Hasankhoja Muhammad Sodiq
5.45K subscribers
524 photos
408 videos
9 files
785 links
Ustoz. Rahbar. Ota.
17 yil ta’limda, 4 yil boshqaruvda, 12 yil tarbiyada.
Sinf, maktab va uy — real tajriba maydonim.
Ta’lim, boshqaruv, tarbiya haqida yozaman.
Kitoblar, xatolar, suhbatlar, real keyslar.

P.s. Professional xatokor.
Download Telegram
#suhbat

O’zbekistonda ta’lim sifati oshib bormoqda. Aniqrog’i yoshlatga ochilayotgan imkoniyatlardan unumli foydalana olayotganlar ko’paymoqda.

Izohlayman.

Kecha Yale institutida tahsil olayotgan (Hosilmurod) o’quvchim bilan ancha suhbat qurdik. Dastlab universitetni inklyuzif aylantirib chiqdi. Sayyohlarga mumkin bo’lmagan joylarni ham ko’rsatdi. Yo’l-yo’lakay ancha savol-javob qildik.

4-5 yil oldin Ivy (eng top universitetlar) ga kirgan o’zbeklar deyarli bo’lmagan. Ammo so’ngi 2 yilda ular soni 10 dan ziyod ekanligini ta’kidladi.

Hozirda Yale da tahsil olayotgan o’zbeklar soni 3 ta (Umid, Rustam va Hosiurod) va boshqa top universitetda tahsil olayotgan o’quvchilar soni ko’pligini, hammasi esa bir-birini tanishinishi, maslahat qilib gaplashib turishini aytdi. Ochig’i, bundan quvondim. Sababi, hozirdan bir-birini qo’llayotgan bu yoshlarimiz, kelajakda eng zo’r mutaxassis bo’lib ham O’zbekistonga katta manfaat keltiradi, ham chet davlatlarida o’zbek yoshlariga bo’lgan munosabatlarni o’zgartiradi.

Undan kelajakdagi rejalari haqida so’raganimda, o’qishni tugatib olgach o’z sohasi (computer science) bo’yicha davom etishini va moliyaviy mustaqillikka erishib olgach, katta bo’lgan qishlog’iga (Baxmal) ga katta invistitsiya kiritib, ta’limini rivojlantirmoqchi ekanligini aytdi. Bu gapdan xursand bo’ldim. Unga, albatta ushbu niyatiga SODIQ qolishini, uni yo’qotib qo’ymasligini iltimos qildim.

Uni bir gapi e’tiborimni tortdi. 2 yil oldin ham bu kabi intitutda tahsil olishim men uchun, xatto orzu edi. Ammo ikki Özbek yoshalrini kirgan ekan, demak men ham kira olaman deb harakatni boshladim, dedi.

Oddiy bir qishloqdan chiqqan bir bola buni uddalay olgan ekan, sen nega qila olmasliging kerak?
👍60🔥29🤩3