Sardor Bazarbaev
7.61K subscribers
2.74K photos
220 videos
590 files
1.3K links
Hamkorlik masalalari uchun: uzedu.bazarbaev@gmail.com

Prezidentning fan olimpiadalarini rivojlantirish bo‘yicha vakili: 👉 t.me/bazarbaevs/4451
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#mu627
#summercamp_2022

1-6 avgust kunlari Innovatsiya vazirligi - Мининновации, Innovatsiyalar Milliy ofisi, V.I.Romanovskiy nomidagi Matematika Instituti, A.Avloniy nomidagi ITI va Khwarizmi International School of Olympiads hamkorligida “Ulugʻbek izdoshlari” olimpiadasining final bosqichi yozgi maktab shaklida tashkil etildi.

“Yozni ilm bilan, innovatsiya bilan oʻtkazing” shiori ostida oʻtkazilgan yozgi maktabga 35 nafar Tojikistonlik oʻquvchilar va 5 nafar oʻqituvchilar ham qatnashganini alohida e’tirof etishimiz kerak.

Olimpiadaning final bosqichi g’oliblarini taqdirlash marosimi 6-avgust kuni INNO texnoparkida bo’lib o’tdi. Taqdirlash marosimida yuqori o’rinlarni egallagan ishtirokchilarga qimmatbaho esdalik sovg’alari va sertifikatlar topshirildi.
Sardor Bazarbaev
🔴18-dekabrdagi Oflayn olimpiada qoldirildi, lekin shu kuni onlayn olimpiada o‘tkaziladi! Xabaringiz bor, 18-dekabr kuni shaxmat bo‘yicha katta turnirimiz bor. Shu sababli oflayn matematika olimpiadasi boshqa sanaga qoldirildi. Lekin, aynan shu kuni bepul…
Muvaffaqiyat yakshanbani ham oʻz ichiga oladi!

Bugun mazza qilib dam olib, multfilm koʻrsangiz ham boʻladi. Lekin bugun platformamizda bepul olimpiada oʻtkaziladi. Bu final-yozgi maktab uchun yangi mavsumning 3-saralash bosqichi. Oldin qatnashmaganlar ham qatnashishi mumkin. Chunki finalga chiqishi imkoniyati sizda har doim mavjud.

Bugungi olimpiada haqida doʻstlaringizga ham xabar bering.

Oʻtgan yilgi finalda Tojikistonlik oʻquvchilar ham ishtirok etgan. Sizga motivatsiya boʻlishi uchun oʻtgan yilgi finaldan lavhalarga havola keltiraman: ➡️ https://t.me/bazarbaevs/9845
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM