Sog‘liqni saqlash vazirligi
117K subscribers
10.6K photos
4.67K videos
57 files
13.6K links
Sog‘liqni saqlash vazirligi rasmiy telegram kanali — t.me/ssvuz

Vazirlikning Matbuot xizmati tomonidan yuritiladi.

Rasmiy sayt: ssv.uz
Elektron pochta: info@ssv.uz
Sahifalarimiz:
facebook.com/ssvuz

Manzil: Toshkent sh. Navoiy ko‘chasi, 4.
Tel: 1003
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🔴 🌍🌍🌍🌍🌍🌍🌍

🖥 Xabar berganimizdek, Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining yurtimizdagi vakolatxonasi va “Chegarasiz shifokorlar” tashkiloti bilan hamkorlikda matbuot anjumani o‘tkazildi.


🗣Unda soha mutaxassislari OIV va sil kasalliklariga qarshi kurashda yangi yondashuvlar tatbiq etilayotgani, bunda turli davlat vakillarining tajriba almashishi muhimligi qayd etildi. Jurnalistlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar oldi.

📹 SSV Matbuot xizmati tomonidan tayyorlngan videolavhada ushbu tadbir tafsilotlari haqida so‘z yuritiladi.

🚑  SSV Matbuot xizmati.

🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍8🔥7
#Onkologiya
🟡 ❗️❗️❗️

❓Onkologiya xizmati: Sohada qanday yangi loyihalar amalga oshiriladi?
 
✅ Sog‘liqni saqlash vaziri Eldor Adilov Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida bo‘lib, bu yerda yaratilgan shart-sharoitlar hamda bemorlarga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifati bilan tanishdi.

 
📌 Shundan so‘ng vazir ishtirokida markaz Kuzatuv kengashining navbatdagi yig‘ilishi o‘tkazildi.
 
🔎 Dastlab muassasa tomonidan 2026-yilning o‘tgan davrida amalga oshirilgan ishlar atroflicha muhokama qilindi.
 
🏥 Qayd etilganidek, bugun ushbu markaz Fransiyaning nufuzli “Gustave Roussy” instituti bilan hamkorlikda “Gustave Roussy International Uzbekistan” brendi va xalqaro boshqaruv asosida faoliyat ko‘rsatmoqda.
 
🎚 Hamkorlik doirasida tibbiyot muassasasini boshqarishning zamonaviy standartlari va sifat nazorati tizimi joriy qilinmoqda. Qolaversa, 2030-yilga qadar 100 nafar yosh onkolog-jarrohning Fransiya klinikalarida malaka oshirishi rejalashtirilgan.
 
📝 Yig‘ilishda Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasi tomonidan yo‘llanma asosida yuborilgan bemorlarning davolanish xarajatlarini qoplash, sohani raqamlashtirish, xotin-qizlar onkologik kasalliklarini nazorat qilishni takomillashtirish hamda radiologiya yo‘nalishida kadrlar tayyorlash kabi qator dolzarb masalalar tahlil qilindi.
 
🔬Shuningdek, “Gustave Roussy” instituti talablari asosida bemorlarga tibbiy yordam ko‘rsatishning yagona tartibini joriy etish, muassasa laboratoriyasini markazlashtirilgan referens laboratoriyaga aylantirish va shifoxona negizida Milliy referens patomorfologiya markazini tashkil etish masalalari ko‘rib chiqildi.
 
💊 Muloqot davomida Milliy onkologik dori vositalaridan foydalanish va nazorat qilish komissiyasini tashkil etish bo‘yicha takliflar o‘rganildi.
 
🏃‍♂️ Yig‘ilish yakunida markaz faoliyati samaradorligini yanada oshirish, zamonaviy diagnostika va davolash usullarini keng joriy etish hamda aholiga ko‘rsatilayotgan onkologik tibbiy yordam sifatini yaxshilash bilan bog‘liq ustuvor vazifalar belgilab olindi.
 
🚑 SSV Matbuot xizmati.

🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍8🔥8
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🟡🟦🟦🟦

📌 Poytaxtimizda “O‘zbekistonda diabet kasalligini davolash sifatini yaxshilash va asoratlarning oldini olish” loyihasi bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi kengash yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.


📌 Unda loyihaning hududlardagi faoliyati va kelgusi rejalar muhokama qilindi. Xususan, oilaviy shifokor va hamshiralarni diabetni erta aniqlash, bemorlarni izchil kuzatish hamda asoratlarning oldini olish bo‘yicha o‘qitish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

📹 SSV Matbuot xizmati tomonidan tayyorlangan videolavhada shu haqda batafsil so‘z boradi.

🚑 SSV Matbuot xizmati.

🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍8🔥3
🔴 ✅✅

📍 Poytaxtimizda “IOC – 2026” VI Xalqaro oftalmologik kongressi bo‘lib o‘tmoqda.


🟡 Sog‘liqni saqlash vazirligi va Respublika ixtisoslashtirilgan ko‘z mikroxirurgiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi tomonidan tashkil etilgan anjumanda yurtimiz mutaxassislari bilan birga, AQSH, Germaniya, Rossiya, Turkiya, Hindiston, Qozog‘iston kabi 20 ga yaqin davlatdan jami 1000 nafardan ziyod soha mutaxassislari va ekspertlar ishtirok etmoqda.

🔎 Tadbirda oftalmologiyadagi so‘nggi yutuqlar, yangi davolash va diagnostika usullari, raqamlashtirish va sun’iy intellektdan foydalanish kabi dolzarb masalalar muhokama qilinmoqda. Kongress doirasida maxsus ko‘rgazma ham tashkil etilgan.

📹 SSV Matbuot xizmati tomonidan tayyorlangan shu haqdagi videolavha bilan yaqin vaqtlarda tanishasiz.

🚑  SSV Matbuot xizmati.

🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍9🔥4
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Dayjest

🔴 🟦🟦🟦

📆 SENTABR OYIDAGI ENG MUHIM VOQEALAR DAYJESTI

🟢 Vazir o‘zi tahsil olgan maktabda bo‘ldi

💬 Prezident tibbiyot va farmatsevtikaga doir takliflar taqdimoti bilan tanishdi

📹 «Tibbiyot novatorlari» medialoyihasining yangi soni e'lon qilindi

🕒 Kelgusi yildan tibbiyot va farmatsevtika xodimlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tizimi yo‘lga qo‘yiladi

🏢 Nurafshonda o‘quv-simulyatsiya markazi ochildi

➡️ SSV: Sirdaryoda tibbiyot tizimiga doir masalalar tanqidiy tahlil qilindi

📝 Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha hamkorlik memorandumi imzolandi

💊 Prezidentimiz Olmazordagi zamonaviy farmatsevtika korxonasi bilan tanishdi

🎥 SSV Matbuot xizmatining yangi formatdagi “PULS” podkastiga start berildi

❤️ Respublika tez tibbiy yordam markazi Toshkent viloyati filialida Сall-markaz tashkil etildi

😍 Samarqand viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi xalqaro sertifikatlarni qo‘lga kiritdi

🧑🏻‍💻
IT operatorlar o‘qitildi

🚐 Respublika kardiologiya markaziga zamonaviy mobil jarrohlik kompleksi topshirildi

👩🏻‍🍼 Nukusda “O‘zbekistonda perinatal tibbiyot” mavzusida anjuman bo‘lib o‘tdi

🤖 Italiyadan turib, Toshkentdagi bemorda robot yordamida murakkab jarrohlik amaliyoti bajarildi

🔺 Prezidentimiz Nukusdagi tibbiyot akademiyasi bilan tanishdi

➡️ SSV Matbuot xizmati "OCHIQ MIKROFON" medialoyihasini yo‘lga qo‘ydi

🇺🇿🇩🇪 “O‘zbekiston–Germaniya” uchinchi tibbiyot forumi o‘tkazildi

✅ “Tibbiyot fidoyisi” tanlovida 500 million so‘mgacha mukofotni qo‘lga kiritish imkoniyati yaratildi

🌍 Poytaxtimiz III Yevroosiyo revmatologlar kongressiga mezbonlik qildi

🇺🇿🇮🇹 O‘zbekistonlik hamshiralar Italiyadagi tibbiyot muassasalariga ishga taklif etilmoqda

‼️5000 ga yaqin bo‘lajak shifokor talabalik qasamyodini qabul qildi


🚑  SSV Matbuot xizmati.

🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6🔥3
🔴 🟦🟦🟦

❗️SSV: Reimbursatsiya dasturi doirasida hududlarda o‘rganishlar o‘tkazilmoqda

💊 Mamlakatimizda Reimbursatsiya dasturi doirasida 12 turdagi kasalliklar bo‘yicha 28 xil dori vositalari bepul berilayotganidan xabaringiz bor.

 
📍Ushbu tizimning hududlardagi samaradorligi, aholiga dori vositalarining o‘z vaqtida, belgilangan tartibda yetkazib berilishini aniqlash maqsadida Sog‘liqni saqlash vazirligining Komplayens va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat boshqarmasi tomonidan Navoiy, Samarqand va Buxoro viloyatlarida o‘rganishlar o‘tkazildi.
 
💫 Bu jarayonda tibbiyot muassasalari va dorixonalarda elektron retseptlarni shakllantirish, bemorlarga dori vositalarini tayinlash va berish, elektron sog‘liqni saqlash tizimiga ma’lumotlarni to‘g‘ri kiritish holati tahlil qilindi.
 
🌟 Xususan, Navoiy viloyatidagi o‘rganishlarga ko‘ra, hududda 149 ming 940 nafar bemorga 12,9 mlrd. so‘mlik dori vositalari bepul berilgan.
 
📌 Biroq tizimdan foydalanishda qator kamchiliklar ham aniqlandi. Masalan, laboratoriya tahlillarisiz dispanser nazoratiga olish holatlari, bemor yoki uning vakiliga tegishli telefon raqamlari kiritilmagani, dorixonalar qamrovi yetarli emasligi ma’lum bo‘ldi.

 
🔎 O‘rganishlar doirasida dorixona rahbarlari bilan ochiq muloqotlar o‘tkazilib, Reimbursatsiya dasturining mazmun-mohiyati, amalda uchrayotgan kamchiliklar va ularni bartaraf etish choralari muhokama qilindi.
 
🌐 Shuningdek, mahallalar va hokimliklar axborot resurslari hamda ijtimoiy tarmoqlar orqali aholi o‘rtasida keng tushuntirish ishlari olib borildi.
 
📄 O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, elektron retseptlar bilan ishlash sifatini oshirish, dorixonalar qamrovini kengaytirish hamda Reimbursatsiya dasturi ijrosi ustidan nazoratni kuchaytirishga qaratilgan chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqildi.

 
➡️ Faoliyatida tizimli kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan ayrim mas’ul rahbarlarga nisbatan intizomiy chora qo‘llash masalasi ham ko‘rib chiqilmoqda.
 
〰️ Eslatma: yurtdoshlarimiz bu borada qonunbuzilish holatlari va byurokratik to‘siqlarga duch kelsa, vazirlik qoshidagi “1203” qisqa raqamli “Call-markaz”ga murojaat qilishlari mumkin.

🚑  SSV Matbuot xizmati.

🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍11🔥5
#Xalqaro_hamkorlik
🟡 ❗️❗️❗️

❓ Turkiy davlatlar tashkiloti: Bishkek muloqotlarida qanday masalalar muhokama qilindi?

📍 Qirg‘iz Respublikasining Bishkek shahrida Turkiy davlatlar tashkilotiga (TDT) a’zo davlatlar sog‘liqni saqlash vazirlarining 6-yig‘ilishi o‘tkazildi.


🔘 Unda O‘zbekiston sog‘liqni saqlash vazirining birinchi o‘rinbosari Otabek Imamov boshchiligidagi delegatsiya ishtirok etdi.

🌐 Shuningdek, uchrashuvda Turkiya, Ozarbayjon, Qozog‘iston va Qirg‘iz Respublikasi sog‘liqni saqlash sohasi mas’ullari hamda TDT Bosh kotibi Kubanichbek Omuraliyev qatnashdi.

📌 Muloqot davomida milliy sog‘liqni saqlash tizimlari barqarorligini ta’minlash, sohadagi umumiy muammolarga birgalikda yechim topish va davlatlar o‘rtasidagi amaliy hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari atroflicha muhokama qilindi.

🔬Xususan, dori vositalari va tibbiy buyumlarning mavjudligi va xavfsizligini ta’minlash, tibbiyot kadrlari salohiyatini oshirish, sohaga raqamli texnologiyalar hamda sun’iy intellektni keng joriy etishga alohida e’tibor qaratildi.


🟢 Yig‘ilishda, shuningdek, TDTga a’zo davlatlar o‘rtasida sog‘liqni saqlash yo‘nalishida o‘zaro tajriba almashish va hamkorlikning amaliy yo‘nalishlarini yanada rivojlantirish yuzasidan fikr almashildi.

🚑  SSV Matbuot xizmati.

🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍13🔥3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Kongress

🔴 No_comment

🟢 Ming nafardan ziyod yetuk shifokor va olimlar. Yigirmadan ortiq davlatlarning noyob tajribasi. Ko‘z kasalliklarini davolashdagi eng so‘nggi texnologiyalar...

📌 Poytaxtimizda o‘tkazilayotgan “IOC – 2026” VI Xalqaro oftalmologlar kongressining birinchi kuni qizg‘in muhokamalarga boy bo‘ldi.

🎚 Anjuman o‘z ishini ertaga ham davom ettiradi.

🚑 SSV Matbuot xizmati.

🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍12🔥4