GulDU.uz | Rasmiy kanal
7.7K subscribers
40.8K photos
3.48K videos
469 files
7.33K links
Guliston davlat universiteti rasmiy kanali

Manzil: Guliston şahri, 4-mavze
Jamoat transporti: 2-4-mavze yönalişdagi avtobus, universitet bekati
Web-site: www.guldu.uz
Email: glsu_info@edu.uz
Telefon: +998672254042
Faks: +998672254275
Download Telegram
Otamdan qolgan dalalar

2021-yil 4-fevral kuni yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish bo‘yicha “5 tashabbus” doirasida ijtimoiy-iqtisodiy fakulteti talabalari, o‘qituvchilar tomonidan universitet Madaniyat saroyida O.Xo‘jayev nomli viloyat musiqali drama teatri tomonidan sahnalashtirilgan O‘zbekiston xalq yozuvchisi Tog‘ay Murod qalamiga mansub “Otamdan qolgan dalalar” spektaklini namoyishi bo‘ldi. Spektakl davomida tomoshabinlarimiz mehr-oqibat, odamiylik, o‘zaro hurmat kabi insoniy fazilatlar hozirgi davrda qanchalik zarur ekanligini yana bir bor his qildilar. Talabalarimiz hohish-istaklariga ko‘ra 5-fevral kuni ham spektakllar namoyishi davom etiladigan bo‘ldi.
Forwarded from Edu.uz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Абдуқодир Тошқулов Алишер Саъдуллаевнинг чақирувини қабул қилди

Буюк шоир ва мутафаккир Алишер Навоий таваллудининг 580 йиллигига бағишлаб Маданият вазири О.Назарбеков томонидан бошланган #baytchellenj да Олий ва ўрта махсус таълим вазири Абдуқодир Тошқулов Ўзбекистон Ёшлар ишлари агентлиги директори Алишер Саъдуллаев таклифини мамнуният билан қабул қилди.

Вазир Алишер Навоий қаламига мансуб «Мени мен истаган ўз суҳбатиға аржуманд этмас» мисраси билан бошланувчи ғазалидан бир байт ўқиб, челленжни давом эттириш навбатини Мактабгача таълим вазири Шин Агрепина Васильевнага берди.

Вазирликнинг телеграм канали:
👉https://t.me/joinchat/AAAAAEX5-AsADEDumdCB6g
XUSHXABAR

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021-yil 1-fevraldagi “2020-2021 o‘quv yili uchun Respublika oliy ta’lim muassasalari talabalariga O‘zbekiston Respublikasi Davlat stipendiyalarini tayinlash to‘g‘risida”gi 56-son buyrug‘iga muvofiq Guliston davlat universitetining quyidagi talabalari: Tabiiy fanlar fakulteti “Kimyo” ta’lim yo’nalishi 4-bosqich talabasi, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi huzuridagi “Yoshlar parlementi”ning Sirdaryo viloyati bo’yicha koordinatori Sirojiddinov Maqsudbek Botirjon o‘g‘li "Islom Karimov" nomidagi, “Biologiya” yo‘nalishi 3-bosqich talabalasi Raxmonqulova Yodgora Muzaffar qizi “Mirzo Ulug‘bek” nomidagi, Filologiya fakulteti “Rus tili va adabiyoti” yo‘nalishi 3-bosqich talabasi Xolmatov Islomjon G’ulom o’g’li va Ijtimoiy-iqtisodiy fakulteti “Iqtisodiyot” yo‘nalishi 4-bosqich talabasi Turdiqulova Gulmira Obidqul qizi “Alisher Navoiy” nomidagi Davlat stipendiyalariga sazovor bo‘lishdi.
Forwarded from Sirdaryo Xabarlari
⚡️ Хушхабар: Давлат стипендияларига сазовор бўлган Гулистон давлат университети талабаларининг рўйхати эълон қилинди (фото)

Батафсил: http://sxabar.uz/n4jg

Расмий саҳифаларимиз:👇👇
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Mahorat va kasbga yo’naltirish darslari o’tkazildi
Sirdaryo viloyati Boyovut tumanidagi 17-18-19 maktablarida Guliston davlat universiteti professori, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi Xazratqul Qlichevich Qarshibayev tomonidan maktab bitiruvchi o‘quvchi yoshlari bilan uchrashuv o‘tkazidi. Uchrashuvda muhtaram Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyevning Yoshlarga oid davlat siyosati, yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar, imtiyozlar hamda ularga bo‘layotgan e‘tibor to‘g‘risida qizg‘in suhbat bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda maktab o‘qituvchilari, maktab rahbariyati hamda tuman XTB xodimlari ishtirok etishdi. Ushbu darslarda bitiruvchi o‘quvchilarni kasbga yo‘naltirish va maktab o‘qituvchilari uchun mahorat darslari shaklda olib borildi. Uchrashuv savol-javob va qizg‘in munozaralarga boy bo‘ldi. Uchrashuv yakunida maktab o‘qituvchilari uchun metodik ko‘maklashishga kelishib olindi.