Sog‘liqni saqlash vazirligi
118K subscribers
10.6K photos
4.64K videos
57 files
13.6K links
Sog‘liqni saqlash vazirligi rasmiy telegram kanali — t.me/ssvuz

Vazirlikning Matbuot xizmati tomonidan yuritiladi.

Rasmiy sayt: ssv.uz
Elektron pochta: info@ssv.uz
Sahifalarimiz:
facebook.com/ssvuz

Manzil: Toshkent sh. Navoiy ko‘chasi, 4.
Tel: 1003
Download Telegram
🟦🟦🟦

Hafta yakuni: sog‘liqni saqlash sohasiga oid haftaning eng muhim voqealari dayjesti.
—
Итоги недели: дайджест важнейших событий в сфере здравоохранения.
—
Weekly review:
A digest of the most important healthcare events of the week.

🚑  SSV Matbuot xizmati.

🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍13🔥3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🔴 🌍🌍🌍🌍🌍🌍🌍

🪩“AUDIOPODKAST” loyihasining navbatdagi sonida "Elektron retsept" tizimining mazmun-mohiyati, uni joriy etishdan ko‘zlangan maqsad va aholi uchun yaratiladigan qulayliklar haqida so‘z yuritiladi.


🎙 “Audiopodkast” orqali quyidagi savollarga javob olasiz:

✔️ Elektron retseptni joriy etishdan ko‘zlangan asosiy maqsad nima?

✔️ Ushbu yangilik amaliyotda qanday ishlaydi?

✔️ Qog‘oz retseptlardan butunlay voz kechiladimi?

✔️ Agar fuqaro o‘ziga buyurilgan preparatni dorixonadan topa olmasa qanday yo‘l tutishi kerak?

✔️ Tibbiyot muassasalari va dorixonalar yangi tizimga qanchalik tayyor?

➡️ Ekspert — SSV huzuridagi "Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi" davlat muassasasi mutaxassisi Dinoza Kamolova.

🚑 SSV Matbuot xizmati.

🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍10🔥7🤩3
#Milliy_reja
🟡 🟦🟦🟦

❗️Milliy reja: Bemor bolalarning 90 foizi palliativ yordam va reabilitatsiya bilan qamrab olinadi
 
🕒 Onkologik va gematologik kasalliklarga chalingan bolalar va o‘smirlarga tibbiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha 2025–2035-yillarga mo‘ljallangan Milliy rejaning to‘rtinchi strategik yo‘nalishi palliativ yordam, tibbiy reabilitatsiya hamda ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tizimini rivojlantirishga qaratilgan.

 
📊 Ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekistonda 35 ming nafar bola palliativ yordamga muhtoj, deb baholanmoqda. Biroq hozirgi qamrov atigi 2–3 foizni tashkil etadi. Milliy rejada ushbu vaziyatni tubdan yaxshilash bo‘yicha muhim vazifalar belgilangan.
 
⬇️ Xususan:
 
➡️ barcha hududlarda bolalarga palliativ yordam ko‘rsatish bo‘limlari tashkil etilib, ixtisoslashtirilgan xizmatlar bosqichma-bosqich kengaytiriladi;
 
➡️ bemorlarga uy sharoitida og‘riqsizlantirish, parvarish va tibbiy kuzatuv xizmatlarini ko‘rsatadigan mobil tibbiy brigadalar faoliyati yo‘lga qo‘yiladi;
 
➡️ hududlarda 14 ta reabilitatsiya bo‘limi tarmog‘i shakllantirilib, zamonaviy fizioterapiya, robotlashtirilgan uskunalar va tiklanish texnologiyalari joriy etiladi;
 
➡️ palliativ yordam va reabilitatsiya bo‘yicha shifokorlar, hamshiralar, psixologlar va ijtimoiy xodimlar tayyorlash tizimi rivojlantiriladi;
 
➡️ teletibbiyot, masofaviy monitoring va raqamli texnologiyalar orqali bemorlarni uzluksiz kuzatish imkoniyatlari kengaytiriladi.
 
📆 2030-yilga borib:

 
↗️ palliativ yordam va reabilitatsiyaga muhtoj bolalarni ushbu xizmatlar bilan qamrov darajasini 90 foizga yetkazish;
 
📊 reabilitatsiyadan o‘tgan bolalarning 80 foizini maktabga qaytarish;
 
📊 bemor bolalarning 90 foizini, ular oila a’zolarining esa 75 foizini psixologik qo‘llab-quvvatlash;
 
📈 aholining 95 foizi uchun 50 kilometr radiusda palliativ yordam va reabilitatsiya xizmatlaridan foydalanish imkoniyatini yaratish maqsad qilingan.
 
🚑  SSV Matbuot xizmati.

🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5🔥4
🟡 🟦🟦🟦

❗️JSST semizlikni davolash bo‘yicha ilk global tavsiyalarini e’lon qildi

🌐 Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, so‘nggi 35 yil ichida dunyoda 5–19 yoshli bolalar va o‘smirlar o‘rtasida semizlik darajasi 4 barobar oshib, 2 foizdan 8 foizga yetgan.


📊 Masalan, 2024-yilda sayyoramiz bo‘yicha 170 million nafar o‘g‘il-qiz shu muammodan aziyat chekkan. Ularning 70 million nafari 5–9 yoshli bolalar, 100 million nafari esa 10–19 yoshli o‘smirlardir.

✅ JSSTning ogohlantirishicha, semizlik og‘ir tibbiy va ijtimoiy oqibatlarga olib kelishi mumkin bo‘lgan surunkali kasallikdir. Xususan, u bolalarda yurak-qon tomir xastaliklari, 2-tur qandli diabet kabi yuqumli bo‘lmagan kasalliklar rivojlanishi xavfini oshiradi.

📌 Bundan tashqari, semizlikka chalingan bolalar tengdoshlari tomonidan kamsitilishi mumkin. Bu esa ularning ruhiy salomatligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.

🖥 Shu munosabat bilan tashkilot bolalar va o‘smirlarda semizlikni davolash bo‘yicha ilk global tavsiyalarini e’lon qildi. Unga ko‘ra, muammoga qarshi kurashishda, avvalo, sog‘lom ovqatlanish, muntazam jismoniy faollik va turmush tarzini o‘zgartirishga alohida e’tibor qaratish zarur.

💊 JSST 10 yoshgacha bo‘lgan bolalarda vazn kamaytirish uchun dori vositalari va jarrohlik amaliyotlaridan foydalanishni tavsiya etmaydi. 10–19 yoshli o‘smirlarda esa mutaxassislar nazoratidagi kompleks dasturlar kutilgan natijani bermagan taqdirdagina, tasdiqlangan dori vositalarini qo‘llash masalasi ko‘rib chiqilishi mumkin.

‼️ Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad shunchaki vaznni kamaytirish emas, balki ularning jismoniy va ruhiy salomatligini yaxshilash, sog‘lom rivojlanishi hamda hayot sifatini ta’minlashdan iborat.

🚑  SSV Matbuot xizmati.

🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram 🌐 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍13
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🔴🟦🟦🟦

❗️“Tibbiyot fidoyisi” respublika tanlovida ovoz berishda ishtirok eting!

🗣Sog‘liqni saqlash vazirligi OVI platformasi bilan hamkorlikda o‘tkazilayotgan ushbu tanlov orqali siz fidoyi shifokor, hamshira va tibbiyot muassasalari rahbarlari mehnatini e’tirof etishingiz mumkin.

❗️Unutmang, sizning ovozingiz hal qiluvchi ahamiyatga ega!

🚑  SSV Matbuot xizmati.

🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram 🌐 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍13🤩2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🔴🟦🟦🟦

🏃‍♂️ Toshkentda bolalarda epilepsiyani aniqlash va samarali davolashga bag‘ishlangan xalqaro seminar bo‘lib o‘tdi


❓ Xo‘sh, unda qaysi masalalar muhokama qilindi?

❓ Tutqanoq xurujlarini tashxislash va davolashda qanday yangi usullar taklif etilmoqda?

📹 SSV Matbuot xizmati tomonidan tayyorlangan videolavha orqali shu kabi savollarga javob topasiz.

🚑 SSV Matbuot xizmati.

🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍9🔥2🤩2
#Tavsiya

🟡 🖥🖥🖥

✅ Grippdan saqlanishning oddiy, ammo samarali qoidalari mavjud. Ularga rioya qilish orqali kasallikni yuqtirish va atrofdagilarga tarqatish xavfini kamaytirish mumkin.


📊 SSV Matbuot xizmati tomonidan tayyorlangan infografika orqali bu boradagi 7 ta muhim tavsiya bilan tanishasiz.

🚑  SSV Matbuot xizmati.

🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram 🌐 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6🤩2
#Milliy_reja
🟡 🟦🟦🟦

❓Milliy reja: Bolalar onkologiyasi bo‘yicha qanday xalqaro loyihalar amalga oshiriladi?
 
✅ 2030-yilga qadar O‘zbekistonda bolalar onkologiyasi sohasida xalqaro ilmiy tadqiqotlarni kengaytirish va ilg‘or tajribalarni amaliyotga joriy etish rejalashtirilgan.

 
📌 Bu vazifalar onkologik va gematologik kasalliklarga chalingan bolalar va o‘smirlarga tibbiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha 2025–2035-yillarga mo‘ljallangan Milliy rejaning beshinchi strategik yo‘nalishida o‘z aksini topgan.
 
⬇️ Xususan, hujjatga ko‘ra:
 
🔴 Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti, AQSHning St. Jude bolalar tadqiqot shifoxonasi, Vena tibbiyot universiteti va boshqa yetakchi xalqaro muassasalar bilan hamkorlik kengaytiriladi;
 
🟢 shifokorlar va laboratoriya diagnostikasi mutaxassislari uchun xalqaro stajirovkalar, tajriba almashish va malaka oshirish dasturlari tashkil etiladi;
 
🔵 zamonaviy molekulyar diagnostika va ilmiy laboratoriyalar rivojlantirilib, qo‘shma klinik tadqiqotlar amalga oshiriladi;
 
🔴 bolalardagi onkologik va gematologik kasalliklarni chuqur o‘rganish uchun biobanklar va markazlashgan klinik registr yaratiladi;
 
🟢 yosh olimlarni qo‘llab-quvvatlash, ilmiy izlanishlarni rag‘batlantirish hamda xalqaro konferensiyalar o‘tkazish tizimi rivojlantiriladi.
 
❓Bu borada qanday aniq maqsadlar belgilangan?
 
➡️ 2026–2030-yillarda kamida 200 nafar mutaxassisni zamonaviy tibbiy yondashuvlar bo‘yicha o‘qitish;
 
➡️ 2026–2027-yillarda kamida 10 ta ilmiy tadqiqot tashabbusi va 2 ta klinik sinovni yo‘lga qo‘yish;
 
➡️ 2028-yilga borib ma’lumotlar to‘liqligi 95 foizga yetadigan markazlashgan klinik registrni shakllantirish;
 
➡️ har yili strategik budjetning 5–10 foizini ilmiy tadqiqotlar va kadrlar salohiyatini rivojlantirishga yo‘naltirish maqsad qilingan.
 
🚑  SSV Matbuot xizmati.

🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍9
🟡❤️🧡💜💙❤️❤️

❗️Seulga uchayotgan samolyotda bemor hayotini saqlab qolgan o‘zbekistonlik shifokor eksklyuziv intervyu berdi

🛫 Ijtimoiy tarmoqlarda o‘zbekistonlik shifokor Toshkentdan Seulga uchayotgan samolyot bortida og‘ir shok holatiga tushib qolgan ayolning hayotini saqlab qolgani haqida xabarlar tarqaldi.


📲Sog‘liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati ushbu voqea qahramoni — Samarqand shahridagi xususiy klinika rahbari, Toshkent davlat tibbiyot universiteti izlanuvchisi va ayni paytda Koreya Respublikasidagi Chungbuk universitetiga malaka oshirish uchun borgan tajribali otorinolaringolog Hasan Kamilov bilan bog‘landi.

📹 Shifokor voqea tafsilotlari haqida SSV Matbuot xizmatiga Koreyadan turib eksklyuziv intervyu berdi.

📌 Ma’lum bo‘lishicha, parvoz chog‘ida yo‘lovchi ayolning ahvoli to‘satdan og‘irlashgan. Shunda ekipaj zudlik bilan tibbiy yordam ko‘rsatish uchun shifokor chaqirgan.

🩺 Hamyurtimiz darhol bemorga yordamga oshiqqan. Ayol og‘ir shok holatida bo‘lib, tanasi sovigan va ko‘karish belgilari kuzatilgan.

💊Hasan Kamilov o‘zi bilan olib yuradigan shoshilinch tibbiy yordam vositalari, shuningdek, “O‘zbekiston havo yo‘llari” ekipaji taqdim etgan kislorod niqobi va tibbiy jihozlar yordamida bemorga zarur yordam ko‘rsatgan. Natijada ayolning hayoti saqlab qolingan.

💬 “Bu — qahramonlik emas, balki shifokorlik burchimiz va har kungi mashaqqatli mehnatimizning bir qismi”, — deydi shifokor.

🚑  SSV Matbuot xizmati.

🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram 🌐 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍56🔥13🤩3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🏃‍♂️ Samarqand viloyatida og‘ir va davolab bo‘lmaydigan kasalliklarga chalingan bolalar uchun palliativ yordam tizimi yo‘lga qo‘yilmoqda. 28-sentabrdan ish boshlagan mobil xizmat hududdagi 300 nafardan ortiq bolaga uyida yordam ko‘rsatadi.


📌 Shuningdek, ayni paytda Samarqandda bolalar xospisi qurilmoqda. Xospis ishga tushgach, oilalar bolaning ehtiyojidan kelib chiqib, yordamni uyda yoki xospisda olishlari mumkin bo‘ladi.

🚑 SSV Matbuot xizmati.

🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram 🌐 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍21🔥3
#Tadbir
🟡 ❤️❤️❤️

✅ Urganch davlat tibbiyot institutida O‘zbekiston urologlarining V xalqaro plenumi bo‘lib o‘tdi.


🏥 Respublika ixtisoslashtirilgan urologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi va O‘zbekiston urologlari jamiyati tomonidan tashkil etilgan ushbu nufuzli tadbirda yurtimiz vakillari bilan birga, Xitoy, Rossiya, Germaniya, Qozog‘iston, Qirg‘iz Respublikasi, Tojikiston kabi qator davlatlardan 50 nafardan ziyod yetakchi mutaxassislar, olimlar va nufuzli ekspertlar ishtirok etdi.

🤖 Ta’kidlanganidek, mamlakatimiz davlat tibbiyot muassasalari orasida birinchi bo‘lib Respublika urologiya markazida robotlashtirilgan jarrohlik texnologiyasi joriy etildi. O‘tgan qisqa davrda qurilma yordamida 220 dan ziyod murakkab operatsiyalar muvaffaqiyatli bajarildi.

🔬Xalqaro plenumda bu kabi yutuqlar alohida e’tirof etilib, sohada zamonaviy tashxislash va davolash usullarini yo‘lga qo‘yish, o‘zaro tajriba almashish hamda ilmiy-amaliy hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari atroflicha muhokama qilindi.

‼️ Shuningdek, urologik kasalliklar profilaktikasi, kam invaziv jarrohlik usullari hamda innovatsion texnologiyalarni klinik amaliyotga tatbiq etish yuzasidan o‘zaro fikr almashildi.

🚑  SSV Matbuot xizmati.

🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram 🌐 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍15🔥2🤩1
#Tavsiya

🟡 1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣

❓ Bolalarga isitma tushiruvchi dorilarni qachon berish kerak?

❓ Bu borada ota-onalar qanday xatolarga yo‘l qo‘yadi?

❓ Shamollashda ko‘p suyuqlik ichish nima uchun muhim?

👩‍⚕️ Ushbu savollarga Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi shifokorlari — Umida Norxo‘jayeva va Zulayho Fayziyeva batafsil javob berdi.

🚑  SSV Matbuot xizmati.

🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍13🔥1
#Subsidiya

🟡 🟦🟦🟦

❗️SSV: Tibbiyot xodimlari farzandlari toʻlov-kontrakti uchun qariyb 28 milliard soʻm toʻlab berildi

📌 Prezidentimizning 2025-yil 9-noyabrdagi “Tibbiyot va farmatsevtika xodimlarini qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida joriy yil 12-iyunda Hukumat qarori bilan tegishli nizom tasdiqlangan edi.


🗂 Nizomga muvofiq, davlat tibbiyot muassasalarida kamida 15 yil ish stajiga ega tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining farzandlari uchun respublika oliy ta’lim tashkilotlarida bakalavriat yo‘nalishi bo‘yicha yillik to‘lov-kontrakt summasining 30 foizi qoplab beriladi.

💳 Bunda qoplanadigan mablag‘ bazaviy hisoblash miqdorining 15 baravaridan oshmasligi lozim.

📊 2026-yil 14-oktabr holatiga koʻra, ushbu hujjat asosida 20 ming 846 ta ariza qabul qilingan. 6311 nafar talabaning kontrakti uchun 27 milliard 200 million so‘m to‘lab berildi, yana 4848 nafar talabaning to‘lovi uchun 19 milliard 200 million so‘m ajratish jarayoni davom etmoqda. Qolgan 9687 ta ariza ko‘rib chiqilyapti.


‼️ Eslatib oʻtamiz, amalga oshirilgan to‘lovlar bo‘yicha xabarnoma Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali arizachining shaxsiy kabinetiga yuboriladi.

🚑 SSV Matbuot xizmati.

🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram 🌐 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍17