Edu.uz
✔
143K subscribers
40.6K photos
7.8K videos
311 files
18.6K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#talabaga_qulaylik #TTJ #DXSH

Talabalar uchun yana bir qulaylik yaratildi 

Guliston davlat pedagogika institutida davlat-xususiy sheriklik asosida 400 o‘rinli yangi talabalar turar joyi foydalanishga topshirildi.

19-dekabr kuni institutda ushbu talabalar turar joyining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, viloyat hokimligi mutasaddilari, faxriylar, institut jamoasi va talabalar ishtirok etdi.

5 qavatdan iborat mazkur turar joyda talabalar yashashi uchun zarur qulayliklar, jumladan zamonaviy oshxona, ma’naviyat, IT, kir yuvish va yuvinish xonalari mavjud.

Tadbirda qayd etilganidek, ushbu turar joy qurilishi jami 800 nafar talabani yotoqxona bilan ta’minlash imkonini berib, qamrov ko‘rsatkichi 30 foizga yetkazildi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍23❤5🔥3
#o‘qishni_ko‘chirish

⚡️Bugun, 20-dekabrdan uzrli sababga ko‘ra o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha arizalar hududiy ishchi guruhlar tomonidan qabul qilinadi


Belgilangan tartibga muvofiq 2 ta uzrli sababga koʻra davlat oliy taʼlim muassasalariaro o‘qishni koʻchirish haqidagi arizalarni qabul qilish uchun 13 ta oliy taʼlim muassasasida hududiy ishchi guruhlar tashkil etildi (rasm).

Ishchi guruhlar 2025-yilning 20-yanvar kuniga qadar har kuni soat 9:00dan 17:00 gacha (yakshanba – dam olish kuni; shanba – soat 9:00 dan 15:00 gacha) faoliyat koʻrsatadi.

Hududiy ishchi guruhlarga arizachi quyidagi hujjatlarni (oflayn) taqdim etadi:

➖ o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha ariza (ariza blankasi hududiy ishchi guruh tomonidan beriladi va talaba uni joyida to‘ldiradi);
➖ talabaning reyting daftarchasi yoki belgilangan shakldagi akademik ma’lumotnoma yoki transkript nusxalari (bittasi bo‘lsa yetarli);
➖ pasport nusxasi;
➖ uzrli sabablarni asoslovchi tegishli hujjatlar.

Ma’lumot uchun, 2 ta uzrli sabab quyidagilar:
➡️talaba oila qurishi munosabati bilan turmush o‘rtog‘i doimiy yashaydigan hududdagi oliy ta’lim muassasasiga o‘qishini ko‘chirish uchun murojaat qilganda;
➡️davlat organlarining xodimlari ish joyi o‘zgargan taqdirda uning turmush o‘rtog‘i yoki voyaga yetmagan farzandi o‘qishini ko‘chirish uchun murojaat qilganda, tegishli vazirlik (idora) rahbarining tavsiyasi asosida.


Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍34❤3👏3
#Jarayon #Universiada_2024 #Shaxmat_shashka

Samarqand shahrida oliy ta’lim muassasalari talabalarining “Universiada-2024” sport musobaqalarining shaxmat va shashka turlari bo‘yicha final bosqichi musobaqalari boshlandi.

Musobaqa final bosqichida Respublikamizning barcha viloyatlaridan tashrif buyurgan 14 ta jamoadan 56 nafar yigit-qizlar o‘zaro bellashishmoqda.

19-dekabr kuni musobaqaning ochilish marosimi tantanali tarzda tashkil etilib, tadbirda yig‘ilganlar ishtirokchilarga omad tiladi va musobaqaning ilk o‘yinlari o‘tkazildi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍10🔥2😁1
#natija

⚡️Intellektual olimpiada doirasida erkaklar va ayollar o‘rtasidagi shashka bahslarining g‘olib va sovrindorlari aniq bo‘ldi

3 kun davom etgan bahslar yakunida quyidagi ishtirokchilar sovrinli o‘rinlarni egalladi:

Erkaklar o‘rtasida:
🥇-o‘rin: Ismoiljon Ismoilov (Farg‘ona davlat universiteti);
🥈-o‘rin: Javohir To‘xtayev (Jizzax davlat pedagogika universiteti);
🥉-o‘rin: Shohjahon Hikmatillayev (O‘zbekiston Milliy universiteti).

Ayollar o‘rtasida:
🥇-o‘rin: Maftunaxon Umarova (University of science and technology);
🥈-o‘rin: Farangiz Hasanova (Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti);
🥉-o‘rin: Nafosat Shukurulloyeva (Jizzax davlat pedagogika universiteti).

PS: Intellektual olimpiada jarayonlari va natijalarini bilish uchun @zakovat kanalini kuzatib boring. O‘yinlar “Zakovat” kanalida jonli efirda ham uzatilmoqda.


Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍13👏4❤3