Sog‘liqni saqlash vazirligi
118K subscribers
10.6K photos
4.64K videos
57 files
13.6K links
Sog‘liqni saqlash vazirligi rasmiy telegram kanali — t.me/ssvuz

Vazirlikning Matbuot xizmati tomonidan yuritiladi.

Rasmiy sayt: ssv.uz
Elektron pochta: info@ssv.uz
Sahifalarimiz:
facebook.com/ssvuz

Manzil: Toshkent sh. Navoiy ko‘chasi, 4.
Tel: 1003
Download Telegram
#No_comment

🟡 ❤️❤️❤️

🔵 Poytaxtimizdagi "IT Park"da aholiga narkologiya va psixiatriya xizmatini ko‘rsatish tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha dastur loyihasi muhokamasiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.


📌 Unda Sog‘liqni saqlash vazirligi mas’ullari, Respublika ixtisoslashtirilgan ruhiy salomatlik ilmiy-amaliy tibbiyot markazi rahbariyati, JSST, UNODC, UNICEF va CADAP 8 kabi xalqaro tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.

📹 SSV Matbuot xizmati tomonidan tayyorlangan shu haqdagi videolavha bilan yaqin vaqtlarda tanishasiz.

🚑 SSV Matbuot xizmati.

🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram 🌐 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍14🔥3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Elektron_retsept

🔴❤️❤️🩵💜🩵❤️🩷

🖥 Bugungi kunda sog‘liqni saqlash tizimini raqamlashtirish, dori vositalari muomalasida shaffoflikni ta’minlash va aholiga qulay xizmat ko‘rsatish muhim vazifalardan biridir. Shu yo‘nalishdagi muhim yangiliklardan biri — “Elektron retsept” tizimining joriy etilishidir.


❓Xo‘sh, bu borada qanday ishlar amalga oshirilmoqda?

📹 SSV Matbuot xizmati tomonidan tashkil etilgan brifingda "Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi" davlat muassasasi mutaxassisi Dilnoza Kamolova shu xususda batafsil ma’lumot berdi.

🚑  SSV Matbuot xizmati.

🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍15🤩4🔥3
#Muloqot
🔴 1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣

❗️ SSV: O‘zbekistonlik neyroxirurglar Yaponiyaning yetakchi klinikalarida malaka oshiradi
 
Sog‘liqni saqlash vaziri Eldor Adilov Yaponiya – O‘zbekiston “Ipak yo‘li” jamg‘armasining (JUSRF) sog‘liqni saqlash bo‘yicha qo‘mitasi raisi Kenichi Matsumoto bilan uchrashdi.


Muloqotda ikki davlat o‘rtasida tibbiyot, tibbiy ta’lim va farmatsevtika sohalaridagi hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi. Xususan, Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) ishtirokida amalga oshirilayotgan “Respublika ixtisoslashtirilgan nevrologiya va insult ilmiy-amaliy tibbiyot markazini tashkil etish” loyihasiga alohida e’tibor qaratildi.
 
Maʼlumot uchun, umumiy qiymati 150 million AQSH dollariga teng ushbu loyiha 2025–2032-yillarga mo‘ljallangan. Uning doirasida Nevrologiya va neyroreabilitatsiya milliy tibbiyot markazini qurish va jihozlash, Samarqand va Buxoro tibbiyot oliygohlari klinikalarini uskunalar bilan ta’minlash, shuningdek, mutaxassislarni o‘qitish ko‘zda tutilgan.


— Shifokorlarimizni neyroxirurgiya va neyroreabilitatsiya bo‘yicha Yaponiyaning yetakchi klinikalarida o‘qitish, o‘rta tibbiyot xodimlari uchun qo‘shma ta’lim va stajirovka dasturlarini tashkil etishdan manfaatdormiz. Bunda ilg‘or texnologiyalar, amaliy ko‘nikmalar va bemorlarni parvarishlash usullarini o‘zlashtirishga alohida e’tibor qaratamiz. Tegishli muassasalar bilan bevosita aloqalar o‘rnatishda Jamg‘armaning ko‘magiga ishonamiz, — dedi Eldor Adilov.

Shuningdek, farmatsevtika sohasidagi hamkorlik masalasiga ham diqqat qaratildi. Bu borada Yaponiya vakolatli organlari ro‘yxatga olgan dori vositalari va tibbiy jihozlarni belgilangan talablar asosida tan olish tartibi orqali ro‘yxatdan o‘tkazish yo‘lga qo‘yilgani qayd etildi.

Uchrashuv yakunida tomonlar oʻzaro hamkorlikni yanada kengaytirish, qo‘shma loyiha va tashabbuslarni izchil davom ettirishga tayyor ekanini bildirdi.

🚑 SSV Matbuot xizmati.

🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram 🌐 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍12🔥7🤩1
🟡 🟦🟦🟦

📌 Poytaxtimizda aholiga narkologiya va psixiatriya xizmatini ko‘rsatish tizimini yanada takomillashtirishga oid dastur loyihasi muhokamasiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.


❓ Xo‘sh, loyihada ushbu xizmatni transformatsiya qilish bo‘yicha qanday vazifalar ko‘zda tutilgan?

❓ Xalqaro ekspertlarning mazkur hujjat haqida fikri qanday?

📹 SSV Matbuot xizmati tomonidan tayyorlangan videolavha orqali shu kabi savollarga javob topasiz.
————-
📌 В столице состоялось мероприятие, посвященное обсуждению проекта программы по дальнейшему совершенствованию системы оказания наркологической и психиатрической помощи населению.


❓ Какие задачи по трансформации данной службы предусмотрены в проекте?

❓ Как оценивают предложенные меры международные эксперты?

📹 Ответы на эти и другие вопросы — в видеосюжете, подготовленном Пресс-службой Минздрава.

🚑 Пресс-служба Минздрава.

🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram 🌐 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍8🔥4🤩1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Xalqaro_akkreditatsiya

🔴 🟦🟦🟦

❗️SSV: Respublika Endokrinologiya markazi xalqaro akkreditatsiyadan o‘tdi

📍 Poytaxtimizda O‘zbekiston endokrinologlarining IV xalqaro kongressi — “To‘raqulov o‘qishlari” bo‘lib o‘tmoqda.


🌐 Unda mamlakatimiz vakillaridan tashqari, AQSH, Rossiya, Xitoy, Yaponiya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Italiya, Finlyandiya kabi qator davlatlardan yetakchi olimlar, tajribali shifokorlar hamda soha ekspertlari ishtirok etyapti.

📄 Tadbir doirasida akademik Y. To‘raqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markaziga xalqaro akkreditatsiyadan muvaffaqiyatli o‘tgani munosabati bilan tegishli sertifikat topshirilishi kongressning eng muhim voqeasi bo‘ldi.

💬 Qayd etilganidek, bu — muassasa jamoasining samarali mehnati va erishgan yutuqlarining munosib e’tirofi. “Accreditation Center for Quality in Healthcare” (ACQH) xalqaro akkreditatsiya tashkiloti tomonidan o‘tkazilgan tashqi baholash natijalari buni tasdiqlaydi.


✅ Akkreditatsiya jarayonida markazning klinik va boshqaruv faoliyati, tibbiy xizmat ko‘rsatish darajasi, sifat nazorati hamda bemorlar xavfsizligini ta’minlash tizimi o‘rganilib, xalqaro standartlarga to‘liq muvofiq deb topildi.

➡️ Ushbu natija mamlakatimizda endokrinologiya xizmati yanada yuqori bosqichga ko‘tarilayotganining navbatdagi amaliy tasdig‘i bo‘ldi.

📌 Eslatib o‘tamiz: 2024-yilda o‘tkazilgan “To‘raqulov o‘qishlari” nomli ilmiy-amaliy xalqaro anjuman doirasida Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markaziga ISO 9001:2015 hamda ISO 7101:2023 xalqaro sifat standartlarini joriy etganligi munosabati bilan maxsus sertifikatlar topshirilgan edi.

💫 Kongress o‘z ishini davom ettirmoqda.

🚑 SSV Matbuot xizmati.

🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram 🌐 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍13🔥5🤩1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🔴❤️❤️🩵💜🩵❤️🩷

Kuz-qish mavsumida gripp va o‘tkir respirator virusli infeksiyalarga chalinish yilning boshqa davrlariga nisbatan biroz ortadi.


Mavsumni xavfsiz o‘tkazish maqsadida mamlakatimizda tegishli tayyorgarlik choralari ko‘rilmoqda.

Bu haqda SSV Matbuot xizmati tomonidan tashkil etilgan brifingda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Nurmat Atabekov batafsil ma'lumot berdi.

🚑 SSV Matbuot xizmati.

🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram 🌐 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍13🤩3🔥1
#No_comment

🟡 ❤️❤️❤️

❗️Toshkentda O‘zbekiston endokrinologlarining IV xalqaro kongressi — “To‘raqulov o‘qishlari” bo‘lib o‘tdi

📌 “Chegarasiz endokrinologiya: ilm-fan, innovatsiyalar va klinik amaliyot” mavzusidagi anjumanda O‘zbekiston va xorijiy mamlakatlardan olimlar, shifokorlar hamda sog‘liqni saqlash sohasi masʼullari qatnashdi.

🌀 Kongressning ilmiy dasturi ikki yo‘nalishni qamrab oldi: gormonal va reproduktiv salomatlik, shuningdek, metabolik salomatlik va diabet. Mutaxassislar reproduktiv salomatlik, semizlik, menopauza, bolalar endokrinologiyasi, diabetni davolash, uning asoratlarini aniqlash va oldini olish kabi masalalarni muhokama qildilar.


🌍 Anjumanda Yaponiya, Finlyandiya, Buyuk Britaniya, Qatar, Germaniya, Italiya, Xitoy, Rossiya, AQSH va boshqa mamlakatlardan ekspertlar ishtirok etdi.

📹 SSV Matbuot xizmati tomonidan tayyorlangan shu haqdagi videolavha bilan yaqin vaqtlarda tanishasiz.

🚑 SSV Matbuot xizmati.

🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram 🌐 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5🔥4🤩1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🔴❗️❗️❗️❗️

💊 Читая инструкцию к лекарству, мы нередко оставляем без внимания предупреждения о возможных побочных эффектах.


❓ Но знаете ли вы, куда сообщить, если после приема препарата возникла побочная реакция?

🔵 О подобных случаях пациенты и врачи могут сообщать через национальную электронную информационную систему «Фармаконазорат».

📹 Подробнее о ее возможностях — в ролике, подготовленном Пресс-службой Министерства здравоохранения.

💻 Полная инструкция по работе с системой.

🚑 Пресс-служба Минздрава.

🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram 🌐 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍9🔥6🤩1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Konferensiya
🔴🟦🟦
📍 Poytaxtimizda dermatovenerologiya va tibbiy kosmetologiyaning dolzarb masalalariga bag‘ishlangan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tmoqda.

 
🌐 Unda AQSH, Rossiya, Janubiy Koreya, Buyuk Britaniya, Daniya, Belarus, Ozarbayjon, Tunis, Eron, Qozog‘iston, Qirg‘iz Respublikasi kabi 20 dan ortiq davlatdan yetakchi mutaxassislar, olimlar hamda xalqaro ekspertlar ishtirok etyapti.

💬Anjumanni Sog‘liqni saqlash vazirining birinchi o‘rinbosari Otabek Imamov kirish so‘zi bilan ochdi.
 
🔎 Tadbirda dermatologik kasalliklarni erta tashxislash, zamonaviy davolash usullari, kosmetologiyada innovatsion texnologiyalarni qo‘llash, bemorlarga individual yondashuv va tibbiy xizmatlar sifatini oshirish kabi dolzarb masalalar muhokama qilinmoqda.
 
📌Konferensiya dasturidan xalqaro ekspertlar ma’ruzalari, klinik holatlar tahlili, ilmiy muhokamalar va mahorat darslari o‘rin olgan.
 
🚑SSV Matbuot xizmati.

🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram🌐 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6🔥5🤩1
#Milliy_reja
🟡 🟦🟦🟦

❗️Bolalar saratoni: Davolash xarajatlarini to‘liq qoplash tizimi yaratiladi
 
📄Onkologik va gematologik kasalliklarga chalingan bolalar va o‘smirlarga tibbiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha 2025–2035-yillarga mo‘ljallangan Milliy rejaning oltinchi strategik yo‘nalishi boshqaruv tizimini takomillashtirish va barqaror moliyalashtirishni ko‘zda tutadi.

 
📌 Xususan, Milliy rejaga ko‘ra, 2026-yildan onkologik kasalliklarga chalingan bolalar uchun davlat tibbiy sug‘urtasi hisobidan alohida xizmatlar paketini moliyalashtirish belgilangan.
 
⬇️ Ushbu paket quyidagilarni qamrab oladi:
 
✔️ dori vositalari, jumladan, kimyoterapiya, maqsadli va immunoterapiya;
 
✔️ zamonaviy diagnostika, jarrohlik amaliyotlari va statsionar davolanish;
 
✔️ psixologik, ijtimoiy va palliativ yordam;
 
✔️ teletibbiyot, raqamli xizmatlar va innovatsion texnologiyalar;
 
✔️ reabilitatsiya va sog‘ayishgacha bo‘lgan tibbiy xizmatlar.
 
➡️ Yana bir muhim jihat: Milliy reja doirasida Respublika bolalar onkologiyasi, gematologiyasi va immunologiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi hamda uning hududlardagi 14 ta filiali faoliyati takomillashtiriladi.


🔎 Bu orqali joylarda erta tashxislash, bemorlarni o‘z vaqtida yo‘naltirish, davolash sifatini nazorat qilish va mutaxassislar o‘rtasida masofaviy maslahatlashuvlarni kengaytirish ko‘zda tutilgan.

🔵 Shuningdek, JSST, YUNISEF, xalqaro moliya institutlari va boshqa hamkorlar bilan birgalikda sohaga qo‘shimcha investitsiyalar jalb qilish, zamonaviy diagnostika imkoniyatlarini kengaytirish hamda tibbiyot xodimlari malakasini oshirish rejalashtirilmoqda.
 
📊 2030-yilgacha erishilishi belgilangan asosiy natijalardan biri — bolalar onkologiyasida diagnostika, davolash, zarur dori vositalari va reabilitatsiya xarajatlarini davlat tomonidan 100 foiz qoplash tizimini shakllantirishdan iborat.
 
 🚑 SSV Matbuot xizmati.

🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram 🌐 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍11🤩2🔥1