Sardor Bazarbaev
4.82K subscribers
2.82K photos
305 videos
606 files
1.45K links
Hamkorlik masalalari uchun: uzedu.bazarbaev@gmail.com

Prezidentning fan olimpiadalarini rivojlantirish bo‘yicha vakili: 👉 t.me/bazarbaevs/4451
Download Telegram
Sardor Bazarbaev
#kunsavoli Tenglamani nomanfiy butun sonlarda yeching. Javoblaringizni @bazarbaevsardor ga yuboring. Kanalga ulanish:👇👇👇 @bazarbaevs
Assalomu aleykum aziz do‘stlar!
Kun savoliga juda ko‘plab yechimlar kelib tushdi. Barchaga minnatdorchilik bildiramiz👏👏👏 va to‘liq yechim yuborgan dastlabki 3 kishini ismlarini e‘lon qilamiz:

1. Kamoliddin Yusupov🥇
2. Mathematic🥈
3. Sarvarbek🥉

larga minnatdorchilik bildiramiz👏👏👏. Shu yerda bir narsani aytib o‘tishimiz kerak, mos ko‘paytuvchilarni tenglashtirib to‘g‘ri javob chiqarganlarning yechimi xato ya‘ni to‘liq emas. Keyingi savollarda hammaga omad...

Kanalga ulanish:

@bazarbaevs
#kunsavoli

Agar katta kvadratning tomoni uzunligi 8 ga teng bo’lsa, aylanalarning radiusini toping. Javobingizni @bazarbaevsardor ga yuboring.


Kanalga ulanish:👇👇👇

@bazarbaevs
Sardor Bazarbaev
#kunsavoli Agar katta kvadratning tomoni uzunligi 8 ga teng bo’lsa, aylanalarning radiusini toping. Javobingizni @bazarbaevsardor ga yuboring. Kanalga ulanish:👇👇👇 @bazarbaevs
Assalomu aleykum aziz do‘stlar!
Kun savoliga ko‘plab yechimlar kelib tushdi. Barchaga minnatdorchilik bildiramiz👏👏👏 va to‘liq yechim yuborgan dastlabki 3 kishini ismlarini e‘lon qilamiz:

1. Jabborov Asror🥇
2. Qo‘shnazarov Rasulbek🥈
3. Dilmuratov Damir🥉

larga alohida 👏👏👏. Keyingi savollarda hammaga omad...

Kanalga ulanish:

@bazarbaevs
Sardor Bazarbaev
#kunsavoli Barcha trigonometrik ayniyatlarni bitta chizma orqali keltirib chiqarish mumkin. Kim qaysi ayniyatlarni topdi? Kim ko’p ayniyat keltirib chiqarsa ( chizmadan izohlab) kanalda e’lon qilamiz. Javobingizni @bazarbaevsardor ga yuboring. Kanalga ulanish:👇👇👇…
Ushbu kun savoli uchun eng ko‘p ayniyat topgan va tartibli qilib yozgan O‘zMU talabasi Nosirov Mavlon ga minnatdorchilik bildiramiz va keyingi savollarda omad tilaymiz. Boshqa yechim yuborganlarga ham rahmat.

Kanalga ulanish:

@bazarbaevs
#kunsavoli

Ko’k kvadrat yuzasining yashil kvadrat yuzasiga nisbatini toping.
Javobingizni @bazarbaevsardor ga yuboring.


Kanalga ulanish:👇👇👇

@bazarbaevs
Ko’phadlarning tadbiqlari (S.Bazarbaev).pdf
703.5 KB
Ko'pdan beri kanalda olimpiadaga tayyorgarlik ko'rish uchun material joylamadik. Buning uchun uzr so'raymiz.Mazkur maqolada ko'phadlarning ajoyib tadbiqlari sodda tilda tushuntirib berilgan. Hali bundan ham boshqa turdagi misollarga qo'llash mumkin. Nasib qilsa maqolaning 2-qismida bu haqida batafsil to'xtalamiz.

Kanalga ulanish:👇👇👇

@bazarbaevs
Test_sinovlarida_tengsizliklardan.pdf
447 KB
Mazkur maqolada test sinovlarida tengsizliklarning xossalaridan foydalanish usullari ko’rsatilgan. Maqola muallifi Jahon Matematika olimpiadasi kumush medali sohibi Zarif aka Ibragimov yaqinda Germaniyaning Kiel universitetida magistr bosqichini tamomladilar.

Kanalga ulanish:👇👇👇

@bazarbaevs
👍1
Forwarded from Ta’lim24.uz
2422.pdf
128.1 KB
Халқ таълими вазирлигининг асосий фан олимпиадасининг 1-босқичи (мактаб босқичи) ни ўтказиш бўйича 2019 йил 6 ноябрдаги 02-05/5-2422-сонли хати

Халқ таълими вазирлиги расмий каналига уланиш👇👇👇https://t.me/uzedu
Umumta’lim fanlar olimpiadalarining 1-bosqichi ( Maktab) Noyabr oyida o’tkaziladi. Yuqoridagi jadvalda sinflar kesimida qaysi fanlardan olimpiada o’tkazilishi ko’rsatilgan.

Kanalga ulanish:👇👇👇

@bazarbaevs
Forwarded from Sardor Bazarbaev
#imkoniyat #birlikformulasi #formuloedinetsi #formuloidentity #olympiad #information

⁉️
Maktablaring 5-11 sinflari, Akademik litseylarning 1-2 kurs va Kasb-hunar kollejlarining 3-kurs o’quvchilari o’rtasida Sankt Peterburg Politexnika universiteti, MIREA - Rossiya texnika universiteti, Shimoliy Federal universitetlari va Eyler fondi tomonidan “Hamjihatlik formulasi va uchinchi ming yillik” matematika olimpiadasi tashkil qilinadi. Olimpiadada qatnashish tekin. Olimpiada 2 rounddan iborat bo’lib, 1-roundda barcha qatnashishi mumkin. 1-round g’oliblari esa 2-roundda qatnashishlari mumkin. Bundan tashqari o’tgan yilgi olimpiada g’oliblari ham bevosita 2-rounddan qatnashishlari mumkin. Olimpiada g’oliblari diplomlar bilan taqdirlanadi va “Formulo de Integreco” Xalqaro Matematika musobaqasida bepul qatnashish huquqini qo’lga kiritadilar. Olimpiadani 1-roundi onlayn bo’ladi. Ya’ni yechimlaringizni olimp@formulo.org elektron pochtasiga yaxlit fayl holatida yuborishingiz mumkin. Yechimlarngizni A4 formatdagi oq qog’ozga tushunarli holatda yozib, barchasini bitta pdf ga skaner qilib yuborishingiz kerak. Hozir kanalimizga 1-roundning masalalarini 3 ta tilda O’zbek, rus , ingliz tillarida joylaymiz. Yechimlaringizni 12-noyabrgacha yuborishingiz mumkin.


Eslatma: Qanchalik tushunarli va tartibla yozib yuborsangiz g’olib bo’lishingiz ehtimoli katta. Hakamlar hay’ati o’rniga o’zingizni qo’yib ko’ring. Shunday ekan toza va sifatli qilib yozib yuboring.

❗️❗️❗️ Aytgancha yechimlarni yana menga yuborib o’tirmang😁

Kanalga ulanish:👇👇👇


https://t.me/bazarbaevs
👍1
Forwarded from Ta’lim24.uz
Хоразм вилоятида Аҳмад ал-Фарғоний номидаги физика олимпиадаси ўтказилади

https://uzedu.uz/Xtv/IndexBatafsil/71?ID1=16192

Халқ таълими вазирлиги расмий каналига уланиш👇👇👇https://t.me/uzedu
Forwarded from Ta’lim24.uz
Асосий фан олимпиадасининг 1-босқичи ноябрда ўтказилади

https://uzedu.uz/Xtv/IndexBatafsil/71?ID1=16194

Халқ таълими вазирлиги расмий каналига уланиш👇👇👇https://t.me/uzedu
Forwarded from Edu.uz
Талабалар фан олимпиадаси ғолиблари магистратурага кириш имтиҳонларида мутахассислик фанларидан максимал балл олиш ҳуқуқига эга бўлади.

Норматив-ҳуқуқий ҳужжатлар лойиҳалари муҳокамаси порталига Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг “Олий таълим муассасалари талабалари ўртасида ўтказиладиган республика фан олимпиадалари тизимини такомиллаштириш тўғрисидаги низомни тасдиқлаш ҳақида”ги қарори лойиҳаси жойлаштирилди.

Ҳужжатга киритилаётган асосий янгиликлардан бири талабалар фан олимпиадаси республика босқичи ғолибларига ғолиб бўлган фан бўйича магистратурага кириш имтиҳонларида максимал балл олиш ҳуқуқини берувчи гувоҳнома тақдим қилинади.

Гувоҳнома икки йил муддат давомида амал қилиши кўзда тутилган.

✅ Талабалар, соҳа ходимлари ва кенг жамоатчилик вакиллари қуйидаги манзилда Қарор лойиҳаси юзасидан ўз таклифларини билдиришлари мумкин:

👉 http://cc.uz/16418

Ҳурматли талабалар, фан олимпиадаларини ўтказиш бўйича Сизда таклифлар борми, марҳамат, муҳокамаларда фаол қатнашинг.

Муҳокамалар шу йилнинг 16 ноябрига қадар давом этади.

Олий ва ўрта махсус таълим вазирлигининг расмий телеграм каналига уланиш👇👇👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEX5-AudocFp7PIMcQ