Edu.uz
✔
144K subscribers
40.6K photos
7.78K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Live #XalqaroForum #YalpiMajlis #OliyTaʼlim #Toshkent

Fransiya va O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida tajriba almashinuvi: Forum doirasida yalpi majlis bo‘lib o‘tdi

Forum doirasida bo‘lib o‘tgan yalpi majlisda O‘zbekiston va Fransiyaning yetakchi oliy ta’lim muassasalari vakillari ishtirok etib, ta’lim sifatini oshirish, muhandislik yo‘nalishidagi kadrlar tayyorlash, ilmiy tadqiqotlar va xalqaro hamkorlik masalalarini muhokama qildilar.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Departament rahbari Odil Abdurahmonov, Fransiya Respublikasi Yevropa va tashqi ishlar vazirligi Bosh kotibi Anne-Mari Deskot, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari Shohrux Daliyev hamda delegatsiya a’zolari ishtirok etdi.

Majlisda Fransiya oliy ta’lim tizimidagi asosiy mezonlar, muhandislik ta’limi tajribalari, tadqiqot muassasalari faoliyati hamda o‘zbek talabalarining imkoniyatlari haqida taqdimotlar o‘tkazildi.

Shuningdek, O‘zbekiston oliy ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan transformatsiya va islohotlar yuzasidan ma’ruzalar tinglandi. Tadbir yakunida savol-javoblar va ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.

Anjuman ikki tomonlama uchrashuvlar formatida davom etdi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍12🔥3❤1
4️⃣4️⃣4️⃣ 💻👩‍💻👨‍💻

📢 Bugun soat 20:00da “ITEP” imtihoni to‘g‘risida vebinar o‘tkaziladi

Bilim va malakalarni baholash agentligi huzuridagi Ilmiy-o‘quv amaliy markazi tomonidan “NEN | NATIONAL EDUCATION NETWORK” tashkiloti bilan hamkorlikda “ITEP xalqaro imtihonining afzalliklari!” mavzusida onlayn vebinar tashkil etilmoqda.

📍 Platforma:
Zoom
🗓 Sana: 19-may, 2025-yil
🕗 Vaqt: 20:00

📩 Zoom havolasi ro‘yxatdan o‘tganlarga yuboriladi.

👉 Ro‘yxatdan o‘tish uchun havola: https://shorturl.at/Rxeeg

☎️ Qo‘shimcha ma’lumot uchun:
📞   (95) 515-68-68

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍12❤1
#Zakovat #Final #Taqdirlash

⚡️O‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalari o‘quvchilari o‘rtasidagi “Zakovat” musobaqasining respublika bosqichida g‘oliblar aniqlandi!

🔥 Keskin kurashlarga va his-hayajonga boy o‘tgan o‘yin yakunida quyidagi jamoalar g‘oliblikni qo‘lga kiritdi:

🥇1-o‘rin: Qarshi davlat texnika universiteti Nuriston akademik litseyi
🥈2-o‘rin: Toshkent davlat yuridik universiteti akademik litseyi
🥉3-o‘rin - DXX Chegara qo‘shinlari “Yosh chegarachilar” harbiy-akademik litseyi

💵 Mazkur jamoalar diplom, medallar hamda quyidagi miqdordagi pul mukofotlari bilan taqdirlandi:

🥇1-o‘rin: 100 mln so‘m
🥈2-o‘rin: 60 mln so‘m
🥉3-o‘rin: 40 mln so‘m

🎁 Shuningdek, respublika bosqichida qatnashgan barcha jamoalarga esdalik sovg‘alari topshirildi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍14🔥5❤3
✅ #Olimlar_minbari
05–10.05.2025

📰 Olimlar hamda professor-oʻqituvchilarning fikr va mulohazalari markaziy nashrlarda

“Xorazmda ta’limdan bandlikka qadar: yangi yondashuvlar va aniq maqsadlar” — Qo‘ng‘irotboy SHARIPOV, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri;

“Sifatli ta’lim qayg‘usi” — Rustam XOLMURODOV, Samarqand davlat universiteti rektori, fan arbobi;

“
Ta’lim va madaniyat – taraqqiyot asosi” — Ilhomjon TO‘XTASINOV, O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori;

“Mard o‘g‘lonlarimiz jasorati, matonati hamda fidoyiligini yuragimizda umrbod saqlaymiz” — Mirzayusup RUSTAMBOYEV, Jamoat xavfsizligi universiteti boshlig‘i, professor;

«Узбекистан в глобальном образовательном пространстве: стратегии и вызовы, реформы и результат» — Абдурахим НАСИРОВ, проректор Узбекского государственного университета мировых языков, профессор;

«Внутренний туризм - стратегический вектор модернизации регионов страны» — Шахноза АСКАРОВА, доцент Ферганского государственного университета;

«Сила духа и сплоченность - несокрушимая мощь народа узбекистана» — Ранохон ТУРСУНОВА, доцент УМЭД;

“Aylanma iqtisodiyot barqaror rivojlanish uchun qanday ahamiyatga ega” — Jasurbek TURG‘UNOV, Qo‘qon universiteti dekani;

«Он воспевал вольную душу народа» — Насиба НИЯЗОВА, профессор ТГЮУ, кандидат педагогических наук;

“Uchuvchi va olimning umr mazmuni” — Turg‘un ZIYAYEV, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti faxriy doktori;

“Ezgulik yo‘lidagi dadil odimlar” — Muhammadali SAIDOV, Toshkent davlat agrar universiteti faxriysi, professor;

“Ta’limdagi o‘zgarishlar zamonaviy fikrlashga undaydi” — Fazliddin AZRZIQULOV, Toshkent davlat tibbiyot universiteti o‘qituvchisi;

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍11❤4🔥1🥰1👏1
✅ #Olimlar_minbari
12–17.05.2025

📰 Olimlar hamda professor-oʻqituvchilarning fikr va mulohazalari markaziy nashrlarda

«Заботясь о качественном образовании» — Рустам ХОЛМУРОДОВ, ректор Самаркандского государственного университета, заслуженный деятель науки Узбекистана;

“Tibbiyot: innovatsion yondashuv va integratsiya” — Shuhrat BOYMURODOV, Toshkent davlat tibbiyot universiteti rektori;

“Islohotlar inson farovonligiga xizmat qilmoqda” — Baxtiyor RASULOV, Andijon davlat pedagogika instituti rektori, professor;

“Ulug‘ shoir g‘oyalari bilan yashash saodati” — Muhiddin KALONOV, Navoiy davlat universiteti rektori, professor;

“Xalq jasoratiga yuksak ehtirom” — Naim OBLOMURODOV, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti professori;

“Mavlono Ali Qushchi qabri ziyorati” — Jo‘liboy ELTAZAROV, Samarqand davlat universiteti professori;

“Ertangi avlodning kim bo‘lib ulg‘ayishiga biz mas’ulmiz” — Muhayyo BAYBAYEVA, Toshkent davlat pedagogika universiteti professori;

“Sifatli ta’lim mezonlari” — G‘ayrat JABBOROV, Toshkent davlat pedagogika universiteti dekani;

“Talabalar uchun “Kurash maydoni” intiluvchanlik va ijtimoiy faollik kafolati” — Azizbek OMONOV, Buxoro davlat universiteti yoshlarni maʼnaviy yuksalish departamenti boshligʻi;

“Davolashdan ko‘ra oldini olish afzal. Qalqonsimon bez kasalliklari qanday kelib chiqadi” — Nodira SHONAZAROVA, Samarqand davlat tibbiyot universiteti kafedra assistenti;

«Цифровизация – путь к качественному и доступному здравоохранению» — Дилфуза БУРАНОВА, доцент Ташкентского государственного стоматологического института; Мадина МУХАММАДЖАНОВА, резидент;

«Продовольственная безопасность - уверенность в завтрашнем дне» — Робия ТОШБОЕВА, доцент ТГЮУ;

“Ta’limda kreativ yondashuv kuchli kadrlar tayyorlash tizimi asosi” — Zaynab ABIDOVA, Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali kafedra mudiri, dotsent;

«Наука на страже растений» — Рано САТТАРОВА, профессор кафедры Ташкентского государственного аграрного университета; Шухрат КАМИЛОВ, доцент кафедры Ташкентского государственного аграрного университета;

«Институт семьи в эпоху глобализации: Сохраняя добрые традиции в современном мире» — Феруза МАМАДАЛИЕВА, доцент ТГЭУ;

“Xotin-qizlar ta’limiga e’tibor taraqqiyot mash’alidir” — Ma’suma OBIDJONOVA, Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti matbuot kotibi;

“Yashil” iqtisodiyot barqaror taraqqiyotga erishish asosi” — Shahnoza QORRIYEVA, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti katta o‘qituvchisi;

“Ajdodlar merosi – tarbiya mezoni” — Abita HUSEYNOVA, Buxoro davlat universiteti o‘qituvchisi, professor;

«Новая реальность: как работают мошенники и как им противостоять» — Собир АЛИШАЕВ, преподаватель кафедры ТГЮУ; Ульзана РАХИМОВА, старший преподаватель кафедры ТГЮУ;

«Буллинг и кибербуллинг: современные вызовы, требующие законодательного ответа» — Фаррух НУРУЛЛАЕВ, преподаватель кафедры ТГЮУ.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍10❤3🥰2🔥1👏1
#QonunchilikYangiliklari

❗️O‘zbekiston ekovolontyor talabalari harakati tashkil etiladi

“2030-yilgacha bo‘lgan davrda aholining ekologik madaniyatini yuksaltirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ-184-son, 15.05.2025-y.) qabul qilindi.


🔰 Qarorga ko‘ra, 2030-yilda quyidagi ko‘rsatkichlarga erishish belgilandi, jumladan:

🔹 4,2 mln nafar umumiy o‘rta ta’lim tizimi tashkilotlari o‘quvchilarida ekologik ta’lim-tarbiyaning mustahkamlanishi, ekologik madaniyatning yuksalishi;

🔹 400 ming nafar o‘rta maxsus va kasbiy ta’lim tashkilotlari o‘quvchilarida ekologik ta’lim-tarbiyaning mustahkamlanishi, ekologik madaniyatning yuksalishi.

💬 Qaror bilan 2030-yilgacha bo‘lgan davrda aholining ekologik madaniyatini yuksaltirish konsepsiyasi tasdiqlandi.

✔️ 2025–2026-o‘quv yilidan boshlab:

▶️har yili ilmiy loyihalar tanlovida aholining ekologik madaniyatini yuksaltirishni ilmiy-amaliy jihatdan tadqiq etishga oid mavzular e’lon qilib boriladi;

◀️oliy ta’lim muassasalari talabalari tomonidan O‘zbekiston ekovolontyor talabalari harakati tashkil etiladi.

🌐 “Ekolog olimlar hamjamiyati” nodavlat notijorat tashkiloti ta’sis etiladi.

💬 Har yili talabalar o‘rtasida “Ekologiya bilimdoni”, “Ekologik madaniyat targ‘ibotchisi”, “Eng faol ekovolontyor” va “Yilning eng yaxshi ekologiya himoyachisi” kabi nominatsiyalar hamda startap loyihalar bo‘yicha tanlovlar tashkil etiladi.

📝 Shuningdek, 5-iyun – Butunjahon atrof-muhit kuni munosabati bilan har yili talabalar o‘rtasida dolzarb ekologik masalalar muhokamasiga bag‘ishlangan xalqaro ilmiy-amaliy forum o‘tkaziladi.

⭐️Oliy ta’limdan keyingi ta’limda ekologiya sohasidagi tadqiqotlar qabul kvotalari 30 foizga oshiriladi.

🛡Ekologik madaniyat va ekologiya muammolari sohasida xotin-qizlar uchun hududlar kesimida doktorantura uchun qo‘shimcha kvotalar ajratiladi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍11❤2🔥2🥰1👏1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Forum #XalqaroHamkorlik #OliyTaʼlim

O‘zbek-Fransuz universiteti tashkil etiladi

Ma’lumki, joriy yilning 12-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning Fransiyaga amalga oshirgan davlat tashrifi davomida O‘zbekistonda O‘zbek-Fransuz universitetini tashkil etish to‘g‘risida hukumatlararo kelishuv imzolangan edi.


Forum dasturiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Departament rahbari Odil Abdurahmonov va Fransiya Respublikasi Yevropa va tashqi ishlar vazirligi Bosh kotibi Anne-Mari Deskot, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari Shohrux Daliyev boshchiligidagi mas’ullar ushbu universitet joylashadigan obyektni borib ko‘rdilar.

Qayd etilganidek, 1-sentabrdan ish boshlashi kutilayotgan O‘zbek-Fransuz universiteti dastlabki bosqichda Toshkent davlat texnika universiteti binosida joylashadi. Mazkur oliygohda dastlab gumanitar fanlar fakulteti tashkil etilib, “Fransuz tili va fransuz adabiyoti” mutaxassisligi bo‘yicha magistrlarni o‘qitish yo‘lga qo‘yiladi.

Kelgusida bioinformatika va qayta tiklanadigan energiya manbalariga ixtisoslashgan muhandislik fakulteti hamda intellektual transport logistikasi va tizimlariga ixtisoslashgan transport fakulteti ham tashkil etiladi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍23❤2🔥2😁1🤩1
#xorijdagi_talabalar #vazir_va_yoshlar

Oʻzbekiston vazirlari Budapeshtda talabalar bilan uchrashdi

Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov hamda madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov Vengriyaga amalga oshirgan ishchi safari doirasida Budapesht shahrida tahsil olayotgan oʻzbekistonlik talabalar bilan uchrashdi.

Uchrashuv samimiy va ochiq muloqot ruhida oʻtdi. Talabalarga Oʻzbekistonda oliy taʼlim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, xalqaro hamkorlik dasturlari, xorijda tahsil olayotgan yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, qaytib kelib mehnat faoliyatini boshlashdagi koʻmak mexanizmlari haqida atroflicha maʼlumotlar berildi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/55219

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍22❤5🔥1
O‘zbekiston prezidenti rasmiy tashrif bilan Budapeshtga jo‘nab ketdi

Bugun, 19-may kuni Shavkat Mirziyoyev Vengriya Bosh vaziri Viktor Orbanning taklifiga binoan rasmiy tashrif bilan ushbu mamlakatga jo‘nab ketdi.

Budapeshtda oliy darajadagi muzokaralar, Vengriyaning yetakchi kompaniyalari rasmiylari va rahbarlari bilan uchrashuvlar o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan. Prezident Turkiy davlatlar tashkilotining norasmiy sammiti tadbirlarida ham ishtirok etadi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
🔥9👍8❤1😁1