Edu.uz
✔
143K subscribers
40.6K photos
7.8K videos
311 files
18.6K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
4️⃣4️⃣4️⃣ #Brifing

Ayni paytda AOKAda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan 2024-yil davomida amalga oshirilgan ishlar haqida brifing boʻlib o‘tmoqda.

🔹 Brifingni AOKAning feysbukdagi rasmiy sahifasi orqali toʻgʻridan toʻgʻri kuzatishingiz mumkin.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍13🔥2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#brifing

📊 Hozirda respublikamizda 208 ta oliy ta’lim tashkiloti faoliyat yuritib, talabalar soni 1 mln 400 ming nafardan ortdi

AOKAda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Axborot xizmati rahbari Nazokat Abduqunduzova ishtirokida o‘tkazilgan brifingda 2024-yilda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan axborot berildi:

◾️Ta’lim yo‘nalishlarini optimallashtirish maqsadida mazmun jihatidan yaqin bo‘lgan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari 40 foizgacha maqbullashtirildi. 183 ta ta’lim yo‘nalishi va 546 ta mutaxassislik bo‘yicha malaka talablari, 1 278 ta o‘quv reja va 4 mingdan ortiq o‘quv dasturlari tasdiqlandi.

🔠Bundan tashqari, 7 ta oliygohdagi 39 ta ta’lim dasturlari xalqaro akkreditatsiyadan o‘tkazildi. Shu bilan birga, Top-500 ga kirgan 9 ta xorijiy oliygoh bilan hamkorlikda 15 ta qo‘shma ta’lim dasturi tashkil etildi.

🔠Xorijiy tajribalarni o‘quv jarayoniga jalb qilish ham muhim yo‘nalishlardan biri bo‘lib, 4 970 nafar professor-o‘qituvchi xorijda malaka oshirdi, 2 510 nafar xorijiy professor-o‘qituvchi o‘quv jarayoniga jalb etildi.

🔠Shuningdek, kasbiy ta’lim muassasalariga 169 195 nafar yoshlar qabul qilindi. 14 673 nafar ishsiz fuqaro 38 ta kasbga o‘qitildi.

🔠418 ta kasbiy ta’lim tashkilotida 7 677 ta korxona bilan 30,8 ming nafar o‘quvchi 114 ta kasb bo‘yicha dual ta’limga jalb etildi.

🔠Hududlarda 4 ta innovatsion faoliyat infratuzilma subyektlari tashkil etilib, ularning umumiy soni 55 taga yetkazildi.

🔠Oliygohlarda 27 364 o‘rinli talabalar turar joyi va 10 500 o‘rinli o‘quv binolari yaratildi.

👉 Batafsil

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍13👏4❤2🔥1🎉1
#kasbiy_taʼlim

Kasbiy taʼlim muassasalari yangi oʻquv adabiyotlar bilan taʼminlanmoqda


Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan kasbiy taʼlim muassasalarini yangi oʻquv adabiyotlar bilan taʼminlash borasida qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, kasbiy taʼlim muassasalari uchun umumkasbiy va maxsus fanlardan 2024/2025-oʻquv yilida 158 nomdagi 138 178 nusxadagi oʻquv adabiyotlar tayyorlanib, oʻquvchilarga foydalanishga topshirildi.

Hozirda ko‘plab kasbiy taʼlim muassasalarida yangi oʻquv adabiyotlarning taqdimotlari oʻtkazilmoqda.

Maʼlumot uchun, 2021–2023-yillar davomida 208 nomda 310 882 nusxadagi oʻquv adabiyotlar chop etilib, taʼlim muassasalariga yetkazilgan edi.


Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍18🤔2❤1🔥1
⚡️ Intellektual olimpiadaning umumjamoa hisobidagi g‘oliblari aniqlandi!

🥇-o‘rin: Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti
🥈-o‘rin: Farg‘ona davlat universiteti
🥉-o‘rin: O‘zbekiston milliy universiteti

🎁🤩 Ushbu talabalar o‘qiydigan oliy ta’lim muassasalariga egallagan o‘rniga mos ravishda quyidagi miqdordagi Prezident sovg‘asi topshiriladi:

🥇-o‘rin: 2 mlrd so‘m
🥈-o‘rin: 1,5 mlrd so‘m
🥉-o‘rin: 1 mlrd so‘m

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍40😱23❤7👏1🤔1
#IT #natija #taqdirlash

“Huawei ICT Competition 2024/2025” mintaqaviy finalida o‘zbekistonlik o‘qituvchi va talabalar taqdirlandi


Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahrida “Huawei ICT Competition 2024/2025” AKT bo‘yicha mintaqaviy tanlov g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Toshkent axborot texnologiyalari universiteti (TATU) va Toshkent shahridagi Inha universitetining 6 nafar talabasi “Huawei ICT Academy”ning 10 yilligini nishonlashga bag‘ishlangan final bosqichi va tadbirlarida ishtirok etishdi.

“Huawei ICT Competition 2024/2025” AKT tanlovining final bosqichida TATUning 3 nafar talabasi tomonidan taqdim etilgan “Sahiya” loyihasi 1-o‘rinni egalladi va hakamlar hay’ati tomonidan raqamli inklyuziyadagi innovatsiyalar uchun taqdirlandi.

Shuningdek, tanlovning amaliyot bellashuvida ishtirok etgan TATU va Inha universiteti talabalaridan iborat jamoa 3-o‘rinni egallab, mukofotlandi.

Marosimda TATU o‘qituvchisi Azamat Qodirov “Outstanding new instructor” nominatsiyasida “Huawei ICT Academy”ning 50 dan ortiq talabalarini o‘qitgani, HCIA xalqaro sertifikatini olganligi va Akademiyaning universitetdagi AKT faoliyatining ajoyib natijalari uchun mukofotlandi.

👉Batafsil

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍17❤7🔥2
#ovozli_chat #live

🗣Nutq kuchi: nutqni rivojlantirish sirlari

Ayni daqiqalarda ushbu mavzudagi ovozli chat vazirlik huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazining Telegram sahifasida olib borilmoqda.

☑️Suhbat mehmoni – taniqli bloger, “Ibratli vaqt” sahifasi asoschisi Oybek Xolmirzayev.

Fikringizni ifodalashga qiynalayapsizmi? Ravon va samarali nutq so‘zlash texnikasini o‘rganmoqchimisiz? Unda ushbu ovozli chatni sizga tavsiya etamiz.

➡️ Ovozli chatga ulanish

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍16❤3
#Zakovat_taqdirlash

“Zakovat” intellektual olimpiadasi g‘oliblariga Prezident sovg‘alari topshirildi


Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida tashkil etilgan “Zakovat” intellektual olimpiadasining respublika bosqichi g‘oliblari o‘z mukofotlarini qo‘lga kiritdilar.

Tantanali taqdirlash marosimida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri, oliy taʼlim muassasalari mas’ullari, professor-oʻqituvchilar, talabalar, ommaviy axborot vositalari hamda jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Prezident sovg‘alarini vazir Qo‘ng‘irotboy Sharipov o‘z egalariga topshirdi. Shuningdek, g‘olib va sovrindor bo‘lgan talabalar stipendiyalar, xorijda amaliyot o‘tash hamda grantlar olish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi intellektual olimpiada g‘olib va sovrindorlarini o‘z mutaxassisligi bo‘yicha kadrlar zaxirasiga oladi.

Eslatib o‘tamiz, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, Farg‘ona davlat universiteti va O‘zbekiston milliy universiteti talabalaridan iborat jamoalar eng yuqori natijalarni ko‘rsatdilar.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍46🔥8😱3👏2