉 @bazarbaevs
Bugun mustaqil Oʻzbekiston asoschisi, birinchi prezidentimiz, oʻzbek xalqining sevimli farzandi - Islom Abdugʻaniyevich Karimovning tavallud topgan kuni.