TerDU rasmiy kanali
19.9K subscribers
32.2K photos
4K videos
1.04K files
14.3K links
Sayt: www.tersu.uz
Facebook: @tersu340
Instagram: @terdu_rasmiy
You tube: @Termizdavlatuniversitet

Rektor sahifasi: @a_toshqulov
Rektorga murojaat: @terdurektor
Telegram raqam: +998703267757

©Termiz davlat universiteti rasmiy kanali
Download Telegram
#manzil_9

Tog‘lar bag‘ridagi universitet nafasi: bunyodkorlik sari

Rektor mas’ullar hamrohligida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 24-dekabrdagi PQ-386-son qarori ijrosi doirasida Darband o‘quv-amaliyot bazasida olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi.

Ikki tog‘ orasidagi darada joylashgan ushbu maskanda ekstremal turizmni rivojlantirishga qaratilgan loyihalar bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda. Hozirda hududda yangi bino va inshootlar barpo etilmoqda, infratuzilma yaxshilanib, yo‘llarga asfalt yotqizish ishlari olib borilayapti.

Mazkur loyihalar hududning turizm salohiyatini oshirish, talabalar uchun amaliyot imkoniyatlarini kengaytirish hamda zamonaviy turizm yo‘nalishlarini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
1👍37❤16🔥8
🟢TERDUda yangi marralar sari muhim qadam!

🟢Termiz davlat universitetida 2026/2027-o‘quv yilida texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni mos va turdosh bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga suhbat asosida o‘qishga qabul qilish jarayonlari davom etmoqda.

🟢Mazkur jarayon O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 11-yanvardagi 17-son qaroriga muvofiq tashkil etilgan.

🟢Ayni paytda my.edu.uz platformasi orqali hujjat topshirgan abituriyentlar belgilangan ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha suhbatlarda ishtirok etmoqda.

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook You tube | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1👏17❤9👍9🔥1
#taqdimot_1

TerDUda Koreya tajribasi asosida raqamli transformatsiya

Termiz davlat universiteti rektori huzurida prorektorlar hamda mas’ul boshqarma va bo‘lim boshliqlarining taqdimotlari davom etmoqda.

Dastlabki taqdimot joriy yilning 16–23-iyul kunlari Janubiy Koreyada xizmat safarida bo‘lib qaytgan Universitetning Strategik rivojlantirish va transformatsiya bo‘yicha prorektori O‘. Xoliyorov boshchiligidagi Raqamli ta’lim texnologiyalari markazi mas’ullari va mutaxassislari tomonidan o‘tkazildi.

Taqdimotda Koreya ta’lim tizimida qo‘llanilayotgan ilg‘or raqamli texnologiyalar, universitet boshqaruvi va ta’lim jarayonini raqamlashtirish bo‘yicha ilg‘or tajribalar haqida ma’lumot berildi.

Rektor tomonidan mazkur tajribalarni universitetning tegishli yo‘nalishlariga joriy etish, har bir mas’ulga yetkazish va amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha aniq topshiriqlar berildi.

Endilikda TerDU professor-o‘qituvchilari va talabalarining kampusga kirib-chiqishi, davomatini nazorat qilish hamda mashg‘ulotlardagi samaradorligini baholash jarayonlarini Koreya tajribasi asosida raqamlashtirish ko‘zda tutilmoqda.

Ma’lumot o‘rnida: TerDUning Janubiy Koreyaning nufuzli oliy ta’lim muassasalaridan biri — Daejin University bilan hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish borasida amaliy qadamlar tashlanmoqda.
Bu tashabbuslar TerDUda raqamli transformatsiya jarayonlarini yangi bosqichga olib chiqish, ta’lim sifatini oshirish va zamonaviy universitet modelini shakllantirishga xizmat qiladi.

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
👍12❤7🔥4🤔1
#taqdimot_2

🟢TerDUda hududiy rivojlanishning ilmiy asoslari yaratilmoqda

🟢Termiz davlat universiteti huzuridagi Hududiy tadqiqotlar markazi faoliyati bo‘yicha hisobot taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

🟢Ayni paytda Markaz tomonidan hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini ilmiy asosda o‘rganish, mavjud muammolar va rivojlanish to‘siqlarini aniqlash, ularning yechimi bo‘yicha amaliy va ilmiy asoslangan takliflar ishlab chiqish borasida ishlar olib borilmoqda.

🟢Shuningdek, hududlarni barqaror rivojlantirish strategiyalarini shakllantirish, ilmiy tadqiqotlar va xalqaro hamkorlikni kengaytirish hamda hudud iqtisodiyoti va aholi turmush darajasini oshirishga hissa qo‘shish Markaz faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari etib belgilangan.

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1👍13❤4🔥1🤔1