Edu.uz
✔
144K subscribers
40.2K photos
7.69K videos
311 files
18.4K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#Qonunchilik_yangiliklari

❗️ Tibbiyot va farmatsevtika sohasida kadrlar tayyorlash tizimi tubdan takomillashtiriladi

Prezidentning “Tibbiyot va farmatsevtika sohasida kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2026-yil 10-sentyabrdagi PF–191-son Farmoni qabul qilindi.

🔰 Farmonga ko‘ra, 2027/2028 o‘quv yilidan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha tibbiyot ta’limi sohasiga ajratilgan davlat buyurtmasi parametrlari ta’lim yo‘nalishlari kesimida Sog‘liqni saqlash vazirligi (Vazirlik) tomonidan tasdiqlanadi. Bunda:

✅ Aholi salomatligini tahlil qilish ilmiy-tadqiqot markazi tibbiyot va farmatsevtika kadrlariga bo‘lgan joriy va istiqboldagi ehtiyojni o‘rganish bo‘yicha asosiy ishchi organ hisoblanadi;

❇️ qabul ko‘rsatkichlari tibbiyot va farmatsevtika kadrlariga bo‘lgan joriy va istiqboldagi ehtiyojdan kelib chiqib, hududlar ehtiyoji, tibbiyot tashkilotlarining ehtiyoji hamda tegishli mutaxassisliklar bo‘yicha kadrlar yetishmovchiligini hisobga olgan holda shakllantiriladi.

📜 2027/2028 o‘quv yilidan tibbiyot sohasida kadrlar tayyorlovchi oliy ta’lim tashkilotlarida:

▪️ davolash ishi bakalavriat ta’lim yo‘nalishi negizida “5+1” shaklidagi (bitiruvchi kurs talabalari bir yil to‘liq amaliyot o‘tashi shaklida) 6 yillik umumiy tibbiyot bakalavriat ta’lim yo‘nalishi joriy etiladi;

▪️ amalda davolash ishi bakalavriat ta’lim yo‘nalishining tegishli bosqichlarida tahsil olayotgan talabalarning o‘quv jarayonlari yangi moslashtirilgan o‘quv reja va dasturlar asosida tashkil etiladi;

▪️ umumiy tibbiyot bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bitiruvchilari umumiy amaliyot shifokori kvalifikatsiyasiga ega bo‘ladi va ular belgilangan tartibda oilaviy shifokor lavozimida faoliyat yuritishi mumkin bo‘ladi;

▪️ tibbiyot sohasining barcha bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarida bitiruvchi kurs talabalari uchun to‘liq o‘quv yili davomida amaliyot o‘tash tizimi joriy etiladi;

▪️ stomatologiya yo‘nalishida talabalarning amaliy mashg‘ulotlarini tashkil etish maqsadida tibbiyot oliy ta’lim muassasalariga stomatologiya poliklinikalari biriktirib beriladi.

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤20
Edu.uz
#Qonunchilik_yangiliklari ❗️ Tibbiyot va farmatsevtika sohasida kadrlar tayyorlash tizimi tubdan takomillashtiriladi Prezidentning “Tibbiyot va farmatsevtika sohasida kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2026…
#Qonunchilik_yangiliklari

❗️ Tor soha mutaxassislarini tayyorlashda rezidentura dasturlari joriy etiladi


⤵️ Farmonga ko‘ra, unga ko‘ra tor soha mutaxassislarini tayyorlashda klinik ordinatura negizida xalqaro standartlar asosida davomiyligi tabaqalashtirilgan rezidentura dasturlari bosqichma-bosqich joriy etiladi. Bunda:

✔️ rezidenturada tor soha mutaxassislarini tayyorlash davlat tibbiyot ta’lim tashkilotlari va tibbiyot muassasalarida davlat granti asosida amalga oshiriladi;

✔️ 2026/2027 o‘quv yilidan oilaviy tibbiyot yo‘nalishi bo‘yicha rezidentura tashkil etiladi hamda bitiruvchilarga oilaviy shifokor mutaxassisligi beriladi;

📖 2027/2028 o‘quv yilidan boshlab:

➡️ tor soha mutaxassislarini tayyorlash to‘liq rezidentura orqali amalga oshiriladi va ordinaturaga qabul to‘xtatilishi hamda tibbiyot yo‘nalishidagi tor soha mutaxassisliklari bo‘yicha magistraturaga umumiy davlat buyurtmasi asosida o‘qishga qabul qilish parametrlarini qisqartirish hisobiga bo‘shaydigan mablag‘lar mutaxassislarni rezidenturada tayyorlashga yo‘naltiriladi;

➡️ davlat granti asosida rezidenturaga qabul qilingan talabalarga Davlat byudjet mablag‘lari hisobidan mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdoriga nisbatan 2,15 koeffitsiyent miqdorida stipendiya to‘lanadi;

➡️ rezidentura ta’lim dasturlarini o‘zlashtirganlarga Ta’limning xalqaro standart tasniflagichi va Milliy malakalar ramkasining 7-darajasiga mos keluvchi ta’lim to‘g‘risida davlat namunasidagi diplom beriladi.

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤17
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Kelajak soati” kutubxonasi – “Hayot endi boshlanadi”

Kitoblarni mutolaa qilish yoqimli mashgʻulot, audio kitoblarni eshitishni ham oʻziga yarasha zavqi bor. Lekin kitoblarni video orqali “tomosha qilish”ga nima deysiz?

“Kelajak soati”dan yangi tuhfa: yozuvchi Abduqayum Yoʻldoshevning “Hayot endi boshlanadi” hikoyasini kadrlarga koʻchirib, voqealarni sun’iy idrok yordamida aks ettirdik. Jonli mutolaaga oʻzingiz baho bering.

Hikoyani Dilniyoz Gʻafforov oʻqidi.

Videoning to‘liq variantini mana bu yerda koʻrishingiz mumkin.

Yana qaysi adabiy asarlarni jonlantirishimizni xohlaysiz?

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤14🔥2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#SI_taʼlim #Oʻquv_qoʻllanma

💡“AQLLI TA’LIMGA KIRISH” — YANGI O‘QUV QO‘LLANMA

— Sun’iy intellekt ta’lim jarayonini qanday o‘zgartirmoqda?
— Kelajak ta’limi qanday bo‘ladi?
— O‘qituvchi va o‘quvchining roli sun’iy intellekt davrida qanday o‘zgaradi?


📘 Ushbu savollarga javob izlashda Oliy taʼlimni rivojlantirish va global hamkorlik markazi tomonidan ishlab chiqilgan “Aqlli ta’limga kirish” o‘quv qo‘llanmasi muhim manbalardan biri bo‘la oladi.

Qo‘llanmada:
➖ aqlli ta’limning shakllanishi va rivojlanish konteksti;
➖ sun’iy intellekt va katta til modellari;
➖ generativ sun’iy intellektning ta’limga ta’siri;
➖ aqlli o‘qitish va moslashuvchan o‘rganish;
➖ intellektual baholash;
➖ ta’limni sun’iy intellekt asosida boshqarish;
➖ sun’iy intellekt va aqlli ta’limning axloqiy jihatlari
kabi dolzarb masalalar tizimli ravishda aks ettirilgan.

📚 Qo‘llanma ta’lim jarayonini zamonaviy texnologiyalar bilan uyg‘unlashtirish, sun’iy intellekt imkoniyatlaridan samarali foydalanish hamda inson va sun’iy intellekt hamkorligiga asoslangan ta’lim yondashuvlarini anglashga xizmat qiladi.


🔗 “Aqlli ta’limga kirish” — sun’iy intellekt imkoniyatlarini anglash, zamonaviy ta’lim tendensiyalarini tushunish va kelajak ta’limiga yangicha nigoh bilan qarash uchun samalari ko‘makchi.

Qo‘llanmani itstudy.uz portali orqali yuklab olishingiz va o‘qishingiz mumkin.

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
1❤18👍2🔥2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bolalar xavfsizligi: Yevropa ijtimoiy tarmoqlar uchun yosh chegarasini kuchaytirmoqda

Yevropa Komissiyasi Prezidenti Ursula von der Leyen bolalarni ijtimoiy tarmoqlardagi xavflardan himoya qilish bo‘yicha yangi yondashuvni ma’lum qildi.

Yevrokomissiya “Kids Act” doirasida 13 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishni cheklash, 15 yoshgacha shaxsiy akkaunt ochishni taqiqlash, 13–15 yoshdagilar uchun esa ota-ona nazoratidagi cheklangan “mini-akkaunt”larni joriy etishni taklif qilmoqda.

Bunday akkauntlardan foydalanish kuniga bir soat bilan cheklanishi, 15–18 yoshdagilar uchun esa platformalarda “safe design” talabi qo‘llanishi ko‘zda tutilmoqda.

Von der Leyen texnologik platformalarning bolalarga ta’siri haqida gapirar ekan, qaramlikka olib keluvchi funksiyalar, tobora ekstremal kontentga tortilish va qizlarning fotosuratlaridan sun’iy intellekt orqali jinsiylashtirilgan soxta tasvirlar yaratishni qabul qilib bo‘lmasligini ta’kidladi.

“Biz qaramlikni keltirib chiqaruvchi funksiyalarni qabul qilishga majbur emasmiz. Bolalarning tobora ekstremal kontentga tortilishiga ham rozi bo‘lmasligimiz kerak.”

Yevrokomissiya rahbari yana bir muhim tamoyilni ilgari surdi: platformalar o‘z xizmatlari bolalar uchun xavfsiz ekanini isbotlashi kerak. Uning ta’kidlashicha, masala faqat bolalarning ijtimoiy tarmoqlarga kirishida emas, balki ijtimoiy tarmoqlarning bolalar hayotiga qachon va qanday kirib kelishida.

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍16❤4
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#HarbiyAkademikLitsey #Qabul

2027-2028-o‘quv yili
uchun “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyiga qabul davom etmoqda

✅
O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyi 2027-2028-o‘quv yili uchun qabul e’lon qildi.

❗️Joriy yilning 5-sentyabridan 5-oktyabriga qadar nomzodlar www.dxxtmhal.uz sayti yoki DXX hududiy boshqarmalari orqali ariza topshirishlari mumkin.

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤11
#AI_Hackathon

🚀 Namangan viloyati, endi navbat sizga!

Sun’iy intellektga qiziqasizmi? Unda o‘zingizni sinab ko‘rish uchun yaxshi imkoniyat bor.

24–27-sentyabr kunlari Namangan viloyatida National AI Hackathonning navbatdagi bosqichi bo‘lib o‘tadi.
Bu yerda shunchaki sun’iy intellekt haqida gapirilmaydi. Siz g‘oya o‘ylab topasiz, uni loyiha shakliga keltirasiz va jamoangiz bilan shu tashabbusni himoya qilasiz.

Eng muhimi, g‘oyangiz juda murakkab bo‘lishi shart emas. Asosiysi, real muammoga AI yordamida foydali yechim taklif qila olishingiz muhim.

🏆 G‘oliblarni esa yaxshi sovrinlar kutmoqda:
🥇 1-o‘rin — Apple MacBook Air
🥈 2-o‘rin — 20 000 000 so‘m
🥉 3-o‘rin — 10 000 000 so‘m


Ammo barchasi shu bilan tugamaydi. Siz quyidagi maxsus nominatsiyalar bo‘yicha ham g‘oliblikni qo‘lga kiritishingiz mumkin:
- Eng qiziqarli taqdimot
- Eng dolzarb ijtimoiy loyiha


👥 Kimlar qatnasha oladi?
• 16 yoshdan katta yoshlar;
• Namangan viloyatida istiqomat qiluvchilar;
• Pasport yoki ID-kartaga ega bo‘lganlar;
• Har bir ishtirokchi alohida ro‘yxatdan o‘tishi kerak;
• Faqat tasdiqlangan arizaga ega nomzodlar qatnashadi.

❗️ Muhim: National AI Hackathonning boshqa viloyat bosqichida qatnashganlar Namangan bosqichida ishtirok eta olmaydi.

Agar sizda “AI yordamida mana shu muammoni hal qilsa bo‘lardi” degan g‘oya bo‘lsa, aynan shu hackathon uni amalga oshirish uchun boshlang‘ich nuqta bo‘lishi mumkin.

Ro‘yxatdan o‘tish:
eventflow.uz

Qo‘shimcha ma’lumot uchun: +998990461459

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤15
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤8
#Olimlar_minbari
#06.09–11.09.2026

“Eng qimmat resurs” — Abduvali XOLIQOV, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy ta’limni rivojlantirish va global hamkorlik markazi direktori, professor;

“Ilmiy ishlanmadan qo‘shilgan qiymatga” — Rustam ERGASHEV, Innovatsion rivojlanish agentligi boshqarmasi boshlig‘i;

“Markaziy Osiyo va Bolqonni bog‘lovchi strategik ko‘prik” — Ilhomjon TO‘XTASINOV, O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori, professor;

“Agrosanoat rivojida strategik burilish nuqtasi” — Narzullo OBLOMURODOV, Toshkent davlat agrar universiteti rektori, professor;

«От идеи до промышленности: Как инновации становятся технологичной продукцией?» — Ботир УСМАНОВ, ректор Ташкентского химико-технологического института, профессор;

“Oʻzbekiston — Serbiya: agrosanoat rivojida strategik burilish nuqtasi” — Narzullo OBLOMURODOV, Toshkent davlat agrar universiteti rektori, professor;

“Jamiyat hayotining tanasi iqtisodiyot bo‘lsa, uning joni va ruhi ma’naviyatdir” — Bahodir MA’MUROV, Buxoro davlat pedagogika instituti rektori, professor;

“Innovatsion taraqqiyot sari” — Diyorjon ABDULLAYEV, Urganch davlat pedagogika instituti rektori v. b., professor;

“Iqtisodiy ochiqlik: cheklovdan unumdorlikka” — Narzullo OBLOMURODOV, Toshkent davlat agrar universiteti rektori, professor;

“Katta o‘zgarishlar formulasi” — Obidjon SHOFIYEV, Termiz davlat universiteti birinchi prorektori;

“Raqamli avlod davri: ta’lim-tarbiya transformatsiyasi” — Qudratulla OMONOV, Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti birinchi prorektori;

“O‘zbekiston diplomatiyasi: o‘zaro ishonch va hamkorlik uchun barqaror muhit” — Farhod KARIMOV, O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi dekani, professor;

“Siyosiy ishonch va umumiy manfaatlarga asoslangan strategik sheriklik” — Abdurayim ULUG‘OV, Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filiali kafedra mudiri, dotsent;

“Yashil tamoyil — Yangi O‘zbekistonni yuksaltirish modeli” — Nosir MAHMUDOV, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti professori;

“Roʻyxat boshida” — Rustambek SHAMSUTDINOV, Andijon davlat universiteti professori;

“Sahnadagi 35 yil: tarix, bugun, kelajak” — Shuhrat RIZAYEV, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan yoshlar murabbiyi, professor;

“Xalq va davlat uygʻunligi — kelajak taraqqiyoti” — Zohidullo MUNAVVAROV, Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi professori, siyosiy fanlar doktori.
❤13😁3👍1
#Sportkuni

Oliy ta’lim tashkilotlarida “Sport kuni” doirasida sport tadbirlari o‘tkazildi

Har chorshanba universitetlarda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, jismoniy faollikni oshirish va sportga bo‘lgan qiziqishni kengaytirishga qaratilgan turli tadbirlar tashkil etilmoqda.

▪️Termiz davlat universiteti
▪️Chirchiq davlat pedagogika universiteti
▪️Guliston davlat universiteti
▪️Namangan davlat texnika universiteti
▪️Guliston davlat pedagogika instituti
▪️Buxoro davlat pedagogika instituti
▪️Samarqand davlat pedagogika instituti Urgut fakulteti
▪️Buxoro davlat texnika universiteti
▪️Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti
▪️Andijon davlat texnika instituti
▪️Jizzax davlat pedagogika universiteti
▪️Navoiy davlat universiteti
▪️Namangan davlat texnika universiteti
▪️Jizzax politexnika instituti
▪️Farg'ona davlat universiteti
▪️Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filiali
▪️Toshkent axborot texnologiyalari universiteti
▪️Geologiya fanlar universiteti


Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤8🔥3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#KelajakTadbirkori2026 #Sirdaryo

Gulistonda “Kelajak tadbirkori – 2026” yarmarkasi boshlanish arafasida

Bugun Guliston shahrida yoshlarning bandligini ta’minlash, ularni zamonaviy kasblarga yo‘naltirish hamda tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan “Kelajak tadbirkori – 2026” kasb, bandlik va tadbirkorlik imkoniyatlari yarmarkasi o‘tkaziladi.

Tadbir davomida talaba-yoshlar, ish izlayotgan fuqarolar va tadbirkorlar uchun bo‘sh ish o‘rinlari va amaliyot imkoniyatlari, zamonaviy kasblar hamda biznesni boshlash va rivojlantirish bo‘yicha moliyaviy imkoniyatlar taqdim etiladi.

Shuningdek, ishtirokchilar real ish beruvchilar va muvaffaqiyatli tadbirkorlar bilan bevosita uchrashib, ishga joylashish, kasbiy rivojlanish va tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha zarur ma’lumot va tavsiyalar olish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤8🔥3
“Axborot xizmati faoliyati: tahlil, tajriba va rivojlanish” mavzusida o‘quv-amaliy seminar o‘tkazildi

17-sentyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Ommaviy axborot vositalari uchun kontent tayyorlash markazi tomonidan Toshkent viloyatidagi Kasaba uyushmalari federatsiyasiga qarashli “Sevarsoy” sihatgohida “Axborot xizmati faoliyati: tahlil, tajriba va rivojlanish” mavzusida o‘quv-amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.

Seminar doirasida davlat organlari va tashkilotlari axborot xizmatlari rahbarlari bilan ochiq muloqot tashkil etilib, sohadagi mavjud ishlar tanqidiy-tahliliy jihatdan ko‘rib chiqildi. Axborot xizmatlari faoliyatida uchrayotgan muammolar, ularni bartaraf etish yo‘llari hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan fikr va takliflar almashildi.

Batafsil: https://gov.uz/edu/news/view/220953

👉 На русском
👉 In English

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤9👍5🔥2👏1