Huquqiy axborot | Lotin
6.31K subscribers
3.25K photos
147 videos
2 files
7.08K links
Qonunchilikdagi yangiliklar, normativ huquqiy hujjatlardagi foydali ma'lumotlar va huquqiy islohotlar haqida tezkor ma'lumotlar taqdim etuvchi kanal.

▪️|Kiril alifbosida — @huquqiyaxborot
▪️|Rus tilida — @pravoinf
▪️|Ingliz tilida — @leginf
Download Telegram
#Bilasizmi

2019 yil 1 sentyabrdan boshlab ish haqining eng kam miqdori o‘rniga:

• mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori;
• bazaviy hisoblash miqdori;
• pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori
joriy etilgan.

Mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori:

👉 1,0 tarif koeffitsiyenti bo‘yicha Mehnatga haq to‘lashning yagona tarif setkasi birinchi razryadi bo‘yicha oylik tarif stavkasining puldagi ifodasi hisoblanadi;

👉 mehnat munosabatlari sohasida lavozim maoshi, ustamalar, qo‘shimcha haq, gonorar, qo‘shimcha ish uchun kompensatsiya to‘lovlari va rag‘batlantiruvchi tusdagi to‘lovlarning boshqa turlari, shuningdek, qonunchilikda belgilangan ushlanmalar, ilgari eng kam ish haqiga nisbatan belgilab qo‘yilgan boshqa to‘lovlar miqdorini aniqlashda hamda oilalarning ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga muhtojligi va ishsizlik bo‘yicha nafaqalar miqdorini aniqlashda qo‘llaniladi;

👉 belgilangan mehnat normalarini to‘liq bajargan xodimlar mehnatiga haq to‘lashning quyi chegarasi sifatida tashkiliy-huquqiy shakli va mehnat munosabatlaridan qatʼi nazar barcha ish beruvchilar uchun majburiy hisoblanadi.

Bazaviy hisoblash miqdori:

👉 soliqlar, yig‘imlar, jarimalar, davlat bojlari va ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlari uchun boshqa to‘lovlarning miqdorlarini;

👉 tadbirkorlik faoliyatining muayyan turi bilan shug‘ullanish uchun patent, litsenziya va boshqa to‘lovlarning qiymati, tashkilotlarning ustav va boshqa fondlari (kapitali) miqdori, pulsiz shaklda to‘lanadigan aksiyalar, boshqa qimmatli qog‘ozlarning qiymati, yuridik shaxslar aktivlarining balans qiymati, mikrokreditlar va lizing, shuningdek, boshqa moliyaviy-iqtisodiy ko‘rsatkichlarning cheklangan miqdorini aniqlashda qo‘llaniladi.

Pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori:

👉 pensiya taʼminoti sohasida pensiyalar, ustamalar, qo‘shimcha haq va kompensatsiya to‘lovlari, shuningdek, xodimlarning mehnatda mayib bo‘lishi, kasb kasalligiga chalinishi yoki ular o‘zlari mehnat vazifalarini bajarish bilan bog‘liq holda sog‘lig‘ining boshqacha tarzda shikastlanishi sababli yetkazilgan zararni qoplashda qo‘llaniladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

Davergeodezkadastrning ayrim funksiyalari Qishloq xo‘jaligi vazirligiga o‘tkazildi

“Yer hisobi va davlat kadastrlarini yuritish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” Prezident Farmoni (PF-6061-son, 07.09.2020 y.) qabul qilindi.

🔰 Farmonga ko‘ra, Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasining quyidagi vazifalari, funksiyalari hamda vakolatlari Qishloq xo‘jaligi vazirligiga o‘tkazildi:

👉 qishloq xo‘jaligi yerlari va ekinlarini monitoring qilish;
👉 qishloq xo‘jaligi ekinlarini joylashtirish;
👉 qishloq xo‘jaligi yerlarini muhofaza qilish bo‘yicha davlat nazoratini amalga oshirish;
👉 tuproq bonitirovkasini o‘tkazish;
👉 qishloq xo‘jaligi yerlarining meʼyoriy qiymatini aniqlash;
👉 tuproq unumdorligini oshirish;
👉 tuproqshunoslik, geobotanikaga oid tadqiqotlarni amalga oshirish.

🏢 Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi negizida Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi tashkil etildi va uning vazifalari belgilandi.

☑️ Jumladan, Agentlik ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazadi, davlat yer kadastri, binolar va inshootlar davlat kadastrini yuritadi.

🗓 2020 yil 1 oktyabrdan boshlab yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarning vujudga kelishi, o‘zgarishi, boshqa shaxsga o‘tishi, cheklanishi va bekor bo‘lishini nazarda tutuvchi qarorlar, auksion va tanlov bayonnomalari, notarial tasdiqlangan bitimlar hamda boshqa hujjatlar O‘zbekiston Milliy geografik axborot tizimida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganidan keyin kuchga kiradi.

➡️ 2021 yil 1 yanvardan boshlab yer turi, konturi, chegarasi va huquq egalari haqidagi barcha maʼlumotlar Kadastr agentligining onlayn geoportaliga kiritiladi.

🌐 Onlayn geoportal Milliy geoaxborot tizimiga integratsiya qilinadi.

Yer balansi va uning hisoboti, tuman (shahar) yer kadastri daftari faqat Milliy geoaxborot tizimida yuritiladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Kun_tarixi

🗓 9 sentyabr (2019 yil)

🏢 Prezident Farmoni bilan Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi tashkil etilgan.

📌 Agentlikning asosiy vazifalaridan biri Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarda yoshlarni aniqlash, tanlash, o‘qitish va tarbiyalash sohasida yagona davlat siyosatini ishlab chiqish va uni samarali amalga oshirish hisoblanadi

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
​​#Adliya_xabari

⚡️Adliya vazirligi korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha muvofiqlik sertifikatiga (37001) ega bo‘ldi

🔍 Adliya vazirligi faoliyatining barcha yo‘nalishlari bo‘yicha “CERT INTERNATIONAL” xalqaro tashkiloti (Slovakiya) tomonidan o‘rganildi.

🧾 O‘rganish natijasida vazirlik O‘zbekistonning davlat organlari ichida birinchi bo‘lib ISO 37001:2016 faoliyatining barcha yo‘nalishi “Korrupsiyaga qarshi kurashish menejment tizimi” xalqaro standartiga muvofiq deb baholandi va xalqaro reyestrga kiritildi hamda buni tasdiqlovchi sertifikatga ega bo‘ldi.

➡️ Adliya vazirligining korrupsiyaga qarshi kurashish menejment tizimi xalqaro standart talablariga muvofiq ichki hujjatlardan tashkil topgan bo‘lib, u butun Vazirlik tizimining doimiy nazorat ostida bo‘lishini taʼminlaydi.

❗️Ushbu muvofiqlik sertifikati Adliya vazirligida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimi xalqaro standartga muvofiq to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilganini tasdiqlaydi hamda kelajakda aholi va xorijiy tashkilotlar bilan aloqalarni va o‘zaro ishonchni yana-da rivojlantirishga olib keladi.

▫️Bu haqda batafsil maʼlumot bilan adliya.uz saytida tanishish mumkin.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

“G‘alaba bog‘i” yodgorlik majmuasi boshlig‘i mudofaa vazirining maslahatchisi sanaladi

“G‘alaba bog‘i” yodgorlik majmuasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” Prezident qarori qabul qilindi

🏢 Qarorga ko‘ra Mudofaa vazirligi huzurida yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan davlat muassasasi shaklidagi “G‘alaba bog‘i” yodgorlik majmuasi faoliyati tashkil etiladi.

Majmua hududida Mudofaa vazirligining Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti, Harbiy orkestrlar xizmati, Qurolli Kuchlar markaziy ashula va raqs ansambli bepul foydalanish huquqi asosida joylashtiriladi.

☑️ Majmua huzurida yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan “G‘alaba bog‘i” yodgorlik majmuasini rivojlantirish jamg‘armasi tashkil etiladi.

💼 Qaror bilan mudofaa vazirining madaniy ishlar bo‘yicha maslahatchisi – “G‘alaba bog‘i” yodgorlik majmuasi boshlig‘i lavozimi joriy etildi.

📋 Shuningdek, “G‘alaba bog‘i” yodgorlik majmuasi faoliyatini tashkil etish va rivojlantirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” tasdiqlandi.

♻️ Majmua Davlat gerbi tasviri tushirilgan va o‘z nomi davlat tilida yozilgan muhr va blankalarga, mustaqil balansga, bank hisobvaraqlariga hamda xorijiy valyutadagi bank hisobvaraqlariga ega bo‘ladi.

💼 Majmua boshlig‘i madaniyat vaziri bilan kelishilgan holda mudofaa vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.

➡️ Majmua tarkibidagi “Shon-sharaf” davlat muzeyi yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan muassasa hisoblanadi.

💰“G‘alaba bog‘i” yodgorlik majmuasi hamda Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti o‘z maqomiga, xodimlar (harbiy xizmatchilar) mehnatiga haq to‘lash (pul taʼminoti) shartlariga ko‘ra Mudofaa vazirligi markaziy apparatining bosh boshqarmasiga tenglashtiriladi.

📌 Majmua va “Shon-sharaf” davlat muzeyi hududida milliy esdalik sovg‘alari mahsulotlari hamda muzeyda saqlanayotgan ashyolar nusxalarining savdosi tashkil qilinadi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Kun_tarixi

🗓 12 sentyabr (2008 yil)

“Muzeylar to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilingan.

📋 Qonunga ko‘ra, muzeylar davlat va nodavlat muzeylari shaklida tashkil etilishi mumkin.

🔰 Ixtisoslashuviga ko‘ra muzeylar quyidagi turlarga bo‘linadi:

🔸 asosiy faoliyati muzey ashyolari va muzey kolleksiyalarini saqlash, o‘rganish hamda ommaga namoyish etishdan iborat bo‘lgan muzeylar;

🔸 asosiy faoliyati tarixiy-madaniy qo‘riqxona va u bilan bog‘liq tabiiy landshaft tarkibiga kiradigan moddiy madaniy meros obyektlarini, shuningdek muzey ashyolari va muzey kolleksiyalarini saqlash, o‘rganish hamda ommaga namoyish etishdan iborat bo‘lgan muzey-qo‘riqxonalar.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Kun_tarixi

🗓 14 sentyabr (2016 yil)

“Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilingan.

Qonunga muvofiq, jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, eʼtiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqeidan qatʼi nazar, yoshlarning huquqlari va erkinliklarini biror bir tarzda bevosita yoki bilvosita cheklashga yo‘l qo‘yilmaydi hamda bunday cheklash qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka sabab bo‘ladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Kun_tarixi

🗓 15 sentyabr (2004 yil)

Sayyohlarning O‘zbekiston Respublikasiga kelishi va ketishi tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlangan

🔰 Nizomga ko‘ra, turistik tashkilotlar O‘zbekiston hududiga kirib kelayotgan chet ellik sayyohlar haqidagi quyidagilar ko‘rsatilgan maʼlumotnomani ular kirib kelishlaridan 5 kun oldin “O‘zbekturizm” milliy kompaniyasiga taqdim etadilar:

👉 kirib kelayotgan sayyohlar soni, ular qaysi davlatdan kelayotganligi va qabul qilayotgan tashkilotdan hamroh bo‘lib boruvchi shaxs to‘g‘risida maʼlumot;
👉 transport vositasining davlat raqami;
👉 O‘zbekiston hududida yashash va ovqatlanish joylari ko‘rsatilgan holda, sayyohlarning harakat qilish marshrut va muddatlari.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Qabul_2020

❗️Adliya vazirligining yuridik texnikumlariga o‘qishga kirish uchun abituriyentlar hujjatlari texnikum.dtm.uz veb-sayti orqali onlayn qabul qilinmoqda.

📌 Yuridik texnikumlariga hujjat topshirmoqchi bo‘lgan abituriyentlarga qulaylik yaratish maqsadida video yo‘riqnoma yaratildi. Hujjat topshirish jarayonida siz uchun foydasi tegishi mumkin.

⚠️ Adliya vazirligining yuridik texnikumlari DTM tomonidan o‘tkaziladigan test sinovlari orqali qabulni amalga oshiriyotgan mamlakatdagi birinchi va yagona texnikumlar hisoblanadi.

🗓 Yuridik texnikumlarga hujjatlarni onlayn qabul qilish 2020 yil 25 sentyabrga qadar (shu kuni ham) davom etadi.

⚠️ Maʼlumot uchun: har bir hududda bittadan yuridik texnikum tashkil etilgan.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

❗️Shaxsning sudlanganlik holati quyidagi paytlarda tugallanadi:

👉 shartli hukm qilinganlarga nisbatan – sinov muddati tugagan kundan boshlab;

👉 majburiy jamoat ishlari, xizmat bo‘yicha cheklash yoki intizomiy qismga jo‘natish tarzidagi jazolarini o‘tab chiqqach;

👉 jarima jazosi ijro etilgan kundan keyin, shuningdek muayyan huquqdan mahrum qilish yoki axloq tuzatish ishlari jazolari o‘talganidan keyin – 1 yil o‘tgach;

👉 ozodlikni cheklash jazosi o‘talganidan keyin – 2 yil o‘tgach;

👉 5 yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi o‘talganidan keyin – 4 yil o‘tgach;

👉 5 yildan ortiq, lekin 10 yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi o‘talganidan keyin – 7 yil o‘tgach;

👉 10 yildan ortiq, lekin 15 yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi o‘talganidan keyin – 10 yil o‘tgach.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Xalqaro_kun

17 sentyabr – Butunjahon bemorlar xavfsizligi kuni

🗓 Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti assambleyasining 72-sessiyasida qabul qilingan rezolyutsiyaga asosan 17 sentyabr Butunjahon bemorlar xavfsizligi kuni etib belgilangan.

➡️ Ushbu kun butun dunyo eʼtiborini bemorlar xavfsizligi bilan bog‘liq muammolarni o‘rganishga, tibbiy yordam xavfsizligini taʼminlashda jamoatchilik ishtirokini kengaytirish va bemorlar uchun xavf-xatar darajasini imkon qadar kamaytirishga qaratadi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Kun_tarixi

🗓 18 sentyabr (2006 yil)

“Firma nomlari to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilingan.

☑️ Qonunga ko‘ra, firma nomi yuridik shaxs davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan vaqtdan eʼtiboran huquqiy jihatdan muhofaza qilinadi.

➡️ O‘zganing firma nomidan qonunga xilof ravishda foydalanish fuqarolarga 4 mln 460 ming so‘mgacha, mansabdor shaxslarga esa 6 mln 690 ming so‘mgacha jarima solishga sabab bo‘ladi.

Kanalga ulanish 👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Tayinlov

Ayrim OTMlarga rektorlar tayinlandi

Hukumat qarori (563-son, 17.09.2020y) bilan:

• Komiljon Xamidovich Karimov Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining rektori etib;

• Baxrom Ravshanovich Mirkasimov Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminster universitetining rektori etib;

• Shuxrat Jumayevich Teshayev Buxoro davlat tibbiyot instituti rektori vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.

Kanalga ulanish 👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot
#Tayinlov

Respublika “Qorako‘lchilik” uyushmasining rahbarlari tasdiqlandi

Hukumat qarori (564-son, 17.09.2020y) bilan:

• Erkin Shaymardonovich Xayitov Respublika “Qorako‘lchilik” uyushmasining raisi etib;

• Xasan Akbarovich Komilov uyushma raisining birinchi o‘rinbosari etib tasdiqlandi.

Shuningdek, qaror bilan Ko‘chchiyev Ulug‘bek Mirzamashrabovich uyushma raisining chorvachilik va naslchilik masalalari bo‘yicha, Olamgir Jahongir o‘g‘li Toshpo‘latov qayta ishlash, tashqi savdo va investitsiya masalalari bo‘yicha, Nasillo Asadovich Bobokulov ilm-fan bo‘yicha o‘rinbosarlari etib tasdiqlandi.

Kanalga ulanish 👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Xalqaro_kun

21 sentabr – Xalqaro tinchlik kuni

📌 BMT Bosh assambleyasi tomonidan 1981 yil Xalqaro tinchlik kuni ta’sis etilgan va 2001 yil 7 sentabrdagi tegishli rezolyutsiyasiga ko‘ra 21 sentabr Xalqaro tinchlik kuni sifatida har yili nishonlana boshlangan.

➡️ Shu kuni dunyodagi barcha xalqlar va davlatlarga o‘t ochish va zo‘ravonlikni to‘xtatish, kun davomida qurolli harakatlarga yo‘l qo‘ymaslik, insonlarga tinchlik va barqarorlikning ahamiyatini turli ma’rifiy tadbirlar vositasida tushuntirish tavsiya etiladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#So‘ragan_edingiz

“Issiq suv” issiq bo‘lmasa...

📲Biz ko‘p kvartirali uyda turamiz. Kunlar sovishi bilan issiq suv harorati pasayib qoladi. Krandan oqayotgan issiq suv harorati o‘zi qancha bo‘lishi kerak? Shu haqda maʼlumot bersangiz. (B.X. Toshkent shahar)

🌡 Qonunchilikka ko‘ra, ko‘p kvartirali uylarda markaziy tizimlar orqali issiq suv bilan taʼminlashda issiq suv harorati suv olish nuqtasida 50-75°С bo‘lishi lozim.

♻️ Bunda meʼyordan chetga chiqishlarda har bir –3°С uchun to‘lov miqdori 0,1 foizga kamaytiriladi.

🚰 Suv olish nuqtasida harorat 40°С dan past bo‘lganda, isteʼmol qilingan suv uchun to‘lov sovuq suv tarifi bo‘yicha amalga oshiriladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

Ko‘chada sigaret chekish taqiqlanadimi?

🚫 Qonunchilikka ko‘ra, ish joylarida, sog‘liqni saqlash, taʼlim, sport-sog‘lomlashtirish muassasalarida, yong‘in chiqish xavfi bo‘lgan joylarda, shu jumladan avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchalarida va boshqa jamoat joylarida tamaki mahsulotini isteʼmol qilish, BHM ning uchdan bir qismi (74 ming so‘m) miqdorida jarima solinishiga sabab bo‘ladi

⚠️ Tamaki mahsulotini maxsus ajratilgan joylar va (yoki) xonalarda isteʼmol qilish lozim.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Kun_tarixi

🗓 22 sentyabr (1994 yil)

O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat, Jinoyat-protsessual va Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodekslari qabul qilingan.

📔 Jinoyat kodeksi javobgarlikning asoslari va prinsiplarini, qanday ijtimoiy xavfli qilmishlar jinoyat ekanligini aniqlaydi, ijtimoiy xavfli qilmishlar sodir etgan shaxslarga nisbatan qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan jazo va boshqa huquqiy taʼsir choralarini belgilaydi.

📙 Jinoyat-protsessual kodeksi jinoyat ishlarini yuritish tartibini belgilaydi. Jinoyat-protsessual kodeksiga ko‘ra, gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchi o‘zining aybsizligini isbotlab berishi shart emas.

📒 Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks qanday harakat yoki harakatsizlik maʼmuriy huquqbuzarlik hisoblanishini, maʼmuriy huquqbuzarlikni sodir etgan shaxsga nisbatan qaysi organ (mansabdor shaxs) tomonidan qay tartibda qanaqa maʼmuriy jazo qo‘llanilishi va ijro etilishini belgilaydi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Xalqaro_kun

22-sentyabr – xalqaro avtomobilsiz kun

Bugun dunyodagi avtomobil va mototsikl haydovchilariga kun davomida transport vositalaridan foydalanmaslik tavsiya etiladi. Ko‘plab mamlakatlar va shaharlarda piyoda yurish, velosiped yoki jamoat transportlaridan foydalanishni targ‘ib qiluvchi aksiyalar, tadbirlar o‘tkaziladi.

1995 yildan beri bu sana World Car Free Days konsorsiumi tashabbusi bilan dunyoning yuzlab shaharlarida o‘tkazib kelinmoqda.

Maʼlumot uchun: Hukumat qaroriga ko‘ra O‘zbekistonda haftaning har juma kuni «Yo‘l harakati xavfsizligi targ‘ibot kuni» etib belgilangan.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Xalqaro_kun

23-sentyabr – Xalqaro imo-ishora tillari kuni

📌 Xalqaro imo-ishora tillari bugungi kunda imkoniyati cheklangan turli millatga mansub fuqarolar oʻrtasida oʻzaro muloqot vositasi sanaladi. BMT Bosh assambleyasining 2017-yil 19-dekabrda qabul qilingan rezolyutsiyasiga asosan har yili shu kuni xalqaro imo-ishora tillari kuni nishonlanadi.

☑️ Mazkur sanani nishonlashdan maqsad imkoniyati cheklangan insonlar, xususan kar-soqovlarning yashash sharoitlarini yaxshilash, taʼlim olishlari va oʻzaro muloqoti uchun yetarlicha imkon yaratish, imo-ishora tillarining til va madaniy xilma-xillikdagi oʻrnini saqlab qolishdan iborat.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin