Grantlar.uz
79.2K subscribers
8.41K photos
51 videos
14 files
7.13K links
Grantlar.uz – butun dunyoda va barcha sohalarda ta'lim olish imkoniyatlari haqida ishonchli xabarlar.

👉 Shikoyat va takliflar: @grantlarsupportbot
👉 Reklama va hamkorlik: @hamidziyo

👉 Hamkor kanal: @grantlar_namuna

Facebook: fb.com/grantlar.uz
Download Telegram
Oxford University Said Business School: Skoll Scholarship Programme - MBA kursi uchun toʻliq grant va yillik stipendiya!

Bu dasturga kamida 2 yillik ish tajribasiga ega nomzodlar ariza topshirishi mumkin. IELTS 7.5 talab etiladi.

Dastur imkoniyatlari:
– Kontrakt puli toʻliq qoplanadi
– Yillik stipendiya beriladi

Arizalar 2023-yil 4-yanvargacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/oxford-university-said-business-school-skoll-scholarship-programme/

@grantlar
🔥25👍20❤4
Koreyada ingliz tili sohasida tahsil oling (magistratura)

Seul shahrida
(Janubiy Koreya) joylashgan IGSE oliygohi ingliz tiliga ixtisoslashgan quyidagi magistrlik dasturlarini taklif qiladi:
– MA in TESOL
– MA in ELT Materials Development
– Shuningdek koreys tili va madaniyati kurslari

Qabul jarayonlari 2022-yil 28-noyabrdan 14-dekabrgacha davom etadi.

Qabul jarayoni, kerakli hujjatlar, grantlar haqida QABUL YOʻRIQNOMASIDA ma'lumot olishingiz mumkin.

Oliygoh talabalari videolari:

👉
Oʻzbekistonlik talaba yigit videosi

👉 Oʻzbekist
onlik talaba qiz videosi

👉
Ugandalik talaba videosi

Universitet kontaktlari:
Email: kje@igse.ac.kr
Telefon: +82-2-6477-5114

Oliygoh veb-sayti l Qabul yoʻriqnomasi
👍48❤1
Ocean Awareness Contest: 11-18 yoshli maktab, litsey va kollej oʻquvchilari uchun ijodiy ishlar tanlovi!

Tanlov 6 nominatsiya boʻyicha oʻtkaziladi: vizual san’at asarlari, sheʼriyat, ijodiy yozma ish, video (film), musiqa va raqs, interaktiv va multimedia ishlari.

Tanlovga ishlar 2 kategoriya boʻyicha qabul qilinadi:
– Junior divison – 11-14 yoshlilar kategoriyasi.
– Senior division – 15-18 yoshlilari kategoriyasi.

Mukofot: Har ikkala kategoriyada 6 nominatsiya boʻyicha 5 ta sovrinli oʻrin mavjud boʻlib, gʻoliblar 100 dollardan 1500 dollargacha pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

Tanlovga ishlar 2023-yil 13-iyungacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/aqsh-ocean-awareness-contest-18-yoshgacha-bolgan/

@grantlar
👍41🔥6❤4
10-18-yoshlilar uchun Xudoyberdi Toʻxtaboyev xotirasiga bagʻishlangan insholar tanlovi!

Tanlov umumiy o‘rta ta’lim muassasalari 2 ta yosh toifasi boʻyicha oʻtkaziladi:
– 10-14 yosh;
– 15-18 yosh.

Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktab-internatlari o‘quvchilari ishtirok etishi mumkin emas.

Mukofotlar:
– 1-oʻrin – diplom va zamonaviy noutbuk;
– 2-oʻrin – diplom, aqlli soat (smart watch) hamda telefon quvvatlagich;
– 3-oʻrin – diplom, zamonaviy termos hamda xotira kartasi;
– 5 tagcha rag‘batlantiruvchi ishtirokchilar faxriy yorliq hamda hamkor tashkilotlarning esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi.

Insholar 2022-yil 12-dekabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/blog/xudayberdi-toxtaboyev-xotirasiga-bagishlangan-insholar-tanlovi/

@grantlar
👍56🔥8❤6
Dunyoning 7-raqamli universitetida to'liq grant asosida o'qish imkoniyati!

Princeton universiteti
(AQSH) 2023-yil kuzgi semestrdan boshlab bakalavriatga qabul qilingan va yillik oilaviy daromadi 100 000 AQSH dollaridan kam boʻlgan barcha talabalar toʻliq moliyaviy yordam ajratiladi. Bu yordam jami 1500 ta talabaga ajratiladi.

Oʻzbekistonda deyarli barcha oilaning yillik daromadi 100 000 dollardan kam. Bu Princeton universitetiga qabul qilingan har qanday oʻzbek talaba (bakalavr) toʻliq moliyaviy yordam olishi anglatadi.

Toʻliq moliyaviy yordam imkoniyatlari:
– Oʻqish pulidan toʻliq ozod qiladi
– Turar joy va oziq-ovqat xarajatlari qoplanadi
– Kitoblar va shaxsiy ehtiyojlar xarajati qoplanadi

Navbatdagi qabul sanasi: 2023-yil 1-yanvar

Batafsil👇
https://grantlar.uz/princeton-university-dunyoning-eng-nufuzli-universitetlaridan-birida-bakalavriat-uchun-toliq-grant/

👉 Shu grant asosida o'qiyotgan o'zbek talaba bilan suhbat

@grantlar
👍81🔥7❤5
Maktab, litsey va kollej o'quvchilari uchun AQSHda 2 haftalik yozgi maktabga 100% gacha grant!

Yale Young Global Scholars Program - maktabning 10-11-sinf o'quvchilari va kollej/litsey o'quvchilari uchun mo'ljallangan Yell universitetining 2 haftalik yozgi maktab dasturidir.

Qabul qilingan nomzodlarga, iqtisodiy ehtiyojidan kelib chiqib, yozgi maktabga qatnashish uchun 100% gacha grantlar ajratiladi.

Yozgi maktabga onlayn yoki oflayn qatnashish mumkin.

Arizalar 2023-yil 10-yanvargacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/aqsh-dunyodagi-eng-yaxshi-oliygohlarning-10-taligiga-kirgan-yale-universiteti-yozgi-maktabi-uchun-100-grant/

@grantlar
👍67🔥13❤7
Gollandiya: Dunyodagi 71-raqamli universitetda magistraturani oʻqish uchun qisman grantlar

Gollandiyadagi Leiden universiteti magistraturada oʻqishni xohlovchi xorijlik nomzodlarga Leiden University Excellence Scholarship grantlarini taklif etadi.

Grantlar universitetda mavjud deyarli barcha magistrlik dasturlari uchun taqdim etiladi.

Grantni qoʻlga kiritganlar quyidagi imkoniyatlardan biriga ega boʻladi:
– Kontrakt summasiga 10 000 yevro chegirma.
– Kontrakt summasiga 15 000 yevro chegirma.
– Kontrakt summasi yiliga 2209 qilib beriladi.

Arizalar 2023-yil 1-fevralgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/leiden-university-excellence-scholarship-gollandiyada-magistratura/

@grantlar
👍40🔥10❤5
Utrecht Excellence Scholarship (UES): Gollandiyada magistraturani oʻqish uchun toʻliq grant!

Gollandiyada joylashgan Utrecht universitetida xalqaro magistrlik dasturlarida oʻqishni xohlovchi xorijlik nomzodlarga Utrecht Excellence Scholarship grantini taklif etadi.

Grant gʻoliblari quyidagi imkoniyatlardan birini qoʻlga kiritadi:
– Kontrakt summasidan toʻliq ozod qilinadi.
– Kontrakt summasidan toʻliq ozod qilinadi hamda yashash ruxsatini rasmiylashtirish bilan bogʻliq xarajatlar uchun mablagʻ beriladi.

Arizalar 2023-yil 31-yanvargacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/utrecht-excellence-scholarship-ues-gollandiyada-magistraturani-oqish-uchun-toliq-grant/

@grantlat
👍26🔥11
Barcha bosqichlar uchun Vengriya hukumati grantlariga qabul eʼlon qilindi!

Vengriya hukumatining Vengriya universitetlarida toʻliq grant asosida oʻqish imkonini beruvchi Stipendium Hungaricum grant dasturiga arizalar qabuli boshlandi.

Oʻzbekistonliklar dastur doirasida quyidagi bosqichlarda oʻqish mumkin:
– Bakalavriat
– Magistratura
– Bir bosqichli magistratura
– Doktorantura (PhD)
– Yuqoridagi barcha bosqichlar boʻyicha 1 yoki 2 semestrlik talaba lamashinuvi dasturi

Grant imkoniyatlari:
– Kontrakt toʻlovidan toʻliq ozod qiladi.
– Bepul turar joy beriladi.
– Oylik stipendiya (103-425 yevro).
– Tibbiy sugʻurta xarajatlari qoplanadi.

Arizalar 2023-yil 16-yanvargacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/vengriya-bakalavriat-magistratura-va-tayyorlov-kurslari-uchun-toliq-grantlar-bepul-turar-joy/

@grantlar
👍66🔥10❤6
CERN Summer Student Programme: Bakalavr va magistrlar uchun Shveytsariyada amaliyot dasturi; barcha xarajatlar qoplanadi!

Amaliyot 2023-yilning yozida Jeneva shahridagi CERN tashkilotida 8 hafta davom etadi.

Fizika, kompyuter fanlari, muhandislik va matematika sohasi boʻyicha oʻqiyotgan bakalavr hamda magistrlar ariza topshirishi mumkin.

Nomzodlar ingliz tilini yaxshi bilishi kerak.

Dastur imkoniyatlari:
– Kuniga 91 dollar ish haqi.
– Safar xarajatlari uchun mablagʻ.
– Sugʻurta xarajatlari qoplanadi.
– Turar joy topishda yordam.

Arizalar 2023-yil 30-yanvargacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/cern-summer-student-programme-bakalavr-va-magistrlar-uchun-shveytsariyada-amaliyot-dasturi/

@grantlar
👍50🔥14❤1
ADB Internship Program: magistratura va PhD bosqichi talabalari uchun haq toʻlanadigan amaliyot!

Amaliyot Filippin poytaxti Manila shahrida ingliz tilida boʻlib oʻtadi. Amaliyotchilar 8-11 hafta davomida amaliyot oʻtashi mumkin.

Dastur imkoniyatlari:
– Xalqaro tashkilotida ishlash.
– 50 dan ortiq davlatlarning tajribali mutaxassislari bilan hamkorlik qilish.
– OTB faoliyati haqida chuqurroq ma’lumotga ega bo’lish.
– Aviachipta xarajatlarining bir qismi OTB tomonidan qoplanadi.
– Barcha amaliyotchilarga stipendiya taqdim etiladi.

Arizalar 2022-yil 15-dekabrdan 2023-yil 15-fevralgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/adb-internship-program-magistratura-va-phd-bosqichi-talabalari-uchun-haq-tolanadigan-amaliyot/

@grantlar
👍20❤16🔥4
Janubiy Koreya: Dunyoning 42-raqamli oliygohida oʻqish uchun toʻliq grant!

Koreyadagi KAIST oliygohi bakalavriatda oʻqishni xohlovchilarga KAIST International Student Undergraduate Scholarships grantini taklif qiladi.

Grant imkoniyatlari:
– Kontrakt summasidan toʻliq ozod qilinadi.
– Oyiga 260 AQSH dollari stipendiya.
– Tibbiy sugʻurta xarajatlari qoplanadi.

Hozirda ariza topshirish mumkin bo'lgan qabul muddatlari:
– Odatiy qabul – 2023-yil 13-yanvargacha (oʻqish 2023-yil kuzdan);
– Kechki qabul – 2023-yil 26-maygacha (oʻqish 2023-yil kuzdan).

Grant haqida batafsil👇
https://grantlar.uz/kaist-bakalavr-kursi/

👉 Shu grant g'olibi bilan matnli suhbat

👉 Shu grant g'olibi bilan ovozli suhbat

@grantlar
👍62🔥10❤4
EuroPubHealth: sog'liqni saqlash yo'nalishida Erasmus Mundus magistratura dasturi va to’liq grant; Yevropa bo'ylab 3 tagacha davlatda o’qish imkoniyati!

Dastur sogʻliqni saqlash boʻyicha magistratura bosqichini 2 yoki 3 ta Yevropa davlatida oʻqish imkonini beradi.

Ariza topshirish uchun bakalavriatni sogʻliqni saqlash sohasida oʻqigan/oʻqiyotgan boʻlish majburiy emas.

Dastur imkoniyatlari:
– Kontrakt toʻlovi toʻliq qoplanadi.
– 1000 yevro oylik stiendiya.
– Safar xarajatlari uchun yiliga 3000 yevro mablagʻ.
– Dastur boshlanishida 1000 yevro yordam puli.

Arizalar 2023-yil 11-yanvargacha qabul qilinadi.

👉 DASTUR HAQIDA BATAFSIL MAʼLUMOT

@grantlar
👍29🔥2
Yevropada iqtisod bo’yicha Erasmus Mundus EGEI magistratura kursi: bepul o’qish va 1000 yevro oylik stipendiya!

Dasturga iqtisod, amaliy iqtisod yoki shunga aloqador sohalarda kamida bakalavrlik darajasiga ega nomzodlar (oxirgi kursda oʻqiyotganlar ham) ariza topshirishi mumkin.

Dastur ingliz tilida, 3 tagcha davlatda joylashgan universitetlarda oʻqitiladi.

Dasturning moliyaviy imtiyozlari:
– Kontrakt toʻlovi toʻliq qoplanadi.
– 1000 yevro oylik stiendiya.
– Safar xarajatlari uchun yiliga 3000 yevrogacha mablagʻ.
– Dastur boshlanishida 1000 yevro yordam puli.
– Tibbiy sugʻurta xarajati qoplanadi.

Arizalar 2023-yil 15-fevralgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/yevropada-iqtisod-boyicha-erasmus-mundus-egei/

@grantlar
👍42❤10🔥2
Shvetsiya: Magistraturada oʻqish uchun toʻliq va qisman grantlar!

Orebro universiteti magistraturada oʻqishni xohlovchi nomzodlarga Orebro University Scholarship grantini taklif qiladi. Bu grant universitetdagi barcha magistrlik dasturlari uchun taqdim etiladi.

Grant imkoniyati: Grantni qoʻlga kiritganlar kontrakt summasini toʻlashdan toʻliq yoki qisman ozod qilinadi.

Arizalar 2023-yil 16-yanvargacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/shvetsiya-magistraturada-oqish-uchun-toliq-va-qisman-grantlar/

@grantlar
👍39🔥11❤4
Erasmus Mundus: Iqtisodiyot va unga aloqador sohalarda magistraturani oʻqish uchun toʻliq grant!

EPOG+ dasturi iqtisodiyot va unga aloqador bir nechta sohada magistraturani Yevropaning 3 ta davlatida toʻliq grant asosida oʻqish imkonini beradi.

Dasturning moliyaviy imtiyozlari:
– Kontrakt toʻlovi toʻliq qoplanadi.
– 1000 yevro oylik stiendiya.
– Safar xarajatlari uchun yiliga 3000 yevrogacha mablagʻ.
– Dastur boshlanishida 1000 yevro yordam puli.
– Tibbiy sugʻurta xarajati qoplanadi.

Arizalar 2023-yil 30-yanvargacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/iqtisod-boyicha-epog-magistratura-kursi-yevropa-boylab-bir-nechta-davlatda-oqish-imkoniyati-va-erasmus-mundus-grantlari/

@grantlar
👍40🔥5❤2
Maktab, kollej va litsey o'quvchilari uchun:

Tashkent International School Scholarship Program: oʻqishni Toshkent xalqaro maktabida 100% lik grant asosida davom ettirish imkoniyati

Toshkentda joylashgan Tashkent xalqaro maktabi 2023-yil avgustda boshlanadigan oʻquv yili uchun 3 tagacha grant eʼlon qildi.

Dasturga hozirda 9-10-sinfda yoki kollej/litseyda 1-kurs boʻlganlar ariza topshirishi mumkin.

Grantni qoʻlga kiritganlar ushbu maktabdagi kontrakt summasidan toʻliq ozod qilinadi.

Maktabda oʻqish toʻliq ingliz tilida boʻladi.

Arizalar 2023-yil 31-yanvargacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/tashkent-international-school-scholarship-program/

@grantlar
👍57🔥14❤8
Kimyo Nano-muhandisligi bo’yicha Erasmus Mundus qo'shma magistratura kursi uchun to’liq grant!

Ushbu 2 yillik magistrlik dasturi Fransiya, Polsha va Italiyada toʻliq grant asosida tahsil olish imkonini beradi. Magistrlik dasturi ingliz tilida oʻtiladi.

Dasturning moliyaviy imtiyozlari:
– Kontrakt toʻlovi toʻliq qoplanadi.
– 1000 yevro oylik stiendiya.
– Safar xarajatlari uchun yiliga 3000 yevrogacha mablagʻ.
– Dastur boshlanishida 1000 yevro yordam puli.
– Tibbiy sugʻurta xarajati qoplanadi.

Arizalar 2023-yil 19-fevralgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/kimyo-nano-muhandisligi-boyicha-erasmus-mundus-qoshma-magistratura-kursi/

@grantlar
👍25🔥3
OECD Internship Programme: bakalavr, magistr va doktorantlar uchun xalqaro tashkilotda haq to'lanadigan amaliyot dasturi!

Amaliyot Parij, Tokio, Mexiko, Berlin yoki Vashington shaharlaridan birida 1-6 oy davomida o'taladi.

Dasturga yiliga 500 nafar atrofida talaba qabul qilinadi.

Moddiy imtiyoz: Amaliyotga qabul qilinganlarga oyiga 700 yevro ish haqi to'lanadi.

Arizalar yil davomida qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/oecd-internship-programme-xalqaro-tashkilotda-amaliyot-va-700-yevro-oylik-stipendiya/

@grantlar
👍44🔥7