Sardor Bazarbaev
7.57K subscribers
2.74K photos
219 videos
590 files
1.3K links
Hamkorlik masalalari uchun: uzedu.bazarbaev@gmail.com

Prezidentning fan olimpiadalarini rivojlantirish bo‘yicha vakili: 👉 t.me/bazarbaevs/4451
Download Telegram
⚡️Xayrli kech azizlar!

Xabaringiz bor xizmat safari bilan Kaliningrad shahrida bo‘lib turibman. Rejaga ko‘ra bugun qaytishimiz kerak edi. Lekin noqulay ob havo sababli reysimiz qoldirildi. Hozir KHRABROVO aeraportidamiz (10 soatdan oshdi kelganimizga🙃).

Bugun saytimizda medalli olimpiadalar o‘tkazilgan edi. Shogirdlarim yo‘qligimni bildirmaslikka harakat qilishdi va menimcha eplashdi deb o‘ylayman.

Shogirdim Davrbek bugungi olimpiada testlarining yechimlarini tayyorlab, you tube kanalimizga qo‘yibdi. Qatnashgan va qatnashmagan barcha ko‘rib o‘rganishi mumkin. Tavsiya qilaman:

👉
1-SINF

👉 2-SINF

👉 3-SINF

👉 4-SINF

👉 5-6-SINF

👉 7-8-SINF

🤝 Nasib qilsa bosqichma bosqich barcha olimpiadalarimizning ham video tahlilini joylashtirib boramiz. Faqat sizdan layk va izohlarda qo‘llash talab qilinadi.
Xayrli kech azizlar!

Jamoamizning matbuot kotibasi yangi loyiha boshlagani haqida xabar bergan edim. Loyihaning bu safargi qahramoni -yana bir eng bilimdon oʻquvchilardan biri Nizomiddinov Jalolbek boʻlibdi. Jalolbek o‘zi Navoiylik. Uni Bolajon telekanalidagi ko‘rsatuvga ham taklif qilgan edim. Shuningdek, Jalolbek KUNTESTI mobil ilovamizda “Yilning eng yaxshi oʻquvchisi-2021” (Top10) mukofotini ham qoʻlga kiritgan. Xullas yaxshisi videoni ko‘ra qoling:)

Intervyuni koʻrishni jiddiy tavsiya qilaman: 👉 youtu.be/AJkjD70ofRI
Sardor Bazarbaev
Results 08.01.pdf
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️To‘rtinchi Jizzaxlik g‘olibimiz ham vaucheridan foydalandi!

"Toshkent olimpiadasi" ning final bosqichi g‘oliblariga mos ravishda 900.000, 500.000 va 300.000 so‘mlik vaucherlar berilgan edi.

Vaucher - bu bizning istalgan loyihamizda foydalanish mumkin bo‘lgan pul mukofoti.

Jizzax viloyati Jizzax shahridagi 22-sonli IDUMning 6-sinf o‘quvchisi Jonuzoqov Asilbek ham poytaxtda o‘tkazilgan olimpiadaning finalida 500.000 so‘mlik vaucher va 🥈 medal sohibi bo‘lgan edi.

Botirjon yutib olgan pul mukofotini KUNTESTI mobil ilovamiz va www.khiso.uz onlayn olimpiadalar platforamimizda ishlatishga qaror qildi.

Uning keyingi o‘qishlarida ham muvaffaqiyat tilab qolamiz.
⚡️Tezkor xabar!

7-fevraldan boshlab
umumta'lim maktablari, professional, kasb-hunar va oliy ta'lim muassasalari, akademik litsey hamda nodavlat ta'lim tashkilotlarda o‘quv jarayoni an'anaviy (oflayn) shaklga o‘tkaziladi.

Ota-onalar bolalardan ham ko‘ra xursandroq bo‘lsa kerak-a?😉
🥇Nufuzli xalqaro olimpiadalarga saralash jarayonining II bosqichi start olmoqda

6-11 fevral kunlari nufuzli xalqaro olimpiadalarda qatnashadigan O‘zbekiston terma jamoasi a'zolarini saralashning II bosqichi o‘tkaziladi.

Saralash bosqichi 6 fevral kuni informatika va axborot texnologiyalari, 9 fevral kuni biologiya va kimyo, 11 fevral kuni esa matematika va fizika fanlaridan bitta turda A.Avloniy nomidagi xalq ta'limi muammolarini o‘rganish va istiqbollarini belgilash ilmiy-tadqiqot institutida o‘tkaziladi.

Saralash olimpiadasi topshiriqlarini bajarish uchun: matematika, kimyo, biologiya, fizika fanlariga 4 soat, informatika va axborot texnologiyalari faniga 5 soat vaqt ajratiladi;

Matematika, fizika, kimyo, biologiya fanlaridan yuqoridagi kvotalar asosida so‘ngi o‘ringa (mos ravishda 18, 15, 12, 12-o‘rinlar) da'vogar bir nechta ishtirokchilarning to‘plagan ballari teng bo‘lib qolgan taqdirda, berilgan topshiriqlarning yuqori ball beradigan topshiriq bo‘yicha ko‘p ball to‘plagan o‘quvchi ustunlikka ega bo‘ladi;

❗️Har bir topshiriq bo‘yicha ham ballar teng bo‘lgan taqdirda o‘quvchilarga hakamlar hay'ati tomonidan qo‘shimcha 3 ta ochiq test (javobi yoziladigan) beriladi va g‘olib aniqlanadi.

🔰Informatika va axborot texnologiyalari fanidan 12-o‘rindagi bir necha ishtirokchilarning to‘plagan ballari teng bo‘lib qolgan taqdirda, hakamlar hay'ati tomonidan shu o‘quvchilarning masala ishlashga sarflagan jarima vaqtlari tizimda tekshiriladi hamda kam jarima olgan o‘quvchi ustunlikka ega bo‘ladi.

Nufuzli xalqaro olimpiadalarda ishtirok etuvchi O‘zbekiston terma jamoasiga nomzodlarni saralashning II bosqichi nazorat materiallari va baholanishi
Sardor Bazarbaev
⚡️Asosiy fan olimpiadasining viloyat bosqichining o‘tkazilish jadvali! 🆕 Asosiy yangiliklar quyidagilardan iborat: ⬛️ Bu bosqichda ham barcha savollar Xalq ta'limi vazirligi tomonidan tuziladi hamda viloyat bosqichida yozma ish va test beriladi. Hakamlar…
XTV 29-sonli buyrug‘i 27.01.2022.pdf
449.6 KB
⚡️Ikkinchi guruh fanlari uchun asosiy fan olimpiadasining viloyat bosqichining o‘tkazilish jadvali!

Xabaringiz bor joriy o‘quv yilida matematika, fizika, kimyo, biologiya va informatika fanlaridan viloyat olimpiadasi ertaroq o‘tkazildi. Bunga sabab xalqaro olimpiadada ishtirok etuvchi terma jamoani oldinroq saralab olish. Qolgan fanlardan viloyat olimpiadasi fevral-mart oylarida o‘tkazilishi belgilangan edi. Olimpiadalar 24-28 fevral kunlari o‘tkazilishi aniq bo‘ldi.

Ushbu hujjatda baholash mezonlarigacha barchasi batafsil berilgan, tanishib chiqishingiz mumkin.

👉🏻 @bazarbaevs
⚡️Sizning fikringiz ham biz uchun qiziq!

Kim 10 marta oʻtirib tursa mana bu iphone telefonni beraman desam hamma oʻtirib tura oladi. Kimga berishim kerak?

Lekin yoniga endi kim 100 marta “otjimaniya” qiladi deb qoʻshimcha qilsam nari borsa 1-2 odam eplashi mumkin.

Bu oddiy hayotiy misol edi.

Endi savollar qiyin deb e’tiroz bildiradigan ota-onalarga: Farzandingizning hozirgi xursandchiligi va natijaga yengil erishi muhimmi yoki hali bilmagan narsam koʻp ekan, oʻqib oʻrganaman deb murakkab masalalarga moslashib borishi muhimmi?

Oʻquvchilarimga ham aytardim: 10 ta sen bilgan savolni uyga vazifa bersam foydalimi yoki kamida 5 ta senga notanish vazifa bersammi? Ertasiga mendan 5 ta yangi bilim olasan.

Oʻquvchilarim: 2-si foydaliroq.

Kelajak muhimmi yoki hozirgi xursandchilik?
Ertalabdan kayfiyatni koʻtaramiz

Maktabga yangi o‘qituvchi kelibdi. O‘quvchilar uning atrofini o‘rab olib, o‘z maktablari, sinflari haqida beto‘xtov gapira ketishibdi. Sinfdoshlar orqa partada o‘tirgan o‘quvchini ko‘rsatib, o‘qituvchiga tanishtirishibdi:
— Manavi Boltavoy-tentak bo‘ladi.
Mana unga 500 so‘mlik va 1000 so‘mlik pulni bersangiz u doim rangi qizil bo‘lgani uchun 500 so‘mlikni oladi.
Bolalar Boltavoyni chaqirib, o‘qituvchiga namoyish qilish uchun 500 so‘mlik va 1000 so‘mlik pul uzatishibdi. Boltavoy haqiqatdan ham 500 so‘mlikni tanlabdi. Darslar tugagach, o‘qituvchi Boltavoyni kabinetiga chaqiribdi va debdi
— Boltavoy, qarasam — matematikani unchalik yaxshi bilmaydiganga o‘xshaysan. 1000 so‘m 500 so‘mdan ikki barobar ko‘pligini nahotki bilmasang?!
— Albatta bilaman!
— Unda nega 500 so‘mlikni tanlaysan?
— Muallim, agar men 1000 so‘mlikni tanlasam, keyingi safar bolalar menga pul bermay qo‘yishadi-da!
Sofizm nima?

Oldindan xato qilib tuzilgan, yuzaki qaraganda to‘g‘ri bo‘lib ko‘rinadigan, lekin yanglish natijaga olib keladigan xulosaga sofizm deyiladi.

Sofizmni ochish – bu davoni isbotlashda muhokamada yo‘l qo‘yilgan xatoni ko‘rsatishdir.

Sofizmlarni ochishni o‘rganish tanqidiy fikrlashni rivojlatirishga imkon yaratadi, matematik tasdiqning har bir natijasini tekshirish va isbotlashning qanchalik zarurligini ko‘rsatadi.

Yechimida birinchi qarashda sezib bo‘lmaydigan xatolar mavjud bo‘lgan quyidagi sofizmni keltiramiz.

Ushbu sofizmda xato qayerda ekanligi haqida batafsil video tayyorladik, marhamat: 👉 https://youtu.be/8fJtBYu4vZs

©️ Qiziqarli matematika
⚡️ Saralashning O‘zbekcha modeli

Xalqaro matematika olimpiadasi (eng nufuzli IMO) ga O‘zbekiston terma jamoasi uchun saralash oldingi va bugungi bosqichi turli muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Baholashi har xil tipdagi olimpiadalar ko‘p. Lekin qaysi olimpiadaga saralash qilishinishiga qarab baholash mezon qo‘yish kerak deb hisoblayman. Masalan futbol bo‘yicha chempionatga basketbol o‘ynatib saralab olmaymizku shundaymi? Hamma joyda rivojlangan davlat tajribasini olishga o‘rganganmizku, bu borada ham barcha qilgan sinalgan usuldan foydalansak bo‘lardi menimcha.

Bu borada ustozim (umuman olganda deyarli barcha olimpistlar uchun ustoz) Karim Rahimov bu borada o‘rinli fikrlarini bildiribdilar. Ustozimning postini havolasini qoldiraman. 👉 https://t.me/karimraximov/256
Bugun 14-fevral shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud topgan kun!

Buyuk ajdodimiz tavalludining 539 yilligi munosabati bilan tashkil etilayotgan "Boburni bilasizmi?" onlayn olimpiadasida faol qatnashing!

Olimpiadada yuqori sinf o‘quvchilari, OTM talabalari va barcha o‘qituvchilar qatnashishlari mumkin!

Batafsil: 👉
t.me/uzedu/15365
💵 Xalqaro yoki respublika olimpiadasi g‘oliblari kelajakda boshqalardan 2-3 marta katta oylik olishini bilasanmi?
💶 Bu yil xalqaro olimpiada g‘olibi 124.500.000 so‘m bilan taqdirlanganini eshitdingmi?
🖐🏻 Sen ham xalqaro olimpiadalarda g‘olib bo‘lishni istaysanmi?

5-11 sinf o‘quvchilari uchun 5-fevraldan 15-fevralgacha olimpiadalarga tayyorgarlik bo‘yicha 10 kunlik darslar e'lon qilganimiz haqida yozgan edim.

Darslar yakunlandi. Endi 18-fevral kuni yakuniy imtihoni bo‘lib o‘tadi. Imtihondan muvaffaqiyatli o‘tgan o‘quvchilar bundan keyin ham xalqaro olimpiadalarga bepul tayyorlanish imkoniyatini qo‘lga kiritishadi. Shuningdek bizning jamoaning yangi loyihalarida volontyorlikka ham qabul qilinishlari mumkin.

Darslarga kira olmay qolganlar uchun hali ham imkoniyat mavjud. Aksariyat darslarni youtube kanalimizga (montajsiz) joylashtirganmiz. 2 kun ichida darslarni takrorlab imtihonga tayyorlanishingiz mumkin. Quyidagi darslarning sinfma-sinf videolariga havola e'lon qilaman:

5-6 sinf uchun. Lektorlar: Olimov Olimjon, Ismoilov Doniyor, Ibrohimov Najmiddin:
1-dars 👉 youtu.be/GuyRK5k2C0I
2-dars 👉 youtu.be/9pCEWOd_nEE
3-dars 👉 youtu.be/a9ZZfJzwlaI
4-dars 👉 youtu.be/LEN-KPnTPw0
5-dars 👉 youtu.be/yIEdb_hsTiA

7-8 sinf uchun. Lektorlar: Butayev Abror, Maxmudov Farrux
1-dars 1-qism 👉 youtu.be/3Lefk9nddFE
1-dars 2-qism 👉 youtu.be/niOARI00Y3U
1-dars 3-qism 👉 youtu.be/lkgFxRDyLKE
2-dars 1-qism 👉 youtu.be/HX0yXpc92gg
2-dars 2-qism 👉 youtu.be/ldqgp7uqnbE
2-dars 3-qism 👉 youtu.be/yTXmIU8jzsU
2-dars 4-qism 👉 youtu.be/wKDXwRcFZB8
3-dars 1-qism 👉 youtu.be/NzCLqNMChdE
3-dars 2-qism 👉 youtu.be/t59840yMCew
3-dars 3-qism 👉 youtu.be/L_MsWLEQdcY
3-dars 4-qism 👉 youtu.be/RW39V3SdnII
3-dars 5-qism 👉 youtu.be/PJqgwIOJDN0
3-dars 6-qism 👉 youtu.be/ZYeqFIGIlJk
4-dars 👉 youtu.be/VBvoE7cXPc8
5-dars 👉 youtu.be/KaBeYB5N5zo
8-qism 1-qism: 👉 youtu.be/iBRIdkDGcu8
8-qism 2-qism: 👉 youtu.be/Wi9STzRd_90
8-qism 3-qism: 👉 youtu.be/exXx8M8NrI8

9-11 sinf uchun. Lektorlar: Abdullayev Salimxo‘ja, Ismatov Abdulla, Norboyev Jahongir:
2-dars 👉 youtu.be/NoT_ZVOD9ug
3-dars 👉 youtu.be/kV2afS0V0P0
4-dars 1-qism 👉 youtu.be/UQoa7kkMpow
4-dars 2-qism 👉 youtu.be/-X6297OrOio
4-dars 3-qism 👉 youtu.be/2X2M5G9u_9M
5-dars 1-qism 👉 youtu.be/WPa8h5kqUBo
5-dars 2-qism 👉 youtu.be/FmvjU9_tiu8
5-dars 3-qism 👉 youtu.be/-9Q-3N97LLs
5-dars 4-qism 👉 youtu.be/CO0HxXOqixg
9-dars 1-qism: 👉 youtu.be/_3fhnbuGwEg
9-dars 2-qism: 👉 youtu.be/6tCrRLF9yUc
⚡️Xayrli tong azizlar

Matematikada palindrom son tushunchasi mavjud. Chapdan oʻngga oʻqilganda ham, oʻngdan chapga oʻqilganda ham bir xil oʻqilishi kerak. Masalan: 11, 121, 1441, 23432 va hakozo.

Bugungi sana 22022022 (22-fevral 2022-yil) ham palindromik sana hisoblanadi.

Ana endi sizga savol:
Keyingi eng yaqin palindromik sana qaysi?

🎁 Eng tez topgan ishtirokchi mobil ilovamiz va platformamiz uchun 50.000 soʻmlik vaucherni qoʻlga kiritadi.
KUNTESTI da nega uzilishlar boʻlmoqda?

3 kundan buyon mobil ilova ishlashida uzilishlar kuzatilmoqda. Sababi hozirda eski versiya va yangi versiya ikkalasi ham ishlayotganida. Bugundan eski versiyani oʻchirish boʻyicha soʻrov joʻnatdik, sababi birgina eski versiyaning oʻzi 50 mingdan ortiq yuklab olingan. Erta tongda va kechki payt (ota-onalar farzandlari bilan birga vaqtida) server koʻtara olmayapti. Eski versiyasini oʻchirganimizdan keyin, serverlarni ham kuchaytiramiz.

Foydalanuvchilar koʻpayishi orqali bunday muammo kelib chiqishi aslida “yoqimli bosh ogʻriq”, lekin tez orada hal qilishga va’da beramiz. Esingizda boʻlsa, 16-yanvarda saytimizda ham shunday muammo kuzatilgan edi. Serverini 4 barobar kuchaytirdik (bularning barchasi katta mablagʻ talab etadi) va hozir sayt boʻyicha umuman muammo yoʻq. Endi mobil ilovamiz joylashgan serverni ham 3-4 marta kuchaytiramiz.

Biz bilan birga ekanligingiz uchun tashakkur, noqulaylik uchun uzr soʻraymiz!
Sardor Bazarbaev
⚡️Xayrli tong azizlar Matematikada palindrom son tushunchasi mavjud. Chapdan oʻngga oʻqilganda ham, oʻngdan chapga oʻqilganda ham bir xil oʻqilishi kerak. Masalan: 11, 121, 1441, 23432 va hakozo. Bugungi sana 22022022 (22-fevral 2022-yil) ham palindromik…
Qoyiley, 1 soatda 60 dan ortiq izoh yozilibdi💥

Savolda keyin palindromik “sana” soʻralgan edi. Javobni birinchi boʻlib “Admin” (lekin bizga aloqasi yoʻq 🙂) nikneymli foydalanuvchi yozibdilar.

Hurmatli “Admin” ushbu xabar ostida www.khiso.uz platformasidagi yoki kuntesti mobil ilovasidagi id raqamingizni yozib qoldiring. Biz 50.000 soʻmlik vaucheringizni oʻtkazib beramiz.

Har tong shunaqa qiziqarli-yutuqli savollar bilan boshlasak nima deysiz?
Sardor Bazarbaev
Qoyiley, 1 soatda 60 dan ortiq izoh yozilibdi💥 Savolda keyin palindromik “sana” soʻralgan edi. Javobni birinchi boʻlib “Admin” (lekin bizga aloqasi yoʻq 🙂) nikneymli foydalanuvchi yozibdilar. Hurmatli “Admin” ushbu xabar ostida www.khiso.uz platformasidagi…
Mantiqiy savol: Kirlarni ilish ustasi turli hayvonlarga oʻxshash koʻrinishni hosil qilgan. Sizlardan berkitilgan 4-rasmda esa oq kolgotka. Oq shorti va har xil oʻlchamli bir nechta oq paypoqlardan foydalangan.

Savol: 4-rasmda nima tasvirlangan?
Yutuq:
50.000 soʻmlik vaucher.

P.S: Kechagi gʻolibimiz yoki izohga id raqamlarini yozmadi, yoki men koʻrmay qoldim. Ushbu xabarni ham oʻqigan boʻlsangiz id raqamingiz qoldiring.

Manbasini savol yopilgach e’lon qilaman.
Sardor Bazarbaev
Mantiqiy savol: Kirlarni ilish ustasi turli hayvonlarga oʻxshash koʻrinishni hosil qilgan. Sizlardan berkitilgan 4-rasmda esa oq kolgotka. Oq shorti va har xil oʻlchamli bir nechta oq paypoqlardan foydalangan. Savol: 4-rasmda nima tasvirlangan? Yutuq: 50.000…
Bu safar rekord yangilandi😅

1,5 soat ichida deyarli 160 ta izoh!

Javobni 1 daqiqa ichida “Shoira Xolmoʻminova” va 3 daqiqa soʻngra “Doniyor Parizoda” nomli foydalanuvchilar topishdi.

Ular ham vaucherlaridan qancha qismini qaysi loyihamizda foydalanishni xohlashi va id raqamlarini qoldirishlari mumkin.
⚡️ Xayrli kun azizlar, hurmatli kanalim a'zolari.

Dam olish kuningiz maroqli o‘tishini tilab, bugun kamina bilan ovozli chat o‘tkazilishini ma'lum qilmoqchiman.

Do‘stlarimizning taklifiga binoan @schoolofolympiads telegram kanalida ovozli chat bo‘lib o‘tadi. Sizni qiziqtirgan barcha savollarga javob berishga harakat qilaman.

Batafsil: 👉🏻 https://t.me/schoolofolympiads/308