TerDU rasmiy kanali
19.9K subscribers
32.2K photos
4K videos
1.04K files
14.3K links
Sayt: www.tersu.uz
Facebook: @tersu340
Instagram: @terdu_rasmiy
You tube: @Termizdavlatuniversitet

Rektor sahifasi: @a_toshqulov
Rektorga murojaat: @terdurektor
Telegram raqam: +998703267757

©Termiz davlat universiteti rasmiy kanali
Download Telegram
#taqdimot_3

🟢“Afg‘on shamoli”ga qarshi ilmiy izlanishlar: ekologik muammolarga innovatsion yechim

🟢Termiz davlat universiteti huzurida faoliyat boshlagan “Afg‘on shamoli ta’sirini kamaytirish bilan shug‘ullanuvchi ilmiy tadqiqot markazi” tomonidan olib borilgan ilmiy izlanishlar natijalari yuzasidan taqdimot o‘tkazildi.

🟢Taqdimot davomida markazning faoliyat yo‘nalishlari, amalga oshirilgan tadqiqotlar va ularning amaliy natijalari haqida ma’lumotlar berildi.

🟢Mazkur ilmiy izlanishlar hududda Afg‘on shamoli ta’sirini kamaytirish, ekologik muhitni yaxshilash hamda aholi uchun qulay sharoit yaratishga xizmat qiladi.

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1👍19❤4🔥4🤔2
#taqdimot_4

🟢Jamiyat fikrini o‘rganishning zamonaviy yechimi

🟢Termiz davlat universiteti Strategiya va tahlil bo‘limi tomonidan aholi fikrini o‘rganish va tahlil qilish platformasi — “So‘rovnoma Platformasi” ishlab chiqildi.

🟢Platforma orqali ijtimoiy so‘rovnomalarni yaratish va o‘tkazish, aholi fikrlarini tizimli ravishda yig‘ish, hududlar kesimida qamrovni monitoring qilish hamda natijalarni statistik tahlil qilish imkonini beradi.

🟢Mazkur loyiha aholi fikrini o‘rganish va tahliliy ma’lumotlar asosida samarali qarorlar qabul qilishni qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladi.

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1👍23❤7🤔2
#taqdimot_5

🟢Xalqaro tajriba va yangi takliflar

🟢Termiz davlat universiteti huzuridagi Hududiy tadqiqotlar markazi mas’ullari Xitoy Xalq Respublikasida o‘tkazilgan Yozgi maktab dasturida ishtirok etib, orttirilgan tajriba va taassurotlar asosida ishlab chiqilgan takliflarini taqdimot qildilar.

🟢Taqdimot davomida xalqaro tajribani hududiy tadqiqotlar faoliyatiga tatbiq etish, ilmiy izlanishlarni yanada rivojlantirish va yangi loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha takliflar ilgari surildi.

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1👍14❤4🤔3
#taqdimot_6

🟢TerDU — raqamli transformatsiya va innovatsiyalar sari!

🟢Termiz davlat universiteti rektori huzurida ta’lim jarayonlarini zamonaviylashtirish va talabalar uchun qulay raqamli muhit yaratishga qaratilgan 2 ta innovatsion loyiha taqdimoti o‘tkazildi.

🟢Taqdimot davomida “TerDU Student Card” va “USTOZ24” loyihalarining mazmun-mohiyati, imkoniyatlari hamda ularni amaliyotga joriy etish istiqbollari muhokama qilindi.

🟢“TerDU Student Card” — talabaning ID, QR/NFC, HEMIS, davomat, kutubxona, TTJ, to‘lov, transport hamda hamkor tashkilotlardagi chegirmalarni yagona raqamli ekotizimga birlashtirishga qaratilgan loyiha.

🟢 “USTOZ24” — o‘quvchi, talaba va boshqa foydalanuvchilarni malakali talabalar, magistrantlar, professor-o‘qituvchilar hamda soha ekspertlari bilan bog‘lovchi zamonaviy ta’lim xizmatlari platformasi.

🟢Mazkur loyihalar TerDUda raqamli transformatsiyani jadallashtirish, ta’lim xizmatlari sifatini oshirish va talabalar uchun yangi imkoniyatlar yaratishga xizmat qiladi.

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍8❤2👏1
TerDU rasmiy kanali
Photo
#natijalar

Texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni Termiz davlat universitetiga o'qishga qabul qilish bo'yicha o'tkazilgan suhbat NATIJALARI

2026/2027-oʻquv yilida Texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilar bilan oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirish imtihonlarida oʻtkazilgan suhbatning yakuniy NATIJALARI

Batafsil: https://tersu.uz/struct/view/1000674

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook You tube | Sayt
👏13❤4🎉3👍1
#kun_hikmati

"Biror ishni muvaffaqiyatli bajarishning yagona yo‘li — uni sevib qolish."


😵🤔🙁😝😤☹️🙁☹️
✏️ Stiv Jobs
Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤10👍2🔥2
#№51
#Himoya_2026

DISSERTATSIYA ISHI MUVAFFAQIYATLI HIMOYA QILINDI

Termiz davlat universiteti "Pedagogika va ijtimoiy ishi" kafedrasi o'qituvchisi Narquchqarova Rohila Ziyadullayevna A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy unistituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengashda "Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi" ixtisosligidan “Tasviriy san’at vositasida o‘quvchilarda milliy-badiiy qadriyatlarga qiziqishni shakllantirishning pedagogik tizimi” mavzusidagi pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan dissertatsiya ishini muvaffaqiyatli himoya qildi.

Universitet jamoasi nomidan Rohila Ziyadullayevnani ushbu yutugʻi bilan qutlab, unga mustahkam sogʻlik, ilm yoʻlida muvaffaqiyat tilaymiz!

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
🔥28👍13❤12👏6🎉2
🟢Ish beruvchilar fikri – bitiruvchiga xolis baho!

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 5-maydagi PF-76-sonli Farmoni ijrosi doirasida Termiz davlat universitetida Umummilliy ish beruvchilar so‘rovnomasining o‘tkazilish jarayoni va bugungi holati muhokama qilindi.
Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi mas’ul xodimi N. Ismoilov, shuningdek, viloyatdagi barcha oliy ta’lim tashkilotlarining mutasaddi rahbarlari va mas’ul xodimlari ishtirok etdi.


🟢Kun tartibida ish beruvchilarning bitiruvchilar bilimi, kasbiy va amaliy ko‘nikmalari hamda kompetensiyalarini baholash, shuningdek, kadrlar tayyorlash sifatini yanada oshirish bo‘yicha fikr va takliflari muhokama qilindi.

📝 So‘rovnoma natijalari ta’lim sifatini takomillashtirish, bitiruvchilarning mehnat bozoridagi raqobatbardoshligini oshirish hamda ish beruvchilar ehtiyojlariga mos kadrlar tayyorlashda muhim manba bo‘lib xizmat qiladi.

🗣Ma’lumot uchun: Umummilliy ish beruvchilar so‘rovnomasi 15-avgustga qadar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

👤 Hurmatli ish beruvchilar! So‘rovnomada faol ishtirok eting va xolis fikringizni bildiring.
Sizning fikringiz — sifatli ta’lim va raqobatbardosh kadrlar uchun muhim qadam!

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤12👍4