Hasankhoja Muhammad Sodiq
5.45K subscribers
524 photos
408 videos
9 files
785 links
Ustoz. Rahbar. Ota.
17 yil ta’limda, 4 yil boshqaruvda, 12 yil tarbiyada.
Sinf, maktab va uy — real tajriba maydonim.
Ta’lim, boshqaruv, tarbiya haqida yozaman.
Kitoblar, xatolar, suhbatlar, real keyslar.

P.s. Professional xatokor.
Download Telegram
#ustozlarga

1-POST (1/63)
Texnika 1: No Opt Out *(chiqib ketishga ruxsat bermaslik)*

Muammo:
O‘quvchi savolga javob bera olmaydi va: “bilmayman”, deb fikrlash jarayonidan qochadi.

Natijada:
- u o‘ylashdan qochadi
- mas’uliyat boshqalarga o‘tadi
- darsda passiv rolga tushib qoladi

Maqsad:
Har bir o‘quvchini fikrlash jarayonida ushlab qolish.
Savoldan hech kim “chiqib ketmasligi”ni ta’minlash.

No Opt Out (chiqib ketishga ruxsat bermaslik) texnikasida:
- o‘quvchi noto‘g‘ri javob bersa ham,
- yoki umuman javob bera olmasa ham,

u darsdan chiqarilmaydi.

U oxir-oqibat: yordam orqali, yoki boshqa o‘quvchi misolida to‘g‘ri javobni o‘zi aytadi.

Bu texnika:
- bosim emas
- uyaltirish emas
Bu — fikrlashni majburiy davom ettirish.

Qanday ishlaydi
1. Savol beriladi
2. O‘quvchi javob bera olmaydi
3. Unga yordam beriladi (boshqa o‘quvchidan so'rab, ishora, eslatma orqali)
4. So‘ng javobni yana o‘sha o‘quvchi aytadi

Muhimi mas’uliyat qaytib egasiga beriladi.
Misol:
— 7 × 8 nechchi?
— Bilmayman.
— Mayli. (Boshqa o‘quvchi: 56)
— Endi sen ayt.
— 56.

Muhim nuqta:
to‘g‘ri javobni oxirida aynan birinchi o‘quvchi aytadi.

Keng tarqalgan xato
Savolni boshqa o‘quvchiga berib, birinchi o‘quvchidan qaytib so'ramaslik.

Nega bu xato?
Chunki bu holatda:
- o‘quvchi “bilmayman” deyish orqali qutulishni o‘rganadi
- keyingi safar ham o‘ylashga urinmaydi
- passivlik mustahkamlanadi

Ya’ni ustoz bilmagan holda:
fikrlamaslikni rag‘batlantirib qo‘yadi.

To‘g‘ri yechim:
Savolni vaqtincha boshqasiga berish mumkin. Lekin:
-yakun yana birinchi o‘quvchiga qaytishi shart
- javob uning og‘zidan chiqishi kerak

Shunda:
- o‘quvchi mas’uliyatni his qiladi
- “bilmayman” oxirgi nuqta bo‘lib qolmaydi

Xulosa:
No Opt Out (chiqib ketishga ruxsat bermaslik) — bu qattiqlik emas.

Bu texnika o‘quvchiga shuni o‘rgatadi:
“Sen bilmasliging mumkin, lekin fikrlamaslik mumkin emas”

P.s. Ustozlarga ulashib qo'ying...
(Teach like a champion
kitobidan…)
👍41❤‍🔥24🔥13