TerDU rasmiy kanali
19.9K subscribers
32.2K photos
4K videos
1.04K files
14.3K links
Sayt: www.tersu.uz
Facebook: @tersu340
Instagram: @terdu_rasmiy
You tube: @Termizdavlatuniversitet

Rektor sahifasi: @a_toshqulov
Rektorga murojaat: @terdurektor
Telegram raqam: +998703267757

©Termiz davlat universiteti rasmiy kanali
Download Telegram
#manzil_5

Termiz tumani Yangiobod MFYda joylashgan 19,2 gektar yer maydonida amalga oshirilishi rejalashtirilgan istiqbolli loyihalar bilan bog‘liq jarayonlarni o‘rganish maqsadida TerDU rektori mazkur hududda bo‘ldi

​Tashrif davomida hududda tashkil etilishi ko‘zda tutilayotgan:

​— “O‘simliklarni mikroklonal ko‘paytirish” in vitro laboratoriyasi;
— o‘rik, anor va olma intensiv bog‘i;
— dorivor o‘simliklarni yetishtirish va quritish bazasi;
— baliqchilik inkubatsiya sexi
​kabi loyihalar taqdimoti o‘tkazildi.

​Taqdimot jarayonida loyihalarni samarali amalga oshirish, mavjud imkoniyatlardan unumli foydalanish hamda ularning istiqboldagi rivojini ta’minlash yuzasidan bildirilgan taklif va tashabbuslar qo‘llab-quvvatlandi.

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
1👍21🔥8👏5❤4
#manzil_6


TerDUda elektromobillarni quvvatlash shoxobchasi tashkil etiladi

Termiz davlat universitetida ishlab chiqarilayotgan elektr energiyasidan samarali foydalanish maqsadida elektromobillarni quvvatlash shoxobchasi tashkil etish rejalashtirilmoqda.

Universitet rektori mazkur yo‘nalishdagi imkoniyatlarni o‘rganib,  elektr energiyasini elektromobillarni quvvatlash orqali sotishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha mas’ullarga topshiriqlar berdi.

Jarayonda olinayotgan daromadga nisbatan qariyb 6 barobar ko‘proq iqtisodiy samara berishi mumkin bo‘lgan tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.
Bundan tashqari, universitet professor-o‘qituvchilari uchun elektromobillarni quvvatlash shoxobchasidan imtiyozli foydalanish bo‘yicha takliflar bildirildi.

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
1👍22❤6🔥3👏3🎉1
#manzil_7

Termiz davlat universitetida joriy o‘quv yilidan boshlab Harbiy kafedra faoliyati yo‘lga qo‘yildi

Kafedra faoliyati uchun zarur shart-sharoitlarni yanada yaxshilash, shuningdek, professor-o‘qituvchilar uchun zamonaviy dam olish maskani, talabalar uchun sport bazasi, tennis korti inshootlarini barpo etish maqsadida Termiz tumani Xalqobod MFY hududida, Uchqizil ko‘li sohilida amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan loyihalar bilan tanishildi.

Tashrif davomida hudud imkoniyatlari o‘rganilib, zarur infratuzilmani yaratish va loyihalarni bosqichma-bosqich amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
1👍44❤12🔥6👏3
#manzil_8

Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfа


Rektor Xo‘jamayxona bulog‘i oqimidan samarali foydalanish maqsadida Xitoy bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan mikro-GES qurulishi bilan tanishdi.

Jarayonda mas’ullarga loyihani belgilangan muddatda yakunlab, obyektni Mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida foydalanishga topshirish bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berdi.

Ma’lumot o‘rnida: mazkur mikro-GES 500 kVt quvvatga ega bo‘lib, yiliga o‘rtacha 3,56 mln kVt/soat elektr energiyasi ishlab chiqaradi.


Loyiha ishga tushirilishi natijasida Darband o‘quv-amaliyot bazasining elektr energiyasiga bo‘lgan ehtiyoji ta’minlanib, hududda elektromobillarni quvvatlash shoxobchasini tashkil etish imkoniyati yaratiladi.

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
1👍34❤6🔥4