Sog‘liqni saqlash vazirligi
118K subscribers
10.6K photos
4.64K videos
56 files
13.6K links
Sog‘liqni saqlash vazirligi rasmiy telegram kanali — t.me/ssvuz

Vazirlikning Matbuot xizmati tomonidan yuritiladi.

Rasmiy sayt: ssv.uz
Elektron pochta: info@ssv.uz
Sahifalarimiz:
facebook.com/ssvuz

Manzil: Toshkent sh. Navoiy ko‘chasi, 4.
Tel: 1003
Download Telegram
Samarqandda O‘zbekiston Respublikasi Birinchi xonimi Ziroat Mirziyoyeva tashabbusi bilan tashkil etilgan “Bolalar farovonligiga investitsiya: kelajak avlodlarning barqaror va adolatli taraqqiyoti sari yo‘l” butunjahon sammiti o‘z ishini boshladi. Anjumanda turli mamlakatlarning birinchi xonimlari, BMT, UNICEF, Jahon banki, JSST va boshqa xalqaro tuzilmalarning yuqori martabali vakillari ishtirok etmoqda.

👉 BATAFSIL

🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram🌐 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍11🔥11🤩1
#InvestInChildren2026
#WorldSummit2026
#WSICW_2026
#Samarqand2026

Samarqandda bo‘lib o‘tayotgan “Bolalar farovonligiga investitsiya” jahon sammiti doirasida O‘zbekistonda bolalar salomatligi, ta’limi va ijtimoiy himoyasi yo‘nalishida amalga oshirilayotgan islohotlarga bag‘ishlangan ko‘rgazma tashkil etildi.


💚 “Dunyo bola nigohida” konsepsiyasiga asoslangan ko‘rgazma davlat siyosati va islohotlar natijalarini bolaning kundalik hayoti, ehtiyojlari va kelajak imkoniyatlari orqali ochib beradi.

Ekspozitsiyada onalik va bolalikni muhofaza qilish, erta rivojlanish, oilaviy g‘amxo‘rlik, inklyuziv ta’lim, bolalarni zo‘ravonlikdan himoya qilish hamda bolalar onkologiyasiga qarshi kurashish borasidagi kompleks yondashuvlar aks ettirilgan.

Xalqaro delegatsiyalar ko‘rgazma davomida interaktiv maydonlar va hayotiy hikoyalar orqali O‘zbekiston tajribasi bilan tanishib, bolalar farovonligi yo‘lida hamkorlikni kengaytirish imkoniyatlarini muhokama qilishmoqda.

🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram🌐 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍15🔥6
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#InvestInChildren2026
#WorldSummit2026
#WSICW_2026
#Samarqand2026

🔴🟦🟦

“Bolalar farovonligiga investitsiya” Jahon sammiti doirasida navbatdagi plenar sessiya bo‘lib o‘tmoqda.

U bolalar salomatligini muhofaza qilish tizimlariga investitsiya kiritishga doir ustuvor masalalar muhokamasiga bag‘ishlangan.

Tadbirda O‘zbekiston sog‘liqni saqlash vaziri Eldor Adilov so‘zga chiqib, mamlakatimizda onalik va bolalikni muhofaza qilish, kasalliklarning oldini olish, zamonaviy tibbiy xizmatlar va reabilitatsiya imkoniyatlarini kengaytirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida ma’lumot berdi.

Qayd etilganidek, yurtimizda 46 ta tumanlararo perinatal markaz tashkil etilgan. Milliy emlash dasturi orqali bolalar 13 turdagi yuqumli kasalliklardan himoya qilinmoqda.

So‘nggi 15 yilda besh yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il-qizlar orasida o‘sishdan ortda qolish ko‘rsatkichi ikki barobar kamaygan. Shuningdek, keyingi ikki yilda bolalarda kardiojarrohlik amaliyotlari soni uch barobarga oshib, yiliga 4 400 taga yetgani, neyrojarrohlik yordami hajmi 13 barobardan ziyod ko‘paygani ta’kidlandi.

Sessiyada bolalar salomatligiga yo‘naltirilayotgan investitsiyalar samaradorligini nafaqat ajratilgan mablag‘lar, balki kasalliklarni erta aniqlash, oldini olish, o‘lim ko‘rsatkichlarini kamaytirish va tibbiy xizmatlardan teng foydalanish imkoniyatlari orqali baholash muhimligi aytildi.

Tadbirda Qirg‘iz Republikasi sog‘liqni saqlash vaziri Damirbek Osmonov, Tojikiston Sog‘liqni saqlash va aholini ijtimoiy himoya qilish vaziri Jamoliddin Abdullozoda, Belarus Sog‘liqni saqlash vazirining birinchi o‘rinbosari Elena Bogdan, Rossiya Sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari Evgenia Kotova va boshqa nufuzli mehmonlar ham so‘zga chiqdi.

🚑  SSV Matbuot xizmati.

🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram🌐 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍13🔥7