ISFT Instituti
13.4K subscribers
2.43K photos
898 videos
13 files
1.83K links
ISFT institutining rasmiy telegram kanali.

Ro'yxatdan o'tish uchun: http://admission.isft.uz

Sayt: http://isft.uz

Instagram: https://www.instagram.com/isft_institute

Qabul bo'limi : 55-506-17-17
Aloqa markazi: 55 508 37 37
Download Telegram
Forwarded from Edu.uz
#Xushxabar #The #Reyting

❗️O‘zbekistonning 24 ta oliy ta’lim tashkiloti “THE Sustainability Impact Ratings-2026” reytingida Top 1000 talik ro‘yxatga kirdi


24-iyun kuni Indoneziyaning Jakarta shahrida o‘tkazilgan “Global Sustainable Development Congress-2026” doirasida nufuzli xalqaro reyting agentligi Times Higher Education (THE) tomonidan “THE Sustainability Impact Ratings-2026” (avvalgi THE Impact Rankings) natijalari e’lon qilindi.

2026-yilgi reytingda O‘zbekistonning 50 ta oliy ta’lim tashkiloti qayd etildi. Shundan 24 tasi dunyoning Top 1000 talik oliy ta’lim tashkilotlari qatoridan munosib o‘rin oldi. Bu natija mamlakatimiz oliy ta’lim tizimida barqaror rivojlanish tamoyillarini joriy etish va universitetlarning xalqaro maydondagi nufuzini mustahkamlash borasidagi izchil sa’y-harakatlar samarasidir.

Reytingning eng yuqori natijalarini qayd etgan 24 ta oliy ta’lim tashkiloti:

➖ Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti – 101–200-o‘rinlar;
➖ Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti – 101–200-o‘rinlar;
➖ O‘zbekiston Milliy universiteti – 201–300-o‘rinlar;
➖ “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti – 201–300-o‘rinlar;
➖ Buxoro davlat universiteti – 301–400-o‘rinlar;
➖ Samarqand davlat tibbiyot universiteti – 301–400-o‘rinlar;
➖ Termiz iqtisodiyot va servis universiteti – 301–400-o‘rinlar;
➖ Farg‘ona davlat texnika universiteti – 401–600-o‘rinlar;
➖ O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti – 401–600-o‘rinlar;
➖ Toshkent davlat texnika universiteti – 401–600-o‘rinlar;
➖ Toshkent davlat yuridik universiteti – 401–600-o‘rinlar;
➖ Toshkent axborot texnologiyalari universiteti – 401–600-o‘rinlar;
➖ Termiz davlat universiteti – 401–600-o‘rinlar;
➖ Toshkentdagi Vestminster xalqaro universiteti – 401–600-o‘rinlar;
➖ International School of Finance Technology and Science – 601–800-o‘rinlar;
➖ Navoiy davlat universiteti – 601–800-o‘rinlar;
➖ Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti – 601–800-o‘rinlar;
➖ Samarqand davlat universiteti – 601–800-o‘rinlar;
➖ Toshkent davlat tibbiyot universiteti – 601–800-o‘rinlar;
➖ Toshkent davlat transport universiteti – 601–800-o‘rinlar;
➖ Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti – 601–800-o‘rinlar;
➖ Farg‘ona davlat universiteti – 801–1000-o‘rinlar;
➖ O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi – 801–1000-o‘rinlar;
➖ Toshkent farmatsevtika instituti – 801–1000-o‘rinlar.


Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/184051
👉 На руcском
👉 In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
2❤19🏆6🎉3😍3😱2🍾22🐳1🆒1🦄1