Hasankhoja Muhammad Sodiq
5.44K subscribers
524 photos
408 videos
9 files
785 links
Ustoz. Rahbar. Ota.
17 yil ta’limda, 4 yil boshqaruvda, 12 yil tarbiyada.
Sinf, maktab va uy — real tajriba maydonim.
Ta’lim, boshqaruv, tarbiya haqida yozaman.
Kitoblar, xatolar, suhbatlar, real keyslar.

P.s. Professional xatokor.
Download Telegram
Assalom alaykum.

#Tahlil

Xabaringiz bor 12- mart kuni SAT imtihoni bo’lib o’tdi. Juda ko’plab shogirdlarimiz Toshkentda joy yo’qligi sababli qo’shni davlatlarga borishga majbur bo’lishdi. Qozog’iston chegarasi so’nggi paytdagi siyosiy vaziyatlar tufayli yopiq edi.
Havo yo’llari orqali borish narhi 500$ gacha ko’tarilib ketgandi.
Chegaradan o’tish uchun DXX rahbariyatidan ruhsat olib, yo‘l tayorligini ko‘rdik. Hammasi o’z o’rnida edi. Biroq Qozoq chegarasida turgan rasmiylar chegaradan o’tkazish uchun har bir boladan pul so’radi, tabiiyki, biz berishdan bosh tortdik va shu tufayli chegaradan o’ta olmadik. Qo’limizdan kelgan barcha sabablarini qildik. Biroq yo‘l ochilmadi. Demak, Allohning taqdiri shu ekan, degan xulosaga kelib, ortga qaytdik. Qisqacha vaziyat shu, barafsil yozmadim.
Lekin , bir sobiq “hamkasbimiz” vaziyatni noxolis talqin qilib o‘zidan hamma narsani bilguvchi ahli donishmandni yasab oldi. Aytishlaricha, u shunday bo’lishini avvaldan 100% bilgan ekan. Bizga ishongan 30 ta o’quvchilari aldanib qolishganmish.

— G‘ayb, ya'ni kelajak Allohga ma'lum holat. U bo‘l desa bo‘ladi.

— Chegaradan o‘taolmasligimiz 100% ma'lum narsa emas edi, aksincha, yo‘llar va imkonlar bor edi. Biroq bu bizning e'tiqodga zid edi. Qolaversa o’sha kuni chegaradan o’ta olganlar ham bor edi…

— DXX dan unda tahsil oladigan o’quvchilar uchun (aslida u bizni ham shogirdlarimiz) chegaradan o’tishga ruhsat olganimizda, o’sha bolalarga bog’lanib, xuddiki ruhsatni u olib berganini aytib berishlarini so’raganini va bu orqali “ochko” ishlamoqchi bo’lganini qanday izohlasa bo‘ladi?
(Ikkiyuzlamachilikning yuqori cho’qqisi)

— Bizga malomat qilganlar 30 bolaning hatto ismlar ro‘yxatini shakllantirib berolmaydi, chunku u tomonga faqatgina 9 bolaning shaxsi ma'lum xalos.

Yuksalishni istagan odam boshqalar ortidan tosh otib muhokama qilishni to‘xtashi kerak. Birovning ortidan tosh otish erkakning fitratiga xos emas. Bu holat menga 30 tuyalik karvonga qarab hurayotgan itni eslatayapti. Bejiz aytishmagan ekan, it hurar, Karvon ketaverar, deb...
Siz “ish”ingizni qilavering, biz esa yo’lda davom etaveramiz….
👍172😢26🔥10❤2🎉2
#tahlil
Mana Ramazonni va Hayitni ham o‘tkazib oldik. Sizlarni bilmadim—u, menda g‘alati hislar kechdi: Oldingi hayitlar boshqacha(day) edi(mi)? Fayzi boshqacha, shukuhi boshqacha. Uyimizda hayitga tayyorgarlik ancha oldin boshlanardi, katta ro‘zg‘or edik, besh aka—uka va singlimiz Zuhra. Onam har birimizni maktabga birinchi sinf uchun tayyorlaganday hayitga yasantirib tayyorlardilar. Shirinliklar pishir, uylarni saranjom qil. Hadyalar ulash, qo‘ni qo‘shnnikiga chiq, ayniqsa, yangi kelinlari bor uylarda rosa bayram qilinardi. Hayit bilan samimiy qutlanardi.
Xozir ham shu kabi ishlar bor—u, odamlarning ishtiyoqi yo‘qday. Tabriklar bir xil shablon so‘zlardan iborat. Har eshikka kirib—chiqib butun mahalladan hayitlik yig‘adigan bolalar ko‘rinmaydi. Yosh onalar onamizdek ixlos bilan mehmon kutmaydi. To‘g‘ri, dasturxonlar oldingidan to‘kin—sochinroq, ammo o‘sha damlardagi oddiylikka bekingan muhtashamlik yo‘q. Qo‘llariga xina qo‘yib sochlarini mayda o‘rgan qizchalar, dasturxon boshida chakkasiga rayhon qistirgan buvilarim yo‘q. Butun qarindoshlar jamuljam bo‘lib katta sopol tavoqlardan qo‘lda osh yeydigan damlarni esladim. Hamma xotirjamlikda kun bo‘yi bayramni bayramdek xursandchilikda o‘tkazadigan kunlarni sog‘indim.
Xozir hatto bayram kuniyam ishimiz, tashvishimiz haqida o‘ylashdan bo‘shamay qoldik. Hatto bayram kuniyam vaqtimizga chegaralar qo‘ydik. Bu chegaralarni nafaqat o‘zimiz uchun, balki, farzandlarimiz uchun ham qo‘ydik. Ular bayramda bizdek eshikma—eshik chopishmaydi, to‘p—to‘p bo‘lib yig‘gan pullarini xo‘rozqandga sarflab ko‘cha boshida qator o‘tirib yalab o‘tirishmaydi. Ularam biz kabi jiddiy, qonun qoidali muhitga moslashib qolishdi...
Hayitda davlat rahbari qo‘shimcha besh kun dam olish berdilar. Besh kun rosa hayitlayman, degandim. Keyin hammasi o‘zgarib ketdi: Ulgurmagan ishlarimni tugatib olay, dedim. O‘sha besh kungayam odatdagi kunlarning zalvori soya soldi. O‘sha besh kunam odatdagi kunlarga qorishib ketdi. Ertaga yana ish kuni. O‘ylab o‘tiribman:
Biz uchun bayram qachon endi?

Telegram | Instagram | YouTube | TikTok
😢85👍43❤10