LIDERLAR
17.9K subscribers
3.54K photos
1.6K videos
200 files
3.58K links
Ҳақиқий лидер - янги лидерни кашф қилади! Отабек Хасанов Фикрларингизни шу ерга жўнатинг
Download Telegram
To'g'ri aytasiz. Ozroq qo'shimcha qilmoqchiman.

Hayot poyga emas, lekin yoʼldir.
Boshqalardan oʼzib ketish shart emas, ammo oʼzing turgan joyda qolib ketish ham kerak emas. Sekin yurish — muammo emas, harakatsiz qolish — muammo.
Inson boshqalar bilan emas, kechagi oʼzi bilan raqobat qilsa rivojlanadi...

Farrux Maxmudov Liderlar kanali a’zosi
❤25👍23🔥12👏6
Jaloliddin Rumiy aytgan: “Kecha aqlli edim, dunyoni o‘zgartirmoqchi bo‘ldim. Bugun donoman, o‘zim o‘zgarmoqchiman!”
❤35🔥14👏5👍2
Forwarded from OYINA.UZ
“Menga nima, senga nima?” – ommaviy loqaydlik tahlili

O‘zidan o‘zgaga jonini koyitmaydigan odam uchun bu dunyo – rohat degan qarash tobora urchib borayapti. Hozirgi ayrim yoshlar bu holatni “jinnini yoqib olish” ham deydi, ya’ni o‘zini tentakka solish degani. Men buni svetoforning sariq chirog‘iga o‘xshataman.

Batafsil: https://oyina.uz/uz/article/5057

Rasmiy sahifalarimiz👇

Telegram | Instagram | X | YouTube
🔥13👍7❤4
Forwarded from Otabek Hasanov
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi hamda O‘zbekiston Milliy media assotsiatsiyasidan 1-oktyabr — “O‘qituvchi va murabbiylar kuni”ga tuhfa! 🔥

🎬 “Fonus” filmi premyerasi!

📺 1-oktyabr ⏰ 20:00 da “Renessans” telekanalida tomosha qiling!
👍10❤4
Forwarded from Otabek Hasanov
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Xalqimiz o‘tmishiga nazar solsak, eng og‘ir va qorong‘i davrlarda ham millat chirog‘ini o‘chirmagan kuch – ziyolilar, ta’lim beruvchi ustozlar bo‘lgan.

Buxoro-yu Samarqandning qadim madrasalaridan tortib, eng chekka qishloqlargacha bolasining qo‘liga qalam tutqazib, "Sen o‘qishing, yurtni zulmdan qutqarishing kerak" deya uqtirgan insonlar bu yurt qaddini tik tutgan.

Bugun biz mutlaqo boshqa zamonda yashayapmiz. Atrofimiz to‘la texnologiya, tezkorlik, axborot. Jahon tajribasi deymiz, eng so‘ngi uslublarni qidiramiz... Lekin hayotiy tajriba bir narsani qayta-qayta isbotlayapti: dunyo qanchalik o‘zgarmasin, bolaning qalbiga yo‘l topadigan, unda milliy ruh, milliy g‘urur ildizlarini sug‘oruvchi kuch – o‘sha qadimiy, o‘zbekona ustozlik mehridir. Ustoz bergan saboqlar kitoblardagi oddiy qoidalar emas, hayotda qanday inson bo‘lishni eslatib turgich muhim qadriyat, insoniylikning poydevoridir.
 
Hurmatli Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ta’kidlaganlaridek, bizning taqdirimizni muallim hal qiladi! Ustozni e’zozlash – bir kasb egasini emas, butun bir millat kelajagini e’zozlashdir.  

 Bayramingiz muborak bo‘lsin, aziz o‘qituvchi va murabbiylarimiz, qadrli ustozlarimiz!

@otabek_khasanov
👍23❤7🔥1
"Kislorod"lar

     Kislorod o'zi yonmaydi, lekin kislorodsiz hech narsa yonmaydi. Na ko'mir, na yog', na benzin. Eng kuchli olovni sababchisi ham kislorod.
     Havoning beshdan bir qismi kislorod. Uni rangi, hidi yo'q, ko'zga ko'rinmaydi. Kun bo'yi u bilan nafas olamiz, lekin bir marta ham eslamaymiz. Faqat yetishmay qolganda sezamiz. Ustozlar ham shunday.

    G'olib sahnaga chiqadi, olqish unga. Talaba grant yutadi, tabrik unga. Shifokor hayot saqlab qoladi, rahmat unga.
     Farzandning ishlari a'lo, maqtov unga.
     Lekin har bir yonib turgan iste'dod ortida uni yillar davomida jimgina "yoqib" kelgan bir inson turadi. U sahnada ko'rinmaydi, suratga tushmaydi, nomi aytilmaydi.
     U o'zi yonmaydi. Boshqalarning yonishi uchun yashaydi.
Bugun bir daqiqa to'xtab, sizni "yondirgan" o'sha insonni eslang va rahmat aytib qo'ying.

Abdurashid Xasanov
🔥52👍30❤7👏6
Forwarded from Otabek Hasanov
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Xalqimizning ardoqli shoiri Matnazar Abdulhakimning “Darsdan soʻng” sheʼri uchun Xorazm viloyatida “Muallimga mangu ehtirom” haykali oʻrnatilgan. Bu – olamda sheʼr uchun qoʻyilgan yagona haykaldir. Eʼtiboringizga ana shu sheʼr uchun sun’iy intellektda ishlangan rolikni havola etamiz.


Lekin... ketmakdasan kelajak sari
Tap tortmay qismatning dasht, qirlaridan.
Oʻzimcha asragim keladi seni
Yovuzlik, xiyonat qashqirlaridan.
Men mashq bajaraman, yozaman har kun
Daraklar, soʻroqlar, xitoblarimni.
...Sen yoʻl boʻyi yoqib tashlab ketaver
Qashqirlar qoʻrqquvchi kitoblarimni...


@otabek_khasanov
👍18❤8
Yechilmaydigan muammo kam.

Ba’zan yechim shunchaki biz xohlagan vaqtda kelmaydi.

Shuning uchun hamma narsani bugun hal qilishga urinmang.

Ba’zi tugunlarni harakat yechadi, ba’zilarini esa — vaqt.

Sabr qiling. Balki kechikayotgani — siz uchun yaxshiroq bo‘lishi
uchundir.
👍54❤14🔥12👎1
Forwarded from Otabek Hasanov
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#38_son

Hurmatli davlat xizmatchilari, siyosiy ma'rifat soatining navbatdagi sonini taqdim etmoqdamiz.

Unda siyosiy-ijtimoiy xabarlar, qonunchilikdagi yangiliklar, davlat xizmatchisining ma’naviy-ma’rifiy dunyoqarashini boyitishga xizmat qiladigan ma’lumotlar o‘rin olgan.

#uzb35 #mustaqillik35
🌍Biz bilan kuzatib boring!

🕊Telegram | 📸Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6👏1
Forwarded from MARKAZ XABARLARI
#matbuotda_biz

🇺🇿🇯🇵O‘zbekiston–Yaponiya: ma’naviy-ma’rifiy hamkorlik

Yaponiyaga safar nafaqat rasmiy uchrashuvlar, balki ikki xalq oʻrtasidagi maʼnaviy yaqinlashuvning yangi bosqichi boʻldi. Biz kunchiqar mamlakatga alohida maqsad — taʼlim-tarbiya tizimi, xususan, ularning “tokkatsu” deb ataladigan maktab madaniyati va maʼnaviy-axloqiy tarbiya tajribasini, shuningdek, milliy yozma merosni raqamlashtirish borasidagi yutuqlarini yaqindan oʻrganish uchun ham bordik.
Yaponiyaning taʼlim tizimi va madaniyatidagi diqqatga sazovor jihati shundaki, u yoshlarda bir vaqtning oʻzida mustaqil fikrlash, jamoaviy masʼuliyat, milliy oʻzlikni tarbiyalaydi.


“Yangi Oʻzbekiston” gazetasining 2026-yil 3-oktabr kungi sonida Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi rahbari Otabek Hasanovning "Tezroq harakat qiling, Oʻzbekiston bozoriga kirishga shoshiling” yoxud sobiq elchining fikri oʻzgarishiga nima sabab boʻldi?" nomli maqolasi e'lon qilindi.

Rasmiy sahifalarimiz👇
Veb-sayt |Telegram | Facebook |YouTube | Instagram
👍10❤2
Assalomu alaykum hurmatli Liderlar kanali a’zolari. Ko’pincha yoshlar mendan so’rashadi: bu ma’ruzalarizda doim yangi fikrlar ishlatasiz, yoki amaliyotdagi caselarda ko’p foydalanasiz, qachon o’qishga vaqt topasiz deb. Sizlarga bugun bir sirni ochaman. Har yakshanba erta turib, hali hamma uxlayapti, sizni xech kim qidirmaydi shu paytda avvalari o’qigan kitoblarimni qayta varaqlab chiqaman . Sababi avval o’qiganimda qalam
Bilan har doim kerakrli joyini chizib qoyaman. Shunda tez qaytarib olasiz. O’qigan kitoblarni vaqti bilan qaytarib turish bu ma’lumotlarni doim yodda saqlashga yordam
Beradi.
👍44🔥13❤9
#кун_ҳикмати

Ўзингиз ёқтирган нарсага эга бўлиш учун, аввало, ёқтирмаган нарсангизга сабр қилишингиз керак.

✍️ Имом Ғаззолий
❤60👍48🔥12⚡7👏2
Эрталаб соғ-омон туролган бўлсанг,
Чароғон қуёшни кўролган бўлсанг. Онангдан хол-аҳвол
сўролган бўлсанг,
Демакки бугунинг-энг чиройли кун!

Эшитсанг жуфтингдан меҳрли калом,
Фарзандинг жилмайиб айтса: "Ассалом!"
Отанг дуо қилса-"Омон бўл, болам!"
Демакки бугунинг-энг чиройли кун!

Дилингга энг гўзал тилаклар тўлса,
Орзулар ушалса, армонлар ўлса.
Айтар сўзларингда шукуринг бўлса,
Демакки бугунинг-энг чиройли кун!

Бирор яқинингдан бўлмасанг жудо,
Қалбинг ўртамаса аламли нидо.
Яна бир кун учун ризқ берса Худо,
Демакки бугунинг-энг чиройли кун!

Кунингиз яхшиликларга ва шодликларга тўла бўлсин.
🔥50👍41❤31🥰4👏1🎉1
#хайрли_тонг

Ассалому алейкум!

Бугунги кундан нимаики эзгу ният қилган бўлсангиз барчасига эришинг!

Тонглар бор экан, фурсат бор - Уйғон!
Ҳаёт бор экан, лаҳза бор - Яша!
Кўнгил бор экан, муҳаббат бор - Сев!
Фикринг бор  экан, фикрдош бор -  Дўст бўл!
Мўъжиза бор экан, ҳайрат бор - Сез!
Имкон бор экан, умид бор -  Орзу қил!

Янги тонг муборак бўлсин, қадрдон!
❤43👍15🔥4
Forwarded from MARKAZ XABARLARI
#matbuotda_biz

“Yoshlar tarbiyasi buzilib ketyapti” degan gap bugun yoki kecha paydo bo‘lib qolgan emas, balki ming yillar qa’ridan kelayotgan da’vodir. Miloddan avvalgi 1750 yilga oid, hozir Parijdagi Luvr muzeyida saqlanayotgan mixxat bitigida Larsa shahridan bo‘lgan Iddin-Sin ismli yigit onasi Zinuga: “Boshqa xonadonlarning o‘g‘illari yildan-yilga yaxshiroq kiyinmoqda, siz esa mening kiyimimni yildan-yilga battar qilyapsiz...” - deya noligani yozilgan. O‘sha paytlarda ham kattalar: “Hozirgi avlod borgan sari itoatsiz bo‘lib ketmoqda”, - deya tashvish chekishgan ekan...

«Hurriyat» gazetasining 2026 yil 7 oktyabr kungi 40 -sonida Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi xodimi Shohista YUNUSALIYEVAning “YANGIYO‘LGACHA O‘YLAR” nomli maqolasi e’lon qilindi.

Rasmiy sahifalarimiz👇
Veb-sayt |Telegram | Facebook |YouTube | Instagram
🔥5
Farzandi bor insonlarga o’qishni tavsiya qilaman.
👍10🔥2👏1
LIDERLAR
#кун_ҳикмати Ўзингиз ёқтирган нарсага эга бўлиш учун, аввало, ёқтирмаган нарсангизга сабр қилишингиз керак. ✍️ Имом Ғаззолий
Бу ҳикматнинг мағзи шундаки, ҳар қандай орзу қилинган натижа ўзининг «нархи» билан келади. Ўша нарх эса кўпинча биз ёқтирмайдиган нарсалар: машаққат, кутиш, ўзини тийиш, қийинчиликка чидаш. Инсон ширин мевани истайди, лекин унга эришиш учун ерни ҳайдаш, суғориш ва кутиш заҳматини тортиши шарт. Ғаззолий айнан шу ҳаётий қонуниятни эслатмоқда.
Ғаззолий таълимотида сабр. «Иҳёу улумид-дин» асарида сабр иймоннинг ярми деб таърифланади. Олим сабрни уч турга ажратади:
• яхши ишга сабр: оғир бўлса ҳам фойдали ишни давом эттириш (илм олиш, меҳнат, ибодат);
• ёмонликдан сабр: нафс хоҳлаган, аммо зарарли нарсадан тийилиш;
• синовга сабр: мусибат ва қийинчиликни матонат билан кўтариш.
Демак, сабр бу шунчаки пассив чидам эмас, балки нафсни бошқариш ва иродани тарбиялаш санъатидир.
Бугунги кун учун аҳамияти. Ҳозирги «тезкор натижа» маданиятида, ижтимоий тармоқлар лаҳзалик лаззатга ўргатаётган бир пайтда бу фикр айниқса долзарб. Илмли бўлиш учун тунги бедорликка, соғлом бўлиш учун ўзини тийишга, касбда юксалиш учун йиллаб меҳнатга сабр қилиш керак. Ёшлар тарбиясида энг муҳим вазифалардан бири ҳам ана шу: уларга ҳар бир муваффақият ортида сабр ва машаққат турганини англатиш, енгил йўл ахтаришдан кўра ирода ва чидамни қадрлашга ўргатиш.
Қисқача хулоса: ёқтирган нарсага йўл ёқтирмаган нарсадан ўтади, сабр эса шу йўлнинг кўпригидир.
👍20❤9🔥9⚡1
Forwarded from Otabek Hasanov
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganigani bu yil 37 yil bo‘ldi!

Aslida tilimiz qadimiy, betakror va dunyodagi eng chiroyli til. Agar biz unda so‘zlasak, uni asrasak, qadrlasak, asrlar davomida avlodlarimiz qalbida, tilida, tafakkurida millatning o‘lmas qadriyatlari ham bardavom bo‘laveradi.

Farzandlarimizni avvalo, o‘z ona tilidan ayirmaylik. Boisi til bor – millat bor!

@otabek_khasanov
👍17🔥7❤2👏1