Sardor Bazarbaev
4.83K subscribers
2.82K photos
305 videos
606 files
1.45K links
Hamkorlik masalalari uchun: uzedu.bazarbaev@gmail.com

Prezidentning fan olimpiadalarini rivojlantirish bo‘yicha vakili: 👉 t.me/bazarbaevs/4451
Download Telegram
Forwarded from Xushnudbek.uz
Тест саволлари тузиладиган дарсликлар рўйхати эълон қилинди

Ниҳоят Давлат тест маркази 2019-2020 ўқув йилида умумтаълим мактаблари, академик лицей ва касб-ҳунар коллежларида қўлланилаётган дарслик ва ўқув-методик қўлланмалар рўйхатини расмий веб-сайтида эълон қилди.

Дарсликлар рўйхатини қуйидаги манзил орқали тегишли фан ва тилни танлаган ҳолда билишингиз мумкин:

https://dtm.uz/info/textbooks

Демак, 2020-2021 ўқув йили учун келаси йилда бўладиган тест синовларида саволлар ушбу дарсликлардан шакллантирилади.

Мана, шу маълумотларни чўзмасдан, октябрь ойидаёқ эълон қилса бўларкан-ку. Ҳамма нарсанинг имкони бор, фақат хоҳиш ва ҳаракат бўлса кифоя.

Энди асосий масала - қайси йўналишга қайси фандан тест саволлари тушишини тезроқ маълум қилиш керак. Бу бўйича ҳам яқин орада янгилик кутамиз.


👉 @xushnudbek 👈
Olimpiada bo’lib o’tadigan joyni ko’zdan kechirdik. Adolatli , halol va shaffof o’tishi uchun barcha imkoniyatlar yetarli. Videokuzatuv kameralari ham tinimsiz ishlamoqda. Olimpiada ishtirokchilariga omad tilaymiz. Ertaga olimpiada boshlangach masalalarni kanalda e’lon qilamiz. Siz ham o’zingizni sinab ko’rishingiz mumkin.

Kanalga ulanish:👇👇👇

@bazarbaevs
Sardor Bazarbaev
#kunsavoli Tenglamaning turli haqiqiy ildizlari yig’indisini toping.Javobingizni @bazarbaevsardor ga yuboring. Kanalga ulanish:👇👇👇 @bazarbaevs
#kunsavoli Xayrli kech kanalimiz a‘zolari! Bugungi kun savoliga yechimni kechroq e‘lon qilyotganimiz uchun uzr. Demak yuqoridagi birinchilardan bo‘lib yetib kelgan ajoyib yechim egasi G‘aniyev Sherzod 🎖 ga minnatdorchilik bildiramiz👏👏👏 va birinchi uchta yechim egalari:
1. Yuldashev Bekzod 🥇
2. Javohir Ne‘matov 🥈
3. Sanjar Iskandarov 🥉

larni tabriklaymiz👏👏👏, shu qatorda boshqa barcha to‘g‘ri yechim yuborgan ammo biroz kech qolgan bilimdonlarga ham qoil👏👏👏

Kanalga ulanish👇👇👇:

@bazarbaevs
Forwarded from Sardor Bazarbaev
#jummamubarak

Juma muborak azizlar🕋

Kanalga ulanish:


https://t.me/bazarbaevs
#information

❗️❗️❗️

Birozdan keyin Mirzo Ulug’bek nomidagi matematika olimpiadasi ( Qo’shimcha respublika olimpiadasi) masalalari va ularning yechimlarini e’lon qilamiz. Ularni kechroq e’lon qilayotganimizning sababi, olimpiada shaffof o’tishi uchun hakamlar hay’ati a’zolarining barchasining telefonlarini yig’ib seyfga solib qo’ydik. Masalalar ham erta tongda juriy a’zolari izoloyatsiya qilinga holda tuzildi.

Kanalga ulanish: 👇👇👇

@bazarbaevs
👍1
Forwarded from Ta’lim24.uz
Мирзо Улуғбек номидаги математика олимпиадаси бўлиб ўтмоқда

https://uzedu.uz/Xtv/IndexBatafsil/71?ID1=14146

Халқ таълими вазирлиги расмий каналига уланиш👇👇👇https://t.me/uzedu
day 1.pdf
563.1 KB
Mirzo Ulug’bek nomidagi matematika olimpiadasining 1-kunining masalalari va ularning yechimlari. O’zlarini sinab ko’rmoqchi bo’lgan o’quvchilarga 3 soat vaqtga qo’yib mustaqil yechib ko’rishlarini tavsiya qilgan bo’lardim.

Kanalga ulanish:👇👇👇

@bazarbaevs
#nicemath

Sonni 9 ga ko’paytirishning oson usuli.


Kanalga ulanish:👇👇👇


https://t.me/bazarbaevs
Sardor Bazarbaev
📌📌📌 #qiziqarlisavol 81 ta bir xil ko’rinishdagi tangalar bor. Ammo bulardan bittasi qalbaki va u boshqalaridan biroz yengil. Ikki pallali tarozi yordamida 4 marta tortish bilan shu qalbaki tangani topib bersa bo‘ladimi? Agar topib bo‘lsa qanday? Iltimos…
Assalomu aleykum azizlar!
Yuqoridagi savol oson edi va shunday bo‘lsada faqat javobini e‘lon qilamiz, to‘g‘ri topganlar juda ko‘p bo‘ldi hammangizga ofarin👏👏👏. Javob quyidagicha edi:
Buning uchun tangalarni 3 qismga bo’lamiz, 27 tadanga bo’linadi.
1. Ikkita 27ni tarozuga tortib ko’riladi, qaysi biri yengilroq kelsa qidirilayotgan tanga shular orasida bo’ladi, agar og’irligi teng bo’lsa chetga olib qo’yilgan uchinchi 27 ni ichida qidirilayotgan tangalar bor bo’ladi. (Xullas, shu tariqa 1-o’lchashda faqat 1 ta 27 tanlab olinadi)
2. Tanlangan 27 ni ham 3 qismga bo’lamiz va 2 ta 9ni tarozuni ikki pallasiga qo’yib tortamiz, va yuqoridagidek yengilroq qism tanlab olinadi.
3. Tanlangan 9 ni 3 qismga bo’linadi.
4. Qolgan 3 tangani ikkitasi tanlanadi va tarozida tortiladi, yoki biri yengilroq bo’ladi, yoki esa ikkisi teng, chetga olib qo’yilgani esa qidiralayotgan tanga!

Hali yanada qiziqarli savollar oldinda..

Kanalga ulanish👇👇👇:

@bazarbaevs
📌📌📌 #qiziqarlisavol

Tasavvurni ishga solamiz...😊
Qadimda bir podshoh 20 ta vazirini bir qatorga joylashtirdi va hammasining ko‘zini bog‘ladi. Keyin har birining boshiga oq yoki qora qalpoqlarni kiydirdi. Bunda nechta qora qalpoq yoki nechta oq qalpoq borligi aniq emas. Keyin esa vazirlarning ko‘zini yechdi, hech qaysi vazir o‘zining boshida qanaqa rangdagi qalpoq borligini bilmaydi, lekin xar bir vazir o‘zidan oldinda turgan vazirlarning qanaqa qalpoq kiyganini ko‘ra oladi. Podshoh : kimda kim o‘zing boshidagi qalpoqning rangini to‘g‘ri topsa o‘shani tirik qoldiraman, agar kimda kim notog‘ri topsa o‘shani o‘ldiraman, qalpoqlaringizni rangini so‘rashni esa qatorning oxiridan boshlab so‘rab boshlayman - dedi. Va 10 daqiqaga chiqib ketdi. Savol: vazirlar qanaqa taktika orqali javob bersa eng ko‘p sondagi vazirni tirik qoldirish mumkin va nechta vazir tirik qoladi?

Izoh: bu taktikada hech qanaqa g‘irromlik ketmaydi, ya‘ni podshoh xonaga qaytib kelmasidan oldin hech qaysi vazir qanaqa qalpoq kiyganini bilmaydi, hammasi podshoh kelganidan keyin boshlanadi..

Iltimos javobingizni to‘liq asoslang va sizlarga maslahat hech qayerdan qidirishga harakat qilmang. Bu shunchaki sizning fikrlashingizni yanada oshirish uchun. Javoblarni @bazarbaevsardor ga yuborishingiz mumkin. Vaqt ketdi...⏳

Kanalga ulanish👇👇👇:

@bazarbaevs
day 2 problems and solutions.pdf
573.7 KB
Mirzo Ulug’bek nomidagi matematika olimpiadasining 2-kunining masalalari va ularning yechimlari. O’zlarini sinab ko’rmoqchi bo’lgan o’quvchilarga 3 soat vaqtga qo’yib mustaqil yechib ko’rishlarini tavsiya qilgan bo’lardim.

Kanalga ulanish:👇👇👇

@bazarbaevs
Qo'shimcha masala:

#haftasavoli

3x3 katakli kvadratning har bir katagiga to’qqizta natural sonlarni quyidagi shartlarni qanoatlantiradigan qilib yozing:

a) Hech bir katakdagi son boshqa katakdagi songa bo’linmaydi.

b) Har bir satr, har bir ustun va ikkita dioganaldagi sonlar ko’paytmasi teng.

(O'zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi akademigi, Matematiklar jamiyati raisi Abdulla Azamov masalasi)

Kanalga a'zo bo'lish:👇👇👇

@bazarbaevs
❗️❗️❗️


24-26 oktyabr kunlari Buxoro Shahrida Mirzo Ulug’bek nomidagi matematika olimpiadasi bo’lib o’tdi. Olimpiadada o’tgan yili viloyat olimpiadasida g’olib bo’lgan 91 nafar (1,2,3-o’rinlarni egallab 76 balldan yuqori natija ko’rsatgan) maktab, akademik litsey va kollej o’quvchilari ishtirok etishdi. Hakamlar hay’ati raisi O’zbekiston fanlar akademiyasi akademigi, Matematiklar jamiyati raisi Abdulla A’zamov, a’zolari sifati Karim Rahimov ( Italiyaning Piza universiteti), Sardor Bazarbayev ( O’zbekiston Respublikasi XTV ) , Jasur Baxromov ( Romonovskiy nomidagi matematika instituti), Ne’mat Kamolov ( 2019-yilning matematika fani bo’yicha eng yaxshi o’qituvchisi respublika tanlovi g’olibi) va boshqalar ishtirokchilarning ishlarini baholashdi. Masalalar ikkala kuni ham olimpiada bo’lib o’tadigan kuni hakamlar izolyotsiya qilingan holatda tuzildi. Masalalarni baholash va apelyatsiya jarayonlari ham Xalqaro olimpiada standartlari asosida bajarildi. G’oliblar aniqlanib 1,2,3 o’rinlarga mos ravishda eng kam ish haqining 100,85,70 barabori miqdorida(bundan tashqari ularning ustozlari ham taqdirlandi)gi pul mukofotlari bilan taqdirlanishdi.1,2,3 -o’rinlardan tashqari yana ikkita o’quvchi masalalarni chiroyli yechganligi uchun Akademik A.Azamovning shaxsiy sovg’alari bilan taqdirlanishdi. Eng yuqori natija ko’rsatga 20-25 ta o’quvchi Xalq ta’limi vazirligi va Matematika instituti hamkorligida tashkil etiladigan tayyorgarlik jarayonida qatnashish huquqini qo’lga kiritishadi.

Yana bitta qiziq ma’lumot: 3-o’rin uchun 3 ta o’quvchining ballari o’zaro teng bo’lib qoldi va nizomga ko’ra ularga qo’shimcha masala berishga to’g’ri keldi. Bu raqobotning kuchayotganidan dalolat beradi. Ha aytgancha qo’shimcha masala kecha kanalda e’lon qilingandi:

https://t.me/bazarbaevs/361

Kanalga ulanish:👇👇👇

https://t.me/bazarbaevs