Филиал «НИУ«МЭИ» в г. Ташкенте
1.35K subscribers
2.75K photos
152 videos
11 files
610 links
Официальный Telegram канал филиала «Национального исследовательского университета «МЭИ» в г. Ташкенте
Download Telegram
🎓 Yoshlar tashabbusi — amalda!

🇺🇿 2026-yil 28-mart kuni Energetika vazirining yoshlar bilan navbatdagi ochiq muloqoti bo‘lib o‘tmoqda. Unda bo‘lajak energetiklar — talabalar faol ishtirok etib, o‘z taklif va tashabbuslarini ilgari surmoqdalar.

🏛 Mazkur uchrashuvda energetika yo‘nalishiga ixtisoslashgan oliy ta’lim muassasalari, xususan Toshkent shahridagi «MEI» milliy tadqiqot universiteti filiali talaba-yoshlari ham faol qatnashdi.

🇺🇿Navro‘z bayrami munosabati bilan "Navro'zni ulug'lash-insonni ulug'lashdir" shiori ostida tashkil etilgan tadbir doirasida:

Sport musobaqalari,
“Yashil makon” loyihasi asosida ko‘chat ekish aksiyasi,
mahalla faollari bilan milliy taomlar tayyorlash kabi qator mazmunli tadbirlar o‘tkazilmoqda.


⛳️ Sport musobaqalari ham yuqori saviyada tashkil etildi:
⚽️ yigitlar o‘rtasida mini futbol,
🏐 qizlar o‘rtasida voleybol bo‘yicha Vazir kubogi musobaqalari bo‘lib o‘tdi.


🏆 Eng e’tiborlisi, ushbu Vazir kubogi musobaqasi tashabbusi 2026-yil 12-mart kuni J.T. Mirzamahmudov va filial yoshlari o‘rtasidagi “Vazir va yoshlar” uchrashuvida aynan talabalar tomonidan ilgari surilgan edi.

💬 Bugun esa ushbu tashabbus amalda o‘z ifodasini topib, yoshlarimizga o‘zgacha g‘urur va iftixor bag‘ishlamoqda.

✨ Yoshlar tashabbusi qo‘llab-quvvatlanayotgan bunday uchrashuvlar — kelajak energetiklarining ishonchli qadamlari demakdir!

🏛 Rasmiy sahifalari
🌐Web-sayt 📱Telegram 📱Instagram 🎞You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🏐🎓 Talaba-qizlar — g‘oliblik sari!

Talaba-qizlar o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqa yakuniga yetib, g‘oliblar aniqlandi. Qizg‘in va murosasiz bahslarga boy o‘tgan bellashuvlar chinakam sport ruhini namoyon etdi.

🏆 Musobaqa natijalariga ko‘ra:
🥇 — Toshkent shahridagi «MEI» milliy tadqiqot universiteti filiali talabalari
🥈 — Toshkent davlat texnika universiteti talabalari
🥉 — Mendeleyev nomidagi kimyo-texnologiya universiteti Toshkent filiali talaba-qizlari


🏆 G‘olib va sovrindorlar Energetika vazirligining esdalik sovg‘alari bilan munosib taqdirlandi.

🏛 Ayniqsa, chaqqonligi, jamoaviyligi va g‘alabaga bo‘lgan kuchli ishtiyoqi bilan ajralib turgan filialimiz jamoasi Vazir kubogini qo‘lga kiritib, faxrli 1-o‘rinni egalladi!

👏Filial jamoamizni ushbu yuksak natija bilan samimiy muborakbod etamiz! Sizlarning g‘alabangiz — barchamizning faxrimiz! ⭐️⭐️⭐️

🏛 Rasmiy sahifalari
🌐Web-sayt 📱Telegram 📱Instagram 🎞You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🌸🌸🌸 “Navro‘zni ulug‘lash — insonni ulug‘lashdir” 🌸🌸🌸

📚 Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2026-yil 14-martdagi topshiriq xatiga muvofiq, O‘zMU qoshidagi Yarimo‘tkazgichlar fizikasi va mikroelektronika ilmiy tekshirish instituti hamda Toshkent shahridagi «MEI» milliy tadqiqot universiteti filiali hamkorligida Navro‘z bayramiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

🏛 “Navro‘zni ulug‘lash — insonni ulug‘lashdir” shiori ostida o‘tkazilgan mazkur bayramda filialimizning faol talabalari, professor-o‘qituvchilari va xodimlari faol ishtirok etdilar.

💃 Ayniqsa, guruh murabbiysi-Matematika fani o'qituvchisi Z.G.Pulatova rahbarligida talaba-qizlar tomonidan tayyorlangan:
milliy raqslar, badiiy chiqishlar bayramga o‘zgacha shukuh va ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi.


🌿 Bunday milliy bayramlarni keng nishonlash — yoshlar qalbida milliy qadriyatlarga hurmat, Vatanga sadoqat va ezgu ishlarga intilishni mustahkamlashga xizmat qiladi.

✨ Navro‘z — yangilanish, mehr-oqibat va birlik timsoli!

🏛 Rasmiy sahifalari
🌐Web-sayt 📱Telegram 📱Instagram 🎞You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM