Sog‘liqni saqlash vazirligi
117K subscribers
10.6K photos
4.66K videos
57 files
13.6K links
Sog‘liqni saqlash vazirligi rasmiy telegram kanali — t.me/ssvuz

Vazirlikning Matbuot xizmati tomonidan yuritiladi.

Rasmiy sayt: ssv.uz
Elektron pochta: info@ssv.uz
Sahifalarimiz:
facebook.com/ssvuz

Manzil: Toshkent sh. Navoiy ko‘chasi, 4.
Tel: 1003
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🟡🟦🟦

🕔  Sanoqli daqiqalardan so‘ng davlat tibbiyot muassasalari xodimlari uchun uy-joy dastlabki badalining 25 foizini qoplab berish bo‘yicha o‘tkazilayotgan ilk tanlovga start beriladi.


📹 Tanlov soat 10:00 da boshlanadi. Ushbu jarayon Sog‘liqni saqlash vazirligining Telegram, Facebook va Instagram tarmoqlaridagi rasmiy sahifalarida jonli efirda namoyish etiladi.

‼️Eslatib o‘tamiz, 2026-yilning uchinchi choragi yakunlari bo‘yicha tanlovga jami 4 728 ta ariza kelib tushdi. Ulardan 1 667 tasi belgilangan talablarga muvofiq deb topildi. Endi 125 nafar g‘olib aynan shu 1 667 ta ariza orasidan avtomatik tasodifiy tanlov (random) orqali aniqlanadi.

🚑  SSV Matbuot xizmati.

🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram🌐 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍18
Live stream started
Live stream started
Live stream finished (4 minutes)
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🔴 🟦🟦🟦

❣️ Xabaringiz bor, yurtimizda ko‘krak bezi saratoniga qarshi kurashish oyligi bo‘lib o‘tmoqda.


❓ Xo‘sh, ushbu aksiya nimasi bilan muhim?

❓ Oylik doirasida qanday tadbirlar o‘tkazilmoqda?

❓ Ayollar nega muntazam ravishda tegishli tibbiy tekshiruvlardan o‘tishi kerak?

📹 SSV Matbuot xizmati tomonidan tayyorlangan rolikda ushbu savollarga javob topasiz.

🚑  SSV Matbuot xizmati.

🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram🌐 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍9🔥5
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Milliy_dastur
🟡 1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣

🫀 Yurtimizda Infarkt va insultga qarshi kurashish milliy dasturi qabul qilinganidan xabaringiz bormi?


❓ Xo‘sh, u haqida nimalarni bilasiz?

📹 SSV Matbuot xizmati tomonidan tayyorlangan rolikda ushbu dastur to‘g‘risida muhim ma'lumotga ega bo‘lasiz.

🚑  SSV Matbuot xizmati.

🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍15🔥7🤩4
🟡 📰📰📰📰📰📰📰

❗️ SSV: JSST bilan amaliy hamkorlik yanada kengayadi

⏺ Ayni kunlarda Turkmanistonning Avaza shahrida bo‘lib turgan Sog‘liqni saqlash vaziri Eldor Adilov Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining Yevropa mintaqaviy byurosi direktori vazifasini bajaruvchi Korinn Kapuano bilan uchrashdi.


✅ Muzokaralarda qayd etilganidek, yurtimizda tibbiyotni isloh qilishda JSSTning ekspertlik ko‘magi muhim ahamiyat kasb etadi.

🟡 Ikki tomonlama hamkorlik birlamchi tibbiy-sanitariya yordamini rivojlantirish, kasalliklar profilaktikasi, davlat tibbiy sug‘urtasini joriy qilish, kadrlar tayyorlash va ixtisoslashtirilgan yordamni takomillashtirish kabi yo‘nalishlarni qamrab olgan.

💊 Tashkilot mutaxassislari ishtirokida qator muhim hujjatlar ishlab chiqilib, tibbiy xizmatlar ko‘rsatishning yangi modellari tatbiq etilmoqda.

🔬 Uchrashuvda vazir Samarqand viloyatida joriy etilgan birlamchi tibbiy-sanitariya yordamining yangi modelini birgalikda baholash taklifini ilgari surdi. Bunda JSST ekspertlari tibbiy xizmatlarning sifati, shifokorlar hamda hamshiralarning ish yuklamasi, profilaktika samaradorligi, surunkali kasalliklarni nazorat qilish hamda boshqa jarayonlarni o‘rganishi kutilmoqda.

📝 Yakuniy natijalar bo‘yicha ishlab chiqiladigan tavsiyalar asosida modelni yanada takomillashtirish rejalashtirilgan.

🏥 Muloqotda onkologik xastaliklarga chalingan bolalarga zarur tibbiy yordam ko‘rsatish masalasi ham alohida muhokama qilindi. O‘zbekiston 2019-yildan buyon JSSTning Bolalar saratoniga qarshi kurashish bo‘yicha global tashabbusida ishtirok etib kelmoqda. Tashkilot ko‘magida 2025–2030-yillarga mo‘ljallangan Bolalar saratoniga qarshi kurashish milliy strategiyasi ishlab chiqildi.

🔵 Eldor Adilov JSST bundan keyin ham mamlakatimizga onkologik kasalliklarni davolash bo‘yicha milliy protokollar, monitoring tizimi va mutaxassislar malakasini oshirishda amaliy ko‘mak ko‘rsatishiga umid bildirdi.

📌 Yakunda vazir Korinn Kapuanoni 21–22-oktabr kunlari Samarqandda bo‘lib o‘tadigan “Bolalar farovonligiga investitsiya: Kelajak avlodlar barqaror va adolatli taraqqiyoti sari yo‘l” Jahon sammitida ishtirok etishga taklif etdi.

🚑 SSV Matbuot xizmati.

🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram 🌐 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍14🔥5
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🔴 🟦🟦🟦

🏃‍♂️ Avval xabar berganimizdek, bugun soat 10:00 da tibbiyot va farmatsevtika xodimlari uchun uy-joy subsidiyasi ajratish bo‘yicha ilk tanlov bo‘lib o‘tdi. Elektron tizim 1 667 ta ariza orasidan 125 nafar g‘olibni tasodifiy tanlash usulida saraladi.


⏳ SSV Matbuot xizmati tomonidan tanlov jarayonidan tayyorlangan videolavha tez fursatda e’lon qilinadi.

🚑 SSV Matbuot xizmati.

🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram 🌐 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍16🔥3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🟡 ❗️❗️❗️

🏠 Tibbiyot va farmatsevtika xodimlariga uy-joy sotib olish uchun subsidiya ajratish bo‘yicha ilk tanlov boʻlib o‘tdi. Unda jami 4 728 ta arizadan talablarga mos deb topilgan 1667 tasi ishtirok etdi.


📊 Elektron tizim ular orasidan tasodifiy tanlash orqali ochiq, shaffof va adolatli tarzda 125 nafar g‘olibni aniqladi. Jarayon vazirlikning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarida jonli efirda namoyish etildi.

📹 SSV Matbuot xizmati tomonidan tayyorlangan videolavhada tanlov jarayoni va subsidiya olish tartibi haqida batafsil soʻz yuritiladi.

🚑 SSV Matbuot xizmati.

🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram 🌐 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍13🔥2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Ruhiy_salomatlik

🔴❤️❤️🩵💜🩵❤️🩷

📆 Bugun — Butunjahon ruhiy salomatlik kuni. So‘nggi yillarda mamlakatimizda bu yo‘nalishda qator muhim ishlar amalga oshirilmoqda.

🖥 SSV Matbuot xizmati tomonidan tashkil etilgan brifingda Respublika ixtisoslashtirilgan ruhiy salomatlik ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori Zarif Ashurov bu boradagi yutuqlar va kelgusidagi rejalar haqida batafsil ma’lumot berdi.

🚑  SSV Matbuot xizmati.

🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍20🔥6
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🔴🟦🟦🟦🟦🟦

❗️“Tibbiyot fidoyisi” tanlovi: 30 million so‘mdan 500 million so‘mgacha mukofotni qo‘lga kiriting!

Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan o‘tkazilayotgan “Tibbiyot fidoyisi” respublika tanlovi davom etmoqda. G‘oliblar Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari kuni arafasida taqdirlanadi.

Aziz,  tibbiyot xodimlari, sizning mehnatingiz, tajribangiz va bemorlaringizga bo‘lgan mehr va g‘amxo‘rligingiz endi munosib bahosini topadi.

🚑  SSV Matbuot xizmati.

🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram 🌐 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍20🔥5
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Marafon

🔴 No_comment

❣️ Yurtimizda o‘tkazilayotgan "Pushti oktabr" oyligi doirasida Toshkentda xayriya marafoni bo‘lib o‘tdi.


🎁 Aholining ko‘krak bezi saratoni haqida xabardorligini oshirish maqsadida tashkil etilgan aksiya yakunida 11 nafar ishtirokchiga bepul tibbiy tekshiruvlardan o‘tish uchun vaucherlar hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.

🤩 Marafon doirasida malakali mammolog va boshqa tor soha mutaxassislari ishtirokida ochiq muloqot ham tashkil etildi.

🚑  SSV Matbuot xizmati.

🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram 🌐 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍9🔥8
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Milliy_dastur
🟡 1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣

🫀Infarkt va insult xavfini o‘z vaqtida aniqlash maqsadida endilikda yurtimizda 30 yoshdan oshgan aholi profilaktik tekshiruvlardan o‘tkaziladi.


❓ Xo‘sh, bu qanday amalga oshiriladi?

📹 SSV Matbuot xizmati tomonidan tayyorlangan rolikda bu haqda batafsil ma'lumotga ega bo‘lasiz.

🚑  SSV Matbuot xizmati.

🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram 🌐 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍12🔥5🤩5
#Milliy_reja

🟡 🟦🟦🟦

❗️Milliy reja: Bolalar saratonini davolashda qanday yangiliklar kutilmoqda?
 
⚡️ 2030-yilga borib, yurtimizda bolalar onkologiyasi uchun zarur dori vositalariga bo‘lgan yillik ehtiyojni to‘liq ta’minlash, suyak ko‘migi transplantatsiyasi imkoniyatlarini kengaytirish hamda CAR-T kabi ilg‘or hujayra terapiyasi usullarini joriy etish maqsad qilingan.

 
✅ Bu vazifalar onkologik va gematologik kasalliklarga chalingan bolalar va o‘smirlarga tibbiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha 2025–2035-yillarga mo‘ljallangan Milliy rejaning uchinchi strategik yo‘nalishida o‘z aksini topgan.
 
⬇️ Xususan:
 
💊 onkologik va gematologik kasalliklarga chalingan bolalar uchun zarur dori vositalarini uzluksiz yetkazib berish tizimi takomillashtiriladi;
 
💉 maqsadli terapiya va immunoterapiya imkoniyatlari kengaytirilib, zamonaviy davolash protokollari joriy etiladi;
 
🔬 mamlakatimizda suyak ko‘migi transplantatsiyasi yanada rivojlantirilib, donorlar reyestri shakllantiriladi, hujayra va gen terapiyasi texnologiyalari yo‘lga qo‘yiladi;
 
📈 yuqori texnologik onkoxirurgik amaliyotlar va sifatli nur terapiyasidan foydalanish imkoniyatlari oshiriladi;
 
🔍 intensiv terapiya, infeksiyalar nazorati hamda qon komponentlarini quyish xavfsizligi kuchaytiriladi.
 
⬇️ Yana bir muhim yangilik!

 
🌟 Milliy rejada onkologik va gematologik kasalliklarga chalingan bolalar uchun zarur barcha dori vositalarini milliy reyestrga kiritish hamda ularni 21 yoshgacha bo‘lgan bemorlarga bepul berish nazarda tutilgan.
 
‼️Bundan tashqari, 2030-yilgacha suyak ko‘migi transplantatsiyasi yoki hujayra terapiyasiga muhtoj bolalarning ushbu davolash usullaridan foydalanish darajasini 20 foizdan 80 foizga oshirish maqsad qilingan.

🚑  SSV Matbuot xizmati.

🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍22
#Tavsiya

🟡 1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣

❓ Bola shamollaganda ota-onalar qanday xatolarga yo‘l qo‘yadi?

❓ O‘RVI yoki grippda antibiotiklar nega foyda bermaydi?

❓ Ulardan palapartish foydalanish qay oqibatlarga olib keladi?

👩‍⚕️ Ushbu savollarga Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi shifokorlari — Umida Norxo‘jayeva va Dilfuza Tursunova batafsil javob berdi.

🚑  SSV Matbuot xizmati.

🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍17🔥2🤩1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Hayotga_qaytdim

🟡 Yangi loyiha: “HAYOTGA QAYTDIM...”

🤔 Hayotning kutilmagan sinovlari ko‘p. Mukofotlari ham. Kecha sog‘lom yurgan inson bir kechada to‘shakka mixlanib qolishi yoki, aksincha, yashashdan umidini uzgan odam bir kunda yana oyoqqa turishi mumkin.


🗣 SSV Matbuot xizmatining yangi formatdagi “Hayotga qaytdim” medialoyihasi ana shunday og‘ir sinovlarni yengib, hayotga qayta qadam qo‘ygan yurtdoshlarimiz taqdiriga bag‘ishlanadi.

✅ Loyihaning ilk qahramoni — qashqadaryolik Feruza Xushvaqtova. U 13 yil davom etgan og‘ir xastalik, uzoq muolajalar sinovli kunlardan so‘ng yana sog‘lom hayotga qaytishga muvaffaq bo‘ldi...

🚑  SSV Matbuot xizmati.

🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍18🔥8🤩2