#Shogirdlarimga_tavsiya
"Bu dunyoda Jannatlarda ham yo‘q bir lazzat bormi?"- deb so‘rasalar, hech ikkilanmay: "Ha bor, u ILM LAZZATI" deb aytgan bo‘lardim...
Nega deganda, ILM ibodat, Jannatda esa ibodat qilish yo‘q, faqat rohat-farog‘at...
Ilm olish va berish lazzatining o‘rnini hech bir lazzat bosa olmasligini ilm yo‘lida chindan riyozat chekkanlargina yaxshi bilishadi...
Mashaqqati lazzat bo‘lgan ibodatdir ILM...
Bu hammaga ham nasib etmagan baxt-saodatdir...
Agar Sizga bu ne'mat nasib etgan bo‘lsa, bilingki Siz dunyodagi eng boy kishilardansiz, garchi faqirona hayot kechirayotgan bo‘lsangiz ham, garchi hisob raqamingizda millionlaringiz bo‘lmasa ham, garchi dunyo tanigan va nomi chiqqan mashxur kishi bo‘lmasangiz ham, qimmatbaho markabingiz yoki biror mansabingiz bo‘lmasa ham, garchi kiyimlaringiz uniqqan, uylaringiz nuragan bo‘lsa ham...
Siz dunyodagi eng baxtiyor odamsiz! Chunki Siz ilm olish yo‘liga chiqqan kuningizdan boshlab Jannatga tomon yo‘lingiz osonlashdi, ilm tufayli Robbingizni tanidingiz, Unga yaqinlashdingiz, Sizni osmon ahli taniydi, farishtalar oyoqlaringiz ostiga qanotlarini yozadilar, Yer-u osmondagi zotlar haqqingizga istig‘for aytadilar, Oxiratdagi hisobingiz esa ajrlarga to‘lib bormoqda.
Aynan Siz uchun Jannatlarda dur-u yoqutlardan qasrlar barpo bo‘lmoqda, sundus va istabroqlardan bo‘lgan liboslaringiz, oltin markablaringiz, xuru-g‘ilmonlar Sizga mushtoq, muntazir...
Faqat Siz to‘xtamang! Aslo!
Bu nurli yo‘ldan og‘ishmay manzil tomon oshiqavering! Qanchalik mashaqqatli bo‘lmasin, oxir-oqibat dunyo va oxirat saodati Sizniki bo‘lishiga ishoning!...
ALLOH Sizdan rozi bo‘lsin, EY TOLIBI ILM!
Hasankhoja Muhammad Sodiq

👍116❤20❤🔥1👎1🔥1
#tavsiya
Bir a'robiydan: “Robbingga chiroyli qilib duo qila olasanmi?” – deb so‘rashdi. “Ha”, degan edi, “Unda duo qil”, deyishdi. A'robiy: “Allohim, Sen bizga so‘ramasak ham Islomni berding. Endi Sendan so‘rab turganimizda bizni Jannatdan mahrum qilma!” – dedi.
Bundan go‘zal duoni eshitganmisiz?!

👍51🔥11❤8❤🔥2
#qalb
Yetti yildan beri taroveh namozini mahallamizdagi masjidda òqib kelaman. Bu yili ham shu yerda òqiyman deb niyat qilib qòygandim. Nimadur bòlib ishdan kechroq chiqib qoldim. Odatda tahoratda yurganim bois, tòģri masjidga yòl oldim.
Namoz vaqtiga zòrģa yetib oldim. Yòlda oldingi safda qaniydi joy bòlsa degan hayol òtdi, chunki doimo avvalgi qatorlarda òqishga harkat qilganman.
Bu safar hech bòlmasa ulgura olganimga shukur qilib eng orqa safda òqisam ham mayli deb masjid eshigidan kirishim bilanoq iqomat aytib qolindi. Bir kishi menga ishora qilib yoniga chaqirdi, tezroq bòl bitta joy bor deb ishora qildi. Men ham shoshgancha òsha tomonga yurdim.
Allohning qudratiga tasbeh aytib qòydim...
Sababi, aynan men hayolimdan òtkazgan joyning òzi edi, naq imomning orqasida, birinchi safda.
Taroveh namozlarida jamoat kòp bòlishini va aynan ushbu saf avval tòlishini inobatga olsak, bu juda nodir holat edi...
Tòģrisi , ajablanmadim, chunki qalb Allohning huzurida ekanligiga iymonim bor.
Yodimdan òtgani esa, Oli Imron surasining 13-oyati bõldi:
"Albatta, bunda aql egalari uchun ibrat bordur" bòldi.
Aytmoqchi bòlganim, Allohga bòlgan gumoningizni poklang, chunki U sizning gumoningizdadir, qalbingizdadir...
Salomat bòling!

👍49❤11❤🔥3
#Eslatma
Farzandlarining kundaligida yomon baho ko'rgan har qanday ota- ona g'azablanadi. O'zimizning kundaligimiz bo'lgan Nomai amallar yuqoriga, Alloh huzuriga ko'tarilganda nima qilarkanmiz....

👍16🔥5⚡3❤🔥2😢2