#hamkorlik
Dalyanda “Xitoy–O‘zbekiston sivilizatsiyalari tadqiqot markazi” ish boshladi
Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti vakillari Xitoy Xalq Respublikasining Liaoning pedagogika universitetida “Xitoy–O‘zbekiston gumanitar almashinuvi va mintaqaviy sivilizatsiyalar o‘zaro o‘rganishi” mavzusidagi xalqaro ilmiy konferensiyada ishtirok etdi.
Batafsil: tsuos.uz
👉 На русском
👉 In English
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

Ikki universitet o‘rtasidagi hamkorlikning yangi bosqichini belgilovchi muhim hujjat — “2+2” qo‘shma ta’lim dasturini uzaytirish to‘g‘risidagi bitim ham imzolandi. Ushbu dastur talabalar uchun ta’limning bir qismini O‘zbekistonda, qolgan qismini esa Xitoyda davom ettirish imkoniyatini yaratib, xalqaro darajada raqobatbardosh mutaxassislar tayyorlashga xizmat qilmoqda.
Batafsil: tsuos.uz
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤4👏3🔥1🤩1
#Qabul2026 #AkademikLitsey
💬 10-iyundan 2026/2027 oʻquv yili uchun akademik litseylarga umumtaʼlim maktablarining joriy yil 9-sinf bitiruvchilaridan hujjatlarni my.edu.uz portali orqali onlayn qabul qilish boshlandi.
📆 Qabul jarayonlari 10-iyulga (shu kuni ham) qadar davom etadi.
*Qabul jarayonlari bilan bogʻliq qoʻshimcha maʼlumotlarni akademik litseylarda tashkil etilgan “Maslahat markazlari” orqali olish mumkin.
*Eslatma:
📂 Qabul kvotasi bu yerda👈
🗂 Fanlar majmuasi, test topshiriqlari soni hamda baholash mezonlari bu yerda👈
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
✴️ Bugundan akademik litseylarga qabul boshlandi
📝 Abituriyentlar tizimda ID karta yoki tug‘ilganlik haqida guvohnoma ma’lumotlarini kiritish orqali ro‘yxatdan o‘tadilar.➡️ 3,5x4,5 sm oʻlchamdagi 1 ta rangli fotosurat (tug‘ilganlik haqida guvohnoma yuklanganda (PDF, JPEG);
✔️ O‘qishga imtiyozli kirish huquqini beruvchi hujjatlar — fan olimpiadasi gʻolibi ekanligini tasdiqlovchi diplom, chet tili va umumtaʼlim fanlarni bilish darajasi toʻgʻrisidagi milliy yoki xalqaro sertifikat (mavjud boʻlsa).
☝️Abituriyentlar roʻyxatdan oʻtishda:▶️ oʻzlari tanlagan uchtagacha akademik litseyning bittadan mos yoʻnalishini tanlashi (bunda taʼlim tili bir xil boʻlishi kerak);▶️ va qaysi chet tilidan kirish test sinovini topshirishini belgilaydi.📍 Abituriyent oʻzi tanlagan hududda tashkil etiladigan kirish test sinovlarida ishtirok etadi.
*Qabul jarayonlari bilan bogʻliq qoʻshimcha maʼlumotlarni akademik litseylarda tashkil etilgan “Maslahat markazlari” orqali olish mumkin.
*Eslatma:
📂 Qabul kvotasi bu yerda👈
🗂 Fanlar majmuasi, test topshiriqlari soni hamda baholash mezonlari bu yerda👈
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4❤9🔥7👍5
Media va kommunikatsiyalar sohasida qo‘shma ta’lim dasturlarini tashkil etish masalalari muhokama qilindi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Kommunikatsiya departamenti rahbari – O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti matbuot kotibi Sherzod Asadov boshchiligidagi delegatsiya Moskva shahriga uch kunlik tashrif davomida Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari birinchi o‘rinbosari Sergey Kiriyenko, Administratsiya rahbari o‘rinbosari – Prezident matbuot kotibi Dmitriy Peskov, Prezidentning strategik sheriklik va hamkorlik boshqarmasi boshlig‘i Vadim Titov, Prezidentning jamoat loyihalari boshqarmasi boshlig‘i Sergey Novikov hamda Prezidentning AKT va aloqa infratuzilmasini rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i Tatyana Matveyeva bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.
O‘tkazilgan uchrashuvlar media va kommunikatsiyalar sohasida ochiq muloqotni rivojlantirish, tajriba almashish hamda istiqbolli qo‘shma loyihalarni amalga oshirish borasidagi o‘zaro manfaatdorlikni yana bir bor tasdiqladi.

Shuningdek, Rossiyaning qator jamoat va yoshlar tashkilotlari, kreativ hamda media sohalari vakillari bilan samarali muloqotlar bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvlarda muntazam professional muloqotni rivojlantirish, matbuot xizmatlari, tahlil markazlari va jamoat tashkilotlari o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirish, shuningdek, qo‘shma ta’lim dasturlari va tadbirlarini tashkil etish masalalari muhokama qilindi.
Delegatsiya boshqaruv kadrlarini tayyorlashga ixtisoslashgan zamonaviy markaz – “Senej” boshqaruv ustaxonasi faoliyati bilan ham yaqindan tanishdi.
O‘tkazilgan uchrashuvlar media va kommunikatsiyalar sohasida ochiq muloqotni rivojlantirish, tajriba almashish hamda istiqbolli qo‘shma loyihalarni amalga oshirish borasidagi o‘zaro manfaatdorlikni yana bir bor tasdiqladi.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤4
Myunxen texnika universiteti bilan strategik hamkorlik masalalari muhokama qilindi
10-iyun kuni Germaniya Federativ Respublikasiga tashrif doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining ta’limni isloh qilish bo‘yicha o‘rinbosari Ilxom Siradjev boshchiligidagi delegatsiya QS World University Rankings reytingida dunyoning 22-oʻrinni egallagan Myunxen texnika universiteti — TUM Prezidenti professor Thomas F. Hofmann boshchiligidagi universitet rahbariyati bilan muzokaralar o‘tkazdi.
Ushbu uchrashuv O‘zbekiston universitetlarini yangi bosqichga olib chiqish, ularni sanoat, ilm-fan va innovatsiyalar bilan bog‘langan kuchli ekotizimlarga aylantirish hamda mamlakatimizda global raqobatbardosh muhandislar va texnologik liderlar avlodini tayyorlash yo‘lida muhim qadam bo‘ldi.
#Xalqaro_hamkorlik #Germaniya
Batafsil: https://gov.uz/edu/news/view/176170
👉На руcском
👉In English

Uchrashuv natijalariga ko‘ra quyidagi muhim kelishuvlarga erishildi:
• kuzgi semestrdan boshlab “Yangi O‘zbekiston” universiteti talabalariga TUMda bir semestr tahsil olish imkoniyatini yaratish;
• TUM bilan hamkorlikda aerokosmik muhandislik bo‘yicha yangi ta’lim dasturini ishga tushirish;
• O‘zbekiston universitetlarida startap ekotizimini shakllantirish, ilmiy ishlanmalarni tijoratlashtirish va sanoat bilan kuchli aloqalarni yo‘lga qo‘yishda TUM tajribasidan foydalanish;
• muhandislik, IT, AI, agroteхnologiyalar, tibbiyot texnologiyalari va suv resurslari bo‘yicha qo‘shma ta’lim hamda ilmiy loyihalarni rivojlantirish;
• TUMni O‘zbekiston oliy ta’lim tizimini transformatsiya qilishda strategik akademik hamkor sifatida jalb etish.
Ushbu uchrashuv O‘zbekiston universitetlarini yangi bosqichga olib chiqish, ularni sanoat, ilm-fan va innovatsiyalar bilan bog‘langan kuchli ekotizimlarga aylantirish hamda mamlakatimizda global raqobatbardosh muhandislar va texnologik liderlar avlodini tayyorlash yo‘lida muhim qadam bo‘ldi.
#Xalqaro_hamkorlik #Germaniya
Batafsil: https://gov.uz/edu/news/view/176170
👉На руcском
👉In English
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👏4❤2🔥2👍1
Shaharsozlik va uy-joy qurilishi sohasini rivojlantirish boʻyicha yangi tashabbuslar muhokama qilindi
Prezident Shavkat Mirziyoyev urbanizatsiya va shaharsozlik sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar samaradorligini oshirish yuzasidan taqdimot bilan tanishdi.
Taqdimotda urbanistika, geodeziya, kadastr, loyihalash, aglomeratsiyalarni boshqarish va geoaxborot tizimlari bilan ishlay oladigan oʻrta va oliy boʻgʻin mutaxassislariga ehtiyoj ortib borayotgani qayd etildi.
Shu maqsadda Toshkent geodeziya va kartografiya texnikumini Urbanistika, geodeziya va kadastr texnikumi sifatida qayta tashkil etish taklif qilindi. Unda oʻrta boʻgʻin uchun oʻlchovchi mutaxassislar, kadastr va geodeziya, kompyuter grafikasi dizayn operatorlari hamda kompyuter kadastr dasturlari yoʻnalishlarida kadrlar tayyorlanadi.
Oliy taʼlim tizimida Toshkent arxitektura-qurilish universitetida “Zamonaviy urbanistika va aglomeratsiyalarni boshqarish” fakultetini ochish rejalashtirilgan.
Barcha hududlarda urbanistika, loyihalashtirish va arxitektura yoʻnalishlarini bir joyda jamlaydigan kreativ parklar tashkil etish ham taklif qilindi. Ularda laboratoriyalar, konstruktorlik ustaxonalari, dasturiy taʼminot, loyihalash xizmatlari, onbording, netvorking va kovorking maydonlari tashkil etiladi. Kreativ park rezidentlariga jismoniy shaxslar daromad soligʻi va ijtimoiy soliq boʻyicha imtiyozlar berish koʻzda tutilmoqda.

❤5👍2