Edu.uz
✔
143K subscribers
40.6K photos
7.8K videos
311 files
18.6K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#bilasizmi

⚡️Qo‘shimcha poyezd qatnovlari tashkil etilib, vagonlar soni ko‘paytiriladi

🚆Transport vazirligi xabariga ko‘ra, qishki ta’til davrida yo‘lovchilarning temir yo‘l transporti qatnovlariga bo‘lgan talabini qondirish maqsadida 2024-yil 15-dekabrdan 2025-yil 12-yanvarga qadar bir qator yo‘nalishlarda qo‘shimcha poyezd qatnovlari tashkil etiladi va vagonlar soni oshiriladi:

✓ Qo‘shimcha qatnovlar:

“Toshkent – Urganch – Toshkent” yo‘nalishida 2024-yil 17-dekabrdan boshlab 18 ta qo‘shimcha qatnov;

“Samarqand – Toshkent – Samarqand” yo‘nalishida 2024-yil 15-dekabrdan boshlab, “Afrosiyob” tezyurar elektropoyezdi qo‘shimcha 30 ta qatnovni amalga oshiradi.

✓ Qo‘shimcha vagonlar:

“Toshkent – Qo‘ng‘irot – Toshkent”, “Toshkent – Termiz – Toshkent”, “Toshkent – Urganch – Toshkent” va “Toshkent – Sariosiyo – Toshkent” yo‘nalishlarida 2024-yil 20-dekabrdan har kuni 4 ta qo‘shimcha platskart vagonlari qo‘shiladi.

IZOH: Qo‘shimcha ma’lumotni O‘zbekiston bo’yicha 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temir yo‘l chiptaxonalari hamda ma’lumotlar byurosidan bilib olishingiz mumkin.

❓Talabalar chiptalarni qo‘shimcha qayerdan xarid qilishi mumkin?

◀️O‘zbekiston milliy universiteti sayyor kassasi;
▶️Toshkent davlat agrar universiteti sayyor kassasi;
◀️Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sayyor kassasi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍27❤2
#Qishki_ta’til

Qishki ta’til 25-dekabrdan boshlanadi

Eslatib o‘tamiz, barcha oliy taʼlim tashkilotlari talabalari, texnikum, kollej, kasb-hunar maktabi va akademik litseylar oʻquvchilariga joriy oʻquv yili uchun beriladigan qishki taʼtil 2024-yilning 25-dekabridan 2025-yilning 7-yanvariga qadar (shu kuni ham) etib belgilangan.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍61😁9😱8🤩7👏2
#yig‘ilish

Vazir: Talabalarning oʻz uylari, ota-onalari bagʻriga xavfsiz va sogʻ-salomat yetib borishiga har birimiz birdek masʼulmiz


Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov raisligida talabalarning qishki taʼtil munosabati bilan doimiy yashash joyiga joʻnab ketishi hamda taʼtil davrini mazmunli tashkil etish boʻyicha oliy taʼlim tashkilotlari rahbarlari ishtirokida yigʻilish oʻtkazildi.

Yig‘ilishda Transport vazirining birinchi oʻrinbosari Mamanbiy Omarov 26-dekabrga qadar ehtiyojga ko‘ra hamkorlikda qoʻshimcha avtobus hamda temir yoʻl poyezdlari qatnovlari yo‘lga qo‘yilishini ma’lum qildi.

Shuningdek, talabalarning qishki taʼtil davrini mazmunli tashkil etish, ularning taʼtilni o‘z oilalari davrasida o‘tkazishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratish masalasi muhokama qilindi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/30858

Bizni
kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍36❤3🎉1
#dayjest #yangi_yil
#shukuh #kayfiyat

🎄Yangi yil bayrami munosabati bilan oliy taʼlim tashkilotlarida bayram shukuhi yaratilib, turli koʻngilochar tadbirlar, ijodiy chiqishlar, qiziqarli oʻyinlar va bayram kechalari tashkil qilinmoqda
➖Oʻzbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti;

➖Samarqand davlat chet tillari instituti;

➖Buxoro muhandislik-texnologiya instituti;

➖Toshkent davlat agrar universiteti;

➖Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti;

➖Toshkent axborot texnologiyalari universiteti;

➖Namangan muhandislik-qurilish instituti;

➖Samarqand iqtisodiyot va servis instituti;

➖“TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti;

➖SamDU Urgut filiali;

➖Urganch davlat universiteti;

➖Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti;

➖Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filiali;

➖Milliy estrada san’ati instituti;

➖Farg‘ona davlat universiteti;

➖O‘zbek milliy musiqa san’ati instituti;

➖TDTU Olmaliq filiali;

➖O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti;

➖Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali;

➖Toshkent kimyo xalqaro universiteti Samarqand filiali;

➖Xalqaro innovatsion universiteti;

➖Samarqand iqtisodiyot va servis instituti;

➖Guliston davlat universiteti;

➖Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti;

➖Shahrisabz davlat pedagogika instituti;

➖Urganch davlat pedagogika instituti;

➖Andijon davlat chet tillari instituti;

➖Oʻzbekiston davlat xoreografiya akademiyasi;

➖Namangan muhandislik-texnologiya instituti;

➖Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti;

➖Guliston davlat universiteti;

➖Alfraganus universiteti;

➖Samarqand iqtisodiyot va servis instituti;

➖Buxoro davlat universiteti;

➖Navoiy innovatsiyalar universiteti;

➖Oʻzbekiston-Finlandiya pedagogika instituti;

➖Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Nurafshon filiali;

➖O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Farg‘ona filiali;

➖“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti;

➖Buxoro davlat tibbiyot instituti;

➖Jizzax politexnika instituti;

➖Osiyo xalqaro universiteti.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1👍32
#mutolaa

Tashnalik (hikoya)


Asad Asilning ushbu hikoyasi inson ruhiyati, yolg‘izlik va hayotning mazmuni haqida chuqur falsafiy fikrlarni aks ettiruvchi asardir. Yolg‘izlik va insoniy ehtiyojlarni tasvirlash orqali o‘quvchini hayotning nozik jihatlari haqida o‘ylashga undaydi.

📖Hikoyani o‘qish

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍22❤7🥰1👏1😱1
#talabaga_qulaylik #TTJ #DXSH

Talabalar uchun yana bir qulaylik yaratildi 

Guliston davlat pedagogika institutida davlat-xususiy sheriklik asosida 400 o‘rinli yangi talabalar turar joyi foydalanishga topshirildi.

19-dekabr kuni institutda ushbu talabalar turar joyining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, viloyat hokimligi mutasaddilari, faxriylar, institut jamoasi va talabalar ishtirok etdi.

5 qavatdan iborat mazkur turar joyda talabalar yashashi uchun zarur qulayliklar, jumladan zamonaviy oshxona, ma’naviyat, IT, kir yuvish va yuvinish xonalari mavjud.

Tadbirda qayd etilganidek, ushbu turar joy qurilishi jami 800 nafar talabani yotoqxona bilan ta’minlash imkonini berib, qamrov ko‘rsatkichi 30 foizga yetkazildi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍23❤5🔥3