Sog‘liqni saqlash vazirligi
118K subscribers
10.6K photos
4.64K videos
57 files
13.6K links
Sog‘liqni saqlash vazirligi rasmiy telegram kanali — t.me/ssvuz

Vazirlikning Matbuot xizmati tomonidan yuritiladi.

Rasmiy sayt: ssv.uz
Elektron pochta: info@ssv.uz
Sahifalarimiz:
facebook.com/ssvuz

Manzil: Toshkent sh. Navoiy ko‘chasi, 4.
Tel: 1003
Download Telegram
#Milliy_dastur

🟡 💛💛💛

❗️SSV: O‘zbekistonda ilk bor maktab o‘quvchilariga insult belgilarini aniqlashni o‘rgatuvchi “FAST — superqahramonlar” xalqaro dasturi joriy etiladi

🫀Insult — inson hayotini sanoqli daqiqalar ichida o‘zgartirib yuborishi mumkin bo‘lgan og‘ir xastalik. Shu bois uning belgilari haqida o‘z vaqtida xabardor bo‘lish muhim ahamiyatga ega.


📋Prezidentimizning joriy yil 20-yanvardagi tegishli qarori asosida yurtimizda ilk bor Infarkt va insultga qarshi kurashish Milliy dasturi qabul qilindi.
        
🗓 Unga ko‘ra, shu yilning 1-noyabridan mamlakatimiz umumta’lim maktablarida “Angels Initiative” xalqaro tashabbus tashkilotining “FAST — superqahramonlar” xalqaro ta’lim dasturi bosqichma-bosqich joriy etiladi.

🏫 Loyiha birinchi sinfdan to‘rtinchi sinfgacha bo‘lgan o‘quvchilarga mo‘ljallangan bo‘lib, ilk bosqichda Toshkent shahrining Olmazor tumanidagi 7 ta hamda Samarqand shahar, Kattaqo‘rg‘on va Ishtixon tumanlaridagi 6 ta umumta’lim maktabida mashg‘ulotlar tashkil etiladi.

🩺 “FAST” tamoyili insultning asosiy belgilarini oson eslab qolishga yordam beradi. U yuzdagi o‘zgarishlar, qo‘ldagi holsizlik, nutq buzilishi hamda vaqtni boy bermasdan harakat qilish zarurligini anglatadi.
 
🌏 Xalqaro hamkorlik doirasida ishlab chiqilgan ushbu dastur Germaniya, Italiya, Ispaniya, Portugaliya, Braziliya, Kanada, Gretsiya, Islandiya, Janubiy Afrika Respublikasi, Latviya, Slovakiya, Vengriya, Bolgariya va Singapur kabi dunyoning 40 ga yaqin davlatida 2 million nafardan ortiq bolani qamrab olgan.

👨‍💻 O‘zbekistonda “FAST — superqahramonlar” xalqaro dasturining rasmiy veb-sayti hamda ijtimoiy tarmoqlarda sahifasi ishga tushirildi. U orqali dasturga oid ma’lumotlar, ta’limiy materiallar va loyiha doirasidagi yangiliklar bilan tanishish mumkin.

🔵 Loyihaning asosiy maqsadi — o‘quvchilarga o‘yin va qiziqarli mashg‘ulotlar orqali insultning dastlabki belgilarini tanish, o‘z salomatligi va yaqinlari sog‘lig‘iga mas’uliyat bilan munosabatda bo‘lish hamda shoshilinch vaziyatlarda to‘g‘ri harakatlanish ko‘nikmalarini shakllantirishga qaratilgan.

🔎Dasturning yana bir muhim jihati — bolalar nafaqat insultning dastlabki belgilarini tanib olishni o‘rganadilar, balki bu bilimlarni ota-onalari, bobo va buvilariga ham yetkazadilar. Shu orqali oilalarda insult haqida xabardorlik oshib, uning belgilarini erta aniqlash va o‘z vaqtida tez tibbiy yordam chaqirish ko‘nikmalari shakllanadi.

✔️ Mashg‘ulotlar davomida bolalar insonning yuzida asimmetriya paydo bo‘lishi, bir qo‘lini ko‘tara olmasligi yoki gapirishda qiyinchilik kuzatilishi insult belgisi bo‘lishi mumkinligini o‘rganadi.

🚑 Bunday holatlarda vaqtni boy bermaslik, kattalarni shoshilinch xabardor qilish va “103” raqamiga murojaat etish bo‘yicha amaliy tushunchalar beriladi. Shuningdek, favqulodda vaziyatlarda tez tibbiy yordam xizmatining ahamiyati singdiriladi.
 

🎮 Dasturning o‘ziga xos jihati, murakkab tibbiy tushunchalar bolalarga ularning yoshi va idrokiga mos ravishda, o‘yin elementlari, qahramonlar va videomateriallar yordamida yetkaziladi.
 
‼️ Umuman, “FAST — superqahramonlar” dasturi o‘quvchilarning sog‘liqni saqlash borasidagi bilimlarini oshirish, oilalarda insult belgilari haqida xabardorlikni kuchaytirish va shoshilinch vaziyatlarda to‘g‘ri harakatlanish ko‘nikmalarini shakllantirishga xizmat qiladi.
 
🚑 SSV Matbuot xizmati.

🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram 🌐 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍19🔥2🤩2
#InvestInChildren2026
#WorldSummit2026
#WSICW_2026
#Samarqand2026

❗️Samarqandda o‘tadigan Jahon sammitiga 5 kun qoldi!

📍 21–22-oktabr kunlari Samarqand shahri bolalar farovonligiga bag‘ishlangan Jahon sammitiga mezbonlik qiladi.


🌐 Anjumanda 100 dan ortiq mamlakat vakillari, xalqaro ekspertlar va mutaxassislar ishtirok etib, bolalar salomatligi, ta’limi, huquqlarini himoya qilish va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash masalalarini muhokama qiladi.

‼️ Sammit bolalar kelajagi yo‘lida yangi tashabbuslar va xalqaro hamkorlik uchun muhim muloqot maydoniga aylanadi.

🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram 🌐 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7🔥3
#Konferensiya

🔴❤️❤️❤️

📌 Poytaxtimizda "Dermatovenerologiya va estetik tibbiyotning dolzarb masalalari: sohalararo va innovatsion yechimlar" mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi.

 
🌐 Respublika ixtisoslashtirilgan dermatovenerologiya va kosmetologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi tomonidan tashkil etilgan tadbirda yurtimiz mutaxassislari bilan birga, 20 dan ortiq davlatdan olimlar va xalqaro ekspertlar ishtirok etdi.

🔬 Anjumanda dermatologik kasalliklarni erta tashxislash, zamonaviy davolash usullari, bemorlarga individual yondashuv va tibbiy xizmatlar sifatini oshirish kabi dolzarb masalalar muhokama qilindi.

📹 SSV Matbuot xizmati tomonidan tayyorlangan shu haqdagi videolavha bilan yaqin vaqtlarda tanishasiz.
 
🚑SSV Matbuot xizmati.

🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram🌐 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍10🔥4
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🔴🟦🟦🟦

💊 Ko‘pincha dori vositasining yo‘riqnomasida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan nojo‘ya ta’sirlar haqidagi ogohlantirishni o‘qiymizu, unga e’tibor bermaymiz.


❓ Biroq biror nojo‘ya ta’sir kuzatilsa, u haqda qayerga murojaat qilish mumkinligini bilasizmi?

🔵 “Farmakonazorat” milliy elektron axborot tizimi orqali bunday holatlar haqida bemorlar ham, shifokorlar ham xabar berishi mumkin.

📹 SSV Matbuot xizmati tomonidan tayyorlangan rolikda ushbu tizimning imkoniyatlari xususida so‘z yuritiladi.

💻 Tizimdan foydalanish bo‘yicha to‘liq yo‘riqnoma.

🚑 SSV Matbuot xizmati.

🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram 🌐 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍14🔥2
#Kongress

🔴✅✅✅✅

📍 Poytaxtimiz yana bir nufuzli anjuman — O‘zbekiston endokrinologlarining IV xalqaro kongressi — “To‘raqulov o‘qishlari”ga mezbonlik qildi.


❓ Xo‘sh, unda sohaga oid qaysi masalalar muhokama markazida bo‘ldi?

❓ Kongressda diabet va semizlikning oldini olish, ularni o‘z vaqtida aniqlash borasida qanday yangi yondashuvlar taklif etildi?

📹 SSV Matbuot xizmati tomonidan tayyorlangan videolavha orqali shu kabi savollarga javob topasiz.

————

📍 Столица Узбекистана вновь стала площадкой проведения престижного международного форума — IV Международного конгресса эндокринологов Узбекистана «Чтения Туракулова».


❓ Какие вопросы в области эндокринологии оказались в центре обсуждения?

❓ Какие новые подходы к профилактике и своевременному выявлению диабета и ожирения были предложены на конгрессе?

📹 Ответы на эти и подобные вопросы — в видеосюжете, подготовленном пресс-службой Министерства здравоохранения.

🚑 Пресс-служба Минздрава.

🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram 🌐 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍10🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Tavsiya

🟡 1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣

❔Grippdan himoyalanish uchun nimalarni bilish kerak?

❔Ko‘pchilik uning oldini olishda qanday xatolarga yo‘l qo‘yadi?

❔Qaysi odatlar salomatlikka zarar yetkazadi?

📹 Ushbu videolavha orqali gripp haqida keng tarqalgan 3 ta noto‘g‘ri ma’lumot haqida shifokor Shahzoda Sultondan bilib olasiz.

🚑  SSV Matbuot xizmati.

🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍14🔥2🤩2
🔴 🟦🟦🟦🟦🟦

📌 Poytaxtimizda dermatovenerologiya va estetik tibbiyotning dolzarb masalalariga bag‘ishlangan xalqaro ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi.


❓ Xo‘sh, tadbirda qanday muhim masalalar muhokama qilindi?

❓ Zamonaviy dermatologik yordamni tuman va mahalla darajasiga tushirish uchun qanday ishlar amalga oshirilmoqda?

❓ Xorijlik ekspertlar O‘zbekistonning bu sohadagi yutuqlarini qanday baholamoqda?

📹 SSV Matbuot xizmati tomonidan tayyorlangan videolavha orqali shu kabi savollarga javob topasiz.
———————-
📌 В столице состоялась международная научно-практическая конференция, посвященная актуальным вопросам дерматовенерологии и эстетической медицины.


❓ Какие ключевые вопросы обсуждались на конференции?

❓ Какие меры принимаются, чтобы современная дерматологическая помощь стала доступнее на уровне районов и махаллей?

❓ Как зарубежные эксперты оценивают достижения Узбекистана в этой сфере?

📹 Ответы на эти и другие вопросы — в видеосюжете, подготовленном Пресс-службой Минздрава.

🚑 Пресс-служба Минздрава.

🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram 🌐 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍13🔥3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🔴❤️❤️🩵💜🩵❤️🩷

🔎 Skrining — shikoyat boshlanmasidan oldin saraton va uning xavf oldi o‘zgarishlarini rejali aniqlashdir. Erta tashxislangan kasallikni davolash ancha oson, natijasi esa samaraliroq bo‘ladi.


🖥 Navbatdagi brifingda Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi bosh shifokori Bekzod Usmonov yurtimizda saraton xastaliklarini erta aniqlash maqsadida joriy etilgan skrining dasturlari va kelgusida ularning qaysi hududlarga kengayishi haqida batafsil ma’lumot berdi.

🚑 SSV Matbuot xizmati.

🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram 🌐 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍20🔥3
#Davlat_tibbiy_sugurtasi

🔴📌📌📌📌📌

❓Davlat tibbiy sug‘urtasi: Shu yilning 9 oyida qancha bemorga kafolatlangan tibbiy yordam ko‘rsatildi?

✅ Yurtimizda aholining kafolatlangan, sifatli va bepul tibbiy yordamdan foydalanish imkoniyatlari tobora kengaymoqda.


📊 Xususan, 2026-yilning yanvar–sentabr oylarida Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasi hisobidan aholiga kafolatlangan tibbiy yordam ko‘rsatish uchun jami 26,6 trln so‘m mablag‘ yo‘naltirildi.

📊 Ushbu mablag‘larning asosiy qismi, ya’ni 25,5 trln so‘mi poliklinika, shifoxona va tez tibbiy yordam xizmatlarini moliyalashtirishga sarflandi.

🔎 Shuningdek, 886 mlrd so‘m yuqori texnologik va ixtisoslashtirilgan tibbiy xizmatlarga, 248 mlrd so‘m esa Reimbursatsiya dasturi doirasida aholini bepul dori vositalari bilan ta’minlashga yo‘naltirildi.

➡️ Joriy yilning 9 oyi davomida poliklinikalarda fuqarolarga 176,8 mln marta bepul tibbiy ko‘rik va maslahat xizmatlari ko‘rsatildi. Shu bilan birga, 3,4 mln nafar bemor shifoxonalarda yotib davolangan bo‘lsa, yana 1,3 mln nafar bemor kunduzgi statsionarlarda muolaja oldi.

🚑Bu davrda tez tibbiy yordam xizmatiga jami 9,4 mln marta chaqiruv kelib tushdi. Bu har kuni o‘rtacha 34,5 ming marta tez tibbiy yordamga murojaat qilinganini anglatadi.

🚑SSV Matbuot xizmati.

🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram🌐 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7
#Davlat_tibbiy_sugurtasi

🔴 📌📌📌📌📌

❗️Davlat tibbiy sug‘urtasi:
9 oyda 61 ming nafardan ortiq bemorga yuqori texnologik va ixtisoslashtirilgan tibbiy xizmatlar ko‘rsatildi


📊 2026-yilning yanvar–sentabr oylarida Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasi tomonidan yuqori texnologik va ixtisoslashtirilgan tibbiy xizmatlarni moliyalashtirish uchun 886,3 milliard so‘m mablag‘ yo‘naltirildi


📊 Ushbu mablag‘lar hisobidan jami 181 ta davlat va nodavlat tibbiyot tashkilotida 61 142 nafar bemor davlat budjeti hisobidan bepul davolandi.

📊 Xususan, respublika ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlarida 26 303 nafar bemorning davolanishi uchun 351,6 milliard so‘m, boshqa respublika tibbiyot muassasalarida 19 234 nafar bemorga ko‘rsatilgan tibbiy xizmatlar uchun 228,8 milliard so‘m yo‘naltirildi.

🩺 Shuningdek, hududiy tibbiyot muassasalarida 8 774 nafar bemorni davolashga 121,3 milliard so‘m, nodavlat tibbiyot tashkilotlarida 6 831 nafar bemorga tibbiy yordam ko‘rsatish uchun 184,6 milliard so‘m mablag‘ sarflandi.

🏥 Tahlillarga ko‘ra, eng ko‘p bemorlar kardiologiya va kardioxirurgiya yo‘nalishida davolangan. Muolaja olganlar soni bo‘yicha tibbiyot tashkilotlari orasida Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi yetakchilik qildi.

🚑 SSV Matbuot xizmati.

🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram 🌐 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍12🔥3🤩2
#Davlat_tibbiy_sugurtasi

🔴 📌📌📌📌📌

❓So‘nggi 9 oyda Reimbursatsiya dasturi doirasida bemorlarga qancha dori vositalari bepul berildi?

💊 Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasi tomonidan Reimbursatsiya dasturi doirasida 2026-yilning yanvar–sentabr oylarida 1 million 312 ming 748 nafar fuqaro bepul dori vositalari bilan ta’minlandi.

📊 Buning uchun Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasi hisobidan 248,2 milliard so‘m mablag‘ to‘landi. Bu esa uzluksiz davolanishni talab qiluvchi minglab fuqarolarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashda muhim ahamiyat kasb etdi.

📊 Bu davrda rasmiylashtirilgan elektron retseptlar soni 5,9 milliontani tashkil etdi.

🔎 Hududlar kesimida eng ko‘p mablag‘ Toshkent shahri (48,1 mlrd. so‘m), Samarqand (43,5 mlrd) va Buxoro (35 mlrd) viloyatlariga yo‘naltirildi.

📊 E’tiborlisi, yurtimiz bo‘yicha berilgan dori vositalari hajmi sentabr oyida yanvar oyiga nisbatan 52 foizga oshdi.

🚑 SSV Matbuot xizmati.

🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram 🌐 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍13🤩1
#InvestInChildren2026
#WorldSummit2026
#WSICW_2026
#Samarqand2026

❗️Samarqandda o‘tadigan Jahon sammitiga 3 kun qoldi!

📍 21–22-oktabr kunlari Samarqand shahri bolalar farovonligiga bag‘ishlangan Jahon sammitiga mezbonlik qiladi.


🌐 Anjumanda 100 dan ortiq mamlakat vakillari, xalqaro ekspertlar va mutaxassislar ishtirok etib, bolalar salomatligi, ta’limi, huquqlarini himoya qilish va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash masalalarini muhokama qiladi.

‼️ Sammit bolalar kelajagi yo‘lida yangi tashabbuslar va xalqaro hamkorlik uchun muhim muloqot maydoniga aylanadi.

🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram🌐 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥11👍8