Sardor Bazarbaev
7.48K subscribers
2.74K photos
220 videos
590 files
1.3K links
Hamkorlik masalalari uchun: uzedu.bazarbaev@gmail.com

Prezidentning fan olimpiadalarini rivojlantirish bo‘yicha vakili: 👉 t.me/bazarbaevs/4451
Download Telegram
#information ❗️❗️❗️

Buxoro ochiq matematika olimpiadasida qatnashish erkin. Ya’ni Buxoro viloyatidan bo’lish shart emas. Respublikamiz maktablarining 7-11 sinf, Akademik litseyning 1-2 bosqich va kasb-hunar kollejining 3-bosqich o’quvhilari qatnashishlari mumkin. Olimpiadada eksperement sifatida yangi tajriba sinovdan o’tkaziladi. Olimpiada 2 toifada o’tkaziladi:
1-toifa ( juniors ) 7-9 sinf o’quvchilar o’rtasida;
2-toifa (seniors) 9-11 sinf, 1-2 bosqich va 3-bosqich o’quvchilari o’rtasida;

Sizda savol tug’ilishi mumkin❗️
9-sinf o’quvchilari ikki toifada qatnashadimi?
Javob: 9-sinf o’quvchilar o’z xohishiga ko’ra 1-yoki 2-toifalardan faqat bittasida qatnashishlari mumkin, bunda 2-toifa g’oliblarigagina Xalqaro Matematika olimpiadasi uchun yurtimiz terma jamoasi a’zolarini aniqlash uchun o’tkaziladigan saralashning respublika bosqichida qatnashish huquqini qo’lga kiritishlari mumkin.

Izoh: Maktabni tugatgan o’quvchilar qatnashishlari mumkin emas!

👉 @bazarbaevs
#information ❗️❗️❗️
#Eslatma ❗️❗️❗️

Quyidagi savollarga umumiy javob berib o’taman:

1. Olimpiadada qatnashish ham ro’yhatdan o’tish ham bepul
2. Olimpiada Buxoro davlat universiteti ( Buxoro shahar) da o’tkaziladi.
3. Ro’yhatdan o’tish uchun @bazarbaevsardor ga faqat ism-familiya, maktab va sinf( albatta viloyatingiz,tumaningiz bilan to’liq). Masalan,
Surxondaryo viloyati, Termiz shahar y-maktabning x-sinf o’quvchisi Falonchiyev Falonchi
4. Sizga 👍 javobi berilsa demak siz ro’yhatdan o’tdingiz, yana savol berib o’zingizni ham bizni ham vaqtimizni bekorga sarf qilmang. Vaqt bebaho ne’mat!
5.”Salom men ro’yxatdan o’tmoqchi edim” kabi so’zlar yozib javob kutmang. Yuzlab odamlar murojat qilishmoqda. To’g’ri tushunasizlar degan umiddaman.

Hammangizga xayrli kun azizlar!

👉 @bazarbaevs
#information
#Eslatma

Yana umumiy javob berib o’taman.
To’g’risi juda oddiy ( siyqasi chiqqan ) savollar berilmoqda. ❗️❗️❗️

1. Olimpiada Piza Universiteti bilan hamkorlikda o’tkazilmoqda. Piza testi emas❗️
2. Matematikada olimpiada ekan faqatgina qog’oz va ruchkadan foydalanish mumkin.
3. Olimpiada soat 9:00 da boshlanib, 4 soat vaqt beriladi. Buxoro shahrida Buxoro Davlat Universiteti binosida o’tkaziladi.
4. Kim bilan borishim mumkin degan savolga javob: xohlasangiz o’zingiz, xohlasangiz qarindoshingiz, xohlasangiz ota-onangiz bilan boring.
5. Yana qaytaraman maktabni bitirgan sinf o’quvchilari qatnasha olmaydi.
6. Akademik litseyning 1-2 kurs o’quvchilari va maktablarning 7-11 sinf o’quvchilari qatnashishi mumkin ( tepada batafsil yozilgan)
7. Iltimos men bittaman siz mingtasiz , shu narsani to’g’ri tushuning iloji boricha kanalni ko’zdan kechirib juda ham javob topolmasangiz savol yozing. Har birimizni vaqtimiz qadrlaylik ❗️

Kanalga ulanish:


https://t.me/bazarbaevs
#information
#BOMO2019

Olimpiadaga 1000 dan ortiq o’quvchi qatnashmoqda.

Kanalga ulanish:

https://t.me/bazarbaevs
#information
#BOMO2019

Hozir 5 daqiqadan keyin Olimpiada ochilishi boʻlib oʻtgan zalda masalalarning yechimiga bag’ishlangan masterclass boʻlib oʻtkazaman.
Master klassdan keyin Italiyaning Piza Universiteti doktoranti, ustozim Karim aka Rahimov Olimpiadalarga qanday tayyorgarlik koʻrish haqida masterclass oʻtkazadilar.
Ulardan keyin seniors kategoriyasi
uchun berilgan masalalarning yechimlarini kanalda taqdim qilamiz.

Kanalga ulanish:

@bazarbaevs
#BOMO2019
#information

13-oktyabr kuni Buxoro Davlat Universiteda Buxoro Ochiq Matematika olimpiadasi o’tkazildi. Olimpiada O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Italiyaning Piza Universiteti va Buxoro davlat universitetilari hamkorligida tashkil qilindi. Olimpiadada Respublikamizning turli viloyatlaridan 1200 dan ortiq o’quvchi ishtirok etishdi. Olimpiada ikkita toifada o’tkazildi. 7-9 sinflar o’rtasida 1-toifa va 9-11 sinf o’quvchilari 2-toifada bilimlarini sinashdi. Hakamlar hay’ati sifatida Departamentning yetakchi mutaxasisi Bazarbayev Sardor, Italiyaning Piza Universiteti Professori Karim Rahimov va oldingi yillarda Xalqaro olimpiadalarda yurtimiz sharafini himoya qilgan sobiq olimpiadachilar , Buxoro Davlat universiteti yetakchi-professor o’qituvchilari ishlarni tekshirishdi. O’quvchilarga bundan tashqari Sardor Bazarbayev va Karim Rahimov tomonidan Fan olimpiadalar bo’yicha iqtidorli o’quvchilar bilan ishlash departamenti faoliyati, Xalqaro olimpiadalarga qanday tayyorgarlik ko’rish va olimpiada masalalarining yechimlari haqida master klass tashkil qilindi. Olimpiadada 5 ta masalaga 4 soat vaqt berildi. Har ikki toifada bitta 1-o’rin, ikkita 2-o’rin va uchta 3-o’rin aniqlanib ularga Xalq ta’limi vazirligi diplomlar va medallar taqdim qilindi. Bundan tashqari g’olib o’quvchilar Toshkent Shahrida tashkil qilinadigan o’quvchilarni Xalqaro olimpiadalarga tayyorlash kursida bepul ta’limi olish huquqini ham qo’lga kiritishadi.

G’olib o’quvchilar ro’yhati:

1-toifa: 1-o’rin Komilov Samandar, 2-o’rinlar: Rajabov Lazizbek,Rahmatov Anvar, 3-o’rinlar:, Karimov Amir, Ro’ziboyev Jasurbek,Davlatboyev Bekzodbek
2-toifa: 1-o’rin Ismatov Abdulla, 2-o’rinlar: Mahmudov Farrux, Ostonova Sevara, 3-o’rinlar Norboyev Jahongir, Tolibov Diyorbek, Po’latov Ismoilbek

Eng yaxshi yechim uchun Xolmatov Jaloliddin alohida sovrin bilan rag’batlantirildi.

Kanalga ulanish:

https://t.me/bazarbaevs
Results BOMO-2019 9-10-11.xlsx
75.2 KB
#information
#BOMO2019
#results

❗️❗️❗️

Buxoro Ochiq matematika olimpiadasining natijalari. Kimningdir ism-familiyasi bo’lmasligi mumkin. Chunki ko’pchilik juda kech registratsiya qilgan yoki umuman registratsiya qilmagan. Lekin shunisi aniqki g’oliblar haqiqatdan g’olib. Ish bor joyda kamchilik bo’ladi. Asosan sizga motivatsiya berish va master klass bilan band bo’ldik. Eng asosiy davogarlarnigina solishtirib eng munosiblarini tanlashda qatnashdim shaxsan. Keyingi olimpiadalarda ro’yhatga olishning optimalroq usulini topib mayda kamchiliklarni bartaraf etishga so’z beramiz.


Kanalga ulanish:

https://t.me/bazarbaevs
Results BOMO-2019 7-8-9.xlsx
40.2 KB
#information
#BOMO2019
#results

❗️❗️❗️

Buxoro Ochiq matematika olimpiadasining natijalari. Kimningdir ism-familiyasi bo’lmasligi mumkin. Chunki ko’pchilik juda kech registratsiya qilgan yoki umuman registratsiya qilmagan. Lekin shunisi aniqki g’oliblar haqiqatdan G’olib. Alohida aytishim kerakki Xolmatov Jaloliddin ham aslida mutloq g’olib edi. Faqat uning ishi keyinchalik topildi. Ish bor joyda kamchilik bo’ladi. Asosan sizga motivatsiya berish va master klass bilan band bo’ldik. Eng asosiy davogarlarnigina solishtirib eng munosiblarini tanlashda qatnashdim shaxsan. Keyingi olimpiadalarda ro’yhatga olishning optimalroq usulini topib mayda kamchiliklarni bartaraf etishga so’z beramiz.


Kanalga ulanish:

https://t.me/bazarbaevs
Sardor Bazarbaev
Results BOMO-2019 7-8-9.xlsx
#information
#BOMO2019
#results

❗️❗️❗️

Kechagi natijalarga qo’shimcha. To’g’risi kichik yoshlilarning ishlarini men tekshirganim yo’q. Lekin g’oliblikka davogarlarnikini yana bir marta takror tekshirib chiqdim ( har kategoriyadan 10-12 ta o’quvchiniki). Natijalar e’lon qilinib , g’oliblar taqdirlangach Xolmatov Jaloliddin ismli 8-o’quvchisi kelib e’tirozini aytdi. Boshida ishonmadik, lekin ko’zidagi ishonchni va ko’z yoshini ko’rib shu bolani ishini qayta ko’rishga qaror qildik. Haqiqatda 3 ta masalani to’liq yechganligiga amin bo’ldik. Ochig’i o’zimda ham shunday adolatsizliklar bo’lgan. O’sha kundan beri shu bolani ko’z oldimdan ketgaza olmayapman. Xushxabar sifatida aytishim mumkinki Jaloliddin Piza Universitetining Special prize sovrini bilan taqdirlanadi. Bundan tashqari o’zim o’quvchilarni olimpiadalarga tayyorlash kursimda 5 yil ( ungacha 11-sinfni tugatgan bo’ladi )bepul dars olish huquqini beraman. Kimda kim shu bolaning ota-onasi, ustozi, o’zini tanishi yoki Jaloliddinning o’zi shu xabarni o’qiyotgan bo’lsa menga murojat qilsin. @xtvbsu


Kanalga ulanish:

https://t.me/bazarbaevs
#imkoniyat #birlikformulasi #formuloedinetsi #formuloidentity #olympiad #information

⁉️
Maktablaring 5-11 sinflari, Akademik litseylarning 1-2 kurs va Kasb-hunar kollejlarining 3-kurs o’quvchilari o’rtasida Sankt Peterburg Politexnika universiteti, MIREA - Rossiya texnika universiteti, Shimoliy Federal universitetlari va Eyler fondi tomonidan “Hamjihatlik formulasi va uchinchi ming yillik” matematika olimpiadasi tashkil qilinadi. Olimpiadada qatnashish tekin. Olimpiada 2 rounddan iborat bo’lib, 1-roundda barcha qatnashishi mumkin. 1-round g’oliblari esa 2-roundda qatnashishlari mumkin. Bundan tashqari o’tgan yilgi olimpiada g’oliblari ham bevosita 2-rounddan qatnashishlari mumkin. Olimpiada g’oliblari diplomlar bilan taqdirlanadi va “Formulo de Integreco” Xalqaro Matematika musobaqasida bepul qatnashish huquqini qo’lga kiritadilar. Olimpiadani 1-roundi onlayn bo’ladi. Ya’ni yechimlaringizni olimp@formulo.org elektron pochtasiga yaxlit fayl holatida yuborishingiz mumkin. Yechimlarngizni A4 formatdagi oq qog’ozga tushunarli holatda yozib, barchasini bitta pdf ga skaner qilib yuborishingiz kerak. Hozir kanalimizga 1-roundning masalalarini 3 ta tilda O’zbek, rus , ingliz tillarida joylaymiz. Yechimlaringizni 12-noyabrgacha yuborishingiz mumkin.


Eslatma: Qanchalik tushunarli va tartibla yozib yuborsangiz g’olib bo’lishingiz ehtimoli katta. Hakamlar hay’ati o’rniga o’zingizni qo’yib ko’ring. Shunday ekan toza va sifatli qilib yozib yuboring.

❗️❗️❗️ Aytgancha yechimlarni yana menga yuborib o’tirmang😁

Kanalga ulanish:👇👇👇


https://t.me/bazarbaevs
#information

❗️❗️❗️

Birozdan keyin Mirzo Ulug’bek nomidagi matematika olimpiadasi ( Qo’shimcha respublika olimpiadasi) masalalari va ularning yechimlarini e’lon qilamiz. Ularni kechroq e’lon qilayotganimizning sababi, olimpiada shaffof o’tishi uchun hakamlar hay’ati a’zolarining barchasining telefonlarini yig’ib seyfga solib qo’ydik. Masalalar ham erta tongda juriy a’zolari izoloyatsiya qilinga holda tuzildi.

Kanalga ulanish: 👇👇👇

@bazarbaevs
Forwarded from Sardor Bazarbaev
#imkoniyat #birlikformulasi #formuloedinetsi #formuloidentity #olympiad #information

⁉️
Maktablaring 5-11 sinflari, Akademik litseylarning 1-2 kurs va Kasb-hunar kollejlarining 3-kurs o’quvchilari o’rtasida Sankt Peterburg Politexnika universiteti, MIREA - Rossiya texnika universiteti, Shimoliy Federal universitetlari va Eyler fondi tomonidan “Hamjihatlik formulasi va uchinchi ming yillik” matematika olimpiadasi tashkil qilinadi. Olimpiadada qatnashish tekin. Olimpiada 2 rounddan iborat bo’lib, 1-roundda barcha qatnashishi mumkin. 1-round g’oliblari esa 2-roundda qatnashishlari mumkin. Bundan tashqari o’tgan yilgi olimpiada g’oliblari ham bevosita 2-rounddan qatnashishlari mumkin. Olimpiada g’oliblari diplomlar bilan taqdirlanadi va “Formulo de Integreco” Xalqaro Matematika musobaqasida bepul qatnashish huquqini qo’lga kiritadilar. Olimpiadani 1-roundi onlayn bo’ladi. Ya’ni yechimlaringizni olimp@formulo.org elektron pochtasiga yaxlit fayl holatida yuborishingiz mumkin. Yechimlarngizni A4 formatdagi oq qog’ozga tushunarli holatda yozib, barchasini bitta pdf ga skaner qilib yuborishingiz kerak. Hozir kanalimizga 1-roundning masalalarini 3 ta tilda O’zbek, rus , ingliz tillarida joylaymiz. Yechimlaringizni 12-noyabrgacha yuborishingiz mumkin.


Eslatma: Qanchalik tushunarli va tartibla yozib yuborsangiz g’olib bo’lishingiz ehtimoli katta. Hakamlar hay’ati o’rniga o’zingizni qo’yib ko’ring. Shunday ekan toza va sifatli qilib yozib yuboring.

❗️❗️❗️ Aytgancha yechimlarni yana menga yuborib o’tirmang😁

Kanalga ulanish:👇👇👇


https://t.me/bazarbaevs
#information
#math

“Innopolis open” olimpiadasi

❗️❗️❗️

🇺🇿
Innopolis universitetining “Innopolis open” olimpiadasi uchun ro’yhatdan o’tish boshlandi va 22-noyabrgacha davom etadi. Olimpiadaga Informatika, matematika va axborot xavfsizligi bo’yicha 7-11 sinf o’quvchilarini taklif etamiz. Olimpiada ikki bosqichda bo’lib o’tadi: sirtqi ( saralash ) va bevosita. 1-bosqichi bir-biridan alohida o’tadigan matematika va informatika fanlaridan saralashdan iborat. Qatnashchilari ikki fandan ham o’z kuchlarini sinab ko’rishlari mumkin va eng yaxshi natijasiga ko’ra yo’nalishni tanlashi mumkin. Axborot xavfsizligi bo’yicha 2-jamoaviy turga o’tish uchun 1-individual turdan muvafaqqiyatli o’tishlari lozim. Musobaqa o’tkazilish vaqti:
• Informatika bo’yicha onlayn saralash bosqichlari 24-noyabr kuni 10:00 da va 14-dekabr kuni 15:00 da bo’lib o’tadi. Final bosqichi 22-23 fevral kunlari bo’lib o’tadi.
• Matematika bo’yicha onlayn saralash bosqichlari 23-noyabr kuni 15:00 da va 15-dekabr kuni 10:00 da bo’lib o’tadi. Final bosqichi 1-2 - fevral kunlari bo’lib o’tadi.
• Axborot xavfsizligi bo’yicha onlayn saralash bosqichi 7-8 dekabr kunlari bo’lib o’tadi va 2-tur vaqtiga aniqlik kiritiladi. Final bosqichi mart oyida bo’lib o’tadi.
Olimpiadaning g’olib va sovrindorlari Innopolis univetsiteti talabasi bo’lish huquqini qo’lga kiritadilar.

Batafsil ma’lumot uchun:

https://olymp.innopolis.ru/ooui/

———————————————
🇷🇺
Регистрация на олимпиады Университета Иннополис «Innopolis Open» открыта и продлится до 22 ноября. На соревнования по информатике, математике и информационной безопасности приглашаются учащиеся 7-11 классов.
Олимпиада проводится в два этапа: заочный (отборочный) и очный. При этом первый этап по математике и информатике состоит из двух независимых отборочных туров. Попробовать свои силы можно сразу в обоих, а зачтен будет лучший результат.
В отборочном этапе по информационной безопасности участник должен успешно пройти индивидуальный тур для перехода во второй командный.
Расписание соревнований:
• по информатике — отборочные онлайн-туры 24 ноября в 10:00 и 14 декабря в 15:00; финал 22-23 февраля.
• по математике  — отборочные онлайн-туры 23 ноября в 15:00 и 15 декабря в 10:00; финал 1-2 февраля.
• по информационной безопасности — отборочный онлайн-тур 7-8 декабря; даты второго тура уточняются; финал пройдет в марте.
Олимпиада Университета Иннополис «Innopolis Open» вошла в Перечень олимпиад школьников. Победители и призеры могут получить льготы при поступлении в вузы.

Подробная информация:

https://olymp.innopolis.ru/ooui/


Kanalga a’zo bo’lish:👇👇👇

@bazarbaevs