Hasankhoja Muhammad Sodiq
5.46K subscribers
524 photos
408 videos
9 files
785 links
Ustoz. Rahbar. Ota.
17 yil ta’limda, 4 yil boshqaruvda, 12 yil tarbiyada.
Sinf, maktab va uy — real tajriba maydonim.
Ta’lim, boshqaruv, tarbiya haqida yozaman.
Kitoblar, xatolar, suhbatlar, real keyslar.

P.s. Professional xatokor.
Download Telegram
#tavsiya

Bir a'robiydan: “Robbingga chiroyli qilib duo qila olasanmi?” – deb so‘rashdi. “Ha”, degan edi, “Unda duo qil”, deyishdi. A'robiy: “Allohim, Sen bizga so‘ramasak ham Islomni berding. Endi Sendan so‘rab turganimizda bizni Jannatdan mahrum qilma!” – dedi.
Bundan go‘zal duoni eshitganmisiz?!
👍51🔥11❤8❤‍🔥2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#tavsiya
Muhammadali Eshonqulov va Hasankhoja Muhammad Sodiq ustozlardan shogirdlarga tavsiya
👍6❤‍🔥2
#tavsiya

Bir necha davlatga (USA, UK, Qatar, Malasia, UAE, Sweden, Turkey) shogirdlarim bilan safarga chiqqanmiz.

Odatda amal qiladigan ishlarim. Sizga ham foydali bo'ladi degan umiddaman.

1. Safarga chiqishdan avval quyidagilarni eslataman:

a) boriladigan manzilni yaxshi o’rganishni, masalan iqlimi, tarihi va chiroyli joylarini;
(Time management ga foydali)

b) Safarda kerakli bo’lgan ilovalarni o’rnatib olishni, masalan, citymapper, trainline, uber, sygic travel, iplanner… kabi;
(Birovni yordamisiz ham yo'lini topib keta oladi)

c) Shahar xaritalarini ko’chirib olib, offline tizimiga ham moslab qo’yishni;
(Shunda internetsiz ham ishlayveradi)

d) Ortiqcha yuk olmaslikni; (2-3 kunga bitta kiyimni moslash yetarli, 10 kunlik safarga 3-4 xil kiyim)

e) Taroq, joynamoz, telefon quvvatlagich uchini davlat standartiga mosini olishni, quloq tozalagich, powerbank, muhim dorilar va tapochka kabi muhim narsalarni olishni
(Odatda bularni olishga ko'pchilik ahamiyat bermaydi)

f) naqd pul emas, visa kartada ko’proq pul olish.
(Harajatlar tarihi saqlanadi, bu esa boshqa davlatlarga visa olishni osonlashtiradi. Yo'qotib qo'yish ehtimoli kam. Ko'p joylar naqd pul olmaydi. Konvertatsiya qilish shart emas)

g) parvoz va kutish vaqti uchun kitob yoki birorta foydali videoni saqlab qo'yishni
(Vaqtdan unumli foydalanish)

h) UzAirPlus ni o'rnatib olishni
(Parvoz ballari yig'ilib boradi)

1/3 (Davomi bor)
👍57🔥16❤‍🔥8
#tavsiya

Safar davomidagi tavsiyalar:

Airportdan tushganingizda ilk qiladigan ishingiz internetga ulanish. Buni uch bosqichda amalga oshirasiz

1-bosqich
Airport bepul Wi-Fi ga ulanish. (Ko'pincha shundoq wi-fi tugamsini bosib ulanishni o'zi yetarli emas. Ism, e-mail kabi ma'lumotlarni kiritish kerak bo'ladi. Qo'rqmasdan to'ldiravering)

Ulanganingizdan so'ng quyidagi ishlarni oson bajarasiz:
a) uydagilarga yetib kelganingiz haqida xabar berish yoki ularga bog'lanish
(Ularni xotirjam qilasiz)

b) O'sha vaqtdagi valyuta kursini bilub olasiz.
(Airportdagi banklar taklif qilayotgan kursda qancha farq borligini aniqlab olasiz)

c) Namoz vaqtlarini aniqlab olasiz.
(Qancha vaqtingiz borligini aniqlaysiz)

d) mehmonxonaga qancha vaqtda yetib olishingizni aniqlab olasiz
(Ado qilishga ulgurasizmi yo'qmi, shunga yordam beradi)

2-bosqich
Bojxonadan o'tib yuklaringizni olganingizdan so'ng ilk qiladigan ishingiz SIM karta olish. Bunda quyidagilarga e'tibor bering:
a) faqat internet paket oling.
(Odatda mahalliy yoki xalqaro qo'ng'iroqlarni qo'shilgan paketlar qimmat bo'ladi)

b) O'zbekistonda odatda ishlatadigan meyoringizdan 2 baravar ko'proq paket tanlang. Sababi tabiiy, ko'p ishingiz internet orqali bitadi. Rasm va videolar jo'natasiz. Sizga qimmatdek ko'rinishi mumkin. Lekin buni tabiiy qabul qiling.
(20+ GB 50-100$ turadi. Sizga ko'p harajatlarni tejab beradi)

c) internetdan boshqa mahalliy kompaniya paketlarini ham tekshirib eng maqulini oling.
(Odatda katta farqlar bo'ladi)

3-bisqich
Mexmonxona wi-fi ga ulanib oling.
(Telefondagi internetni tejab qolasiz)

Yoki O'zbekistondagi sim kartangizga "Rouming" xizmatini yoqib qo'yish orqali ham bu ishni hal qilishingiz mumkin. Faqat internet paketlar rouming xizmati uchun biroz qimmatroq.
(5 GB internet 400 ming edi adashmasam)

davomi bor...
🔥43👍24❤‍🔥7
#tavsiya

Safar davomidagi tavsiyalar

b) ovqatlarga ehtiyot bo'ling.

Juda ko'p o'quvchilarimda uchragan holat shu bo'ldiki, faqat cho'chqa go'shti mumkin emas, tovuq yoki mol go'shtidan qilingani bor ekan deb sotib olmoqchi bo'lishdi. Agar alohida "halal verified" sertifikati bo'lmasa umuman yaqinlashmaslik kerak deb qattiq turaman. Xatto bezor qivoraman. O'zi tushunadigan tilda izohlab beraman.
(Ko'p brendlardan yeb ko'rmoqchi bo'ladi: Mac Donalds, Subway, Burger King, Pizza Hut...)

c) Tortinchoqlikdan qoching.

Ko'p ma'lumotlarni so'rab bilib olsa bo'ladi. Bolalar esa so'rashdan uyalib kelib mandan so'rashadi, men ham atayin borib o'zi so'rashiga majbur qilaman. Boshida qiynalashadi. Qilmagunicha kutib turaman. Sababi 3-devorni buzishni o'rgatmasa ertaga yanada qiynaladi. Xatto o'zim ham biladigan ba'zi ma'lumotlarni bilmaslikka olib ulardan so'rab kelishini aytaman. Qanchalik to'g'ri ma'lumot olishiga qarab yana qayta jo'nataman va oxirida xatosini tuzatib qo'yaman.
👍41🔥16
#tavsiya
Shu jadvalga amal qilmagunimcha samaradorlik juda past edi.
P.s. Grafikni tushunish uchun matematikadan eng kamida 3 olgan bo’lishi kerak…)
👍40🔥12🤩2