#Kardiologiya
🔴 🟦 🟦 🟦 🟦 🟦
🖥 Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi tashkil etilganligining 50 yilligi munosabati bilan o‘tkazilayotgan ushbu tadbirda mamlakatimiz vakillari bilan birga, AQSH, Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Ozarbayjon kabi 10 dan ziyod davlatlar malakali mutaxassislari va xalqaro ekspertlar ishtirok etyapti.
🟢 Konferensiyaning ochilish marosimida Sog‘liqni saqlash vaziri Eldor Adilov qatnashdi.
💬 Qayd etilganidek, yurtimizda kardiologiya sohasi jadal sur’atda rivojlanmoqda. Yaqin yillargacha imkonsizdek tuyulgan davolash usullari bugun kundalik klinik amaliyotning bir qismiga aylanyapti.
📌 Anjuman doirasida Turkiy tilli davlatlar kardiologlarining III Qurultoyi, O‘zbekiston Arterial gipertoniya va yurak-qon tomir kasalliklari profilaktikasi bo‘yicha mutaxassislar jamiyatining I syezdi hamda “O‘zbekiston — Ozarbayjon” tibbiyot forumi o‘tkazilishi ham rejalashtirilgan.
📹 SSV Matbuot xizmati tomonidan tayyorlangan shu haqdagi videolavha bilan yaqin vaqtlarda tanishasiz.
🚑 SSV Matbuot xizmati.
🌐 Web-site🔵 Telegram 👥 Fb 📷 Instagram
✅ Poytaxtimizda Sog‘liqni saqlash vazirligi, Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi va boshqa tashkilotlar hamkorligida “Zamonaviy kardiologiya: profilaktikadan yuqori texnologiyalarga qadar” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tmoqda.
🌐 Web-site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍13🔥8
#Stajirovka
🟡 🟦 🟦 🟦 🟦 🟦
❗️ SSV: O‘zbekistonlik tibbiyot mutaxassislari Janubiy Koreyaning yetakchi klinikasida stajirovka o‘taydi
🔎 Ushbu dastur doirasida mutaxassislar tibbiyotning turli yo‘nalishlarida ilg‘or tajribalarni o‘rganadi.
📌 Xususan:
💬 Ma’muriy-boshqaruv: moliya, axborot texnologiyalari, operatsion boshqaruv, inson resurslari, tibbiy masalalar, hamshiralik va farmatsevtika xizmatlari, shuningdek, tibbiy xizmat sifati va bemorlar xavfsizligi;
💬 Tibbiy yo‘nalishlar: kardiologiya, kardiotorakal jarrohlik, nevrologiya, neyrojarrohlik, ortopediya, gepatobiliar va pankreatik jarrohlik, nefrologiya, oftalmologiya, gastroenterologiya, otorinolaringologiya, shoshilinch yordam, diagnostika, radiologiya va laboratoriya tibbiyoti;
💬 Hamshiralik yo‘nalishlari: palata, reanimatsiya, operatsiya, ambulatoriya, shoshilinch yordam va gemodializ hamshiralari;
💬 Boshqa yo‘nalishlar: farmatsevtika, fizioterapiya, ergoterapiya, logopediya hamda MRT, KT, rentgen va DRG bo‘yicha texnik mutaxassislar.
🗓 Stajirovka muddati: mutaxassislar uchun 4–6 oy, hamshiralar uchun 20 kun. Stajirovka bilan bog‘liq xarajatlar Koreya Respublikasi tomonidan qoplanadi.
🔵 Nomzodlardan quyidagilar talab etiladi:
⏺ belgilangan jadvalni to‘ldirish;
⏺ ma’lumotnoma (ob’yektivka);
⏺ mutaxassislikni tasdiqlovchi hujjatlar;
⏺ ingliz tilini bilish darajasini tasdiqlovchi hujjat (mavjud bo‘lsa).
🔘 Nomzodlarga qo‘yiladigan malakaviy talablar bilan ushbu havola orqali tanishish mumkin.
✉️ Hujjatlarni yuborish: lola.badalova@ssv.uz
🚑 SSV Matbuot xizmati.
🌐 Web-site🔵 Telegram 👥 Fb 📷 Instagram
🏥 O‘zbekistonlik tibbiyot mutaxassislari Seul milliy universitetining Bundang shifoxonasiga (SNUBH) stajirovka va malaka oshirish uchun yuboriladi.
✉️ Hujjatlarni yuborish: lola.badalova@ssv.uz
🌐 Web-site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍13🔥5
✔️ Toshkent davlat tibbiyot universiteti ilk bor Times Higher Education (THE) nufuzli xalqaro reyting agentligining "World University Rankings 2027" reytingiga kiritilib, dunyo universitetlari orasida 2001+ o‘rinda e’tirof etildi.
🌐 Web-site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍13🔥7🤩3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Kongress
🟡 📰 📰 📰 📰 📰 📰 📰
🌐 Yurtimizda oltinchi bor o‘tkazilgan ushbu nufuzli anjumanda yurtimiz va 20 ga yaqin xorijiy davlatdan 1000 nafardan ziyod mutaxassislar ishtirok etdi.
✅ Tadbir doirasida oftalmologiyaning dolzarb masalalariga bag‘ishlangan 200 dan ortiq ma’ruzalar tinglandi.
📹 SSV Matbuot xizmati tomonidan tayyorlangan videolavhada ushbu tadbir tafsilotlari haqida so‘z yuritiladi.
🚑 SSV Matbuot xizmati.
🌐 Web-site🔵 Telegram 👥 Fb 📷 Instagram
Toshkent “IOC – 2026” VI Xalqaro oftalmologlar kongressiga mezbonlik qildi.
🌐 Web-site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥10👍8
#Vazir_stipendiyasi
🟡 🟦 🟦 🟦 🟦 🟦
❗️ “Sog‘liqni saqlash vaziri stipendiyasi” tanloviga arizalar qabuli boshlandi
🔘 Mazkur tanlov iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning akademik va ilmiy salohiyatini rivojlantirish, innovatsion g‘oyalarini rag‘batlantirish hamda tibbiyot sohasidagi amaliy tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan.
📌 Nomzodlarni saralash bir necha bosqichda amalga oshiriladi.
📄 Dastlab talabgorlarning arizalari qabul qilinib, taqdim etilgan hujjatlar belgilangan tartibda tekshiriladi. Shundan so‘ng nomzodlarning portfeli belgilangan mezonlar asosida ekspertlar tomonidan baholanadi.
🟢 Keyingi bosqichda nomzodlar bilan suhbat o‘tkazilib, ularning loyiha yoki amaliy tashabbuslari taqdimoti ko‘rib chiqiladi. So‘ngra oliy ta’lim muassasalari tomonidan tavsiya etilgan nomzodlar yakuniy saralashdan o‘tkazilib, g‘oliblar belgilangan tartibda aniqlanadi va tasdiqlanadi.
⬇️ Tanlovda ishtirok etish uchun quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
⏺ CV (rezyume);
⏺ transkript yoki akademik ma’lumotnoma;
⏺ ilmiy, innovatsion, klinik va jamoatchilik faoliyatini tasdiqlovchi portfel;
⏺ tavsiyanoma;
⏺ akademik qarzdorlik va intizomiy jazo mavjud emasligi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma;
⏺ xorijiy til sertifikati va loyiha konsepsiyasi.
⏳ Arizalarni qabul qilishning so‘nggi muddati: 2026-yil 26-oktabr.
💻 Tanlov to‘liq elektron shaklda o‘tkaziladi. Talabalar platformada ro‘yxatdan o‘tib, hujjatlarini onlayn yuklashi va arizalarining har bir bosqichdagi holatini shaxsiy kabineti orqali kuzatib borishlari mumkin.
📬 Tanlov shartlari bilan tanishish va ariza topshirish: https://ssvstipendiya.uz/uz
📨 Savollaringizni info@ssvstipendiya.uz elektron pochta manziliga yuborishingiz mumkin.
🚑 SSV Matbuot xizmati.
🌐 Web-site🔵 Telegram 👥 Fb 📷 Instagram
🎓 Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimidagi tibbiyot oliy o‘quv yurtlarida kunduzgi ta’lim shaklida tahsil olayotgan bakalavriat va magistratura talabalari uchun “Sog‘liqni saqlash vaziri stipendiyasi – 2026/2027” tanlovi e’lon qilindi.
📨 Savollaringizni info@ssvstipendiya.uz elektron pochta manziliga yuborishingiz mumkin.
🌐 Web-site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍10🔥6🤩2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Yangi_loyiha
🟡 🟦 🟦 🟦
🕒 Tez kunda!
🚑 SSV Matbuot xizmati.
🌐 Web-site🔵 Telegram 👥 Fb 📷 Instagram
🎙 SSV Matbuot xizmati tomonidan yana bir yangi loyiha — “HAYOTGA QAYTDIM”.
🌐 Web-site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍9🔥8
Hafta yakuni: sog‘liqni saqlash sohasiga oid haftaning eng muhim voqealari dayjesti.
—
Итоги недели: дайджест важнейших событий в сфере здравоохранения.
—
Weekly review: A digest of the most important healthcare events of the week.
🌐 Web-site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍9🔥3
#Tavsiya
🔴 1️⃣ 2️⃣ 3️⃣ 4️⃣ 5️⃣
❓ Xo‘sh, ularning kelib chiqishi qanday omillar bilan bog‘liq?
❓ Ushbu xastaliklarning asosiy belgilari nimalarda namoyon bo‘ladi?
📹 Respublika ixtisoslashtirilgan gematologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi shifokorlari — Jamoliddin Gulmirzayev hamda Kamoliddin Olimjonov mazkur savollarga batafsil javob berdi.
🚑 SSV Matbuot xizmati.
🌐 Web-site🔵 Telegram 👥 Fb 📷 Instagram
❤️ Leykoz va kamqonlik — qon yaratish tizimi bilan bog‘liq jiddiy kasalliklar.
🌐 Web-site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍15🔥3🤩1
📄 Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining global salomatlik ko‘rsatkichlari bo‘yicha yangi hisoboti e’lon qilindi.
🌐 Web-site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍18
🏅 Nobel mukofotining fiziologiya va tibbiyot bo‘yicha 2026-yilgi sovrindorlari nomi ma’lum bo‘ldi.
🌐 Web-site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍25🔥5🤩1
Poytaxtimizda oʼtkazilgan “Zamonaviy kardiologiya: profilaktikadan yuqori texnologiyalarga qadar” mavzusidagi xalqaro anjumanda sohaning eng dolzarb masalalari 10 dan ziyod davlatlar mutaxassislari ishtirokida tahlil qilindi. Shu jarayonda oʼzaro tajriba almashildi.
🌐 Web-site
________________
На международной конференции «Современная кардиология: от профилактики до высоких технологий», проходившей в столице, были проанализированы наиболее актуальные вопросы в этой области с участием специалистов из более чем 10 стран. В ходе конференции состоялся обмен опытом.
🌐 Web-site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍12🔥8🤩1
#Tibbiy_tavsiya
🟡 💚 💚 💚
❓ Nega antibiotiklarni faqat shifokor tavsiyasi bilan qabul qilish kerak?
💊 Afsuski, ko‘pchilik bu paytda shifokorga murojaat qilish o‘rniga uy sharoitida o‘zboshimchalik bilan antibiotiklar qabul qiladi.
❓ Xo‘sh, bu qanchalik to‘g‘ri? Umuman, ushbu dori vositasi haqida nimalarni bilish muhim?
🔵 Quyida shu kabi savollarga batafsil javob olasiz.
Multichidamli bakteriya nima?
💊 Bugun dunyoda antibiotiklarni noto‘g‘ri va nazoratsiz qo‘llash nafaqat bir bemor salomatligiga, balki insoniyatga daxldor jiddiy muammoga aylanmoqda. JSSTning ogohlantirishicha, agar antibiotiklarga chidamlilikning oldi olinmasa, 2050-yilga borib, doriga chidamli infeksiyalar har yili Yer yuzida 10 millionga yaqin inson hayotiga zomin bo‘lishi mumkin.
💊 Tibbiyotda antibakterial vositalarga chidamlilik va multichidamlilik tushunchalari mavjud. Agar bakteriya ma’lum bir antibiotik ta’siriga chidamli bo‘lib qolsa, unga qarshi mazkur dori samara bermasligi mumkin. Bakteriya bir nechta turdagi antibiotiklarga bir vaqtning o‘zida chidamli bo‘lsa, bu holat multichidamlilik deb ataladi.
Antibiotik gripp yoki O‘RVIni davolamaydi
😷 O‘tkir respirator infeksiyalar yoki gripp xastaliklarida antibiotiklar foyda bermaydi, aksincha, nojo‘ya ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Chunki mazkur infeksiyalarning sababchisi bakteriya emas, balki viruslardir. Antibiotiklar esa faqat bakterial infeksiyalarni davolashda qo‘llaniladi. Shu sababli O‘RVI yoki grippga chalingan bemor ushbu preparatlarni qabul qilsa, tezroq tuzalmaydi, aksincha, ich ketishi, allergiya kabi nojo‘ya ta’sirlar yuzaga kelishi, bakteriyalarning chidamliligi esa ortishi mumkin.
🏃♂️ Bundan tashqari, har qanday antibiotik anafilaktik shok, ya’ni inson hayotiga xavf soluvchi allergik reaksiyaga sabab bo‘lishi mumkin. Uni zaruratsiz ichish — behuda xavf.
📌 Antibakterial vositalardan palapartish foydalanish tananing boshqa a’zolariga ham jiddiy zarar yetkazish ehtimoli bor. Xususan, jigar yoki buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda ularni shifokor tavsiyasisiz qabul qilish og‘ir asoratlarga olib kelishi mumkin. Ularga dori va dozani faqat shifokor tayinlaydi.
✅ Zotiljam, streptokokkli angina, yiringli otit kabi bakterial infeksiyalarda esa antibiotik zarur — faqat buni ham shifokor aniqlaydi. Shuni unutmaslik kerakki, tayinlangan dorini belgilangan doza va muddatda ichish lozim. Ortib qolgan dorini keyinchalik qabul qilish yoki boshqalarga, ayniqsa, bolalarga berish aslo mumkin emas.
“Menga avval shu dori yordam bergan. Endi-chi?”
🩺 Amaliyotda keng tarqalgan yana bir holat bor: inson avval shamollaganida ma’lum bir dori ichgan va sog‘aygan. Keyin xuddi shunday belgilar paydo bo‘lsa, o‘sha dorini yana qabul qiladi. Ammo bir xil belgi doim ham bir xil sababni anglatmaydi.
🤧 Yo‘tal virusli infeksiya, allergiya va yana bir qancha kasalliklarda kuzatilishi mumkin. Tomoq og‘rig‘ining ham turli sabablari bor. Shuning uchun dori qabul qilishdan oldin, albatta, shifokorga murojaat qilish va kasallikning sababini aniqlash lozim.
Shamollaganda nima qilish kerak?
🫗 Agar shamollash yoki gripp belgilari yengil kechayotgan bo‘lsa, avvalo, organizmga tiklanish uchun sharoit yaratish kerak. Yetarli suyuqlik ichish, dam olish, xona havosini muntazam yangilab turish va shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilish tavsiya etiladi.
🌡 Tana harorati, bosh va tomoq og‘rig‘i yoki boshqa belgilarni yengillashtirish uchun dori vositalari zarur bo‘lsa, ularni shifokor tavsiyasi asosida qabul qilish maqsadga muvofiq.
‼️ Agar nafas olish qiyinlashishi, ko‘krakda og‘riq, hushning buzilishi, kuchli holsizlik, uzoq davom etayotgan yoki juda yuqori harorat, bolalarda esa tez-tez nafas olish va lanjlik kabi belgilar kuzatilsa, darhol oilaviy shifokor yoki "103" xizmatiga murojaat qiling.
🚑 SSV Matbuot xizmati.
🌐 Web-site🔵 Telegram 👥 Fb 📷 Instagram
🍁 Kuz kelishi bilan yurtimizda surunkali kasalliklar xuruj qilishi va mavsumiy xastaliklarga chalinish holatlari ortishi kuzatiladi. Ayniqsa, bu fasl o‘tkir respirator virusli infeksiyalar tarqalishi uchun qulay palla hisoblanadi.
Multichidamli bakteriya nima?
Antibiotik gripp yoki O‘RVIni davolamaydi
“Menga avval shu dori yordam bergan. Endi-chi?”
🤧 Yo‘tal virusli infeksiya, allergiya va yana bir qancha kasalliklarda kuzatilishi mumkin. Tomoq og‘rig‘ining ham turli sabablari bor. Shuning uchun dori qabul qilishdan oldin, albatta, shifokorga murojaat qilish va kasallikning sababini aniqlash lozim.
Shamollaganda nima qilish kerak?
🌐 Web-site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍10🔥6🤩1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Shifokor yozuvini tushunmaslik... Retseptni yo‘qotib qo‘yish... Dorixona oldida ikkilanish... Endi bu haqida qayg‘urish shart emas.
Elektron retsept — bu zamonaviy, tezkor va qulay yechim. Tibbiyot muassasasiga murojaat qilishdan boshlab, dori vositasini qo‘lga kiritguningizga qadar bo‘lgan barcha jarayonlar endi raqamli tizim nazoratida.
Elektron retsept qanday rasmiylashtirilishi va undan foydalanish tartibi haqida ushbu videoda batafsil ma'lumot beriladi.
🌐 Web-site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍11🔥7🤩4
Respublika ko‘z kasalliklari klinik shifoxonasida xalqaro hamkorlik doirasida lazer amaliyotlari o‘tkazildi
—
В рамках международного сотрудничества в Республиканской клинической офтальмологической больнице были выполнены лазерные операции.
🌐 Web-site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍12🔥2🤩1
🩺 Dunyo bo‘yicha har yili 400 ming nafar bola va o‘smirga onkologik va gematologik kasalliklar tashxisi qo‘yiladi. Yuqori daromadli mamlakatlarda ularning besh yillik yashovchanlik darajasi 80 foizdan ziyod. Biroq past va o‘rta daromadli mamlakatlarda bu ko‘rsatkich, afsuski, 20–30 foizga teng.
📌 Milliy rejaga ko‘ra, O‘zbekistonda onkologik kasallikka chalingan har bir bolani, geografik joylashuvi va iqtisodiy holatidan qat’i nazar, o‘z vaqtida tashxislash va uning samarali davolanish imkoniyatini ta’minlash maqsad qilingan.
🌐 Web-site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍11🔥4🤩1