Edu.uz
✔
144K subscribers
40.3K photos
7.74K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
Shavkat Mirziyoyev Bokuda barqaror shaharlar boʻyicha muhim tashabbuslarni ilgari surdi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Butunjahon urbanizatsiya forumi 13-sessiyasining Yetakchilar sammitidagi nutqida barqaror shaharlar borasidagi yondashuvlarini taqdim etdi.

Prezident nutqida urbanizatsiya nafaqat qurilish yoki aholi soni ortishi, balki global barqarorlik, ijtimoiy adolat va inson qadri bilan bogʻliq masala ekani alohida taʼkidlandi.

Nutqning eng muhim jihatlari:
— Yaqin 15 yilda Oʻzbekiston aholisi 50 million nafarga, urbanizatsiya darajasi esa 65 foizga yetishi kutilmoqda;
— Soʻnggi 10 yilda mamlakatda qurilayotgan uy-joylar hajmi 10 barobar oshib, 2025-yilda 238 ming xonadonga yetdi;
— Aholini arzon uy-joy bilan taʼminlash dasturlariga har yili qariyb 2 milliard dollar yoʻnaltirilmoqda;
— “Yashil makon” va “Toza havo” dasturlari doirasida shaharlardagi yashil hududlar ulushini 2030-yilgacha 30 foizga yetkazish maqsad qilingan;
— 2 million aholiga moʻljallangan “Yangi Toshkent” megaloyihasi “yashil”, “aqlli”, “xavfsiz” va “15 daqiqali shahar” tamoyillari asosida barpo etilmoqda;
— Loyihaning birinchi bosqichidayoq 25 milliard dollarlik investitsiya dasturlari boshlangan.


Prezident xalqaro hamjamiyatga bir qator muhim tashabbuslarni ham ilgari surdi:
▪️ “Mutanosib urbanizatsiya” tamoyilini keng joriy etish;
▪️ “Aqlli va xavfsiz shaharlar alyansi”ni tashkil etish;
▪️ Samarqandda uy-joy moliyasi va investitsiyalariga bagʻishlangan xalqaro forum oʻtkazish;
▪️ BMT-Habitatning “Yashil shahar” xalqaro mukofotini taʼsis etish;
▪️ World Urban Forum 15ni 2030-yilda Yangi Toshkent shahrida oʻtkazish taklifi.


Nutqda eng asosiy gʻoyalardan biri shu boʻldiki, kelajak shahri — bu faqat zamonaviy binolar emas, balki inson uchun qulay, xavfsiz, ekologik barqaror va texnologiyalar bilan uygʻun hayot muhitidir.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤6👍5😁1
#fan_olimpiadasi #biologiya

Biologiya bo‘yicha respublika fan olimpiadasi boshlandi


2026-yil 18-may kuni Shahrisabz davlat pedagogika institutida oliy ta’lim muassasalarining bitiruvchi bosqich talabalari o‘rtasida biologiya fanidan respublika fan olimpiadasining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Olimpiadani yuqori saviyada tashkil etish maqsadida Respublika hakamlar hay’ati raisi hamda a’zolari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazilib, unda baholash mezonlariga qat’iy rioya etish, jarayonlarni adolatli va shaffof tashkil qilish hamda tashkiliy masalalar muhokama qilindi.


Bugun biologiya fanidan oʻtkazilayotgan Respublika fan olimpiadasining yozma yoʻnalishdagi 1-bosqich bellashuvlari boʻlib oʻtdi. Mazkur bosqichda ishtirokchilar biologiya fanining nazariy asoslari, tahliliy fikrlash va ilmiy yondashuv boʻyicha bilim hamda koʻnikmalarini namoyon etdilar.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/166965

👉 На русском
👉 In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤6👍2
#xalqaro_forum

Toshkentda ilk marotaba  "Musiqa taʼlimi: jahon miqyosida yagona maydon sari“ xalqaro forumi oʻtkazildi

 
Toshkent shahrida joriy yilning 18–20-may kunlari “Musiqa taʼlimi: jahon miqyosida yagona maydon sari” mavzusida yirik xalqaro forum boʻlib oʻtmoqda. Unda, 200 nafarga yaqin xorijiy va mahalliy ishtirokchilar qatnashmoqda.
 
Uch kun davom etadigan forumda 20 ga yaqin  (Turkiya, Rossiya, Ozarbayjon, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Xitoy, Koreya, AQSH, Fransiya, Indoneziya, Buyuk Britaniya, Yaponiya, Kanada, Italiya, Vengriya Tojikiston va Armaniston) davlatlardan nufuzli olimlar, 20 dan ortiq xorijiy oliy taʼlim muassasalari rektorlari, shuningdek, prorektorlar, professorlar va PhD olimlar, dekanlar, etnomuzikologlar, tadqiqotchilar, madaniyat markazlari rahbarlari, oʻqituvchilar, talabalar, shuningdek, OAV vakillari ishtirok etmoqda.
 
Mazkur xalqaro forum mamlakatimizda musiqa va madaniyat taʼlimini yangi bosqichga olib chiqish, innovatsion va raqamli yondashuvlarni keng joriy etish, xalqaro akademik hamkorlikni mustahkamlash hamda yosh isteʼdodlarni qoʻllab-quvvatlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
 


Forumning ilk kunida “Madaniyat taʼlimida sunʼiy intellektning ahamiyati” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya ham tashkil etildi.

Ushbu konferensiyada madaniyat va sanʼat taʼlimi tizimida sunʼiy intellekt texnologiyalarini joriy etish hamda raqamli transformatsiya jarayonlarini jadallashtirish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, oʻquv jarayoniga sunʼiy intellekt asosidagi kreativ platformalarni musiqa kompozitsiyasi, vizual dizayn va media sanʼat yoʻnalishlarida integratsiya qilish bo‘yicha fikr almashildi.

Bundan tashqari, SI orqali milliy musiqa cholgʻularini oʻrgatishda avtomatik tovush tahlili, maqom va baxshichilik ijrolarini raqamli arxivlash, teatr merosini virtual formatda saqlash hamda madaniyat taʼlimiga ixtisoslashgan interaktiv platformalarni yaratish istiqbollari koʻrib chiqildi.


Konferensiya yakunida 10 banddan iborat konferensiya rezolyutsiyasi qabul qilindi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤6👍1